Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari Nerv tizimining gigiyenasi
5000 so'm

=== Taqdimot: Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari Nerv tizimining gigiyenasi.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Oliy nerv faoliyatning yosh xususiyatlari. Nerv tizimining gigiyenasi
=== Slayd 2 ===
Reja:
1. Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha.2. Birinchi va ikkinchi signal sistemasi haqida tushuncha.3. Oliy nerv faoliyatining tipologik xususiyatlari.
=== Slayd 3 ===
Oliy nerv faoliyati haqida tushuncha. Bosh miya yarim sharlari va ularning po‘stlog‘i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo‘lib hisoblanadi. Odamning xulqi idroki, fikrlashi ongi, va barcha ruxiy xususiyatlari oliy nerv faoliyati bo‘lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po‘stlog‘ida joylashgan nerv markazlarining reflekslari orqali namoyon bo‘ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog‘lanish, uning har xil sharoitga moslashuvini ta’minlaydi.
=== Slayd 4 ===
Birinchi va ikkinchi signal sistemasi. Odamda birinchi signal sistemasi bo‘ladi. Odamning oliy nerv faoliyati o‘ziga xos anglash, abstrakt fikrlash, so‘zlash qobiliyatiga ega. Odam oliy nerv faoliyatining taraqqiyoti natijasida voqelikning ikkinchi signal sistemasi vujudga kelgan. Ikkinchi signal sistemasi so‘zlardan iborat bo‘lib, predmetlarning ayrim belgilarini vujudga keltirish xususiyatiga ega.
=== Slayd 5 ===
Ko‘rish, eshitish, hid sezish, ovqat ta’mini bilish kabi sezgi organlari birinchi signal sistemasi bo‘lib, ular odam va yuksak hayvonlarda deyarli o‘xshash. Bu sezgi organlar orqali qabul qilingan tashqi va ichki muhitning ta’siri miyaning shunga tegishli markazlarida refleks hosil qiladi. Odamning yuksak hayvonlardan asosiy farqlaridan biri unda og‘zaki va yozma nutqning rivojlanganligidir. Nutq ta’sirlovchi sifatida sezgi organlari orqali qabul qilinib, shartli refleks hosil qiladi.
=== Slayd 6 ===
Odamda atrofdagi muhit bilan aloqa bog‘lanishning yangi shakllari paydo bo‘ladi. “Rivojlanib borayotgan hayvonot dunyosida, – deb yozgan edi. I.P.Pavlov – odam bosqichiga kelib nerv faoliyati mexanizmlariga nihoyatda katta qo‘shimcha qo‘shildi”. Bu qo‘shimcha odamda nutq paydo bo‘lishi va yangi signal sistemasi vujudga kelishidan iborat bo‘ladi. Organik dunyo taraqqiyotining bosqichida muhit bilan aloqa bog‘lanishning yangi faqat odamgagina xos bo‘lgan ikkinchi signal sistema qaror topdi. “Home sapens” oilasi paydo bo‘lguncha hayvonlar, deb yozgan edi.
=== Slayd 7 ===
I.P.Pavlov – atrofdagi dunyoning havonlaridagi har xil retseptor mexanizmlar ta’sir etadigan va markaziy nerv sistemasining tegishli hujayralariga yetib boradigan turli agentlaridan kelib chiquvchi bevosita taassurotlari ortganligiga o‘sha dunyo bilan aloqalar edi. Bu taassurotlar tashqi obyektlarning birdan bir signallari edi. Odamda ikkinchi darajali signallar, birinchi signallarning signali – talaffuz etiladigan, eshitiladigan, ko‘riladigan so‘zlar ko‘rinishda paydo bo‘lib, rivojlanib bordi va yuqori darajada kamolga etdi.
=== Slayd 8 ===
Odamda so‘z alohida ahamiyat kasb etdi. So‘z deb yozadi I.P.Pavlov, birinchi signallarning signali bo‘lib voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasining tashkil bo‘lib, voqelikning faqat bizga xos ikkinchi signal sistemasini tashkil etdi. Nutqning rivojlanishi odamlarning bir-biriga munosabatini osonlashtirib, mehnat turlarini ko‘paytirishga, ong rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Pavlov: “Nutq bizni odam qildi”-degan edi.
=== Slayd 9 ===
Odamda shartli refleks shartsiz ta’sirot bilan mustahkamlanib borish asosidagina emas, nutq yordamida ham hosil bo‘lishi mumkin. Masalan, boshlang‘ich maktab o‘quvchilarida qo‘ng‘iroq ovoziga javoban shartli refleks paydo bo‘lgandan so‘ng, shu ovoz o‘rniga og‘zaki yoki yozma shakldagi qo‘ng‘iroq so‘zi ishlatilsa, bola qo‘ng‘iroq ovoziga qanday reaksiya ko‘rsatgan bo‘lsa qo‘ng‘iroq so‘zining o‘ziga ham birinchi martada xuddi o‘shanday reaksiya ko‘rsatadi.
=== Slayd 10 ===
Nutq faoliyat asosida shartli refleks hosil bo‘lishi odam oliy nerv sistemasi faoliyatining sifat jihatidan o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatidir. Shartsiz refleks asosida hosil bo‘ladigan aloqalar po‘stloq protsesslari harakatining qanday qonunlariga bo‘ysunsa odam bosh miyasi po‘stlog‘ida nutq asosida yuzaga kelgan bog‘lanishlar ham xuddi o‘sha qonunlarida bo‘ysunadi. I.P.Povlov ko‘rsatib o‘tganidek, oliy nerv faoliyatining faqat odamga xos bo‘lgan xususiyati, ya’ni birinchi signal sistemasiga bog‘liqdir. Mulohaza qilish va umumlashtirish birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o‘zaro ta’sir qilib turishi natijasidir.
=== Slayd 11 ===
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o‘zaro mahkam bog‘langan bo‘lib, bir-biriga doim ta’sir ko‘rsatib turadi. So‘zning signal sifatidagi ahamiyati bir-biri bilan qo‘shilib keladigan oddiy tovushlar bilan emas, balki so‘zning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liqdir. It va yuqori darajali hayvonlarda so‘zga yoki jumlaga javoban shartli refleks hosil qilish mumkin, lekin hayvonlarda bu narsa so‘zning lug‘aviy ma’nosiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir-biri bilan qo‘shilib kelgan muayyan tovushlarga bog‘liq bo‘ladi.
=== Slayd 12 ===
Tovushlarning qo‘shilib kelishi jihatidan bir-biriga o‘xshash so‘zlar tanlab olinadigan bo‘lsa, u holda it bunday so‘zlarga, signal ma’nosi garchi boshqacha bo‘lsa ham, bir xil reaksiya bilan javob beraveradi. Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog‘langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so‘nggi oylari va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi.
=== Slayd 13 ===
Bolalarda nutqning qaror topishi protsessi shartli reflekslar hosil bo‘lish qonunlariga muvofiq o‘tadi. Bolalarda nutq reflekslari taqlid yo‘li bilan hosil bo‘la boradi, bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olishi, o‘rganishiga asoslangan.
=== Slayd 14 ===
Bolada yarim tovush va fonemalar hayotining dastlabki oylarida ham paydo bo‘lsa-da, lekin bular hali ikkinchi signallar rolini o‘ynamaydi va faqat odamga xos bo‘lgan signal sistemasining ishga tushishi uchun go‘yo tayyorgarlik davri bo‘lib hisoblanadi.
=== Slayd 15 ===
Shartli ta’sirot bo‘lmish so‘z avvaliga faqat muayyan vaziyatda ma’lum bir ohang bilan talaffuz qilinganda ta’sir ko‘rsatadi, bola hayoti ikkinchi yilining birinchi yarmi oxiriga kelganda esa u signallarning signali bo‘lib qoladi. Bolaning ayrim so‘zlarni, goho bularning ma’nosini tushunmasa-da, oson takrorlay olishi va eslab qolish qobiliyati ham ana shu davrda rivojlanib boradi.
=== Slayd 16 ===
Hayotining ikkinchi yili davomida lug‘at zapasi ancha tez ortib boradi. 3 yoshgacha bo‘lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadigan eng optimal davrdir. Adabiyotda tasvirlangan voqealar bunga misol bo‘la oladi.
=== Slayd 17 ===
Og‘zaki va yozma nutq bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarida shartli reflekslar hosil qilish xossasiga ega. Nutq yordamida biz tashqi muhitning rang-barangligini anglaymiz, boshqalar bilan muloqotda bo‘lamiz, atrofdagi voqealarni qabul qilib, ular haqida fikrlaymiz va fikrimizni boshqalarga bayon qilamiz. Nutq yordamida bilim olamiz, hunar o‘rganamiz, kasb egallaymiz. Nutq va fikrlash bir-biriga chambarchas bog‘liq, chunki boshqalar nutqini qabul qilib, uning ma’nosiga qarab bizda fikrlash vujudga keladi, o‘z fikrimizni esa nutq orqali bayon etamiz.
=== Slayd 18 ===
Nutq ikkinchi signal sistemasi sifatida bolaning yoshligida birinchi signal sistemasi asosida paydo bo‘lib rivojlanadi.
=== Slayd 19 ===
Bola bir yoshga kirganda u 5-10 ta so‘zni ayta oladi, 2 yoshda uning so‘z boyligi 300 taga, 3 yoshda 1000 taga, 4 yoshda 2000 taga etadi. Bolaning so‘z boyligi uning sog‘ligiga, ota-onasi va tarbiyachilarning madaniyatiga, ular olib boradigan tarbiyaviy ishlar mazmuniga bog‘liq.
=== Slayd 20 ===
Maktab yoshigacha va boshlang‘ich sinflarda hosil bo‘lgan shartli reflekslar, o‘rgangan so‘zlar miya hujayralarida mustahkam iz qoldirib, uzoq yillar saqlanadi. Shuni alohida qayt qilish kerakki, bolada nutq qobiliyatining paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun uning markaziy nerv sistemasining tuzilishi funksiyasi normal rivojlangan bo‘lishi zarur. Avvalo uning eshitish organlari va bosh miya po‘stlog‘ining chakka qismida joylashgan eshitish markazi sog‘lom bo‘lishi kerak. Chunki boshqalarning so‘zini eshitish uchun uning eshitish qobiliyati normal bo‘lishi lozim.
=== Slayd 21 ===
Shu bilan birga miya yarim sharlari po‘stlog‘idagi gapirish markazi normal rivojlangan, sog‘lom bo‘lishi zarur. Bu ikkala markazning bittasi normal rivojlanmagan bo‘lmasa, bolada nutq paydo bo‘lmaydi.Odamning nutqi tarbiya, o‘qish, bilim olish, jarayonida rivojlanadi. Nutqning rivojlanishida ovoz chiqarib o‘qish, she’r aytish, qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash muhim rol o‘ynaydi. Nutqning rivojlanishi o‘z navbatida odamning o‘qishi, bilim olishi, hunar o‘rganishiga fikrlash qobiliyatiga va ijodiy ravnaqi yanada takomillashuviga imkon beradi.
=== Slayd 22 ===
Shartli reflekslar – 1863-yilda rus fiziologiyasining asoschisi I.M.Sechenov bilan I.P.Pavlovga qadar tadqiqotchilar “ruhiy faoliyatni o‘rganish yo‘llarini bilishmasdi.Organizmda ikkita reflekslar farqlanadi. Bular shartli va shartsiz reflekslardir. I.Pavlov ta’limoti asosida 3 ta asosiy prinsip yotadi: 1-dan – determinizm prinsipi-bu dialektik materializmning asosiy qoidalaridan biridir. Tabiatda, demak organizmda ham hech bir narsa sababsiz ro‘y bermaydi. Har qanday reflektor aktning ham sababi bo‘ladi.
=== Slayd 23 ===
2-dan: Analiz va sintez prinsipi-bu prinsipga muvofiq, yetakchi bo‘limi retseptorlarimizga tushadigan murakkab ta’sirotlarni o‘z faoliyati davomida ancha oddiy tarkibiy elementlarga ajratadi (analiz) va bularni o‘sha zahoti yana sistemalarga birlashtiradi (sintez). Struktura prinsipi-bu prinsipga muvofiq har qanday reflektor akt muayyan morfologiya strukturaga bog‘liqdir. Miyada bo‘lib o‘tadigan hamma protsesslar ham, xuddi butun organizmda bo‘lib turadigan barcha jarayonlar singari, moddiydir – ularning asosida nerv sistemasining ma’lum ro‘y beradigan moddiy protsessdir.
=== Slayd 24 ===
Shartli reflekslar tug‘ma bo‘lmaydi va tug‘ilish vaqtida tayyor holda bo‘lmaydi. Shartli reflekslar umr bo‘yi paydo bo‘lib, mustahkamlanib boradi, so‘nadi va yo‘q bo‘lib ketadi hamda juda individual bo‘ladi.
Shartsiz reflekslar – tug‘ma bo‘ladi. Butun hayoti davomida rivojlanib, mustahkamlanib boradi. Ularning yuzaga chiqishida markaziy nerv sistemasining asosan po‘stloq osti bo‘limlari ishtirok etadi. Shartsiz reflekslarning reflektor yoyi markaziy nerv sistemasining har qanday bo‘limlari orqali o‘tilishi mumkin.
=== Slayd 25 ===
Bu reflekslar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining ishtirokisiz yuzaga chiqa oladi. Shartli refleks bosh miya po‘stlog‘ining funksiyasidir. Shartli refleks yoyi bosh miya po‘stlog‘ida tutashadi. Biroq shartli refleksni bosh miyasining po‘stlog‘i bo‘lmaydigan yoki juda sust rivojlangan hayvonlarda ham hosil qilsa bo‘ladi.
Shartli refleksning hosil bo‘lishi uchun quyidagi shart-sharoitlar bo‘lishi kerak.
=== Slayd 26 ===
1- shartsiz indifferent qitiqlagich bilan shartli qitiqlagichning bir necha bor baravar takrorlanishi.
2- shartsiz qitiqlagich shartli qitiqlagichdan bir necha daqiqa oldin berilishi kerak.
3- yangidan shartli refleks hosil qilinadigan organizm sog‘lom va tetik bo‘lishi kerak.
4- shartli refleks hosil qilinishida organizmda boshqa aktiv faoliyat bo‘lmasligi kerak.
5- shartsiz va shartli qitiqlagichlarning kuchi etarlicha bo‘lishi kerak.Bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish va tormozlanish:
=== Slayd 27 ===
Shartli reflekslarning hosil bo‘lishi miya yarim sharlari po‘stlog‘ida doimiy ravishda sodir bo‘lib turadigan qo‘zg‘alish va tormozlanishning almashinib turishidir. Har qanday shartli reflekslarning yuzaga kelishi ma’lum bir markazlar ishining qo‘zg‘alishi, ikkinchi bir xillarining esa tormozlanish bilan xarakterlanadi. Miya yarim sharlarining po‘stloq qismida yuz beradigan tormozlanish jarayonini I.Pavlov chuqur o‘rganib, ikki tormozlanish mavjudligini qayd qiladi, ya’ni shartsiz-tashqi tormozlanish va ichki-shartli tormozlanish.
=== Slayd 28 ===
Tashqi – shartsiz tormozlanish: markaziy nerv sistemasining hamma qismlariga xos xususiyatdir. Tashqi tormozlanish shu bilan xarakterlanadiki, shartli refleks hosil qilinayotgan paytda chetdan kuchli bir qo‘shimcha qitiqlagich berilsa refleks hosil bo‘lmaydi. Agar oldindan mustahkamlangan shartli refleks bo‘lsa, u tormozlanadi.
=== Slayd 29 ===
Shartli – ichki tormozlanish: Bu tormozlanish Markaziy nerv sistemasining yuqori bo‘limlariga xos bo‘lib, shartli qitiqlagich shartli qitiqlovchi bilan mustahkamlanmaganda, ikkita qo‘zg‘alish o‘chog‘i vaqtining bir-biriga zid kelishi natijasida hosil bo‘ladi. Shartli tormozlanish hayot davomida asta-sekin paydo bo‘ladi. Shartli tormozlanish so‘nuvchi, qiyosiy va kechiktiruvchi turlarga bo‘linadi.
=== Slayd 30 ===
So‘nuvchi tormozlanish: Agar egallagan bilim, hunar – kasbini uzoq payt davomida takrorlab turmasa esidan chiqaradi, hosil bo‘lgan shartli refleks so‘nadi, ya’ni bu refleksning miyadagi markazida ichki so‘nuvchi tormozlanish holati yuzaga keladi. Natijada odamning o‘rgangan bilimi, hunari esidan chiqadi. Biroq bu bog‘lanish yo‘qolsa ham ma’lum vaqtgacha uning izi qoladi, natijada odam unutgan narsalarini takrorlasa u tezda esiga keladi. Odamning kundalik hayotida so‘nuvchi tormozlanish muhim ahamiyatga ega. So‘nuvchi shartli refleks qaytadan tiklanishi mumkin. Bu nerv sistemasining tipiga, so‘nish darajasiga, bolaning yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
=== Slayd 31 ===
Qiyosiy tormozlanish: Miya yarim sharlar po‘stlog‘ida shartli refleks faqat shartli ta’sirga nisbatan hosil bo‘lmasdan, balki shu ta’sirga yaqin ta’sirlovchilarga nisbatan ham bog‘liq bo‘ladi. Shartli ta’sirlovchining rangi, shakli, tovush balandligi bir oz o‘zgartirilsa, hosil qilingan shartli refleks tormozlanadi.
=== Slayd 32 ===
Kechiktiruvchi tormozlanish – agar shartsiz ta’sirlovchi kechiktirilib berilsa, shartli refleks ta’sir berilishi bilanoq emas, balki bir oz kechroq hosil bo‘ladi. Kechikuvchi shartli refleks bog‘cha, maktab yoshidagi bolalarda juda qiyinlik bilan hosil bo‘ladi. Bu bolalarning oliy nerv faoliyatining tipiga bog‘liq bo‘ladi.
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po‘stlog‘ida joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga yoki ulardagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir- biriga munosabatiga bog‘liq bo‘ladi.
=== Slayd 33 ===
Shartli reflektor faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga bog‘liq. Oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yig‘indisi har bir organizmning irsiy xususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bog‘liq bo‘lib, nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning hujaylaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo‘lgan:
=== Slayd 34 ===
1-kuchli qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip – xolerik. Bu tipda qo‘zg‘alish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan, qo‘zg‘alish tormozlanishdan ustun turadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin paydo bo‘ladi, o‘rta o‘zlashtiradi, biror ishga tez kirishib, tez soviydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob berib o‘z fikrlarini ma’qullaydigan, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarib kelmaydigan, sekin paydo bo‘lgan shartli reflekslar tez so‘nadi, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko‘nikadi, nutqi tez va qo‘pol, xarakteri o‘zgaruvchan, o‘z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydigan, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish faoliyatiga ega bo‘ladi.
=== Slayd 35 ===
2-kuchli qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip (sangvinik). Bu tip nerv jarayonlarining kuchliligi, qo‘zg‘alish va tormozlanishning muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta’riflanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo‘lib, tez so‘nadi va tez tiklanadi, maktab hayotiga tez ko‘nikadi, o‘qish va yozishni tez o‘rganadi, ular namunali xulqqa ega bo‘ladilar, darslarni a’lo darajada o‘zlashtiradilar, uyga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladilar, nutqi tez va ravon, so‘z boyligi ko‘p, aytilgan tez ilg‘ab oladi, jonli harakatlari tez, turli imo-ishoralar bilan o‘z fikrini ifoda qiladi va boshqa ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
=== Slayd 36 ===
3-kuchli, qo‘zg‘aluvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip (flegmatik). Bu tipda qo‘zg‘alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning almashinuvi sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo‘ladi, tez so‘nadi va sekin tiklanadi, ular o‘qish, yozish va gapirishni tez o‘rganadilar, ularning xulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon, so‘z boyligiga ega bo‘ladilar.
=== Slayd 37 ===
4-nimjon yoki sust tip (melanxolik). Bu tipda nerv jarayonlari sust kam qo‘zg‘aluvchanligi va muvozanatlashmaganligi, ya’ni tormozlanish jarayonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalarning ish qobiliyati past, nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so‘z boyligi kam, qiyinchiliklardan qo‘rqadigan, tez charchaydigan, o‘qish, yozishni sekin o‘rganadigan, maktab hayotiga qiyinchilik bilan ko‘nikadi, o‘z o‘rtog‘ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadi, o‘zlashtirish past, xarakteri beqaror maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan ifodalanadi.
=== Slayd 38 ===
Odamning oliy nerv faoliyati yosh xususiyatlari.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar:
Bola nasldan o‘tgan birozgina reflekslar bilan tug‘iladi. Tug‘ilish vaqtiga kelganda bola miyasi, garchi ko‘p jihatdan hali kamolga yetmagan bo‘lsa-da, lekin vaqtincha aloqalar paydo qilishga tayyor bo‘ladi. Ko‘pdan-ko‘p tekshirishlardan ma’lum bo‘lishicha, ovqatlanishga taalluqli bo‘lgan shartsiz reflekslar asosida bola hayotining 5 va 6 kunlarida, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda esa 10 kunida birinchi marta shartli reflekslarni hosil qilishi mumkin.
=== Slayd 39 ===
Bola 15 kunlik bo‘lganidan keyin kompleks teri, proprioreseptiv va labirint ta’sirlari bilan ish ko‘rib tana vaziyatiga javoban shartli refleks hosil qilishi mumkin bo‘lib qoladi.
Odamda birinchi va ikkinchi signal sistemalari o‘zaro mahkam bog‘langan bo‘lib, bir-biriga doim ta’sir ko‘rsatib turadi.
Bolada ikkinchi signal sistemasining shakllanib borishi nutqning rivojlanishi bilan bevosita bog‘langan. Bola hayotining birinchi yilidagi so‘ngi oylarida va butun ikkinchi yili nutq qaror topib boradigan davr hisoblanadi.
=== Slayd 40 ===
Bolalarda nutqning qaror topish jarayoni shartli reflekslar hosil bo‘lish qonunlariga muvofiq o‘tadi. Nutq reflekslari taqlid yo‘li bilan hosil bo‘lib boradi. Bu reflekslarning qaror topib, rivojlanishi esa bolaning katta yoshli odamlar bilan doimiy aloqa qilib turishiga, ya’ni ta’lim olish, o‘rganishiga asoslangan. Hayotining ikkinchi yili davomida lug‘at zapasi ancha tez ortib boradi. 3 yoshgacha bo‘lgan davr nutq qaror topib, shakllanib boradigan davr hisoblanadi.
=== Slayd 41 ===
3 yoshdan – 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning oliy nerv faoliyati: Maktabgacha tarbiya yoshidagi, ya’ni 3-5 yashar bolalar uchun jonli oriyentirovka reaksiyasi xarakterlidir. Bu yoshdagi bollarda musbat shartli reflekslarni mustahkamlash ancha qiyin bo‘ladi.
=== Slayd 42 ===
Shartli reflekslarni mustahkamlashning qiyinchiligi shunga bog‘liqki, bu yoshdagi bolalarda uxlab qolishigacha borib yetadigan saqlovchi tormozlanish juda barvaqt rivojlanadi. Tormozlanishning rivojlanishi shartli reflekslar intensivligining kamayib qolishi yoki ularning tamomila yo‘qolib ketishi, ba’zan esa bolalarda harakat va nutq aktivligining kuchayishi bilan ham ifodalanadi. Bu yoshda reflekslar tashqi ta’sirotlarga chidamsiz bo‘ladi.
Shartli reflekslarning sekinlik bilan mustahkamlashib borishi ularning tashqi ta’sirlariga chidamsizligi, ta’sirlovchi va tormozlovchi jarayonning keng tarqalib ketishi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar 3-5 yashar bolalar bosh miyasi po‘stloqdagi shu nerv jarayonlarining zaif bo‘lishini ko‘rsatadi.
=== Slayd 43 ===
Ikkinchi signal sistemasi tobora ko‘proq ustun ahamiyat kasb etib boradi. 4-5 yashar bolalarda shartli reflekslar aloqalar nutq va himoya reaksiyalari bilan mustahkamlanib turadigan bo‘ladi.
5-6 yashar bolalarda nerv jarayonlarining kuchi va harakatchanligi ortib boradi. Mana shu davrda xususan bola 6 yoshga to‘lgan paytida ichki tormozlanish ancha barqaror bo‘lib qoladi. Po‘stloqning ish qobiliyati esa kuchayadi. 6 yoshli bolalar endi ma’lum bir obyektga 15-20 daqiqa davomida o‘z diqqatini jalb etib tura oladi. Shu munosabat bilan muntazam mashg‘ulotlar olib borish imkoniyati tug‘iladi, lekin bu mashg‘ulotlar 15-20 daqiqadan uzoqqa cho‘zilmaydigan bo‘lishi kerak.
=== Slayd 44 ===
Ichki tormozlanish kuchayib boradi. Ichki tormozlanishning bolani o‘qitib o‘rgatishda juda muhim bo‘ladigan differensirovka (qiyosiy) va so‘nish singari turlari 4-5 yashar bolalardagiga qaraganda ikki baravar tezroq hosil bo‘ladi. Paydo bo‘lgan tormozlanish birmuncha uzoq saqlanib turadiki, bu xulq-atvor aktlarining ancha aniq shakllanib borishiga yordam beradi, biroq shartli reflekslarning differensirovkasi bilan so‘nishi ancha qiyinlik bilan ro‘y beradi. Bunda vegetativ jarayonlar juda zo‘rayadi, yurak urishi tezlashadi, nafas olish o‘zgaradi va hokazolar.
=== Slayd 45 ===
5-6 yoshli bolalarda ikkinchi signal sistemasining ahamiyati keskin ortadi, so‘zlar yordami bilan fikrlash tobora ko‘proq rol o‘ynaydigan bo‘lib qoladi, ichki nutq paydo bo‘ladi.
Bolalar 6 yoshdan boshlab harakatdan ajratib olingan abstraksiyalangan tushunchalardan foydalana boshlaydi. Ular endi umumiy yoki guruh belgilarini farq qiladigan bo‘lib qoladi. Mana shu davrda bolalarni yozish va o‘qitishga o‘rgatishga kiritiladi.
7 yoshga borganda bola bosh miyasining peshona bo‘limi morfologik jihatidan etilib qoladi va xuddi shu davrda bir qancha harakatdan tashkil topadigan ish dasturini miyaga jo qila olish va o‘sha ish natijasini ko‘ra olish qobiliyati paydo bo‘ladi.
=== Slayd 46 ===
7-9 yashar bolalarda musbat shartli reflektor aloqalar tezroq tutashadi. Ba’zi bolalarda bular paydo bo‘lgan paytdanoq mustahkamlanib boradi. Shartli refleks birdan mustahkamlangan bo‘lsa, buni mustahkamlash uchun shartli ta’sirotlarni shartsiz ta’sirot bilan birgalikda bir necha marta qo‘shimcha tatbiq qilish kerak bo‘ladi.
=== Slayd 47 ===
7-12 yashar bolalarda musbat va manfiy shartli reflekslarning tez mustahkamlanib borishi, tashqi ta’sirotlarga chidamli bo‘lishi va nerv jarayonlarining ancha tez konsentratsiyalanishi bilan ta’riflanadi. 10-12 yashar bolalarda oddiy ta’sirotlarga javoban ham musbat shartli reflekslar tez paydo bo‘ladi va odatda darrov o‘rnashib qoladi. Shartli reflekslarning bir turdan ikkinchi turga aylanishi oson bo‘ladi. Yangi shartli reflektor aloqalar mustahkamligi bilan ajralib turadi.
=== Slayd 48 ===
Shunday qilib 10-12 yashar bolalar uchun musbat shartli reflekslarni ham, tormozlovchi shartli reflekslarni ham tez va mustahkam hosil qilish xarakterlidir.12-16 yoshgacha bo‘lgan bolalar oliy nerv faoliyati:Qizlarda o‘smirlik davri o‘g‘il bolalardagiga nisbatan 1-2 yil ilgari boshlanadi. Qizlarda bu davr 12-yoshdan boshlanib, 15 yoshda tugallanadigan bo‘lsa, o‘g‘il bolalarda esa 13 yoshdan boshlanib, 16 yoshda tugallanadi.
=== Slayd 49 ===
Bu yoshda qo‘zg‘alish jarayonlari ro‘yi rost ustun turadi. Nutq o‘zgaradi-sekin bo‘lib qoladi, javoblar nisbatan qisqa, lo‘nda holga kiradi. Shu munosabat bilan to‘la javob olish uchun bir qancha qo‘shimcha savollar berish kerak bo‘ladi.
Mana shu xususiyatlar jinsiy jihatidan yetilish davrining boshida po‘stloq faoliyati ikkinchi signal sistemasining funksional darajasi bir muncha susayib qoladi, bevosita signallarga javoban shartli reflekslar tezroq hosil bo‘lsa, so‘z signallariga javoban ancha sekin hosil bo‘ladi.
=== Slayd 50 ===
Ko‘pincha vegetativ funksiyalar ham, bir qadar o‘zgarib qoladi, hansirash, yurak sohasida og‘riq paydo bo‘ladi, yurak urishlari tezlashadi. Emotsionallik keskin kuchayadi. Bir qancha olimlarning fikriga qaraganda mana shularning hammasi bosh miya po‘stlog‘ining tormozlovchi ta’siri pasayib qolgani va po‘stloq osti strukturalarining qo‘zg‘alish holatiga o‘tganidan darak beradi. Bu hodisalar o‘g‘il bolalardan ko‘ra qizlarda ko‘proq ifodalangan bo‘ladi va shu qizlardagi tormozlanib qoladigan harakatlardan farq qiladi. Qizlar sal narsaga ham ko‘z yoshi qiladigan bo‘lib qoladi.
=== Slayd 51 ===
Keyinchalik psixikaning beqarorligiga xos hodisalar paydo bo‘ladi, ya’ni ma’yuslik tezda shodlik bilan almashadigan bo‘lib qoladi.Nerv sistemasi organizm uning muhiti somatik nerv sistemasi va uning cheksiz organlari “avtonomik” yoki vegetativ nerv sistemasi bilan bog‘langan. Somatik nerv sistemasining xususiyatlari his-tuyg‘ularini anglash tushunish, ixtiyoriy ko‘chish, ma’lumotlarni tezlikda almashtirish tarqatishdan iboratdir.
=== Slayd 52 ===
Vegetativ nerv sistemasi bir tomondan doimiy ravishda gomeostazni ayni holicha muvozanatda saqlashga va tabiiy muhit zaruratidan kelib chiqib organ funksiyasining o‘zini o‘zi tartibga solish idora etishga javobgar Somatik va avtomatik nerv sistemasi miyadan tanaga boradigan impuls mitoz bog‘lanishi singari sensorlik markazga intilishni o‘z ichiga oladi. Markazga intiluvchi o‘tkazuvchanlik tevarakdagi organlarda markazga “miyaga” o‘tkazilganda yuz beradi. Keyingi o‘tkazuvchanlik bo‘lsa markazdan boshqa joyga skelet muskuli, yumshoq muskul o‘tkazganda sodir bo‘ladi. Nerv sistemasi taqsimlanishiga ko‘ra va markaziy peripheral nerv sistemasiga bo‘linadi.
=== Slayd 53 ===
Markaziy nerv sistemasi miya va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Periperal nerv sistemasi somatik va avtomatik nervlarni, nerv to‘qimalarini o‘z ichiga oladi. Miya po‘stlog‘ida turli ta’sirotlarni qabul qiluvchi zona (analizator)lar bo‘lib, ular o‘zaro hamkorlikda ish bajarishi aniqlangan.
=== Slayd 54 ===
Mavzumiz so‘ngida xulosa qilib shuni aytib o‘tmoqchimanki oliy nerv faoliyati organizmda eng muhim funksiyalarni bajaruvchi organ hisoblanadi yetuk va sog‘lom shaxs bo‘lib yetishimizda o‘rni katta shuning uchun yosh avlodni o‘sish va rivojlanish jarayonlari bir vaqtda kechishi uchun ehtiyotkorlikka va gigiyenaga e’tibor berishimiz lozim. E’tiboringiz uchun rahmat salomat bo‘linglar.
=== Slayd 55 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.