OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Olimpiya ta’limi tizimi. Yozgi va qishki olimpiya o‘yinlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
=== Taqdimot 3 ===
“O‘yinlarning vujudga kelishi va qayta tiklanishi” tabiiyki, qadimgi Olimpiya o‘yinlarini insoniyat xotirasidan o‘chirib bo‘lmas edi. 1419-yilda Olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida ko‘p jildlik kitob nashr qilingan. Olimpiya o‘yinlari to‘g‘risida Shekspir va Milton, Gyote, Russo va Bayron o’z asarlarida eslatganlar. Volter “Jeux olympiques”, Flober va Gayd — olimpik so‘zidan sportga doir bo‘lmasa-da, foydalanganlar. Lekin aynan uyushgan sportning zamonaviy shaklda paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan birga o‘n sakkizinchi asrdan boshlab va keyingi davrlarda “olimpiya” tushunchasi keng foydalanilgan.
Zamonaviy olimpiya o‘yinlarining qayta tiklanishi
=== Taqdimot 4 ===
Yevropada o‘rta asrlardan buyon sport tadbirlari bilan o‘tkaziladigan bayramlar odatiy hol bo‘lgan. XVII asrda Robert Dover Kotsvold Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilgan va ayrim uzilishlar bilan keyingi 250 yil davomida o‘tkazilgan. Robert Dover Norfolkda 1575 va 1582-yillar oralig‘ida tug‘ilgan va 1652-yilda vafot etgan. Robert Dover Kotsvold o‘yinlarining asoschisi bo‘lganligi to‘g‘risida dalillar yo‘q va uning ishtiroki 1612-yildan boshlangan. O‘yinlar paydo bo‘lishi o‘rta asrlarda Angliyada bayramlar o‘tkazish an’anasi bilan bog‘liq. Ularga rapirada qilichbozlik, yakkakurash, qo‘l jangi, dubulg‘a bilan jang, raqslar, qoplarda sakrash, oyoqlari boylangan holda kurash bo‘yicha musobaqalar kiritilgan.
=== Taqdimot 5 ===
XVIII asrning oxiri va XIX asr mobaynida Gretsiya, Skandinaviya, Shimoliy Amerika va Birlashgan Qirollikda turli shakllardagi sport bayramlari rivojlangan. Shotlandiyada 1820-yillarda qayta tiklangan o‘yin an’analari 1850-yillarda Amerikada tarqalgan. Parijda 1820-yillarda va Nyu-Yorkda 1850-yillarda Rim sirki elementlaridan iborat sirk tomoshalari rivojlangan. Doktor Uilyam Penni Bruks tomonidan 1830-yillardan Skandinaviyada va 1849-yilda Liverpulda “olimpiya” va “olimpiyachi” tushunchalaridan foydalanilgan, bu o‘z navbatida Kubertenga katta ta’sir etgan. Yunonlar 1859-yildan boshlab va keyingi yillarda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklashga harakat qilganlar. Vengriyada ham “Olimpiya o‘yinlari” uslubidagi tadbirlar o‘tkazilgan. Olimpiya sirki 1827-yilda Templa yaqinidagi binoda tashkil qilingan. 1853-yilda tashkil qilingan Frankoni ippodromida aravalarda poygalar va Rim sirk tomoshalari o‘tkazilgan.
=== Taqdimot 6 ===
XIX asrning boshlarida sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib borilgan. 1829-yil Angliyada Kembrij va Oksford universitetlari o‘rtasida eshkak eshish bo‘yicha musobaqa uyushtirilgan. 1838-yildan boshlab esa Xenleyn parus va eshkak eshish regatasi o‘tkazilgan. 1845-yiI Angliyaning Iton shahrida yengil atletika birinchi xalqaro musobaqalari o‘tkazilgan. 1847-yil Rossiyaning Peterburg shahrida yelkanli sport bo‘yicha birinchi rasmiy musobaqa o‘tkazilgan. 1852-yil AQSHda Vinnipeg ko‘lida eshkak eshish bo‘yicha musobaqa tashkil etilgan. Vengriya, Gretsiya va boshqa bir qator mamlakatlarda, Amerika, Avstraliyada suzish bo‘yicha musobaqalar tashkil etilgan. 1860-yillarda Angliyada 15 ta klub mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida musobaqalar o‘tkazish an’anaga aylangan. 1863-yil Angliyada futbol ligasi tashkil etilgan. Futbol texnikasi va taktikasi ancha takomillashtirilgan. Bu hozirgi davr futbolining yaratilish asosini tashkil etgan edi.
=== Taqdimot 7 ===
Xalqaro sport va olimpiya harakati vujudga kelishining asosiy sabablari
Sport, gimnastika va sport o‘yinlarini xalqaro miqyosda rivojlanishi;
Jismoniy tarbiyaning takomillashgan uslublari, shakllari va vositalarining ishlab chiqilishi;
Milliy va xalqaro sport federatsiyalarning tashkil qilinishi;
Sport musobaqalari qoidalari va tartiblarining ishlab chiqilishi;
Xalqaro sport musobaqalarining tashkil qilinishi va o‘tkazilishi;
Davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning kengayishi va sport sohasida tajribalar almashishni yo‘lga qo‘yilishi;
Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash g‘oyasining vujudga kelishi va rivojlanishi.
=== Taqdimot 8 ===
Pierre de Coubertin zamonaviy Olimpiya o‘yinlarini tiklash g‘oyasini hayotga tatbiq etgan
1894-yil 16-23-iyunda Pierre de Coubertin tashabbusi bilan Parij shahrida I Xalqaro atletik kongressi o‘tkazilgan. Kongressda Coubertin taklifi bilan 1894-yil 23-iyunda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) tashkil etilgan. Uning tarkibiga 12 davlatdan 14 ta vakil kiritilgan. I Kongress
1894-yil 16-23-iyunda o‘tkazilgan va to‘rtta asosiy masala muhokama qilingan:
Havaskorlik va professional sporti haqida;
Olimpiya o‘yinIarini qayta tiklash to‘g‘risida;
Olimpiya o‘yinlarining dasturi va uni o‘tkazish tartiblari;
Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining tarkibi to‘g‘risida.
=== Taqdimot 9 ===
Zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining tarixiy rivojlanishi to‘rtta asosiy davrlardan iborat
I. 1896- 1912-yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari.
II. 1920-1936-yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari.
III. 1948-1988-yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari.
IV. 1992-hozirgi davrgacha o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari.
Bu davrlar xalqaro olimpiya harakatining shakllanish va zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining tiklanish davri hisoblanadi. Olimpiya harakati tarixida bu davr “Pierre de Coubertin davri” deb nomlanadi. Bu davrlarda Xalqaro olimpiya harakatining rivojlanishi uning huquqiy asoslarini yaratilishi, tashkiliy tuzilmasi va tarkibining shakllanishi, tashkiliy tadbirlarining yo‘lga qo‘yilishi, moddiy-texnik ta’minlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
=== Taqdimot 10 ===
Olimpiya ta’limi tizimi
Hozirgi davrda olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy tuzilmasiga Xalqaro Olimpiya akademiyasi (XOA), milliy olimpiya akademiyalari (MOA), olimpiya ta’limi bo‘yicha xalqaro va milliy markazlari, olimpiya muzeylari, Pierre de Coubertin, Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi va boshqa tashkilotlar kiradi. Olimpiya ta’Iimi masalalari 1897-yilda Gavr shahri (Fransiya)da o‘tkazilgan XOQning sessiyasida ilk bor muhokama qilingan. Xalqaro Olimpiya akademiyasi 1961-yilda tashkil qilingan. XOA manzili, ya’ni shtab-kvartirasi Olimpiya shahrida joylashgan.
=== Taqdimot 11 ===
Bu tashkilot olimpiya harakati g‘oyalari va tamoyillari, jismoniy
tarbiya nazariyasi va sport amaliyotini o‘rganish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha ixtisoslashgan muassasa bo‘lib, XOQ rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatadi. XOA 100 dan ortiq davlatlarning milliy olimpiya akademiyalarini tan olgan. Uning faoliyati XOQning maxsus komissiyasi tomonidan boshqariladi va nazorat qilinadi.
=== Taqdimot 12 ===
Olimpiya madaniyati qadriyatlari
Bugungi kunda xalqaro olimpiya harakati sport jarayonining asosini tashkil etadi va uchta tushunchani – “olimpizm”, “olimpiya harakati”, “olimpiya o‘yinlari” tavsiflaydi. Olimpizm – bu tana, iroda va ong qadr-qimmatini muvozanatlashgan bir butunlikka birlashtiruvchi hayot falsafasidir. Olimpiya harakati – bu olimpizm tamoyillariga asoslangan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va tinchlikni mustahkamlash maqsadida sportni rivojlantirishga qaratilgan demokratik ijtimoiy jarayondir. Olimpiya harakati insoniyat faoliyatining ko‘p sohalari: ta’lim, tarbiya, san’at, fan, madaniyat, texnika taraqqiyoti, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va tinchlikni mustahkamlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Olimpiya o‘yinlari – har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.
=== Taqdimot 13 ===
Olimpiya o‘yinlari- bu individual va jamoaviy sport turlari bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida emas, balki sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalardir. Olimpiya o‘yinlari – har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.
=== Taqdimot 14 ===
Olimpizm tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun unga quyidagi ta’riflarni ham berish mumkin:
Olimpizm – bu jamiyatning o‘ziga xos holatidir, bunda tajovuzkorlik, urush harakatlarini olib borish axloqsizlik hisoblanadi;
Olimpizm – bu sport, san’at, madaniyat, fan va texnikaning o‘ziga xos uyg‘unlashuvidir. Olimpiadalar moddiy va ma’naviy madaniyatning turli tomonlarini rivojlantirish omillaridan biri bo‘ldi. Bunday uyg‘unliksiz Olimpiya o‘yinlari o‘zining bu darajada maftunkorligiga ega bo‘lmas edi;
Olimpizm – bu turli davlatlar sportchilarining yagona ahil oilaga birlashishidir. Bu o‘zaro yordam, birdamlik, halollikka asoslangan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishdir;
=== Taqdimot 15 ===
Olimpizm nafaqat jismoniy sifatlarni, balki tana va ruh uyg‘unligini tarbiyalashga qaratilgan ta’limdir, bu sportchilarda jasurlik, or-nomus, qadr-qimmatni tarbiyalashdir;
Olimpizm deganda madaniyat va san’at, fan va texnika, ma’naviyat sohalarida sport faoliyatining ilg‘or tajribalari va yutuqlari bilan uyg‘unlashishiga qaratilgan qarashlar tizimi tushuniladi;
Olimpizm – sport harakatining ma’naviy asosi bo‘lib, unda gumanistik – insonparvar g‘oyalar, insonlarning yaxshi niyatlari, tinchlik, hamkorlikka intilishi aks etadi;
Olimpizmning mazmun-mohiyati insonga, shaxsga, jamiyatga xizmat qilishdan iborat.
=== Taqdimot 16 ===
Olimpizm rivojlanishida uchta bosqichni bosib o‘tgan
Birinchi bosqich – qadimgi davr (miloddan avvalgi 776-yil – milodiy 394-yil)
Ikkinchi bosqich – Pierre de Coubertin davri (1894 – 1936-yillar.)
Uchinchi bosqich – zamonaviy davr (1948-yil va hozirgi davrgacha).
=== Taqdimot 17 ===
Yozgi va qishki olimpiya o‘yinlari
Olimpiya o‘yinlari – har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport musobaqalaridir. Yozgi Olimpiya o‘yinlari – yozgi sport turlari bo‘yicha har 4 yilda bir marta XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan xalqaro kompleks musobaqalaridir.
=== Taqdimot 18 ===
1896-1912-yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy xususiyatlari
■ I-yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga ayollar sporti kiritilmagan.
■ Olimpiya o‘yinlari dasturida yozgi va qishki sport turlari bo‘lgan.
■ Sportchilarni va sport rekordlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha
tashkiliy hay’at tuzilmagan. Olimpiya o‘yinlari jihozlanishi past darajada bo‘lgan, maxsus sport inshootlari yetishmagan.
■ Olimpiya shaharchasi, sportchilarning yetib kelish sanasi va o‘yinlar vaqtidagi aniq jadvallar bo‘lmagan.
■ I-V Olimpiya o‘yinlarida faqat mezbon davlat jamoasi g‘olib bo‘lgan.
■ VI yozgi Olimpiya o‘yinlari (1916) birinchi jahon urushi sababli o‘tkazilmagan.
=== Taqdimot 19 ===
1920 -1936-yillarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy xususiyatlari
■ Olimpiya o‘yinlarida birinchi marta olimpiya bayrog‘i ko‘tarilgan va sportchilarning olimpiya qasamyodi kiritilgan.
■ Ilk bor olimpiya shiori – “Citius, Altius, Fortius” yangragan.
■ Qishki olimpiya o‘yinlari alohida o‘tkazila boshlagan.
■ Olimpiya mash’alasini yoqish an’anasi kiritilgan.
■ Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va sportchilar uchun ilk bor maxsus olimpiya shaharchasi qurilgan.
■ XII yozgi Olimpiya o‘yinlari (1940) va XIII yozgi Olimpiya o‘yinlari (1944) Ikkinchi jahon urushi sababli o‘tkazilmagan.
=== Taqdimot 20 ===
1948-1988-yilIarda o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarining asosiy xususiyatlari
■ Xalqaro olimpiya harakatida “sport va siyosat” muammosi paydo bo‘lgan.
■ Sobiq Ittifoq terma jamoasi Olimpiya o‘yinlarida yetakchi pozitsiyalarni egallab olgan.
■ XOQ, MOQ va XSF o‘zaro munosabatlari yaxshilangan. Olimpiya kongresslari 50 yillik inqirozdan so‘ng yana o‘z faoliyatini boshlagan.
■ XOQ tomonidan yangi milliy olimpiya qo‘mitalarining tan
olinishi hisobidan olimpiya harakati saflari yanada kengaygan.
■ Xalqaro olimpiya harakatida doping va haqqoniy hakamlik
muammosi paydo bo‘lgan.
=== Taqdimot 21 ===
1992-2016-yillarda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarining asosiy xususiyatlari
■ Olimpiya harakati safiga sobiq Ittifoq tarkibidan ajralgan yangi
Mustaqil davlatlar qo‘shilgan.
■ “Sovuq urush” davri barham topib, sport va siyosat muammosi
bartaraf etildi.
■ Xalqaro olimpiya harakatida Paralimpiya va Paraosiyo
o‘yinlarining mavqei oshdi.
■ Yoshlar olimpiya o‘yinlari joriy qilindi va ular umumjahon
ahamiyatga ega bo‘ldi.
■ Olimpiya sporti tayyorgarligining ilmiy-nazariy asoslari,
texnik-taktik usullari, tibbiy-biologik ta’minoti, moddiy-texnik bazasi yanada takomillashdi.
=== Taqdimot 22 ===
Olimpiya o‘yinlarining dasturi
Olimpiya harakati rivojlanishining dastlabki davrida, 1896-yilda olimpiya dasturiga 9 ta sport turlari va 43 ta sport musobaqalari kiritilgan bo‘lsa, 2014-yilda ularning soni 37 ta sport turlari va 301 ta sport musobaqa turlarini tashkil etdi. 1924-yilda qishki olimpiya sport turlarining soni 7 ta va qishki sport musobaqa turlari 39 ta bo‘lgan. 2014-yilda esa qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga 15 ta sport turlari va 80 ta sport musobaqa turlari kiritilgan.
=== Taqdimot 23 ===
Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilish va o‘tkazish tartibi
Olimpiya xartiyasi bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. 1994-yildan boshlab yozgi va qishki olimpiya o‘yinlarining orasidagi farq ikki yilni tashkil qiladi. Yozgi olimpiya o‘yinlari 16 kun va qishki olimpiya o‘yinlari 12 kun davom etadi.
Olimpiya o‘yinlari planetar ahamiyatga ega bayram bo‘lib, ularni yuqori saviyada tashkil qilish va o‘tkazish har bir mamlakat uchun katta sharafdir. Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqi XOQ tomonidan tanlangan va tasdiqlangan shaharga beriladi.
=== Taqdimot 24 ===
Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun nomzod shaharlarni tanlash tartibi
■ XOQ va nomzod shaharlarning axborot uchrashuvi;
■ Nomzodni ko‘rib chiqish jarayoni to‘g‘risidagi tadbirlarni imzolash;
■ Nomzod taqdimoti uchun uning emblemasini yaratish;
■ XOQ ijroiya qo‘mitasiga nomzod shahar kichik delegatsiyasining taqdimoti. Taqdimot maqsadi – XOQ ijroiya qo‘mitasini nomzod shaharlarning o‘z rahbariyati va boshqaruvi bilan tanishtirishdir;
■ XOQga nomzod shaharning o‘zi haqidagi ma’lumotlari bilan
birgalikda 150 ming AQSH dollari miqdorida badal puli to‘lanadi. Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish huquqini olmagan nomzod shaharlarga badal puli foizi bilan qaytariladi;
■ XOQ ijroiya qo‘mitasi tomonidan nomzod shaharlarni
tasdiqlash va kelgusida XOQ sessiyasida Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan shaharni tanlash.
=== Taqdimot 25 ===
Qishki Olimpiya o‘yinlari Pyer de Kuberten tashabbusi bilan boshlangan
1921 va 1922-yillarda Pierre de Koubertin Qishki Olimpiya o‘yinlarini tashkil qilish bo‘yicha hay’at tuzib, uning tarkibiga Shvetsiya, Fransiya, Norvegiya, Shveysariya va Kanada vakillarini
kiritgan. 1922-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan XOQning sessiyasida “VIII Olimpiya o‘yinlariga bag‘ishlangan xalqaro sport haftaligini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
=== Taqdimot 26 ===
Qishki Olimpiya o‘yinlari Pierre de Coubertin tashabbusi bilan boshlangan
Birinchi qishki Olimpiya o‘yinlari 1924-yilda Xalqaro sport haftaligi sifatida tashkil qilingan. Sport haftaligi yuqori saviyada tashkil qilingan. Qishki o‘yinlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror XOQning 1925-yillar Praga shahrida bo‘lib o‘tgan sessiyasida qabul qilingan. 1992-yilga qadar qishki va yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yilda o‘tkazilgan, 1994-yilda ularning oralig‘i 2 yilni tashkil etishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Olimpiya xartiyasiga binoan qishki Olimpiya o‘yinlari ham yozgi Olimpiya o‘yinlari uchun belgilangan tartib-qoidalar bo‘yicha tashkil qilinadi.
=== Taqdimot 27 ===
Hozirgi davrgacha bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarining tarixida uchta asosiy bosqichlarni kuzatish mumkin:
Birinchi bosqich I-VI qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan davr (1924-1952-yillar);
Ikkinchi bosqich VII-XVI qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan davr (1956-1992-yillar);
Uchinchi bosqich XVII-XXII qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan davr (1994-2022-yillar).
=== Taqdimot 28 ===
Regional va kontinental o‘yinlar
Osiyo, Amerika, Afrika qit’alarining MOQ assotsiatsiyalari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro kompleks musobaqalardir. Kontinental o‘yinlar tarkibiga Panamerika, Osiyo va Afrika o‘yinlari kiradi. Ularda bir qit’a mamlakatlarining sportchilari ishtirok etadi.
Kontinental o‘yinlar
Osiyo qit’asida XOQ va Osiyo Olimpiya Kengashi rahbarligida o‘tkaziladigan xalqaro kompleks musobaqalaridir.
Osiyo o‘yinlari
Osiyo Olimpiya kengashi a’zolari bo‘lgan davlatlar o‘rtasida o‘tkaziladigan qishki sport musobaqasidir.
Qishki Osiyo o‘yinlari
=== Taqdimot 29 ===
Amerika qit’asida XOQ rahbarligida o‘tkaziladigan xalqaro kompleks musobaqalardir.
Panamerika o ‘yinlari
Afrika o‘yinlari 1965-yil Brazzavil shahrida (Kongo) o‘tkazilib, 29 davlatdan 2500 sportchi ishtirok etgan. O‘yinlar dasturida erkaklar o‘rtasida 10 ta sport turlari, ayollar 2 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lgan. Bunda Misr va Suriya sportchilari eng ko‘p medallarga sazovor bo‘lganlar.
Afrika o‘yinlari
O‘rta yer dengizi o‘yinlari 1951-yildan boshlab har 4 yilda o‘tkaziladi.
O‘rta yer dengizi o‘yinlari
=== Taqdimot 30 ===
1985-yildan boshlab o‘tkazilmoqda. Bu o‘yinlarda aholisi 1 milliondan kam bo‘lgan Monako, Lyuksemburg, Andorra, Kipr va boshqa davlatlar sport jamoalari qatnashadi.
Yevropa kichik mamlakatlari o‘yinlari
Regional o‘yinlarga Markaziy Amerika va Karib dengizi o‘yinlari, O‘rtayer dengizi о‘yinlari, Yevropa kichik mamlakatlari o‘yinlari, Bolqon o‘yinlari, Bolivar o‘yinlari, Markaziy Amerika o‘yinlari, Janubiy-Sharqiy Osiyo o‘yinlari, Sharqiy Osiyo o‘yinlari, Tinch okeani janubiy qismi o‘yinlari, Arab davlatlari o‘yinlari va boshqalar kiradi.
Regional o‘yinlari
=== Taqdimot 31 ===
Paralimpiya o‘yinlari
Tayanch-harakat apparati shikastlangan va imkoniyati cheklangan, kar va soqov, ko‘zi ojiz, aqliy zaif sportchilarning xalqaro kompleks sport musobaqalaridir.
XIX asrning 1880-yillarida Berlinda kar va soqovlar uchun birinchi sport klubi ochilgan. Kar va soqovlar uchun Paralimpiya o‘yinlari 1924-yil 17-avgustda Parijda bo‘lib o‘tgan. Bunda Belgiya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Polsha, Fransiya va Chexoslovakiya sportchilari qatnashgan.
=== Taqdimot 32 ===
Olimpiya o‘yinlari va ommaviy axborot vositalari
1896-yil va 1935-yillar oralig‘idagi televideniyagacha bo‘lgan davri.
1-bosqich
Televideniyani yangi texnologiya sifatida 1936 va 1967-yillar oralig‘ida paydo bo‘lish davri.
2-bosqich
Televideniyani 1968-yil va 1987-yillar oralig‘idagi
texnologiyalarni takomillashtirilishi va globallashuvi davri.
3-bosqich
l988-yildan hozirgi vaqtga qadar televideniyani raqamli
transformatsiya davri.
4-bosqich
=== Taqdimot 33 ===
Olimpiya o‘yinlari televideniyasiz bunday global ta’sir ko‘rsatmagan bo‘lar edi. Olimpiya o‘yinlari, hozirgi vaqtda, o‘zining mavjud ko‘rinishga ega bo‘lib, tomoshalarning jonli tasvirlarini global masshtabda qayta tiklaydigan va tarqatadigan televideniyaning mahsuli hisoblanadi. O‘yinlar, aslida, sport hodisasiga ko‘ra, televideniyaning hodisasi sifatida yaxshiroq idrok qilinadi. Olimpiya turlarining barchasini ichida faqatgina yengil atletika, tennis, futbol, basketbol va boks Olimpiya o‘yinlari tashqarisida ancha ko‘p tomoshabinlarga ega. Ikkinchi jahon urushiga qadar faqatgina to‘rtta mamlakat (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya) harakatdagi rivojlangan televizion texnologiyalarga ega bo‘lgan. Olimpiya o‘yinlari uchun televideniya davri 1936-yili Berlindan boshlangan. Tasvirlar bevosita ommaga translatsiya qilinmagan, balki 28 ta mahalliy zallardagi 150 000 tomoshabinlarga yetkazib berilgan.
=== Taqdimot 34 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“OLIMPIYA TA’LIMI TIZIMI. YOZGI VA QISHKI OLIMPIYA O‘YINLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar