Oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Ta’lim-tarbiya jarayonida oila, mahalla va ta’lim muassasasi integratsiyasi.
Slayd 2
Reja:
Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi konsepsiyasi va uning mohiyati
Yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligini amalga oshirish mexanizmi.
Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat mazmuni.
Slayd 3
Mentalitet
Kunlarning birida Amerikada chiqadigan yirik gazetaning prezidenti bilan hamsuhbat bo’lib qoldik. U o’zbeklar nima uchun mahallani bunchalik hurmat qilishini, nega mahalla to’g’risida maxsus qonun qabul qilinganini so’radi. Mahalla degani qanday institut ekanini tushuntirib berishimni iltimos qildi. …
Slayd 4
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26 sentyabr kuni mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, «mahalla yettiligi»ni tashkil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirish zarurligi ta’kidlandi hamda «yettilik tizimi» faoliyatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.
Slayd 5
Mahalla yettiligi:
Mahalla raisi
Hokim yordamchisi
Xotin-qizlar faoli
Profilaktika inspektori
Soliq xodimi
Ijtimoiy xodim
Yoshlar yetakchisi
Slayd 6
“Oila, mahalla va ta’lim muassasasi hamkorligi» konsepsiyasi 1993 yil qabul qilingan.
Konsepsiyaning maqsadi yoshlarni maʼnaviyatli, maʼrifatli, malakali qilib tarbiyalashda tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish.
Slayd 7
«Oila, mahalla, ta‘lim muassasalari» hamkorligi yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, o‘quvchilarda qiziqishini, iste’dodini, qobiliyatini rivojlantirishda xizmat qiladi. Oilalardagi axloqiy muhitni yaxshilab, ularda tarbiyalanayotgan farzandlarni zamon talablari asosida hamda milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim o’rin tutadi.
Slayd 8
«Oila, mahalla, maktab hamkorligi» konsepsiyasi vazifalari
-Avvalambor oilada sog’lom muhitni rivojlantirish, bir -birlariga g‘amxo‘r bo‘lish;
-farzandlarga dunyoviy bilimlar berish, ma’naviyatli inson qi‘lib yetishtirish;
-bolalarni mustaqil fikrlashga o’rgatish va vatanga muhabbat tuyg‘usini shakllantirish;
-bolalarning bo’sh vaqtlarida qo’shimcha ta‘lim berish;
-mahalla faollari bilan bolalarning ta’lim-tarbiyasiga oid majlislar o’tkazib, muammolarni hal etish;
-mahalla tomonidan o’quvchilarga ko‘rik-tanlovlar, bayram, sport musobaqalarini o’tkazish
Slayd 9
Konsepsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi:
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi.
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi.
Slayd 10
Ota-onalar bilan yaqindan aloqa o’rnatadi va aloqani doimo mustahkamlab boradi;
O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablarini qo’yishga erishadi;
Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi;
Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi
Slayd 11
Sinf rahbari oilaga quyidagi tizimli axborotlar berib turishi kerak:
O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor-yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati
O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarning doirasi
O’quvchining ayrim xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyasi haqida maslahat va tavsiyalar
Slayd 12
Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
-Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
-Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
-O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Slayd 13
Ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari:
O’quvchilarning uylariga borish.
Ota-onalarni maktabga chaqirish.
Ota-onalar bilan ishlash.
Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish.
Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
Savol-javoblar kechasi.
Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish.
Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlarda tizimli ish olib borish
Slayd 14
Ota-onalarning farzandni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchilik va xatolari kuzatiladi:
Ota-onalarning farzand bilan muomalasining yetishmasligi.
Farzandlarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik.
Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi.
Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi.
Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi.
Harakatlarning maktab bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik.
Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni susaytirib yuborishlari.
Qarorlar qabul qilishda kechikish.
Slayd 15
O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning vazifalari:
Oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota-onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni ta’minlash;
oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
farzandning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
farzandni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
Slayd 16
Farzandning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
farzandda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
sanitariya-gigiyenik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;
oila maktab va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha xatti-harakatlari uchun javobgardir;
sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.
Slayd 17
Oila, mahalla, maktab hamkorligi tamoyillari:
Ta’lim va tarbiya sohasida hamkorlik jarayoni ishtirokchilari harakatlarining ish birligi;
tarbiyalanuvchiga hurmat va talabning uyg’unligi;
hamkorlik jarayoni sub’ektlarining teng huquqliligi va yuksak mas’uliyati;
faoliyat jarayonida millat va davlat manfaatlari ustuvorligi;
hamkorlikning ilmiy asoslanganligi;
Slayd 18
Oila, mahalla, maktab hamkorligi bosqichlari:
Birinchi bosqich. Yosh oilalar bilan ishlash. Yosh ota-onalarga farzand va uning tarbiyasi haqida falsafiy, tibbiy tushunchalarni berish va bu masalalarga tibbiyot xodimlari, obro’LI xotin – qizlarni, ota-onalarni jalb qilib, «Yosh onalar va otalar o’quv muassasasilari» faoliyatini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi bosqich. Farzandning o’quv muassasasigacha bo’lgan davridagi jismoniy, aqliy va ma’naviy rivojlanishini ta’minlash borasida ularga rasm chizish, voqealarni bayon qilish, o’ziga o’zi xizmat qilish, harf tanish, qo’shiq aytish va raqs tushish, turli o’yinlarda ongli qatnashish tushunchalarini singdirish va mustaqil ravishda bilim olish ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan o’quv muassasasiga tayyorlash.
Slayd 19
Uchinchi bosqich. Kichik yoshdagilar uchun mo’ljallangan (6-11 yosh) o’quv muassasalarida farzandning jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy shakllanishini ta’minlash, uning ilk iqtidori, qiziqishi va aqliy imkoniyatlarini aniqlash, o’z xatti – harakatlariga javobgarlik hissini tarbiyalash, bo’sh vaqtini to’g’ri tashkil qilishni o’rgatish, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lib, do’stlik, baynalmilallik, vatanparvarlik xislatlarini shakllantirish.
To’rtinchi bosqich. O’smirlarning (11-16 yosh) qiziqishini, bilimga chanqoqlik va aql zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy faoliyatga tortish, jismonan baquvvat bo’lishini ta’minlash, maishiy mehnat faoliyati orqali turli kasblarga yo’naltirish, o’smirlar sinflari va jamoatchilik orasida o’z o’rnini topa olishiga ko’maklashish, o’z xatti-harakatlari uchun jamiyat, qonun va ota-onalari oldida javobgarlik tuyg’usini shakllantirish, ijtimoiy faolligi va mustaqil dunyoqarashini yuzaga keltirish.
Slayd 20
Beshinchi bosqich. Yoshlarni (16 yosh va undan yuqori) dunyo andozalariga mos bilim olishlari, kasb tanlashlari, mustaqil hayotga tayyorgarliklarini ta’minlash. Ularning imkoniyatlari darajasida ta’lim olishlariga, tanlagan kasblari bo’yicha ish bilan ta’minlanishlariga, iqtisodiy mustaqil bo’lishlariga shart-sharoit yaratish. Vatan, Davlat va jamiyat oldidagi fuqarolik burchlarini ado etishga javobgarlik hissini to’la shakllantirish, mustaqil oila qurishga tayyorlash.
Slayd 21
Insonni inson qilib turadigan go’zal libosi bu tarbiyadir
Slayd 22
“O’quv qurollari» metodi
Agar darsimizni biron-bir o’quv quroliga o’xshatganingizda qaysi o’quv quroliga o’xshaydi? Nima uchun?
Slayd 23
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 24
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI TO‘G‘RI TALAFFUZGA O‘RGATISHNING ASOSIY VAZIFALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BIOLOGIYA O‘QITUVCHISI FOYDALANADIGAN LOKAL TEXNOLOGIYALARNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.