Odamda birikkan irsiylanish va genetik xarita masalalari
8000 so'm

Slayd 1
Odamdagi belgilarni birikkan holda irsiylanishi va genetik xarita tuzishga doir masalalar echish.
Slayd 2
1906-yilda U. Betson va R. Pennet xushbo‘y hidli no‘xat o‘simliklarini cha tish tirib, chang donasining shakli va gulning rangi keyingi avlodda mustaqil holda irsiylanmasligini, duragaylarda ota-ona formalarining belgilari takrorlanishini aniqlashdi. Avlodlarda belgilarning mustaqil holda irsiylanishi va erkin kombinatsiyalanishi barcha belgilar uchun xos emasligi ma’lum bo‘ldi.
Slayd 3
Tomas Morgan va uning shogirdlari mustaqil holda irsiylanmaydigan genlar belgilarining avloddan avlodga o‘tishini o‘rgandilar. Agar G. Mendel o‘z tajribalarini no‘xat o‘simligida o‘tkazgan bo‘lsa, Morgan uchun meva pashshasi drozofi la asosiy obyekt bo‘lib xizmat qildi. Drozofi lalar tajriba o‘tkazish uchun juda qu lay obyektdir. Chunki ular laboratoriya sharoitida tez ko‘payadi, xromosomalar soni 8 ga teng.
Slayd 4
Genlarning mustaqil kombinatsiyalanishi qonuni o‘rganilayotgan genlar nogomologik xromosomalarda joylashsagina o‘rinli bo‘ladi. Genlar soni xromo somalar sonidan ancha ko‘p bo‘lganligi sababli bitta xromosoma da juda ko‘p genlar joylashadi va birikkan holda irsiylanadi. Bir xromosomada joylashgan genlar majmuyi birikish guruhi deyiladi.
Slayd 5
Organizmdagi genlarning bi rikish guruhi shu organizm xromoso malarining gaploid to‘pla mi ga teng bo‘ladi. Jumladan, makkajo‘xorida (Zea mays) xromosomaning gap loid to‘plami va birikish guruhi 10 ga, no‘xatda (Pisum sativum) 7 ga, drozofi la meva pashshasida (Drosophila melanogaster) 4 ga, odamda (Homo sapiens) 23 ga teng.
Slayd 6
Bu hodisani yaxshi tushunish maqsadida drozofi lalarda ikki juft belgilar ning nasldan naslga o‘tishi bilan tanishamiz. Drozofi lalarda ta naning kulrangligini belgilovchi gen (A) qora rang geni (a) ustidan dominantlik qiladi. Normal qanot geni (B) esa kalta qanotni belgilovchi gen (b) dan ustunlik qiladi.
Slayd 7
Kulrang va normal qanotli pashshalarni qora va kalta qanotli pashshalar bilan chatishtirsak, birinchi avlod bir xilliligi yuzaga chiqadi, ya’ni kulrang tanali, normal qanotli pashshalar hosil bo‘ladi.
Slayd 8
Agar urg‘ochi digeterozigota pashshani tahliliy duragaylash usulida tekshirsak, avvalgi tajribaga nisbatan boshqacharoq natijani kuzatamiz. Bunda 4 xil variantda belgilarga ega bo‘lgan avlod hosil bo‘ladi. Lekin G. Mendel tajribalarida kuzatilgan 1:1:1:1 nisbatdan farq qilib, ota-onalarinikiga o‘xshagan belgilar ko‘proq (kulrang tanali, uzun qanotli – 41,5%, qora tanali, kalta qanotli – 41,5%), yangi hosil bo‘lgan belgilar esa ancha kam (kulrang tanali, kalta qanotli – 8,5%, qora tanali, normal qanotli – 8,5%) uchraydi. Genlar birikishining bu xili chala birikish deb ataladi
Slayd 9
Genlar chala birikishining sababini tushunish uchun jinsiy hujayralarning yetilishida kuzatiladigan meyoz jarayonini eslash kerak. Meyoz I ning profazasida muhim jarayon – krossingover kuzatiladi. Gomologik xromosomalar konyugatsiyalashib allel genlarning almashinuvi sodir bo‘ladi.
Slayd 10
Natijada gametalarning bir qismi yangi genlar kombinatsiyasiga ega bo‘ladi. Shuning uchun yangi avlodda ota-onalarnikidan farq qiluvchi yan gi belgilar kombinatsiyasi vujud ga keladi. Krossingover natijasida hosil bo‘lgan gametalar hamda shu gametalardan hosil bo‘lgan avlod bir xil nom bilan krossoverlar deb ataladi. Krossingoverga uchramagan gametalar ishtirokida hosil bo‘lgan avlod nokrossoverlar deb ataladi.
Slayd 11
T. Morgan qonuni quyidagicha tavsifl anadi: bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhlarini hosil qiladi va nasldan naslga birikkan holda o‘tadi. Ularning birikish ehtimoli shu genlar orasidagi masofaga teskari proporsionaldir. Genlar orasidagi masofa morganida deb ataladigan birlik bilan ifodalanadi; 1 morganida 1% krossingover kuzatiladigan genlar orasidagi masofaga teng. Biz yuqorida ko‘rib chiqqan misolimizdagi ikkita gen orasidagi masofa 17 morganidaga teng.
Slayd 12
Slayd 13
Belgilarning birikkan holda irsiylanishi, krossingover hodisasiga asoslanib T.Morgan o‘z shogirdlari bilan irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdi. Uning mazmuni quyidagicha:
genlar xromosomalarda ma’lum bir chiziqli ketma-ketlikda joylashadi;
har bir gen xromosomada o‘z o‘rni (lokus)ga ega; allel genlar gomologik xromosomalarning aynan bir xil lokuslarida joylashadi;
bitta xromosomada joylashgan genlar birikish guruhini hosil qilib, birgalikda irsiylanadi; birikish guruhlari soni xromosomalarning gaploid to‘plamiga teng va har bir tur uchun doimiydir.
krossingover jarayonida genlarning birikishi buzilishi mumkin, bunda rekombinant xromosomalar hosil bo‘ladi; krossingover chastotasi genlar orasidagi masofaga bog‘liq: masofa qanchalik uzoq bo‘lsa, krossingover shuncha ortadi;
rekombinatsiya foizi asosida genlar orasidagi masofa aniqlanadi, bu esa xromosomalar xaritasini tuzishga imkon beradi.
Slayd 14
Slayd 15
Bu sohadagi tadqiqot natijalari xromosomaning genetik va sitologik xaritasini yaratish imkonini vujudga keltirdi. Ma’lum birikish guruhga kirgan genlarning joylashish tasviri genetik xarita deyiladi. Genetik xaritada organizmning har bir birikish guruhi alohida tasvirlanadi va ularda joylashgan genlarning qisqartirilgan nomi beriladi, genlar orasidagi masofa krossingover foizlari natijalariga qarab belgilanadi.
Slayd 16
Savol va topshiriqlar
Birikkan holda irsiylanish hodisasi dastlab kimlar tomonidan aniqlangan?
T.Morgan o‘z tajribalarida qaysi obyektdan va nima uchun foydalanganligini izohlang.
To‘liq va qisman birikish deb nimaga aytiladi?
Krossingover nima? Uni isbotlovchi tajriba mohiyatini tushuntiring.
Krossover organizmlar deganda nimani tushunasiz?
Krossingover miqdori qanday hisoblanadi?
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Birikmalar mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.