=== Taqdimot 1 ===
Nutq uslublari
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
Ma’lumki, o‘zbek tilshunosligining nisbatan yangi sohasi sanaladigan stilistika – uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala jarayonida turli soha va vaziyatda qo‘llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no nozikliklarini aniqlash bilan shug‘ullanadi.
=== Taqdimot 4 ===
Stilistika – tilda mavjud bo‘lgan barcha vositalar – leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish zarurligini, ma’lum bir tipdagi shakl, so‘z va konstruksiyalardan qaysi birini qo‘llash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo‘llanadigan vositalarni belgilab beradi. Shunga ko‘ra, stilistika so‘z san’ati, ifoda vositalar haqidagi alohida bir fandir.
=== Taqdimot 5 ===
Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo‘llanish yo‘llari, lug‘aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo‘llanish xususiyatlari o‘rganiladi.
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo‘limi bo‘lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi.
=== Taqdimot 6 ===
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum bir sohada qo‘llanadigan, bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ko‘rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub orqali so‘zlovchi shaxs, narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. Аdаbiy tilning ijtimоiy hаyotning mа’lum sоhаsi dоirаsidа qo‘llаnilаdigаn ko‘rinishi nutq uslublаri dеyilаdi.
=== Taqdimot 7 ===
Nutq uslublаri quyidаgilаr:
Bаdiiy uslub
Ilmiy uslub
Оg‘zаki so‘zlаshuv uslubi
Publitsistik uslub
Rаsmiy-idоrаviy uslub
1
3
2
4
5
=== Taqdimot 8 ===
So‘zlashuv uslubi. Uyda, ko‘chada, insonlarning o‘zaro so‘zlashuvida qo‘llanadigan uslub so‘zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til me’yorlariga rioya qiladigan ko‘rinishi adabiy so‘zlashuv uslubi deb yuritilsa, bunday me’yorlariga rioya qilinmaydigan ko‘rinishi oddiy so‘zlashuv uslubi deb ataladi. So‘zlashuv uslubidagi nutq ko‘pincha dialogik shaklda bo‘ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi.
=== Taqdimot 9 ===
So‘zlashuv uslubida ko‘pincha turli uslubiy bo‘yoqli so‘zlar, grammatik vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma ishni do‘ndiribsizda. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! So‘zlashuv uslubida gapdagi so‘zlar tartibi ancha erkin bo‘ladi, piching, qochiriqlar, kinoyalar ko‘plab ishlatiladi. Ko‘proq sodda gaplar, to‘liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. So‘zlashuv uslubi kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos amal qiluvidir.
=== Taqdimot 10 ===
Nutqda til unsurlarining ishtirok etishiga ko‘ra kitobiy uslub sifatida qaraluvchi ilmiy, rasmiy ish qog‘ozlari va publitsistik uslublarga so‘zlashuv uslubi qarshi turadi deyish mumkin. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida nutqiy aloqaning bevosita amalga oshuvi, nutqiy jarayonning oldindan tayyorlab qo‘yilmaganligi, nutqiy munosabatda bo‘layotgan kishilar o‘rtasida rasmiy muomalaning bo‘lmasligi so‘zlashuv uslubini boshqa vazifaviy uslublardan keskin chegaralaydi. So‘zlashuv uslubining yana bir farqi shundaki, unda lisoniy va nolisoniy omillarning munosabati boshqa uslublarga qaraganda mustahkamdir.
=== Taqdimot 11 ===
So‘zlashuv uslubining o‘ziga xosliklari:
2. So‘zlashuv nutqida til birliklari o‘zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng namoyish qiladi. Masalan, ulgurmaymiz deyishdan ko‘ra ulgurib bo‘pmiz, ulgurmoq qayoqda, ulgurib ham bo‘ldik kabi javob qaytarish bir muncha tabiiyroqdir.
1. Nutq ko‘pincha elliptik xarakterga ega bo‘ladi. So‘zlashuv jarayonidagi vaziyatga ko‘ra bayonotning ma’lum qismi nutqda qoldirilib ketilaverilishi mumkin. Bunday holatda ham tinglovchilarga fikr tushunarli bo‘ladi. Masalan, Qorami? Ko‘kmi?
=== Taqdimot 12 ===
3. Ohangning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ladi. Nutqiy ohang og‘zaki nutqning amalga oshuvida til birliklaridan keyingi muhim hal qiluvchi vosita bo‘lib, nutqning tezligi, pauza, ton, melodiya, tovush tembri, mantiqiy urg‘u va so‘z urg‘usi kabi intonatsiyaning ko‘rinishlari ma’noni farqlashda, uning qirralarini ajratib ko‘rsatishda, hayajonni kuchaytirishda katta xizmat qiladi.
So‘zlashuv uslubi fonetik, leksik, grammatik o‘ziga xosliklarga ham ega.
=== Taqdimot 13 ===
Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ‘ibot ishlarini olib borishda qo‘llanadigan uslub, ya’ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik, tushunarli bo‘lish, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga rioya qilish bu uslubning asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televideniyeda ishlatiladigan ko‘rinishi og‘zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda ishlatiladigan ko‘rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so‘zlar ko‘p qo‘llanadi.
=== Taqdimot 14 ===
Nutq ta’sirchan bo‘lishi uchun ta’sirchan so‘z va birikmalardan, maqol va hikmatli so‘zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo‘laklari odatdagi tartibda bo‘ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe’llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so‘roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so‘z va birikmalardan unumli foydalaniladi:
Azamat paxtakorlarimiz mo‘l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti.
Partiya faollari o‘zlarining navbatdagi majlisiga yig‘ilishdi.
=== Taqdimot 15 ===
Publitsistik uslubning o‘zigа xоs хususiyati shundаki, u muаyyan ijtimоiy mаsаlаlаrgа fаоl munоsаbаtdа bo‘lishlik, hоzirjаvоblik, tа’sirchаnlik bеlgilаrigа egа. Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj, korrespondensiya, maqola, ocherk, felyeton, pamflet va boshqalarning) uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida ko‘rinadi. Adabiy tilimizning boyishida publitsistik uslubning o‘rni katta.
=== Taqdimot 16 ===
Publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targ‘ib qilish va keng xalq ommasiga yetkazuvchi vosita sifatida tilining rang-barangligi orqali kishilar ongiga ko‘proq ta’sir etadi. Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy o‘rinlardan birini egallaydi, ya’ni qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi.
=== Taqdimot 17 ===
Publitsistik uslubda gazeta tili alohida o‘rin egallaydi. Chunki gazeta va publitsistika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu bilan birga gazeta uslubi publitsistik uslubning bir tarmog‘i hisoblanadi. Publitsistik uslubning o‘ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba’zi grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe’lning shart mayli shakllarining almashinib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir sostavli gaplarning qo‘llanish darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq.
=== Taqdimot 18 ===
Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko‘pincha I shaxs nomidan ifodalanishidir. Publitsistik uslub morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan ajralib turadi.
Morfologik uslublardan biri so‘z yasalishida ko‘zga tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so‘zlar tarkibi o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, paxtashunos; – lik qo‘shimchasi bilan so‘z yasash ham anchagina: ilg‘orlik, omilkorlik, hamkorlik, faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik.
=== Taqdimot 19 ===
Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlari:
1
3
2
So‘roq gaplar ko‘p ishlatiladi.
Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘p ishlatiladi.
Undov gaplar ko‘p ishlatiladi.
Kirish bo‘lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo‘llaniladi.
Uyushiq bo‘lakli gaplar keng qo‘llaniladi.
4
5
=== Taqdimot 20 ===
Badiiy uslub
Badiiy asar kishiga ma’lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida estetik ta’sir ham ko‘rsatadi: O‘lkamizda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor o‘z sepini yoymoqda.
Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib, tinglovchi yoki o‘quvchiga estetik jihatdan ta’sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo‘ladi.
=== Taqdimot 21 ===
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so‘zlari, sheva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lug‘aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub unsurlarining ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga – estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining o‘ziga xos xususiyati deb qarash kerak bo‘ladi.
=== Taqdimot 22 ===
Badiiy adabiyot tili adabiy til bilan birga umumxalq tili boyliklarini ham qamrab oladi. Ya’ni asarning janr va mavzu talabi bilan yozuvchining individual uslubiga bog‘liq holda badiiy nutqdan umumxalq tilidagi barcha lug‘aviy qatlamlar ishtirok etaveradi. Masalan, adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dag‘al so‘zlardan, eskirgan so‘zlardan, oddiy so‘zlashuv tili elementlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagani holda ularni badiiy nutqda o‘rni bilan qo‘llash mumkin.
=== Taqdimot 23 ===
Badiiy adabiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, so‘z san’atkorlari faqatgina umumxalq tilida mavjud bo‘lgan so‘z va iboralardangina foydalanib qolmasdan, ularni qayta ishlab, yangi-yangi ma’nolarda qo‘llaydilar, ma’nolarni kengaytiradilar, boyitadilar. Tilimizning ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi so‘z va iboralar yaratadilar.
=== Taqdimot 24 ===
Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to‘laligicha badiiy nutq uslubida namoyon bo‘ladi deyish mumkin. Vazifaviy uslublarning hech birida badiiy nutq uslubidagichalik til, uning tuzilish jihatlari, lug‘at tarkibi, ya’ni so‘zning ma’no boyligi va rang-barangligini, to‘g‘ri va ko‘chma ma’nolarini namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, ya’ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok etolmaydi.
=== Taqdimot 25 ===
Badiiy nutq doirasida til vositalari ma’lum qonun-qoidalarga amal qiladi, ana shu qonun-qoidalar uni boshqa uslublardan chegaralashga farqlashga imkon beradi. Badiiy nutq uslubining o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik xususiyatlari mavjud. Badiiy uslubda so‘z ma’nolarining kengayishi, o‘zgarishi, ko‘p ma’noli bo‘lishi va hatto lug‘atlarda qayd etilmagan ma’nolar kasb etishi qonuniyat sanaladi. Lug‘aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda ishlatilishi ham badiiy nutq uslubining asosiy belgilaridandir.
=== Taqdimot 26 ===
Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, grammatik shaklning barcha ko‘rinishlari – sheva va tarixiy variantlari ham asarning mavzu talabi bilan qo‘llanaveradi. Masalan: Dunyo bo‘ldi chamanim manim, O‘zbekiston vatanim manim. Badiiy nutq uslubida so‘z turkumlarini qo‘llashda ham o‘ziga xosliklar mavjud. Masalan, sifatlarning ishlatilishi badiiy nutqda ot va olmosh kabi faoldir. Olmoshlardan kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining qo‘llanishi mahsuldordir.
=== Taqdimot 27 ===
Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir. Ular kitobxonga estetik ta’sir o‘tkazishda yozuvchi qo‘lida kuchli qurol hisoblanadi. Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatilaveradi. Nutq ham dialogik, ham monologik bo‘lishi mumkin. Badiiy uslubni tilimizning boyligi sanalmish tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Sonlar odatda aniq ma’nolarni anglatishi bilan birga ma’nosi kengaygan holda ham qo‘llanadi. Undov va taqlid so‘zlar ham badiiy uslubda uchrashi xarakterlidir. Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi. Badiiy nutq uslubida darak, so‘roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas qismini tashkil qiladi.
=== Taqdimot 28 ===
Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so‘zlashuv va kitobiy uslublarga xos o‘rinlar ham uchraydi. Quyida badiiy uslub namunasi o‘laroq go‘zal she’rni e’tiboringizga havola qilamiz. Marhamat, tinglang.
=== Taqdimot 29 ===
28-slayd uchun 2,37 daqiqalik audioovoz qo‘yilishi lozim
=== Taqdimot 30 ===
Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog‘ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimayi hol, e’lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.
=== Taqdimot 31 ===
Bu uslubning asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo‘lishi. Bu uslubda ham so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan ayrim qisqartma so‘zlar ishlatiladi, har bir sohaning o‘ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin, tayinlansin kabi so‘z va so‘z birikmalari ko‘plab uchraydi.
=== Taqdimot 32 ===
Rasmiy-idoraviy uslubda ko‘pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko‘rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo‘laklarining odatdagi tartibda bo‘lishiga rioya qilinadi:
O‘z lavozimini suiiste’mol qilganligi uchun M.Ahmedovga hayfsan e’lon qilinsin.
=== Taqdimot 33 ===
Ilmiy uslub
Fan-texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Mantiqlilik, aniqlik bu uslubga xos xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo‘lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi:
Yomg‘ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri 0,5-0,6 mm bo‘ladi.
=== Taqdimot 34 ===
Ilmiy uslubda har bir fanning o‘ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so‘zlar o‘z ma’nosida qo‘llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo‘laklar, kirish so‘zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo‘shma gaplardan ko‘proq foydalaniladi.
=== Taqdimot 35 ===
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1
3
2
Leksik vositalar: sinonim, omonim, antonim, paronim, ko‘p ma’nolilik, tag ma’no, sifatlash, o‘xshatishlar, frazeologik birlik, sheva, noadabiy so‘zlar (jargon, argo, so‘kish, qarg‘ish kabilar), kasb-hunar so‘zlari, mubolag‘a, arxaik va tarixiy so‘zlar, atamalar.
Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so‘z turkumi;
b) sintaktik vositalar: gap bo‘laklari, ritorik so‘roq gaplar, undalma, kirish so‘z, kirish birikma, sodda va qo‘shma gaplar, ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar.
Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg‘u.
=== Taqdimot 36 ===
Umuman olganda, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lgan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deb yuritiladi: yanglig‘ so‘zi badiiy uslubga, omonim, sinonim so‘zlari ilmiy uslubga, balli, ketvorgan kabi so‘zlar so‘zlashuv uslubiga, faollar yig‘ilishi, siyosiy maydon kabi so‘z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, bola, xat. Bu so‘zlar ko‘chma ma’noda qo‘llansa, ma’lum bir uslubga tegishli bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 37 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.