=== Taqdimot 1 ===
QADIMGI YUNON VA RIM TANGALARI. QADIMGI DAVR VA O‘RTA ASRLARDA O‘ZBEKISTON TANGALARI. XONLIKLAR DAVRI TANGALAR
NUMIZMATIKA
=== Taqdimot 2 ===
1. Numizmatika fani, uning maqsadi va vazifalari. Tangalar paydo bo‘lguncha ayriboshlash vositasi bo‘lib xizmat qilgan narsalar.
2. Tovar ayirboshlashning vujudga kelishi. Dastlabki tangalar. Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim tangalari.
3. O‘zbekiston tovar-pul munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi. Qadimgi Yunon-Baqtriya va So‘g‘diyona tangalari.
4. Qadimgi Xorazm, Kushonlar, Sosoniylar va Turk xoqonligi tangalari.
5. Somoniylar, Qoraxoniylar tangalari. Saljuqiylar va Mo‘g‘ullar tomonidan zarb qilingan tangalar.
6. Amir Temuriylar va xonliklarda zarb qilingan tangalar.
REJA:
=== Taqdimot 3 ===
NUMIZMATIKA
Tangalar haqidagi fandir. U lotincha “numisma” so‘zidan olingan bo‘lib, tanga ma’nosini bildiradi. Numizmatiklar tangalardagi rasmlar (tip), yozuvlar (izoh), ularning og‘irligi, o‘lchami, metall sifati, kim tomonidan zarb etilganligi, qachon va qayerda muomalada bo‘lganligi kabilarni o‘rganadilar. Numizmatik izlanish asosida tangalardan tarix va madaniyatga oid bo‘lgan ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Qog‘oz pullarni bonistika o‘rganadi.
=== Taqdimot 4 ===
Tanga – bu belgilangan normadagi metall quymasi. U o‘zining og‘irligi, qiymatiga, sifat tarkibiga ega bo‘lgan qonuniy muomala vositasi hisoblanadi.
Pul, qiymat o‘lchovi, muomala vositasi, xazina to‘plash, to‘lov vositasi, jahon puli vazifalarini bajaradi. Tangalar fanning turli sohalari, jumladan tarix, arxeologiya, siyosiy iqtisod, tilshunoslik, san’atshunoslikka oid masalalarni hal etishga yordam beradi.
=== Taqdimot 5 ===
XIV-XV asrlarda uyg‘onish davri mamlakati bo‘lgan Italiyada qadimgi Rim tangalarini mashhur italyan shoiri Petrarka to‘plagan. Florensiyalik Kozimo Medichi va boshq. Birinchi numizmat paduyalik Djovanni Kavini bo‘lib, uning kolleksiyasida ko‘plab qadimgi davr tangalari bo‘lgan. 1517-yilda Rimda Andreo Fulvioning “Mashhur shaxslarning tasviri”, 1553-yilda Lionda Gilyom Rullning “Dunyo yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot” asari bo‘lib, u tarixiy shaxslar, ya’ni Rim hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan.
=== Taqdimot 6 ===
U sakkiz jilddan iborat “Qadimgi tangalar ilmi” kitobida 70 mingdan ziyod tangalarga tartib berdi. Y.Ekkelning bu to‘plami uchun unga antik davr tangashunosligining otasi nomi berilgan. U Ilmiy numizmatikaga asos soldi
Oltin O‘rda tangalarini o‘rganib, tasniflagan. Xristian Martin Frenni 1807-yilda universitetga taklif etishganda, u “Ba’zi Somoniy va Bove tangalarining tavsifi” mavzusida arab tilida ma’ruza o‘qigan va bu ma’ruza kitob qilib chop etilgan. U bu yerda Povoljyedan topilgan tangalarning 400 turini o‘rgandi va yozma manbalarda keltirilmagan Oltin O‘rda xonlarning nomlarini aniqladi.
Vena universiteti arxeologi, professori Y.Ekkel.
Germaniyalik akademik Rossiya Fanlar Akademiyasi Qozon universiteti professori Xristian Martin Fren.
=== Taqdimot 7 ===
1834-yilda A.D.Chertkovning “Qadimgi rus tangalarining tavsifi” asarida qadimgi rus tangalarining ilmiy tasnifini amalga oshirdi. Rus numizmati Aleksey Vasilyevich Oreshnikov (1855-1933) tangani muhim tarixiy manba deb ataydi. Uning “Rossiya tangalari” asarida tangalarni knyazliklarga ajratib katalog tuzgan.
1986-yilda Kembrijda 13 tomlik tanga pullar tarixi bo‘yicha jahon olimlari ishtirokida yozilgan to‘plamning 1 jild bosmadan chiqdi. O‘zR FA Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek nomli O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyining “Numizmatika” bo‘limi O‘rta Osiyo bo‘yicha eng boy haqiqiy tangalar saqlanadigan va uni o‘rganadigan ilm-fan dargohlaridan biridir. Unda Doro va Aleksandr Makedonskiy tangalaridan tortib XX asrga oid muomalada bo‘lgan 65 mingdan ko‘p turli tuman oltin, kumush va misdan ishlangan tangalar saqlanmoqda.
=== Taqdimot 8 ===
XVI asrda asos solingan Berlindagi Qirollik muzeyi kolleksiyasida 200 mingtagacha tanga bor.
Angliyada Britaniya muzeyida joylashgan davlat munzkabineti 200 mingdan ortiq nusxaga ega.
Avstriyada imperator Maksimilian I tomonidan asos solingan eng yaxshi munzkabinet Vena shahrida, Xofburgda joylashgan. Umumiy nusxalari 170 mingdan oshadi.
Rimda Vatikan kutubxonasida kabinet mavjud, Qirol Filipp V tomonidan asos solingan ispan munzkabinetlarining eng yaxshisi Madridda, 120 mingdan ortiq nusxaga ega Milliy arxeologiya muzeyida joylashgan.
Yaponiyada, Tokiodagi Imperator kolleksiyalari muzeyida boy munzkabinet faqat yapon tangalaridan iborat.
DUNYOGA MASHHUR KOLLEKSIYALAR
=== Taqdimot 9 ===
G‘arbiy Yevropa hukmdorlari, san’at ahli tangalarni boylik sifatida to‘plashlari natijasida kolletsionerlarda turli mamlakatlar tangalari yig‘ilib bordi.
Tangalarni yig‘ish XIV asrlardan boshlab avj olib, asta sekin odat tusiga kirdi. Qirol va imperatorlar qimmatbaho tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni saqlovchi xonalar tashkil qilarkanlar, ularni o‘rganish va tartib berish uchun olimlarni jalb etganlar.
Kolleksionerlarni XIV-XVI asrlarda hukmdorlar qiyofasi va tarjimayi holi qiziqtirgan bo‘lsa, XVIII asrda fanni ilmiy nuqtayi nazardan rivojlantirish katta ahamiyat kasb etdi va numizmatika bilan shug‘ullanuvchilar “numizmatlar” paydo bo‘ldi. Vaqt o‘tishi va material to‘planishi bilan numizmatik bilimlar ham kuchaygan.
1749-1769-yillarda chaqa pullarning ko‘p tomli katalogi Leypsigda I.F.Ioaxim va I.G.Byome tomonidan nashr qilingan. Bu katologdagi chaqalar ularning o‘zlaridagi ma’lumotga qarab o‘qilgan
TANGA KOLLEKSIYALARI
=== Taqdimot 10 ===
TOVAR AYIRBOSHLASHNING VUJUDGA KELISHI
Bunday tovar-pul muomalalari mintaqalarda turli ko‘rinishda amalga oshirilgan. Masalan, Osiyo va Afrikada “kauri” nomli chig‘anoqlar pul vazifasini o‘tagan. Ular ayrim elatlarda ibtidoiy jamoa tuzumi davridan boshlab milodning XX asrigacha savdo vositasi bo‘lib kelgan va kauri chig‘anoqlari qadimiy Xitoy, Yaponiya Hindistonda ancha vaqtgacha muomalada bo‘lgan.
Bundan tashqari-qoramol, xarsang, it tishi, cho‘chqa dumi, ma’dan parchasi singari narsalar ham savdo vositasi sifatida qo‘llanilgan.
Qadimshunos olimlar dastlabki savdo muomalasi ibtidoiy jamoa tuzumi davridan inson o‘z mehnati mahsulotlarini ayirboshlashi natijasida savdo-sotiqning ilk va sodda turini vujudga keltirdi: u tanqis ashyolarni pul o‘rnida ayirboshlay boshladi.
=== Taqdimot 11 ===
QADIMGI KAURI TANGALARI
=== Taqdimot 12 ===
Birinchi tanga miloddan avvalgi XII asrlarda Xitoyda, keyinchalik Hindistonda muomalaga chiqarilgan. Chunonchi, Gerodot va Ksenofotlarning ma’lumotiga ko‘ra, birinchi oltin hamda kumush tangalar miloddan avvalgi VII asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida oltin va kumushning tabiiy qotishmasi elektrumdan zarb etilgan.
Ma’buda Bassarayning ramzi tasviri bo‘lgan tangani lidiyaliklar oltin stater deb ataganlar. “Stater” yunoncha – “tarozi dastagi” degan ma’noni bildiradi. Lidiyaliklardan bir necha o‘n yillardan keyin Yunonistonning Egina shahrida ham tanga zarb qila boshlangan. Yunonistonning boshqa shaharlari, ularning Qora dengiz bo‘yidagi mustamlakalarida, keyin mustaqil ravishda Eron, Rim, Hindiston, Xitoy va boshqa joylarda tanga zarb qila boshladilar.
DASTLABKI TANGALAR
=== Taqdimot 13 ===
“Moneta” – so‘zi miloddan avvalgi 45-yilda Tit Kariziy zarb etgan tangada yozilgan. “Moneta” so‘zi Yunona ma’budasining yana bir nomi bo‘lib, uning sharafiga zarb etilgan tangalar moneta deb atalgan. Ma’budani rimliklar “Juno Moneta” deb ataganlar.
Rimliklar Yunona sharafiga Kapitoliy tepaligida ibodatxona qurdilar va miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida Rimda birinchi tanga chiqarish ustaxonasi ochilgan. Bu yerda yalpoq, mis – asslar zarb qilingan. Xususan, miloddan avvalgi birinchi asr o‘rtalarida Rim magistrati Tit Kariziy nomidan zarb qilingan tangalarning old tomonida nozik bir ayol Yunona ma’budasining tasviri va “moneta” so‘zini ko‘rish mumkin.
Keyinchalik bu so‘z boshqa xalqlarga ham yoyilib ketdi va shu tariqa metall pullarni ko‘pincha moneta deb atay boshladilar. Demak, “moneta” so‘zi aslida lotincha bo‘lib, Pyotr I davrida keng ishlatila boshlangan.
=== Taqdimot 14 ===
NUMIZMATIKA TERMINOLOGIYASI
Tanga tipi – tasvir elementlarining barqaror kompozitsiyasi, unga tanganing old va orqa tomonidagi yozuvlar kiradi. Bu holatda tangadagi yozuvning mazmuni ahamiyat kasb etmaydi.
Avers – tanganing ikki, old (avers) tomonlari bor. Tangalarning aversida odatda hokim, shoh yoki imperator, yoki muqaddas hayvon, tasvirlangan bo‘ladi. XIII asrgacha hukmdorning portreti, XIV asrdan boshlab gerblar tanganing old tomonini ko‘rsatib bergan.
Revers – orqa tomon. Bu tushuncha ham avers kabi shartli hisoblanadi. Hozirgi kunda bu holatga aniqlik kiritish sohasida bahslar davom etmoqda, ammo bahslarda bu tushunchalar tangani ta’riflashda o‘ng‘aylik bo‘lishi uchun kashf etilganligi yoddan ko‘tarilmoqda.
=== Taqdimot 15 ===
Emitent – tanga zarb etish huquqiga ega bo‘lgan shaxs, xo‘jayin, sohib tangani o‘zining nomidan chiqaradi. O‘rta asrlarda bunday huquqga – hukmdor, imperator, qirol, feodal respublikasi, erkin shahar ega bo‘lgan.
Tanga huquqi – zarb etish huquqi – davlatning suveren huquqlaridan biridir. Bu huquq imtiyoz shaklida taqdim qilinishi, sotilishi, ijaraga berilishi, garovga qo‘yilishi mumkin.
Legenda – tangadagi yozuv. Odatda gorizontal, aylana shaklida bir yoki bir necha qatordan iborat bo‘ladi. Ayrim hollarda vertikal va butsimon shaklda bo‘ladi. Tanga zarb qilingan vaqt ham tanga yozuviga kiradi. Rasm va yozuvlar tasvirlangan maydon “legenda” “tanga maydoni” deb ataladi.
=== Taqdimot 16 ===
SARROFLAR
XV asrda turli hukmdorlar tomonidan tangalar zarb etila boshlangan davr bo‘ldi. Har bir yirik davlatda vaqt o‘tishi bilan sarroflar, ya’ni pul almashtiruvchilarning ko‘chalari vujudga keldi.
Sarroflar Angliya, Fransiya, Misr va boshqa davlatlarda savdogarlar va badavlat kishilarga boyliklarini saqlashda katta yordam berar edilar.
Davlatlarning sarroflari o‘rtasida doimiy ravishda aloqa saqlanib, ular bir-biridan xabardor bo‘lib turardilar. Savdogarlar safarga otlanishdan oldin o‘z sarmoyasini sarrofga topshirar, u esa qancha miqdorda pul olgani haqida hujjat yozib berar edi.
Savdogarlar o‘zga davlatga borganida u yerdagi sarrofdan kerakli pul miqdorini olish imkoniyatiga ega edi. Zamonamiz banklari (ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “sarrof stoli” degan ma’noni anglatadi) sarroflar faoliyati natijasida vujudga kelgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
=== Taqdimot 17 ===
QADIMGI YUNONISTON TANGALARI
1. Afina tangalarida Afina ma’budasining bosh qismi, Olimpiya tangalarida esa bosh xudo Zevsning bosh qismi tasvirlangan.
2. Qora dengizning shimoliy sohilida joylashgan yunonlarning Olviya shahri tangalarida delfinga hamla qilayotgan burgut tasvirlangan. Xersonesda Deva ma’budasi, skiflarning tangalarida esa kamon tutgan chavandoz tasvirlangan.
3. Rim saltanatida imperatorlarning portreti va ular yuritgan siyosatni targ‘ib qiluvchi shiorlar ham aks etgan. Tanga metallining sifati o‘sha davlatning taraqqiyoti haqida ham ma’lumot beradi.
4. Tangalardagi ramziy ma’noni anglatuvchi belgilarning o‘zgarishi, davlatdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
=== Taqdimot 18 ===
Drahma (Yunoncha – braxil- uyum) degan ma’noni bildirib, uning kelib chiqishi odamzodning metallni parchalangan holda ishlatib yurish davriga oiddir. Bu qadimgi yunon tangasi ham hisoblanib, u evolyutsion yo‘l bilan rivojlanib kelib, antik Gretsiyada 1 ming 100 drahmaga tenglashtirilgan. 6000 drahma 1 talantga teng bo‘lgan. Drahmalarni zarb qilishda kumushdan foydalanishgan.
=== Taqdimot 19 ===
RIM IMPERIYASI TANGALARI
Ass – aversida ikki yuzli Yanus tasviri, reversda esa kema burni va undan keyin tanga qiymatini bildiruvchi 1 belgisi mavjud bo‘lgan. Miloddan avvalgi 217-yilgacha 10 ass 1 kumush dinorga teng bo‘lgan. Shuningdek miloddan avvalgi III asrda zarb qilingan rim kumush tangasi aversida Ona bo‘ri va o‘g‘il bolalar tasvirlangan.
Denariy – Rim kumush tangasidir. Bir denariy kumush tangasi – 10 mis assga teng bo‘lgan.
Viktoriat – qadimgi rim kumush tangalaridan biridir. Viktoriat kumush tangasi miloddan avvalgi 269-yildan zarb qilina boshlagan.
Aureus – “oltin” degan ma’noni bildiradi. buoltin tangasi birinchi bor Yuliy Sezarning harbiy yurishlaridan keyin zarb qilina boshladi.
Antonian – kumush Rim tangasi bo‘lib, imperator Karakallaning sharafiga nomlangan. Imperator Karakalla iqtisodiy inqirozdan tezroq chiqishi uchun pul islohoti o‘tkazdi va toza kumushdan tanga zarb qildirdi.
=== Taqdimot 20 ===
O‘ZBEKISTONDA TOVAR-PUL MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI
O‘zbekiston hududidan topilgan birinchi numizmatik yodgorlik Eron shohlari – Ahmoniylar davriga mansub. Bizning eramizdan oldingi VI-V asrlarda bu podsholik katta hududga ega bo‘lgan edi. Bu davrga oid mahalliy tangalar bo‘lmagan. Asosan savdo-sotiq ishlari ayriboshlash yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lsa kerak.
Tarixchi Gerodotning yozib qoldirgan ma’lumotlariga ko‘ra, Sug‘d, Xorazm, Baqtriya Ahmoniylarga talant, ya’ni pul birligida o‘lpon to‘laganlar, lekin bizning fikrimizcha, o‘lpon aslida pul miqdorida o‘lchangan – u, lekin u naqd pul tarzida emas, balki ana shu pul miqdoriga teng bo‘lgan natural tovarlar bilan to‘lab kelingan bo‘lishi ham mumkin.
=== Taqdimot 21 ===
Darik
Sikl
=== Taqdimot 22 ===
O‘RTA OSIYODAGI QADIMGI TANGALARI
Miloddan oldingi 293-280-yillarda Baqtriya davlatining sharqiy viloyatlari noibi Selevkning o‘g‘li Antiox birinchi marta pul chiqarishga asos soldi.
Grek madaniyatining yirik vakillari bo‘lmish Selevkidlar tanga pullarini grek namunasi bo‘yicha zarb etdilar, xususan grek tilidagi yozuvlar va podshohning aksi tushirilgan tangalar chiqara boshladilar.
Baqtriyada chiqarilgan pullarning nomi ham grekcha, tilla stater, kumush tangalar tetradraxma, draxma, yarim draxma deb atalgan.
Hatto pullarning og‘irligi ham grek og‘irlik o‘lchov birligiga to‘g‘ri kelgan, ya’ni tetradraxmalar – 16 gr, draxmalar – 4 gr. ga yaqin bo‘lgan. Kundalik savdoda foydalanish uchun mo‘ljallangan mis tangalar ham chiqarilgan
=== Taqdimot 23 ===
Tangalarda grek xudolarining ba’zi bir xususiyatlari Sharq xudolarining ba’zi jihatlariga o‘xshash holda aks ettirilgan.
Tanganing yuza tomonida podsho rasmi, orqa tomonida esa grek xudolarining rasmi ifodalangan.
Yumaloq doiraga tushirilgan podsholarning rasmi bizning davrgacha yetib kelgan o‘sha hukmronlarning yakka-yagona asl, rasmlari hisoblanadi.
O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyida Yevkratid drahmasi saqlanmoqda, bu drahmaning xususiyati shundan iboratki, Yevkratid tangalari tiplari bu tangada mujassamlashgan.
YUNON- BAQTRIYA PODSHOLIGI
=== Taqdimot 24 ===
1. Diodot – Aversda hukmdorning o‘ng tomonidan olingan tasviri. Sochlari diadema bilan o‘ralgan hukmdor qiyofasi profilda tasvirlangan, sal do‘ng peshona, to‘g‘ri burun, kichik lab, iyagi sal turtib chiqqan. Reversda ilonning surati. Misdan yasalgan, 4 gr og‘irlikda.
=== Taqdimot 25 ===
SO‘G‘D TANGALARI
So‘g‘d tangalari G‘.Boboyorov tomonidan Choch tangalari seriyalari tizimga solinib ilmiy tadqiq etilgan. Choch tangalari guruhi tanga doirasidagi tasvirlar bo‘yicha asildir. Masalan, turkumning ko‘pgina tangalari o‘ng yuzasiga fantastik vahshiy hayvonning hujumkor dahshat soluvchi qiyofasi tushirilgan.
Hayvon tasviri tanga tiplari bo‘yicha har xil. Ba’zan hayvonning boshi o‘ng tomonga, goho chap tomonga qaratilgan ba’zi tangalarda hayvon oldingi o‘ng oyog‘iga cho‘kibroq yoki ko‘targan holda tasvirlanadi.
=== Taqdimot 26 ===
QADIMGI XORAZM TANGALARI
Miloddan avvalgi II asrda Yevkradit tetradrahmalariga taqlidan yirik kumush tangalar zarb etilgan, aversida Yevkradit tasviri mahalliy hukmdor surati bilan o‘zgartirilgan va yunon yozuvlari bilan bir qatorda podshoning ismi va unvoni haqida ma’lumot beruvchi Xorazm tilidagi yozuvlar, tanganing reversida esa suvoriylar tasvirlangan.
Xorazm tangalarining aversida chetga qarab turgan, peshonasida yarim oy, o‘ziga yarashiqli toj kiygan, soqolsiz shohning tasviri berilgan. Shohning bo‘ynida ikki qator marjon, boshi uzra tillaqosh tasmalari bor. Tangada so‘g‘dcha “Siyovushdek dongdor” deb yozilgan. Reversida Xorazm suvoriylari hamda “Siyovush podsho hazratlari” degan yozuv bor. Shuningdek, hukmdor qalpog‘i ustida o‘z davri mifologiyasi bilan bog‘liq turli e’tiqod timsollari, tuya, burgut kabi hayvonlarning tasviri aks etgan.
=== Taqdimot 27 ===
KUSHONLAR, SOSONIYLAR TANGALARI
Kushon podsholigi tetradrahmasining o‘ng tomonida sochlari hafsala bilan taralgan, peshonasiga tasma bog‘lagan, yuzlarida g‘ayrat-shijoat barq urib turgan surati berilgan. Tanganing reversi kishi diqqatini o‘ziga tortadi: o‘rtada ot mingan shoh, uning orqasida gulchambar tutgan Nika (zafar) ma’budasi parvoz qilyapti. Shu yerning o‘zida “Kushon hukmdori Geray Sanabniki” degan to‘rt so‘zdan iborat yunon yozuvi bor.
Kushon mis chaqalari hayratomuz va sirlidir. Ularda hukmdorning ismi yo‘q, faqat mansabi va laqabini anglatuvchi “shohlar shohi buyuk xaloskor” degan yunon yozuvi “noma’lum shoh” yoki “Soter Megas”ning tangalari deb nom olgan tangalar yurtimizdan topilgan.
=== Taqdimot 28 ===
TURK XOQONLIGI TANGALARI (VI – VIII ASRLAR)
VII-VIII asrlarda Chochda zarb qilingan mis tanga. Tanganing aversida to‘g‘riga yuzlangan hukmdor va malika-xotin tasviri aks etgan. Tanganing reversida G‘arbiy Turk xoqonligiga xos tamg‘a va uning atrofida so‘g‘diy yozuvda “Ilohiy Tuun-xoqon” jumlalari o‘rin olgan. Tanga G‘arbiy Turk xoqonligi 630-yillarda mustaqil davlatga aylangach zarb qilina boshlangan. Tanganing hajmi 2,0 sm, og‘irligi 2,0 gr. Qanqa xarobasidan topilgan.
=== Taqdimot 29 ===
VII asr oxirida Abdumalik Ummaviy pul islohotini o‘tkazib, tanga zarb qilgan. Shundan e’tiboran tangalar sof epigrafik, ya’ni ularda faqat yozuvlar joylashtiriladigan bo‘ldi.
Bu davrda zarb etilgan yangi tangalar ikki tomonida ham tasvirlarning yo‘qligi bilan oldingi tangalardan ajralib turdi. Tanganing aversiga “La iloha illolloh”, reversiga esa “Muhammad Allohning rasuli” degan yozuvlar bitilgan. Aylanma yozuvlar suralardan iborat bo‘lgan. Tanganing aversida zarbxona nomi, hijriy hisob bo‘yicha zarb etilgan yil keltirilgan.
Xalifalikda oltin, kumush, misdan tangalar zarb qilingan va ularning nomi metallga bog‘liq edi. Oltin tangalar – dinor, kumush tangalar – dirham mis tangalar – fulus deb atalgan.
ARAB XALIFALIGI TANGALARI
=== Taqdimot 30 ===
Ilk musulmon tangalari ismsiz bo‘lgan. Keyinroq xalifalar, noiblarning ismlari paydo bo‘ladi. Musulmon tangalari ko‘fiy yozuvda yozilganligi uchun VII-IX asrlardagi tangalar ko‘pincha ko‘fiy tangalar deb yuritilgan. Dinor va dirhamlarni faqat dastlabki vaqtda xalifalik zarb qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Mis tangani esa vorislar, amirlar tanga chetiga o‘z nomlarini yozdirib zarb qilishlari mumkin edi. Oltin tanga tashqi savdo uchun zarb qilingan edi. Xalifalikning xalqaro savdosi kumush tangalar dirhamlar muomalada bo‘lgan.
Xalifalik tangalari bilan bir qatorda mahalliy noiblar tomonidan ham o‘z nomlari bilan arab yozuvida tangalar zarb qilish huquqini olganlar. Asta-sekin VII-IX asrlarda Buxoro, Samarqand, Shoshda umum xalifalik tangalari dirham, fuluslar zarb qilina boshlangan. Bundan tashqari vaqti-vaqti bilan zarb qilinadigan shaxslar ham bo‘lgan.
=== Taqdimot 31 ===
Dastavval Somoniylar faqat mis (fulus) tangalar zarb qilish huquqiga ega bo‘lganlar. Ular zarb qilgan dastlabki fuluslarning tashqi ko‘rinishi yumaloq, yozuvi noaniq bo‘lgan. Somoniylar hukmronligi o‘rnatilgach, Ismoil ibn Ahmad Somoniy davrida kumush tangalar zarb qilingan. Keyinchalik oltin tangalar zarb qilinib, xalqaro savdoda ishlatilgan. Somoniylar tangalaridagi yozuvlar xuddi xalifalik davrida zarb qilingan tangalarga o‘xshash edi. Dirhamlarda faqat somoniylar noibining ismi yozilibgina qolmay, xalifalarning ismlari ham yozilgan. Mis tanga ko‘proq tarqalgan u dirham va dinorlar singari puxta ishlangan.
SOMONIYLAR VA QORAXONIYLAR TANGALARI
=== Taqdimot 32 ===
QORAXONIYLAR TANGASI
XI-XIII asrlar Markaziy Osiyoda savdoda turli davlatlar zarb qilgan tangalar ishlatilar edi. O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida G‘aznaviylar va Saljuqiylar tanglari ishlatilar edi. O‘zbekiston hududida X-XII asrlarda muomalada bo‘lgan tangalar asosiy qismi Qoraxoniylar davrida zarb qilingan tangalarni tashkil qiladi.
G‘arbiy Qoraxoniylar davlati tomonidan Farg‘ona zabt etilgach, Ibrohim Tamg‘achxon tarkibida 20 % kumush bo‘lgan tangalarni zarb ettirdi. Ammo bu tangalarning sifati past edi. Shuning uchun bu tangalar xalqaro savdoga olib chiqilmagan. G‘arbiy Qoraxoniylar tomonidan Movarounnahrda 1102-yilda Muhammad ibn Sulaymon Arslonxon taxtga kelgach, Farg‘ona, Buxoro va Samarqandda fulus tangalarini zarb ettirdi. Bu tangalarda sanalar to‘laligicha saqlanmagan.
=== Taqdimot 33 ===
MO‘G‘ULLAR TANGALARI
XIII asr oxirlarida Chig‘atoy ulusida yuqori sifatli kumush tangalar muntazam chiqarila boshlandi, bu bilan kumush inqiroziga chek qo‘yildi. XIV asr boshlarida Chig‘atoy tanga turkumi shakllanib, u mo‘g‘ullar zarb etgan tangalardan tubdan farq qilgan. Tanganing old tomoniga islomiy e’tiqod ramzi va xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali ismlari keltirilgan. Reversida podsho, zarbxona nomi va sanasi tushirilgan.
=== Taqdimot 34 ===
Kebekxon tangalari – 1317-1318-yili Chig‘atoy ulusida pul islohoti o‘tkazildi.
1321-yili mo‘g‘ul xoni Kebekxon 1,4 grammga yaqin bo‘lgan kumush dinorlar Buxoro va Samarqandda zarb qilingan.
Ma’sudbek tangalari – Ma’sudbek Buxoro, Samarqand, Xo‘jand, O‘tror, Damashqlarda dinor tangalar chiqargan. Dinorlarning 60 % ni sof oltin
tashkil etardi. Ammo dinorlar turli kattaliklarda bo‘lgani uchun savdo vaqtida ularni kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lishga to‘g‘ri kelardi. Bu davrda oltin dinorlar bilan birga kumush dirhamlarni zarb qilish ham yo‘lga qo‘yildi. 1282-1283-yillarda Buxoroda ham kumush tangalar zarb qilindi. Bir xil sifat va og‘irlikka bo‘lgan dirhamlar zarb qilingan. Zarbxonalar ishga tushirilib, ular soni 16 taga yetgan.
=== Taqdimot 35 ===
Bu davrida asosan ikki xil pul birligi chiqarilgan:
vazni 6 grammlik kumush va 1,5 gr vaznli tanganing to‘rtdan bir qismiga tenglashtirilgan mayda miriy tangalar chiqarilgan. Bundan tashqari maydaroq bo‘lgan tanga va nimtangalar (yarimtangga) muomalada bo‘lgan.
Amir Temur davrida tilla tangalarning 12 turi 1397-1382-yillari Xorazm bosib olingandan so‘ng zarb etila boshlangan. Ayni vaqtda, oltin tangalarda oldin bosilgan “Dinor” so‘zi Temur tangalarida yo‘q edi. Xorazm tilla tangasi kumush dinorga, ya’ni 6 dirhamga teng edi.
Dinor so‘zi tilla tangani emas, balki undagi kumush miqdorini ya’ni bu tangada o‘sha vaqtda mavjud bo‘lgan tanga tizimidagi oltin-kumush nisbatiga binoan mavjud kumush miqdoriga teng edi. Misdan yasalgan “Fulus” yoki “Fulus tangalari” juda keng tarqalgan edi.
AMIR TEMUR ZARB QILDIRGAN TANGALAR
=== Taqdimot 36 ===
“Tillo” – oltin pul bo‘lib, ikki xil shaklda va og‘irlik miqdorida bo‘lar edi. O‘sha davr pul miqdorida 1 so‘m 80 tiyinga teng, ikkinchisi 3 so‘m 60 tiyin deb belgilangan edi.
“Tanga” – kumushdan ishlanib, bir tanga o‘sha davr pul birligida 30 pul birligi yoki yoki 20 tiyin deb belgilandi
“Pul” – Misdan ishlanadi. U pul va tiyinga bo‘linar edi. Kumushdan ishlangan tanga “oq tanga” deb, misdan ishlangan pul “qora tanga” deb yuritilar edi. “Qora tanga” o‘zining qiymati jihatidan oq tanganing 60 % ga teng edi. Shuningdek xonlikda “shoyi”, “Abbos shoyi”, “yarim shoyi” deb nomlangan pul birliklari ham ishlatilgan. Ularning qiymati 10 tiyindan 40 tiyingacha o‘zgarib turgan.
ROSSIYANING BOSQINIGACHA MUOMALADA BO‘LGAN XONLIK TANGALARI
=== Taqdimot 37 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.