Nazorat va tajriba guruhlari natijalari
8000 so'm

Slayd 1
Nazorat va tajriba guruhlarning natijalari
Slayd 2
Reja:
Nazorat sinovlarni tanlash talablari
Ilmiy tadqiqot ishlari rejasi
Slayd 3
Nazorat sinovlarni tanlash talablari
Ayrim jismoniy (harakat) sifatlarining rivojlanish darajalarini aniqlash, texnik-taktik tayyorgarlikni baholash, yaxlit guruh yoki alohida shug‘ullanuvchilarning tayyorgarliklarini taqqoslash, u yoki bu sport turi bilan shug‘ullanish va musobaqada qatnashish uchun bo‘lajak sportchilarni optimal saralash, mashg‘ulotlar jarayoni alohida shug‘ullanuvchilar va barcha guruhlarda ob’ektiv nazoratni kuchaytirish, qo‘llaniladigan vosita, o‘rgatish metodlari va tashkillash shakllarining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash, yakka tartibda yoki guruhli mashg‘ulot rejalarini ishlab chiqish maqsadlarida ilmiy asoslangan ishonchli nazorat sinovlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Slayd 4
Ayrim jismoniy (harakat) sifatlarining rivojlanish darajalarini aniqlash, texnik-taktik tayyorgarlikni baholash, yaxlit guruh yoki alohida shug‘ullanuvchilarning tayyorgarliklarini taqqoslash, u yoki bu sport turi bilan shug‘ullanish va musobaqada qatnashish uchun bo‘lajak sportchilarni optimal saralash, mashg‘ulotlar jarayoni alohida shug‘ullanuvchilar va barcha guruhlarda ob’ektiv nazoratni kuchaytirish, qo‘llaniladigan vosita, o‘rgatish metodlari va tashkillash shakllarining ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlash, yakka tartibda yoki guruhli mashg‘ulot rejalarini ishlab chiqish maqsadlarida ilmiy asoslangan ishonchli nazorat sinovlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Slayd 5
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar yechimini izlash uchun, ba’zi umumiy talablarga rioya etish bilan birga amaliyotda mavjud bo‘lgan nazorat sinovlarga doir ma’lumotlarga faqat tanqidiy, ijodiy yondashish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, standartlashgan (bir qolipga solish), unifikasiyalashgan (soddalashtirish) metodikalarning amaliyotda umuman uchramasligi doimo e’tiborimizda bo‘lishi kerak.
Slayd 6
Buning sababi, nazorat sinovlar metodikasining ilmiy ishlab chiqishining nisbatan «yoshligi» emas, balki muammo yechimining haddan ortiq murakkabligidir. Nazariya va metodikaga oid bilim darajalarining barcha vaziyatlariga mos keladigan nazorat sinovlar mazmunini ishlab chiqish o‘ta mushkul ijodiy mahsulot hisoblanishi sababli, ushbu tekshiruv metodlarning metodologik savollar yechimini izlashda ilmiy xodim va amaliyotchilarimizdan ko‘proq mustaqillik talab etadi
Slayd 7
Harakat (dvijeniye) – insonning motor funksiyasi bo‘lib, uning gavda holatini yoki ayrim qismlarining o‘zgarishidir. Harakat amali (dvigatelnoye deystviye) – ma’lumki inson tomonidan amalda qo‘llaydigan harakatlanishlar turlicha (mehnat, 74 mudofaa, turmush sharoiti). Yaxlit ko‘rinishdagi harakatlar majmuida birlashtirilgan ayrim harakatlar orqali inson tashqi dunyoga nisbatan faol munosabati va ruhiy his – hayajonga bo‘lgan ehtiyoji qondirilib namoyon bo‘ladi.
Slayd 8
Jismoniy mashq (fizicheskaya uprajneniya) – insonning jismoniy barkamolligi yo‘lida maxsus ishlab chiqiladigan va pedagogik ta’sir maqsadida qo‘llaniladigan harakatlanish turlaridir. Nazorat sinovi (kontrolniy test)– nazorat mashqlari yoki testlar orqali amalga oshiriladi. Testlash deb (lotin tilidan olingan bo‘lib, test-vazifa, sinov ma’nolarini anglatadi) oldindan aniqlangan ishonchli va validli, muayyan turga mansub (standart) vazifalar, sinov mashqlari natijalariga asoslanib shaxsning mehnat va vatan mudofaasiga tayyorligini tadqiq etishda qo‘llaniladigan nazorat mashqlarning muayyan turga mansub tizimiga aytiladi.
Slayd 9
Nazorat mashq (kontrolniye uprajneniya) – ta’lim jarayonini ma’lum bir bosqichda shug‘ullanuvchilarning jismoniy holatlarini (jismoniy tayyorgarlik) aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan harakatlatlanish amallarining (dvigatelnoye deystviya) standartlashtirilgan shakli, mazmuni va shartlaridir. Nazorat mashqlarni oddiy jismoniy mashqlar kabi qo‘llash mumkin.
Slayd 10
Barcha nazorat mashqlarini nihoyatda shartli ravishda testlash turlariga ajratish maqsadga muvofiqdir, ya’ni u yoki bu sport turining har bir maxsus tayyorgarlik komponentlarini va umumiy jismoniy tayyorgarlik darajalarini yoki alohida biologik yosh, jins guruhlarida o‘quvchilarning jismoniy holatini aniqlash.
Slayd 11
Ishlab chiqarish sohasidagi ishchi-xodimlarning amaliy-kasbiy xususiyatlariga ajratgan holda, harbiy xizmatchilarning alohida qo‘shin turlariga muvofiq aniqlashlarda qo‘llaniladi. Qoidaga ko‘ra tekshiruvlarda bitta emas, bir nechta nazorat mashqlar qo‘llaniladi. Masalan, ta’lim bosqichida (chorakda) o‘quvchilar jismoniy tayyorgarligini tekshirish uchun o‘sha jarayonga mos rejalashtirilgan harakat amallarni rivojlanganligini xarakterlaydigan testlar qo‘llaniladi, yoki sportchining maxsus tayyorgarligini o‘rganish uchun taktik, texnik, maxsus harakat sifatlarining rivojlanish darajalarini xarakterlaydigan (ifodalaydigan) testlar qo‘llaniladi.
Slayd 12
Nazorat mashqlari insonning jismoniy holatini aniqlashda qo‘l kelishi bilan birga, ba’zi qonuniyatlar negizidagi ob’ektiv ko‘rsatkichlar orqali uni ishlab chiqish eng muhim talablardan biridir. Ba’zi sabablarga ko‘ra nazorat mashqlari noto‘g‘ri tanlansa, bajarishning natijaviyligi bilimsizlarcha baholansa, natijasi shunchaki, yuzaki tahlil qilinsa – ravshanki pedagogik jarayonning maqsadga muvofiqligi va umuman asosiy o‘rganilayotgan masala bo‘yicha ob’ektiv ma’lumotlarni olish mushkul. Har bir nazorat mashqlarning ishonchliligi shug‘ullanuvchilarning majmuaviy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik predmeti (masalan, musobaqalarga chiqish) hisoblanadigan faoliyat natijalarini baholash orqali tekshiriladi.
Slayd 13
Ilmiy tekshiruvning dastlabki bosqichlarida taxminiy nazorat mashqlar tizimi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqishning murakkabligi, tekshiriladigan asosiy faoliyat harakteridan bog‘liq. Sport turlariga doir ishonchli nazorat mashqlar tizimini ishlab chiqish nisbatan oddiyligi bilan ajralib turadi, chunki unda ob’ektiv o‘lchov birliklarining mavjudligi sababli nazorat mashqlarini saralash va qayta ishlab chiqish uchun matematik o‘lchov va hisoblashlarga imkon bor. Barcha tekshiruv metodlari qatorida, nazorat mashqlari ham quyidagi talablarga javob bera olishi zaruriy shartlardan biridir: mustahkamlik, tanlanish kengligi va qayta tiklanish xususiyatlari va boshq. Bu talablarga to‘la-to‘kis rioya etish bilan barcha nazorat mashqlarini tanlash kabi o‘ta yuqori samaradorlikda tekshiruv vazifalarni yechish imkoni yaratiladi.
Slayd 14
Ko‘rsatilgan nazorat mashqlarning talablari qatorida uning tanlanish xususiyatiga ega ekanligi muhim ahamiyatga ega. Testlarni standartlashtirish nazariyasida bu validlik (validnost) deb nomlanadi. Validlik bu – maxsus tayyorgarlik predmeti sifatida barcha tanlanishlik talablari nishonalarini xarakterlaydigan nazorat mashqlarning jismoniy ta’lim mazmunidagi o‘rgatilayotgan «asosiy» harakat amallari bilan bog‘liqligini ifodalaydigan ob’ektiv o‘lchovdir. Testning qayta tiklanishi (yangilanish) uning muqarrar validlik shartidir. Lekin barcha qoidalar istisnosiz bo‘lmaydi. Istisno sifatida hodisalarning mohiyati emas, balki bizning tushunishimizga yaqinroq hisoblangan nazorat mashqlari natijalarini qayd etishdagi noaniqliklar to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Slayd 15
Test validligining o‘lchovi, uch usulda aniqlanadi:
Etalon-test bilan solishtirish.
Boshqa ob’ektiv metodlar orqali olingan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslashtirish.
Validlik koeffisentini hisoblash.
Etalon testlari bilan solishtirish tartibi anchagina o‘ziga jalb etadigan, lekin ma’lum darajada murakkab usul sanaladi. Uning mohiyatida yangitdan ishlab chiqilgan test orqali, ya’ni kuchning rivojlanish darajasini o‘lchashda qayd etilgan natijalar (ko‘rsatkichlar), oldin amaliyotda ma’lum bo‘lgan va ilmiy asoslangan etalon test vositasida o‘lchangan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslanadi. Agarda, yangi ishlab chiqilgan test natijalari – etalon testning absolyut (to‘la) mazmuni (yoki dinamikasi) bilan mos kelsa, birinchisi validli deb hisoblanadi.
Slayd 16
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 17
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Badiiy adabiyotda milliylik va umuminsoniylik mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
FORS TILIDA SIFATDOSH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.