Nafas olish tizimi tuzilishi va mexanizmi
8000 so'm

Slayd 1
Nafas haqida tushuncha.
Slayd 2
Reja
1Nafas apparatining tuzilishi.
2Nafas olish mexanizmi.
3Nafas chiqarish mexanizmi.
Slayd 3
Slayd 4
Nafas apparatining tuzilishi.
Organizmning atmosferadagi muhitdan kislorodni olib, karbonat angidrid gazi va suv bug’larini chiqarishini nafas olish deyiladi. Nafas bir qancha jarayonlar yig’indisi bo’lib, organizm tirikligi uchun zarur bo’lgan moddalar almashinuvining muhim bir qismi-gazlar almashinuvidan iborat. Organik moddalar-uglevod, yog’ va oqsillarning oksidlanish jarayoni nafas bilan chambarchas bog’langan. Nafas natijasida organizmning tiriklik faoliyatini ta’min etadigan energiya hosil bo’ladi, qaysiki makroergik moddalarning qayta sintezlashida ishlatiladi.
Nafas quyidagi bir-biri bilan bog’langan qismlardan iborat:
tashqi nafas, yoki o’pka ventilyasiyasi (tashqi muhit va o’pka alveolalari orasidagi gazlar almashinuvi);
alveolyar havo bilan qon kapillyarlari orasidagi gazlar almashinuvi;
qon tomonidan kislorod va karbonat angidridini tashilishi;
qon kapillyarlari va organizmning to’qimalari orasidagi gazlar almashinuvi;
hujayralarda yoki to’qimalardagi nafas olish.
Slayd 5
Odamning nafas yo’llari (35-rasm) ko’krak bo’shlig’ida joylashgan o’pka, nafas yo’llari (burun bo’shlig’i, traxeya, bronxlar)dan tashkil topib, o’pka bo’shlig’ini atmosfera havosi bilan bog’laydi. Unga ko’krak qafasi va nafas mushaklari ham kiradi. 35-rasm. Nafas yo’llari. 1-burun bo’shlig’i, 2-og’iz bo’shlig’i, 3-burun-xalqum, 4-hiqildoq, 5-traxeya, 6-bronxlar, 7-o’pka, 8-diafragma.
Slayd 6
37-rasm. Nafas chiqarish va nafas olish paytlarida qovurg’alarning holati
36-rasm. Nafas olishda ko’krak qafasi bilan diafragmaning o’zgarishini ko’rsatadigan tasvir. Chapda – nafas olish payti, ko’krak qafasi kengaygan, diafragma pastga tushgan, o’ngda – nafas chiqarish, ko’krak qafasining hajmi kichraygan, diafragma ko’tarilgan.
Nafas olish mexanizmi.
Odam nafas olganda (inspirasiya) oldingi tomondagi tashqi qovurg’alararo mushaklar qisqarib, qovurg’alarni ko’tarib turadi. Ular ko’tarilar ekan, o’z o’qi tevaragida bir oz buriladi, yon tomonga va bir oz oldinga qarab suriladi. To’sh suyagi ham oldinga turtib chiqadi (36, 37 rasmlar).
Slayd 7
Nafas olish paytida diafragmaning mushak tolalari qisqaradi, natijada diafragma yassilanib, pastga tushadi; qorin bo’shlig’idagi a’zolar pastga, ikki yonga va oldinga itariladi; ko’krak bo’shlig’i ayniqsa vertikal yo’nalishda kengayadi. Turli odamlarning yoshiga va jinsiga, kiyimiga va mehnat sharoitiga qarab nafas olish yo qovurg’alararo mushaklar hisobiga-qovurg’a, yoki ko’krak bilan (ayollarda) nafas olish tipi – yo bo’lmasa diafragma hisobiga-diafragma, yoki qorin bilan (erkaklarda) nafas olish tipi – yuzaga chiqadi. Nafas olish tipi mutlaq doimiy bo’lmay, shu paytdagi sharoitga moslanishi mumkin. Masalan, odam ancha yuk orqalab ketayotganda ko’krak qafasi yuk uchun tayanch bo’lib xizmat qiladi, shuning uchun ham uni tana mushaklari va qovurg’alararo mushaklar umurtqa pog’onasi bilan birgalikda qimirlatmay ushlab turadi; faqat diafragma harakatlari tufayli nafas olinadi va chiqariladi.
Slayd 8
Homilador ayollarda diafragmaning pastga siljishi qiyinlashadi, shuning uchun ularda qovurg’alar bilan nafas olish tipi ustun turadi.
Jismoniy mashqlar paytida, masalan halloslashda bir qancha qo’shimcha yoki yordamchi nafas mushaklari: yuqoridagi qovurg’alarni ko’taruvchi mushaklar, yelka kamarini va orqaga tortadigan yelka mushaklar nafas olish fazasida qatnashadi. Nafas olishda o’pkalarning nafas sathi oshadi, bosim esa tushadi va 0,26 kPa (2 mm sim.ust) ga teng bo’ladi.
Shunday qilib, nafas olish, ya’ni o’pkaga havo kirishi uchun o’pka kengayishi kerak. O’pkaning kengayishiga ko’krak qafasining kengayishi sabab bo’ladi.
Ko’krak qafasi kengaymagan vaqtda, uni ichki tomondan qoplab turgan parda bilan o’pkani ustidan qoplab turgan plevra bir-biriga deyarli yopishib turadi va bu ikki parda orasida biroz suyuqlik bo’ladi. Ko’krak qafasi kengaygan vaqta har ikki plevra bir-biridan qochib, ularning orasidagi bosim atmosfera bosimidan kamayadi.
Slayd 9
O’pka elastik to’qimalardan tuzilgan bo’lgani uchun torayishiga harakat qiladi, lekin ko’krak qafasining kengayishi natijasida plevra orasidagi bo’shliqda manfiy bosimning oshishi va tashqaridan kuchli bosim bilan havoning o’pkaga kirishi uning torayishiga yo’l bermay, kengayishiga sabab bo’ladi. Demak, ko’krak qafasi kengaygan vaqtda o’pka kengayishi bilan kishi nafas oladi.
Tinch nafas olish vaqtida diafragma, tashqi qovurg’alararo va tog’oylararo mushaklar qisqaradi. Kuchli nafas olish vaqtida esa diafragma, qovurg’alarni ko’taruvchi mushaklar, tashqi qovurg’alararo, tog’aylararo mushaklar, orqa va oldingi tishsimon mushaklar, ko’krakni ko’taruvchi mushaklar va yana bir qancha mushaklar qisqaradi.
Slayd 10
Nafas chiqarish mexanizmi.
Nafas chiqarish (ekspirasiya) natijasida moddalar almashinuvining oxirgi mahsuloti-karbonat angidrid va qisman suv bug’i o’pka orqali organizmdan tashqariga chiqariladi. Nafas chiqarish vaqtida ko’krak qafasining hajmi kichrayadi. Ko’krak qafasi hajmining kichrayishiga, o’pkaning torayish uchun harakat qilishi, qovurg’a tog’aylarining elastikligi, qorin tomondan diafragmaga bo’lgan bosim sabab bo’ladi. Kuchli nafas chiqarish vaqtida ichki qovurg’alararo mushaklar, oldingi qorin devori mushaklari va boshqa bir qancha mushaklar qisqaradi.
Ko’krak qafasi torayib, o’pka kichrayganda undagi bosim atmosefra bosimiga qaraganda birmuncha ko’payadi va havoning bir qismi tashqariga chiqarib yuboriladi. Ko’krak qafasi kengayib-torayishi natijasida havoning o’pkaga kirishi va chiqishini quyidagi tajriba bilan ko’rsatish mumkin. Tagiga rezina parda tortilgan shisha idish olib, uning probkasi orqali uchiga rezina pufakcha yoki baqa o’pkasi o’rnatilgan shisha nay tushirib, rezina parda pastga tortilsa, shisha idishning hajmi kengayib, uning ichidagi rezina pufakcha yoki baqa o’pkasi ichiga havo kiradi va u ham kengayadi (Donders tajribasi). O’pkaga havoning kirishi ham shunday bo’ladi.
Slayd 11
Donders tajribasi
Slayd 12
Nafasolish yo’llari.
a)O’tkazuvshi nafas olish yollari.
-burun.
-burun bo’shligi-burun halqum.-hiqqildoqTraxeya-bronx-bronxialla
b) O’tkazmaydigan nafas olish yollari-O’pka
-O’pka alveolalari
Odam Nafas olish a’zolarini asosiylari
Slayd 13
Slayd 14
Nafas chiqarishning dastlabki fazasida o’pkadagi bosim 0,40-0,53 kPa (3-4 mm simob st.ust) ga teng, bu bosim atmosfera bosimidan salgina balandroq bo’lgani sababli havo o’pkadan tashqariga chiqariladi
Burun bushlig’ining ichi tog’aydan tuzilgan burun to’sig’i bilan ikkiga bo’lingan. Bu to’siq g’alvirsimon suyakdagi perpendikulyar plastinkaning davomidir. Burun to’sig’idan burun suyaklarning oldiga yuqori va pastki yon burun tog’aylari
chiqqan. Burun bushlig’ining yon devorlarida yuqori va pastki burun chig’anoqlari, orqa qismida esa g’alvirsimon suyak labirinti mavjud (37-rasm).
Hiqildoq bo’yinning oldingi qismida to’g’ridan-to’g’ri halqum orasida va traxeyaning oldida joylashgan. Hiqildoq, til osti suyagi orqali kalla suyagiga birlashgan. U ovqat yutish paytida nafas yo’lini bekitib turadi. Hiqildoq, asosan 5 xil tog’oydan: xalqasimon, qalqonsimon, ikkita cho’michsimon va hiqildoq usti tog’oylardan tashkil topgan. Hiqildoq, ichki tomondan shilimshiq parda bilan qoplangan.
Slayd 15
Traxeya hiqildoqdan o’pkaga havo o’tkazadigan naysimon yo’ldir. Traxeya bo’yin umurtqalari va ularning mushaklari ostida joylashgan. Ko’krak bo’shlig’ida traxeya yurakdan yuqorida turib, yurakning orqasiga o’tgandan keyin ikkita bosh bronxga – o’ng va chap bronxlarga bo’linadi. Traxeyaning bo’linish joyi bifurkasiya deyiladi.
Bronxlar o’pka darvozasidan (qopqasidan) o’tib bir necha marta tarmoqlanadi va bronxlar daraxti hosil qiladi. Ular bo’lingan sari diametri kichrayib, tog’ay yo’qolib, egiluvchi yumshoq devorga aylana boradi. O’ng bronx uzunligi 3 sm keladigan, diametri kengroq naycha bo’lib, 4-7 ta yarim halqadan tuzilgan, chap bronx uzunligi 4-5 sm bo’lgan ingichkaroq naydir. Bu 7-12 ta yarim halqadan tuzilgan bo’ladi. Bronxlar o’pkalarga kirib, uning ichida davom etadi va ikkilamchi, uchlamchi va hokazo bronxiolalar hosil qilib tarmoqlanadi.
O’pka arteriyasi ham bronxlar bilan birga tormoqlanib boradi va alveolalar atrofida qalin kapillyarlar to’rini hosil qiladi. Kapillyardagi qonni kapillyarlar va alveolalar epiteliysigina alveolalardagi havodan ajratib turadi; alveolalar va kapillyarlar endoteliysining qalinligi 0,004 mm bo’ladi. Alveola kapillyarlari bir-biri bilan qo’shilib, venalarga aylanadi.
O’pkaning asosini tashkil qiladigan biriktiruvchi to’qima yirik bronxlar atrofida yaxshi rivojlangan bo’lib, o’pkani qismlarga ajratadigan to’siqlar hosil qiladi. Biriktiruvchi to’qimada elastik tolalar ko’p bo’lib, ular orasidan asab tolalari o’tadi.
Slayd 16
O’pka sirtidan seroz parda o’pka plevrasi bilan qoplangan. Ko’krak bo’shlig’i ichki tomondan ko’krak fassiyasi va seroz parda plevra bilan qoplangan. Qovurg’a devorlarini qoplab turadigan plevra diafragma plevrasi deyiladi. O’ng va chap tomonlardan qovurg’a plevrasi ko’krak umurtqalari tanasidan tush suyagiga tushib ko’krak bo’shlig’ining o’rta to’sig’ini, ya’ni ko’krak oralig’ini hosil qiladi.
Demak, ko’krak oralig’i plevrasi ikkita seroz pardadan iborat. Uning plevrasi traxeyadan o’pkaga o’tib, o’pka plevrasini hosil qiladi. Har bir o’pka plevrasi, ko’krak oralig’i va qovurg’a plevrasi orasida plevra bo’shlig’i bor. Bu bo’shliqda bir oz seroz suyuqlik mavjud.
Slayd 17
Plevra bo’shlig’idagi manfiy bosim.
Tirik organizmda nafas olish plevra bo’shlig’ida manfiy bosim bo’lishiga bog’liq. U elastik kuchlar ta’siri natijasida kelib chiqadi. O’pkaning elastik tortish kuchi o’pka to’qimasi elastik tolalarining taranglashishi va alveolalarni ichidan qoplangan moddaning-surfaktantning yuza tarangligiga bog’liq. O’pkaning elastik tortish kuchi o’pka hajmini kamaytirishga qaratilgan, shuning uchun ko’krak qafasi ochilishi bilan o’pka bujmayib, bo’shliqning faqat 1/3 hajmini egallaydi.
Atmosfera bosimining kuchi o’pkaning elastik tortish kuchini yengishga bir qadar sarf bo’ladi. Shuning uchun o’pka yuzasi ko’krak devoriga atmosfera bosimining miqdoridan ko’ra kam kuch bilan taqalib turadi. Natijada plevra bo’shlig’idagi bosim hatto nafas chiqarish paytida ham atmosfera bosimidan o’pkaning elastik tortish kuchi qadar, ya’ni simob ustuni hisobida taxminan 66 mm qadar kam bo’ladi.
Slayd 18
O’pka to’qimasi elastik bo’lmaganda edi, plevra bo’shlig’idagi bosim atmosfera bosimiga teng kelgan bo’lur edi. Har qanday elastik to’qima kabi, o’pka to’qimasi ham, cho’zilishga muayyan qarshilik ko’rsatadi. O’pka to’qimasi cho’zilganida avvalgi holatiga qaytishga harakat qiladi. Modomiki shunday ekan, o’pka o’zining devorlariga ta’sir ko’rsatadigan havoning atmosfera bosimiga qarshi ta’sir etadigan kuch paydo qiladi. O’pka qanchalik ko’p cho’zilsa, uning qarshi ta’sir etuvchi kuchi ham o’shancha oshadi.
Slayd 19
shunga ko’ra, plevra bo’shlig’idagi bosim atmosfera bosimiga baravar bo’lmay, undan elastik tortish kuchining miqdoricha kamroq, ya’ni manfiy bo’ladi. atmosfera bosimi 760 mm simob ustuni elastik tortilish esa odatdagi nafas olishda 9 mm deb hisoblansa, plevra bo’shlig’idagi bosim simob ustuni hisobi bilan 760-9=751 mm bo’ladi. manfiy bosim odatda plevra bo’shlig’idagi bosimning atmosfera bosimidan qancha kamligini qo’rsatadigan miqdor bilan o’lchanadi. bu miqdor hamisha manfiy belgi bilan ifodalanadi. misolimizda plevra bo’shlig’idagi bosim simob ustuni hisobi bilan 9 mmga teng. mo’tadil nafas olinganda plevra bo’shlig’idagi bosim nafas olish fazasida simob ustuni hisobi bilan 9 mm ga, nafas chiqarish fazasida esa, 4 mm ga teng bo’ladi.
Slayd 20
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 21
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.