Muxtor Ashrafiy hayoti va ijodi
4000 so'm

Slayd 1
Zamonaviy o’zbek kompozitorlari ijodi
Slayd 2
M.Ashrafiy haqida umumiy ma’lumot
M.Ashrafiy ijodi va yozgan asarlari
M.Ashrafiyning simfonik ijodi
Reja:
Slayd 3
Halq artisti, O’zbekiston xalq artisti, Nosir va Neru xalqaro mukofotlari, respublika Davlat mukofoti sovrindori, kompozitor, dirijyor, muallim, yirik jamoat arbobi Muxtor Ashrafiy ko’p qirrali ijodiy faoliyati bilan XX asr O’zbekiston musiqa madaniyatiga ulkan hissa qo’shgan. Uning opera, musiqali drama, balet, simfonik, vokal simfonik, kamer cholg’u, qo’shiq va romans janrlarida yaratgan asarlari, zamonaviy o’zbek musiqasi tarixida chuqur iz qoldirdi. M.Ashrafiy 1912 yili 11 iyunda Buxoro shahrida tug’ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi va 12 yoshida Abdurauf Fitrat tomonidan tashkil etilgan Sharq musiqa maktabiga o’qishga kiradi. Maqom ustozlaridan saboq oladi.
M.Ashrafiy haqida umumiy ma’lumot
Slayd 4
1928 yil Samarqand shahrida ochilgan O’zbekiston Musiqa va xoreografiya institutiga birinchilar qatorida o’qishga kiradi. Talabalik davrida M.Ashrafiy Buxoro xalq qo’shiqlarini, T.Sodiqov Farg’ona vodiysi qo’shiqlarini va Sh.Ramazonov Xorazm xalq qo’shiqlarini notaga olishadi. Institut rahbari N.Mironov tahriri ostida 1931 yilda “Pesni Fergano, Buxaro i Xivo” nomi bilan nashrdan chiqadi. Shu uch og’a-ini o’qish davrida N.Mironov rahbarligida “Sadrash”nomli (Sodiqov, Ramazonov va Ashrafiy familiyalarining birinchi bo’g’inlaridan tuzilgan) simfonik orkestr uchun marsh yaratdilar. Institutni tugatgach, M.Ashrafiy 1931-1934 yillarda “O’zbekiston davlat musiqali teatr”ida badiiy rahbar va bosh dirijyor vazifasida ishladi. Kasb malakasi etarli bo’lmaganini sezgan.
Slayd 5
M.Ashrafiy 1934- 1937 yillarda Moskva davlat konservatoriyasi qoshida tashkil etilgan O’zbek opera studiyasida atoqli kompozitor, professor S.N.Vasilenkodan saboq oladi. 1937 yilda Moskvada O’zbekiston adabiyoti va san’ati o’n kunligida M.Ashrafiy dirijyor va musiqa rahbari sifatida faol qatnashdi va o’sha yili “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. M.Ashrafiy turli rahbarlik lavozimlarida faol tashkilotchiligini namoyon qildi. 1938 yildan respublika davlat opera va balet teatriga badiiy rahbar va bosh dirijyor, 1943-1947 yillarda esa direktor lavozimini ham egallaydi. 1947-1961 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasi rektori va opera- simfonik dirijyorligi kafedrasining mudiri, 1964-1966 yillarda yangi tashkil topgan Samarqand opera va balet teatri direktori, badiiy rahbari va bosh dirijyori, 1966-1971 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Akademik katta opera va balet teatri badiiy rahbari va bosh dirijyori.
Slayd 6
1971-1975 yillarda Toshkent davlat konservatoriyasining rektori lavozimida ishladi. Dirijyorlik faoliyati orqali M.Ashrafiy uzoq yillar davomida o’zbek, yevropa va rus klassik kompozitorlarining opera, balet hamda simfonik asarlarini targ’ib qildi. O’zbekiston musiqa san’atini chet ellarda o’tkazilgan dekada, festivallar, qo’shiq bayramlari va turli tanlov kontsertlarida namoyish etdi.
Slayd 7
Slayd 8
M.Ashrafiyning ijodiy merosi serqirradir. U musiqaning har xil janr va shakllarida ijod qilib, ko’p asarlar yaratdi. 1939 yilda S.N.Vasilenko bilan hamkorlikda dramaturg K.Yashin librettosi asosida «Bo’ron» nomli birinchi o’zbek operasini yaratdi. Bu mualliflar tomonidan 1941 yilning boshlarida “Ulug’ kanal” nomli ikkinchi opera yozildi. 1958 yilda Navoiyning “Sab’aisayyor” dostoni asosida K.Yashin va M.Muhamedovlarning librettosiga “Dilorom” operasini M.Ashrafiy mustaqil ravishda bastaladi. 1962 yili Furqat siymosiga bag’ishlab I.Sulton librettosi asosida “Shoir qalbi” nomli operasini yaratdi. M.Ashrafiy quyidagi baletlarning musiqa muallifi: “Sevgi tumori” (G.Miller librettosi, 1969 y.), “Temurmalik” (M.Ashrafiy librettosi, 1970 y.), “Matonat” (A.M.Kamel librettosi, 1971 y.).
Muxtor Ashrafiyning ijodi va yozgan asarlari.
Slayd 9
Bu baletning premerasi 1972 yil Misr davlatining poytaxti — Qohira shahrining opera va balet teatrida o’tgan va 1973 yili J.Nosir mukofotiga sazovor bo’lgan, 1973 -1974 yillarda
Dushanbe va Toshkent shaharlarida “Muhabbat va qilich” (M.Ashrafiy va G.Gelovani librettosi, 1973y.) baletining premerasi bo’lib o’tgan. Kompozitor M.Ashrafiy respublikamizda simfonik musiqa san’atining rivojlanishi uchun ham samarali hissa qo’shdi. Simfonik orkestr uchun 1932 yil “Qurilish” marshini evropa klassik simfoniya uslubida, 1942 yil “Qahramonlik” simfoniyasini yaratdi. Xuddi shu uslubda 1952 yilda tojikcha raqs syuitasi ham bastalangan.
Slayd 10
M.Ashrafiy quyidagi simfonik asarlarning muallifi: 1950 yillarda uchta simfonik syuita, 1963 yil shoir S.Ayniy xotirasiga bag’ishlangan “Temurmalik” simfonik poema-rapsodiyasi, 1964 yil “Bayram shodiyona”si uvetyurasi. Yirik janrdagi vokal- simfonik asarlaridan 1951 yilda “Baxt qo’shig’i kantatasi, “Dahshatli ishlar” vokal-simfonik poemasi va 1974 yilda Firdavsiyning “Shohnoma”si asosida “Rustam haqida doston” epik-oratoriyasi (L.Sherali so’zi) dunyoga keldi. 1968 yilda “Subhidamda” nomli simfonik-xoreografiya manzarasini yozdi. M.Ashrafiy quyidagi kinofilmlarning musiqa muallifi: “Momoqaldiroqda tug’ilganlar” (1965), “Koniyuta g’orining siri” (1965), “Dilorom” film-opera (1968), “Qadim qal’a afsonasi” (1970), “Semurg”’ (1972), “Gang daryosida tong” (1972).
Muxtor Ashrafiyning simfonik ijodi.
Slayd 11
Yillar davomida M.Ashrafiy yirik musiqa asarlar bilan turli yakka cholg’ularga, ansambllarga har xil janrlarda kuy, qo’shiq va romanslar yozdi. XX asr O’zbekiston musiqa madaniyatining rivojlanishidagi ulkan xizmatlari uchun M.Ashrafiy “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist” (1937y.), “O’zbekiston xalq artisti” (1939 yil) faxriy unvonlari, “Shuhrat” ordeni (1937y), ikki marotaba Davlat mukofoti (1943 va 1952 y.), Hamza nomidagi respublika davlat mukofoti (1970 yil), J.Neru nomidagi Hindiston davlat mukofoti, (1972 yil) va 1973 yil Jamol Abdul Nosir Misr davlat mukofoti sovrindori.
Slayd 12
• “Bo’ron”-M. Ashrafiy, S. Vasilenko, K. Yashin librettosi,1939 yil “Ulug’ kanal”-M. Ashrafiy, S. Vasilenko, K. Yashin, M. Raxmon librettosi, 1941 yil “Dilorom”- Navoiy «Sab’ai sayyor» dostoni asosida, K.Yashin va M.Muhamedov librettosi, 1958 yil. “Shoir qalbi” – Muqimiy va Furqat asarlari asosida I. Sulton librettosi, 1962 yil.
• Muxtor Ashrafiy kantatalari:
• “O’zbekiston”(1947)
• “Baxt qo’shig’i”(1951)
• Muztor Ashrafiyning vokal simfonik poemalari:
• “Dahshatli ishlar”vokal-simfonik poemasi
• Muxtor Ashrafiyning oratoriyalari:
• “Rustam xaqida doston” Firdavsiyning “Shohnoma”si asosida epik-oratoriyasi (L.Sherali so’zi) 1974 yil.
Muxtor ashrafiy operalari:
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
USLUBIYAT VA USLUBSHUNOSLIK mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LISON UT TAYR – FALSAFIY MAJOZIY DOSTON mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O'TKIR HOSHIMOV mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILNING IJTIMOIY TABIATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Abdulla Oripov hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY ANALYSIS ANDLITERARY ANALYSIS STUDYING AND ANALYZING WORKS OF LITERATURE FROM DIFFERENT TIME PERIODS, GENRES, AND CULTURES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZGA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.