Mo‘g‘ullar bosqini va uning oqibatlari
4000 so'm

Slayd 1
Mo‘g‘ullar bosqini va uning oqibatlari
Slayd 2
Reja:
Chig‘atoy ulusining tashkil topishi
Mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi
Mo‘g‘ullar tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinishi
Mo‘g‘ullar davrida ijtimoiy iqtisodiy va madaniy hayot
01.
03.
02.
04.
Slayd 3
Mo‘g‘ullar davlatining tashkil topishi
O‘rta asrlarning manbalarining ma’lumotlariga ko‘ra, XII asr oxiri-XIII asr boshlarida mo‘g‘ul qabilalari va elatlarining qudratli davlatga birlashuvi jarayonlari bo‘lib o‘tadi. Yozma manbalarda mo‘g‘ullar menu (menva) nomi bilan ilk marotaba Xitoyning Tan sulolasi (618–908-y.y.) solnomasida tilga olinadi.
Aksariyat manbalarda mo‘g‘ullarning birlashuv jarayonlari Temuchin nomi bilan bog‘lanadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Temuchin 1155-yilda tug‘ilgan bo‘lib, boy mo‘g‘ul zodagoni Yesugay Bahodirning o‘g‘lidir.
Slayd 4
Yesugay Bahodir 1185-yilda xoinona o‘ldirilgandan so‘ng tashabbus uning o‘g‘li Temuchin qo‘liga o‘tadi. Temuchin 1186–1204-yillar davomida hokimiyat uchun kurash olib borib faqat mo‘g‘ullarnigina emas, ular bilan qo‘shni bo‘lgan tatar, merkit, kerayit, jaloyir, nayman, uyg‘ur, qarluq kabi ko‘plab qabilalarni o‘z qo‘li ostida birlashtirib, kuchli davlatga asos soladi.
Slayd 5
1206-yilning bahorida Mo‘g‘ulistondagi Onon daryosi irmoqlaridan birining sohilida o‘z hokimiyatining to‘liq mustahkamlab olgan Temuchin mo‘g‘ullarning umum qurultoyini chaqiradi. Temuchinning tarafdorlari – mo‘g‘ul zodagonlari to‘plangan bu qurultoyda u oliy mo‘g‘ul hukmdori – xon deb tantanali e’lon qilinadi va davlatning bosh shamani Teb Tangriy unga “Chingizxon” degan faxriy nom beradi (“Chingizxon” – kuchli, buyuk degan ma’noni anglatadi).
Slayd 6
O‘z mavqei va hokimiyatini mustahkamlab olgan Chingizxon o‘z harbiy kuchlarini isloh qilib, davlati sarhadlarini kengaytirish harakatini boshlaydi. U 1209-yilda tang‘utlarni, 1211-yilda uyg‘urlarni, 1215-yilda esa shimoliy Xitoyni poytaxt Chjundu (Pekin) shahri bilan birgalikda o‘ziga tobe qilib oldi. Shu tariqa XIII asr o‘ninchi yillari oxiriga kelib Sharqda ikkita yirik davlat – Xorazmshoh – Anushteginlar va Chingizxon davlatlari mavjud bo‘lib, ular o‘rtasida urush bo‘lishi muqarrar edi.
Slayd 7
1215–1218-yillar oralig‘ida Xorazmshoh va Chingizxon o‘rtasida bir necha marta elchilar almashinadi. Rashididdin ma’lumotlariga ko‘ra, Chingizxon 1218-yil Xorazmshohga yuborgan nomasida uni “o‘z o‘g‘illari qatorida ko‘rishini” ma’lum qiladi. Sharq diplomatiyasida bu qaramlikni bildirishini Sulton Muhammad yaxshi anglagan edi. Undan tashqari 1218-yilgi Chingizxon tomonidan Xorazmga yuborilgan 450 kishilik elchilar guruhidagi 100 ga yaqin savdogarlarga josuslik vazifasi ham topshirilgan edi. Shu bois bu karvon O‘tror shahrida talon-toroj qilinib, elchilar o‘ldiradi.
Slayd 8
Mo‘g‘ullar tomonidan O‘rta Osiyo hududlarining bosib olinishi
Chingizxon 1219-yilda o‘z o‘g‘illari boshliq 200 mingga yaqin asosiy harbiy kuchlari bilan Xorazmshohlar davlati ustiga yurish boshlaydi.
Slayd 9
Bu kuchlar o‘sha yili yozni Irtish daryosi bo‘yiga o‘tkazib, sentyabr oyida chegaradan o‘tadi. Chegaradan o‘tgan Chingizxon o‘z qo‘shini bilan janubiy qozoq cho‘llarining Sirdaryoga tutashgan joyidagi O‘tror shahri yaqiniga to‘plab uni to‘rt qismga bo‘ladi. Chig‘atoy bilan O‘qtoy qo‘shinning bir qismi bilan O‘trorni qamal qilib egallash uchun qoldiradi. Ikkinchi qism esa Jo‘ji boshchiligida Sirdaryoning yuqori oqimidagi Jand, Yangikent, Borchig‘likent, Sig‘noq shaharlarini bosib olish uchun yuboriladi. Uchinchi qismga Uloq nuyon va Suketu Cherbu bosh bo‘lib O‘trordan janubga, Xo‘jand va Banokatni egallash topshiriladi. Chingizxonning o‘zi bosh bo‘lgan asosiy to‘rtinchi qism yirik shaharlar-Samarqand va Buxoroni egallash uchun yo‘l oladi.
Slayd 10
Bu yurishlar natijasida 1219-yilda O‘tror, Jand, Yangikent, Borchig‘likent, 1220-yilda Xo‘jand, Buxoro, Samarqand, 1221-yilda Termiz va Urganch shaharlari mo‘g‘ullar tomonidan bosib olinadi.
Slayd 11
Buxoro yo‘nalishida ketayotgan Chingizxonga Zarnuq (Zerinuh) va Nur qal’alari jangsiz taslim bo‘ladilar. Chingizxon 1220-yilning fevral oyi boshlarida (ba’zi adabiyotlarda 7-fevralda deyishadi) Buxoroga yaqinlashadi. Uch kunlik shahar qamal boshlanadi. Buxoroda bu paytda 12 ming kishilik shahar garnizoni va 20 ming kishilik “lashkari birun” mavjud edi. 1220-yili 10-fevral kuni mo‘g‘ullar Buxoroga kirib keladilar. Keyinchalik, Ko‘kxon boshchiligidagi 400 ta mudofaachilar Buxoro arkida 12 kun qattiq qarshilik ko‘rsatadilar. Ko‘kxon va u boshchiligidagi mudofaachilar qahramona halok bo‘ladilar.
Slayd 12
Buxorodan so‘ng Chingizxon Samarqand shahri tomon yo‘l oladi. 1220-yil mart oyi boshida u Samarqandga yetib kelib, yon-atrofdagi qishloqlarni egallaydi. Samarqand shahrida 110 ming kishilik harbiy garnizon, 20 ta harb ilmiga o‘rgatilgan fil ham mavjud edi. Sulton Muhammadning tog‘asi To‘g‘ayxon shahar noibi bo‘lib, shahar mudofaaga birmuncha tayyor edi. Mo‘g‘ullar Samarqand bosh suv inshooti – “Jo‘yi arziz” – “Qo‘rg‘oshin novasi” ni buzib tashlab, shaharni suvsiz qoldiradilar. 20 ming chog‘li shahar mudofaachilari suv toshqini bois taslim bo‘lishga majbur bo‘ladilar. Keyinchalik butun shahar mo‘g‘ullar tomonidan egallaniladi.
Slayd 13
Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘ji boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilari reja bo‘yicha Sirdaryoning yuqori qismidagi yerlarni egallashi lozim edi. Bosqinchilar ma’lum muddat qamaldan so‘ng Sig‘noq va Borchig‘likent shaharlarini egallab, so‘ng mustahkam qal’a hisoblangan Xo‘jandga hujum boshlaydilar. Xo‘jand hokimi bu paytda Temur Malik (malik – hokim ma’nosida) edi. Mo‘g‘ullarga qarshi tura olish mumkin emasligini sezgan Temur Malik taxminan 1000 nafar askari bilan Xo‘janddan bir kilometr uzoqlikdagi Sirdaryoning mo‘jazgina oroliga joylashib oladi. Temur Malik keyinchalik 70 ta kemada daryo oqimi bo‘ylab yuradi. Uzoq janglardan so‘ng Temur Malik Urganchga yetib boradi va Urganch himoyasida qatnashib, Jaloliddining ozodlik kurashida faol ishtirok etadi.
Slayd 14
Chingizxonning 1220-yilning yozini Movarounnahr janubida o‘tkazmoqchi bo‘ladi. Avval u Naxshabga bostirib boradi. Naxshab aholisi mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi. 1220-yilning kuzida Termizga yurish boshlaydi. Termiz hokimi Faxriddin habash mo‘g‘ullar bosqiniga mardonavor javob beradi. Mudofaaning o‘n birinchi kuni shahar egallanadi.
Movarounnahrning asosiy qismlari – Sirdaryo havzasi, Zarafshon va Qashqadaryo vodiylari, Buxoro vohasi, Shosh va Farg‘ona vodiysi egallangach, Chingizxon asosiy e’tiborini xorazmshohlar davlatining markazi Xorazm o‘lkasiga qaratadi.
Slayd 15
Jaloliddin Manguberdi-yurt himoyachisi
Jaloliddin mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil kurash olib bordi. 14 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi ot surib, uning 13 tasida g‘oliblikni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Jaloliddin garchi katta o‘g‘il bo‘lsa-da, buvisi Turkon-xotun tomonidan hokimiyatdan chetlatilgan bo‘lib, taxt vorisi etib Turkon-xotun urug‘idan bo‘lmish boshqa bir shahzoda Qutbiddin O‘zloqshoh valiahd deb e’lon qilingan edi.
Slayd 16
Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul qo‘shinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi janubidagi Ashuradi orolidan panoh topgan. Og‘ir bemor bo‘lgan Muhammad o‘g‘illarini yoniga chorlab, so‘nggi damda Jaloliddin Manguberdini o‘z o‘rniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin O‘zloqshoxlar bilan birga Urganch mudofaasiga oshiqadi. Lekin Urganchdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb e’lon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi bo‘ldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Urganchni tark etib Xurosonga yo‘l olgan.
Slayd 17
1221-yilning boshidan boshlangan Urganch qamali deyarli 7 oy davom etadi. Sulton zobitlarining boshlig‘i Faridun G‘uriy o‘zining 500 kishilik harbiy qo‘shini bilan mardonavor tarzda shahar devorlari va darvozalari himoyasiga bosh bo‘ladi. Tarixchilardan an-Nasaviy, Juvayniylarning yozishlariga ko‘ra, Urganch aholisi har bir ko‘cha , mavzeni jon jahdlari bilan himoya qilganlar. Ko‘prik ustidagi jangda shaharliklar 3000 nafardan ziyod mo‘g‘ul askarlarini qirib tashlashga ham muvaffaq bo‘ladilar. Shahardagi janglarda xorazmlik mashhur alloma, faylasuf va olim, “Kubroviya” tariqatining asoschisi Najmiddin al-Kubro al-Xevaqiy (1145–1221) ham faol qatnashadi.
Slayd 18
Shunday qilib, talon-tarojlik urushlari natijasida XIII asr 20-yillari o‘rtalariga kelib Chingizxon Sharqda Shimoliy Xitoydan G‘arbda Amudaryogacha bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. 1227-yilning avgustida Osiyoning ichkarisiga, tang‘utlar ustiga yurish paytida Chingizxon vafot etadi. Chingiziylarning harbiy yurishlari natijasida 1260-yilda tarixdagi ko‘chmanchilarning yirik davlatlaridan biri – Sharqda Amurdan Sariq dengizgacha, G‘arbda Dunaydan Yevfratgacha bo‘lgan hududlarni o‘z ichiga olgan ulkan imperiya tashkil topdi.
Slayd 19
1227-yilda Chingizxon vafot etganidan so‘ng uning davlati quyidagi to‘rtta ulusga bo‘lindi:
Xulagiylar (Tuluxonning o‘g‘li Xulagu avlodi) – Eron
Yuan sulolasi (Tuluxon avlodi) – Mug‘iliston va Xitoy
Chig‘atoiylar (Chig‘atoy avlodi) – Yettisuv, Movarounnahr, Sharqiy Turkiston
Jo‘jiylar (Jo‘ji avlodi) – Dashti Qipchoq
Slayd 20
Chig‘atoy ulusining tashkil topishi
Manbalarga ko‘ra, Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyga Oltoy tog‘larining janubiy sarhadlaridan to Amudaryo va Sindgacha bo‘lgan yerlar berilgan bo‘lib, bu ulus tarkibiga Sharqiy Turkiston, Yettisuvning katta qismi va Movarounnahr hamda Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘idagi Badaxshon, G‘azna, Qobul kabi hududlar kirgan. Mo‘g‘ullar o‘rtasidagi o‘zaro urushlar natijasida hududlar qo‘ldan qo‘lga o‘tib turgan bo‘lsa-da, ulusning o‘zagi saqlanib qolgan edi. Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan Chig‘atoyning qachon tug‘ilganligi aniqlanmagan. Hali Chingizxon hayotligidayoq Chig‘atoy “Yasoqlar” va mo‘g‘ul qonunlarining hamda an’analarining bilimdoni sifatida shuhrat qozongan edi.
Slayd 21
Rashididdin ma’lumotlariga ko‘ra, mo‘g‘ullar davlatida O‘gedey hukmronligi davrida Chig‘atoy butun imperiyada shu qadar kuchli hokimiyatga ega ediki, hatto buyuk xonning o‘zi ham “uning maslahati va ko‘rsatmalarisiz” muhim qarorlar chiqara olmas edi. Ammo, shunga qaramasdan Chig‘atoy butun ulusning mustaqil hukmdori emas edi.
Slayd 22
Chig‘atoyning nomi quyidagilarda saqlanib qolgan:
O‘rta Osiyodagi mo‘g‘ul davlatining rasmiy nomlanishi atamasida.
Chig‘atoy davlatining harbiy kuchlarini tashkil etgan ko‘chmanchilar nomida.
O‘rta asrlar O‘rta Osiyoda shakllangan adabiy til nomida.
Joylarning nomlanishida.
Slayd 23
Chig‘atoy ulusi tashkil topgach, Movarounnahr va Sharqiy Turkistonning madaniy viloyatlarini ulug‘ xon tomonidan tayinlangan Mahmud Yalavoch boshqargan. Ulug‘ xon shuningdek, Movarounnahrdagi mo‘g‘ul qo‘shinlari boshliqlarini ham tayinlagan. Bu boshliqlar ko‘p hollarda barlos, jaloyir, qavchin va orlat qabilalaridan bo‘lgan. Ibn Arabshoh ma’lumotlariga ko‘ra, jaloyirlar Amudaryoning shimoli, Buxoroning sharqiy tomonlarida, barloslar Qashqadaryo vohasida, orlatlar Afg‘onistonning shimolida joylashganlar. Mahmud Yalavoch ham Movarounnahrda olib borgan siyosatida ko‘pincha shu qabilalarga suyanib ish ko‘rgan.
Slayd 24
Mo‘g‘ullar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot
Chig‘atoy ulusida viloyat hukmdorlari xon, oliy hukmdorlar esa qoon yoki xoqon deb yuritilgan bo‘lib, ular davrida o‘lponu soliqlar miqdori osha borib, yangi soliqlar ham joriy etila boshlanadi. Misol uchun, manbalarga ko‘ra, bu davrda yangi yer solig‘i- kalon joriy etilib, bu soliq hosilning o‘ndan bir qismi miqdorida olingan. Mo‘g‘ullarning 1235-yilgi qurultoyidan so‘ng esa har bir bosh chorva molidan olinadigan soliq qopchur joriy etiladi. Unga ko‘ra, har 100 chorvadan bittasi soliqqa to‘langan. Shuningdek “Yasoqlar”ga ko‘ra, davlat xazinasi uchun shulen yoki shulsi solig‘i joriy etilgan. Bu soliq chorvadorlardan har suruvdan bir qo‘y va qimiz uchun har ming bosh otdan bitta biya undirilgan.
Slayd 25
Hunarmandlardan va savdogarlardan olinadigan soliq targ‘u yoki tamg‘a deb atalgan. Bu soliq ishlab chiqarilgan hamda sotilgan mahsulotning o‘ttizdan bir ulushi hajmida bo‘lgan.
Slayd 26
Mo‘g‘ullar hukmronligi davrida O‘rta Osiyoda yer egaligi
Mulki devon – davlat yerlari
Mulki inju – hukmdor va noiblarga qarashli yerlar
Mulk – xususiy yerlar
Mulki vaqf – masjid va madrasa yerlari
Slayd 27
Bu davrdagi davlat, mulk (xususiy yerlar), vaqf (diniy idoralar ixtiyoridagi yerlar) yerlarda ko‘p hollarda ijaraga chorakor dehqonlar mehnat qilishgan. Bunday ijarador o‘rtahol dehqonlar muzoriylar deb atalgan. Buyuk Xoqon O‘gedey (1229-1241-yillar) davridayoq mo‘g‘ullar o‘zlarining xizmatida bo‘lgan ayrim zodagonlarga, katta yer egalari va savdogarlarga barot (ijara yorlig‘i) va payzalar bera boshlangan edilar. Payzalar qimmatbaho metallar (oltin, kumush, bronza) yoki yog‘och taxtachalardan ishlangan bo‘lib, unga no‘yonning muhri qo‘yilgan. Bunday payzaga ega bo‘lgan kishilar, shu jumladan elchilar, soliqchilar va boshqa shaxslar aholidan turli yig‘im, to‘lovlarni talab qilib olish huquqiga ega edilar.
Slayd 28
Mahalliy aholi – hunarmand, dehqon, chorvador, kim bo‘lishidan qat’iy nazar umumhashar ishlarida qatnashishi va tekinga ishlab berishi shart edi. Aholiga o‘tkazilayotgan jabr-zulm mo‘g‘ullarga qarshi norozilik isyoniga olib keldi. 1238-yil Buxoro atrofidagi Tarob qishlog‘ida Mahmud Tarobiy boshchiligida qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Ammo, qo‘zg‘olonchilar ayrim g‘alabalarga erishgan bo‘lsalar-da, ko‘p o‘tmay mo‘g‘ullarning Elduz no‘yon va Chag‘an qo‘rchi boshliq harbiy kuchlari qo‘zg‘olonni shafqatsizlarcha bostiradilar. Mahmud Tarobiy ham halok bo‘ladi.
Slayd 29
1273-1276-yillarda Ma’sudbek vayron etilgan Buxoroni qayta tiklash ishlarini amalga oshiradi. Natijada Buxoroda iqtisodiy hayot, savdo-sotiq tiklanib 1282–1283-yillarda Buxoro zarbxonalari to‘liq ishlay boshladi. Savdo – iqtisodiy aloqalar rivojlanib borayotgan Farg‘ona vodiysida esa Chig‘atoy xoni Duvaxon (1291–1306-yy.) davrida Andijon shahriga asos solindi. Chig‘atoy xonlaridan birinchi bo‘lib Kebekxon (1309, 1318-1326-yillar), madaniy hayotga yaqinlashib, o‘troq turmush tarziga o‘tgan edi. U Nahshab shahri atrofida o‘ziga saroy qurdirdi va bu saroy (Qarshi) keyinchalik Kebekxon va uning atrofdagilarning doimiy qarorgohiga aylandi.
Slayd 30
Kebekxon Xulagiylar va Oltin O‘rda tangalariga taqlidan ikki xil: yirik kumush tanga – dinor va mayda kumush tanga – dirham zarb ettirishni yo‘lga qo‘ydi.
Kebekxon islohotlari
Mahalliy tuzilmalar tumanlarga, viloyatlarga aylantirildi. Mahalliy hokimlar – maliklar, sadrlarning o‘rinlari turkiy-mo‘g‘ul urug‘ boshliqlari qo‘liga o‘tdi. Noiblik esa merosiy bo‘lib qoldi
Ma’muriy
Moliyaviy
Slayd 31
1326-1334-yillarda hukmronlik qilgan Tarmashirin Muborakshoh va Kebekxon siyosatini davom ettiradi. U butun Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda hukmronlik qilish jarayonida islom dinini rasmiy din deb e’lon qiladi va mazkur hududlar aholisini islomga majburan da’vat etadi.
Slayd 32
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.