Model qurish maqsadi va bosqichlari

4000 so'm


Model-qurish-maqsadi-va-bosqichlari

Slayd 1

Model qurish maqsadi va bosqichlari

Slayd 2

Reja:
1. Modellashtirishning maqsadi va modellashtirish obyektini o‘rganish.
2. Kompyuterli modellashtirish bosqichlari va uni amalga oshirish usullari.

Slayd 3

obyekt
Model
masala
subyekt
Моdellashtirish – bilish obyektlari (fizik hodisa va jarayonlar) ni ularning modellari yordamida tadqiq, qilish mavjud predmet va hodisalarning modellarini yasash va o‘rganishdir.

Slayd 4

Kompyuterli modelni yaratish bosqichlari
Modellashtirish bosqichlarini o‘rganishda shakllanadigan kompetensiyalar
1. Muammoning matematik tavsifi
Tadqiqot maqsadini belgilash, mavjud ma’lumotlarni tahlil qilish, vazifalarning formatlashgan tavsifini yaratish
2. Muammoni hal qilish algoritmini qurish
Algoritmik madaniyatni va qonuniyatini topish kompetensiyasi, vazifaga mos uni yechish instrumentini tanlash
3. Algoritmni dasturlash tilida yozish
Muammoni yechish uchun ijodiy yondashish qobiliyati, algoritmik modellashtirish usullarini bilish
4. Dasturni kiritish va tahlil qilish
Analitik fikrlashga qobiliyatlilik
5. Dasturni sinovdan o‘tkazish va yechimning to‘g‘riligini isbotlash
Yechimni yetarlicha baholay olish, tuzilgan algoritmni takomillashtirishning mumkin bo‘lgan usullarini topish

Slayd 5

1. Model
Modellashtirish
Kompyuter
Kompyuterli model
Kompyuterli modellashtirish

Slayd 6

2. Model va modellashtirish metodlari orasidagi munosabatlar
Model turlari
Modellashtirish metodlarining turlari
Axborotli model
Matematik model
Imitatsion model
Stoxastik model
Dinamik model
Geometrik model
Monto Karlo metodi
Analitik metod
Grafikli metod

Slayd 7

3. Modellashtirish vositalari
Matematik modellashtirish vositasi
Stoxastik tizimlarni modellashtirish vositasi
Imitatsion modellashtirish vositasi
Dinamik tizimlarni modellashtirish vositasi
Turbo Delphi dasturlash tizimi
MAKSIMA algebraik masalalar tizimi
Excel va Calk elektron jadvallari
Model Vision Studium
dasturi
Turbo Delphi, C++ dasturlash
tizimi
GPSS simuliatsiya tizimlari
Word AnyLogic PLE simulyatsiya tizimi
Maksimal kompyuterli algebraik tizimi
AnyLog
ic PLE simulyatsiya tizimi

Slayd 8

Muammoni aniqlash: Loyihaning maqsadini aniqlash va modelni yaratish zarurligini tushunish.
Ma’lumot yig‘ish: Model uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash. Bu statistik ma’lumotlar, eksperiment natijalari yoki boshqa manbalardan bo‘lishi mumkin.
Modelni tanlash: Muammoga mos keladigan model turini tanlash. Bu matematik model, statistik model yoki kompyuter simulyatsiyasi bo‘lishi mumkin.
Amalga oshirish: Modelni amaliyotda qo‘llash va natijalarni kuzatish.

Slayd 9

Modelni qurish: Tanlangan modelni yaratish va uni dasturlash, agar zarur bo‘lsa.Modelni sinovdan o‘tkazish: Modelni real ma’lumotlar bilan sinab ko‘rish va uning samaradorligini baholash.Natijalarni tahlil qilish: Modeldan olingan natijalarni tahlil qilish va tushunish, shuningdek, modelning cheklovlarini aniqlash.Takomillashtirish: Modelni yaxshilash uchun kerakli o‘zgarishlar kiritish va uning natijalarini qayta ko‘rib chiqish.

Slayd 10

Birinchi bosqich – masalaning qo‘yilishi. Bu bosqichda masala bayon etiladi, uni yechish maqsadi qo‘yiladi, kiruvchi va chiquvchi axborotlar tahlil qilinadi, masalaning mohiyati og‘zaki ifodalanadi va uni yechishga umumiy yondashish bo‘yicha fikr beriladi. Aniq predmet sohasidagi malakali mutaxassis asosan masalaning qo‘yishni amalga oshiradi.
Ikkinchi bosqich – formallashtirish (rasmiylashtirish). Uning maqsadi – masalaning, kompyuterda adekvatlikni tekshirmasdan ishlatish mumkin bo‘lgan, matematik modelini yaratishdir. Agar masala murakkab bo‘lmasa va maxsus matematik bilimni talab qilmasa bu bosqichni masala qo‘yuvchining o‘zi bajarishi mumkin, aks holda bu ishga matematik yoki dasturchini jalb qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Slayd 11

Uchinchi bosqich – hisoblash. Kompyuterli eksperimentning ikkinchi bosqichi masalaning yechish uslubini ishlab chiqishdan iborat. Bunda tahliliy va hisoblash usullaridan oqilona foydalangan holda bir nechta algebraik tenglamalar va ulardan qaysi ketma-ketlikda foydalanish qoidalari ishlab chiqiladi. To‘rtinchi bosqich – kompyuter dasturini ishlab chiqish. Bu bosqichda dastur tuziladi. Dastur – kompyuter tushunadigan tilda yozilgan algoritmni ifodalash shaklidir. Algoritm matn yoki grafik ko‘rinishdagi inson tushunadigan tilda, dastur esa maxsus algoritmik tilda yoziladi. Dasturni tuzish jarayonida algoritmga yanada aniqlik kiritish mumkin.

Slayd 12

A) Dasturning modulliligi. Xususan, operatorlar miqdori qisman o‘zgarganda xatolarni aniqlash ancha osonlashadi; dasturning boshqa qismlarini o‘zgartirmagan holda faqat bir qismini takomillashtirish yoki o‘zgartirish mumkin (masalan, bir dasturni boshqasiga almashtirsa bo‘ladi).
B) O‘zgaruvchilarni tanlash. Garchi o‘zgaruvchilar modellashtirilayotgan masalaga bog‘liq bo‘lsa-da, tadqiqotchi ularning nomini tanlashda va ularning tuzilishini tashkil etishda ma’lum erkinlikka ega. O‘zgaruvchilarning nomini ham shunday tanlash kerakki, ular ifoda etilayotgan kattalikni eslatishi lozim. Shunda buyruqlarni izohlash va xatolarni izlash kabi amallar osonlashadi.
V) Matematik ifodalarni yozish. Yetarlicha murakkab bo‘lgan matematik ifodalarni bo‘laklab, oddiy hisoblashlar ketma-ketligi tarzida ifodalash lozim. Biroq, bunday shaklda ifodalangan amallar majmuasini talqin etish, yozish va ularning xatolarini aniqlashda birmuncha qiyinchiliklar tug‘iladi.

Slayd 13

G) Ma’lumotlarni kiritish va chiqarish. Bunday buyruqlardan oqilona foydalanish dasturdan tadqiqot quroli sifatida unumli foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Shuning uchun dasturning ishlashini kuzatish imkonini beruvchi hamda yechimning aniq qiymatlarini ifoda etuvchi ma’lumotlar, fizik kattaliklar va axborotlarni oydin holda aks ettirish lozim.Yagona parametrning qiymatini aniqlash lozim bo‘lgan hollarda ham modelni to‘laligicha kuzatish, va demak, birmuncha natijalarni ham nazarda eksperimentning diagnostikasi vazifasini bajarib, dasturdan foydalanishda hamda modelning asosiy gipotezalari to‘g‘ri ekanligi haqida xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.Beshinchi bosqich – hisoblash amallari.Oltinchi bosqich – dasturni sozlash.

Slayd 14

Yettinchi bosqich – natijalarni olish va tahlil qilish. Bu yerda masalani qo‘yuvchi tomonidan yechim natijasi tahlil qilinadi va boshqarish qarorlari yoki takliflari qabul qilinadi.
Sakkizinchi bosqich – xatolarni to‘g‘irlash (korrektirovka). Agar dasturni qo‘llashda qoniqarsiz natija olinsa, model va algoritmga tuzatishlar kiritish talab qilinadi. Bu bosqichning bajarilishi oldingi bosqichlarning ixtiyoriysini tuzatish, mukammallashtirish zarurati bilan bog‘liq.

Slayd 15

– atmosferaning zaharli narsalar bilan ifloslanishini tahlil qilish;- transport uskunalarini konstruksiyalash;- uchuvchilar uchun uchish xonalarini yaratish;- ob-havoni bashoratlash;- elektron uskunalarning ishlashini simulyatsiyalash;- finans bozorlarida bahoni bashoratlash;- qurilish kostruksiyalarining elementlarini hisoblash;- qurilishning bosimga chidamliligini hisoblash;- ishlab chiqarish jarayonini loyihalashtirish;- robot va avtomat manipulyatorlarni modellashtirish;- shaharsozlikning rivojlanish variantlarini modellashtirish;- transport tizimini modellashtirish;- iqtisodiyot tizimini modellashtirish.
Amalda qo‘llash

Slayd 16

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Model qurish maqsadi va bosqichlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar