Moddalar almashinuvi va ovqatlanish biokimyosi
8000 so'm

Slayd 1
Moddalar almashinuviga kirish. Ovqatlanish Biokimyosi
Slayd 2
-tashqi muhitdan oziq-moddalarni oʻzlashtirish, oʻzgartirish, kerakli maqsadlarda foydalanish va qoldiq mahsulotlarni chiqarish kabi jarayonlar yigʻindisi.
Bosqichlari:
Ovqatlanish
Hazmlanishva soʻrilish
Toʻqimametabolizmi
Qoldiqmoddalar ekskretsiyasi
Moddalar almashinuvi:
Slayd 3
Ovqatning biokimyoviy strukturasi
Ovqatlanish:
-yashash uchun zarur oziq-moddalarni tashqi muhitdan qabul qilish
Balansli Ovqatlanish – ovqat tarkibidagi oziq-moddalarning(oqsil,yogʻ, uglevod) maʼlum nisbatda boʻlishi. Masalan oqsil:yogʻ: uglevod nisbati
1:1:4boʻlishi kerak yoki 100 g oqsil, 100 g yogʻ va 400 g uglevod boʻlishi kerak
Ratsional ovqatlanish – ovqatni balanslashtirish va vaqtga nisbatan toʻgʻri taqsimlash. Masalan kuniga 4-5 marta ovqatlanish yaxshi.
Asosiy moddalar: ovqatda koʻp boʻladigan va organizmda metabolizmga uchraydigan moddalar- oqsil,yogʻ, uglevod, nuklein kislotalar, suv
Minormoddalar: ovqatda kam boʻladigan va organizmda asosiy oziq moddalar metabolizmiga yordam beruvchi moddalar -almashinmaydigan aminokislotalar, almashinmaydigan yogʻ kislotalari, vitamin va vitaminsimon moddalar hamda minerallar
Slayd 4
!Yoshga bogʻliq ovqatlanish-
-yangi tugʻilgan chaqaloq 1soatgacha ovqatlantirilmaydi(hazm trakti tashqi muhitga moslashguncha),
-1 soatdan 6 oylikgacha faqat sut bilan oziqlantiriladi (hazm trakti toʻliq rivojlanguncha),
-6oydan 1,5 yoshlargacha aralash ovqatlantiriladi(qoʻshimcha ovqatlarga moslashguncha) ,
-1,5 yoshdan boshlab toʻliq qoʻshimcha ovqatlar yeydi.
Xazmlanish:
-ovqat bilan kirgan moddalar qon yoki limfaga soʻrilishi uchun hazm fermentlari yordamida maydalanishi. Bu ovqatning antigenlik xususiyatini ham yoʻqotadi.
Xazm fermentlari qayerdan chiqishiga koʻra xazm turlari:
Xususiy xazm- odam fermentlari yordamida hazmlanish
Simbiont xazm- ichak bakteriyalari fermentlari taʼsirida hazmlanish
Autolitik xazm- ovqatning oʻzida mavjud fermentlar taʼsirida hazmlanish. Masalan sutda hazmlovchi fermentlar- laktaza, amilaza, lipazalar boʻlgani uchun sut yarim hazmlangan holatda boʻladi.
Slayd 5
soʻrilish:
Qayerda boʻlishiga koʻra xazm turlari:
Xujayra ichi xazmi(pinositoz,fagositoz)
Xujayra sirti xazmi(Distant-bezlardan tushuvchi fermentlar taʼsirida oshqozon-ichak trakti boʻshligʻida xazmlanish, Kontakt- oshqozon-ichak trakti devoridagi fermentlar taʼsirida xazmlanish)
-Xazm yoʻllarida parchalangan moddalar vena tomirlari va limfaga soʻriladi,sababi ularda bosim past.
*Ogʻizda-soʻrilish kam, baʼzi dorilar soʻriladi
*Qiziloʻngach,halqumda- deyarli soʻrilish yoʻq
*Oshqozonda- ham soʻrilish kam,etanol yaxshi soʻriladi
*Ingichka ichakda- asosiy soʻrilish jarayoni amalga oshadi.
*Yoʻgʻon ichakda- soʻrilish kam, asosan suv va minerallar soʻriladi.
*Persorbsiya- hujayralar oraligʻidan modda yoki hujaryalarning soʻrilishi
Masalan bakteriyalar, neytrofillar shu yoʻl bilan kerakli joyga oʻtishi mumkin.
Slayd 6
-Xazm yoʻllarida parchalangan moddalarning qonga soʻrilgandan soʻng toʻqimalarda turli fermentativ reaksiyalarga sarflanishi. Bu moddalar almashinuvining bitta bosqichi. U ikki xil yoʻnalishda kechadi: ANABOLIZM VA KATOBOLIZM.
*ANOBOLIZM- toʻqimalarga qon orqali kelgan moddalardan organizm uchun zarur yangi moddalarni sintezlash.
*KATOBOLIZM- toʻqimalarga qon orqali kelgan moddalarni energiya olish uchun parchalash.
#Anobolizm har bir modda uchun alohida bosqichlarda kechadi, Katobolizm esa hamma modda uchun bir xil, 3 bosqichda boradi:
Moddalarning hazm yoʻllarida parchalanishi
Hazmlangan moddalar(uglevod, oqsil, Lipidlar) ning toʻqimalarda asetil-KoA gacha parchalanishi
Asetil-KoA ning Krebs sikli va Elektron transport zanjiri orqali ATF berishi
«meta»-oraliq,»bolism»-almashinuv
#metabolizm:
Slayd 7
Slayd 8
#Metabolizmning Ontogenezda oʻzgarishi:
-Yosh bolalarda anabolizm ustun turadi, shuning uchun ham ular tez oʻsadi (masalan 1-25 yosh orasi)
-Katta yoshli odamlarda anabolizm va katabolizm deyarli teng boradi, shu sababli ularda sezilarli tana oʻzgarishlari boʻlmaydi (masalan 30-50 yosh orasi)
-Qari odamlarda katobolizm ustun turadi, shuning uchun vaqt oʻtib ularning jussasi kichiklashib boradi. (Masalan 50 yoshdan katta odamlarda)
*Xona haroratida,tinch,uxlamagan holatda metabolizm normal koʻrsatkichlar boʻyicha kechadi.
Slayd 9
#Metabolitik yoʻllar:
Organizmga oʻzlashtirilgan moddalarning fermentativ oʻzgarishlar ketma-ketligini aks ettiruvchi chizma
Qayerda kechishiga qarab 3 xil boʻladi:
Markaziy(birlamchi) -asosiy oziq moddalarning (oqsil, yogʻ, uglevod) hamma hujayralarda oʻzgarishi
Spetsefik(ikkilamchi)-faqat maxsus toʻqimalardagina kechuvchi yoʻllar, masalan bezlardan gormon, fermentlar sintezlanishi.
Siklik- faqat mikroorganizmlarda boradi, bunda oksaloasetatdan energiya olinadi.
Shakliga koʻra metabolitik yoʻllar 3 xil boʻladi:
Chiziqli – masalan Glikoliz
Halqali- masalan Krebs sikli
Aralash – odam organizmida hamma metabolitik yoʻllar aralashib ketadi
*METABOLIZM XARITASI- organizmdagi barcha metabolitik yoʻllarni oʻzida jamlovchi chizma.
Slayd 10
#Metabolizm xaritasi va metabolitik yoʻllar:
Slayd 11
-Metabolizmni oʻrganish juda muhim ahamiyatga ega. Bu orqali normal jarayonlarda oʻzgarishlar bor -yoʻqligini aniqlash mumkin. Uni oʻrganishning 3 guruh usullari bor:
Tirik organizmda oʻrganish( nishonlangan izotopli usul yoki in vivo)- organizmga oqsil, yogʻ yoki uglevodlarning nishonlangan(radioaktiv) izotopli molekulasi yuboriladi va qanday metabolizmga uchrashi tekshiriladi. Masalan Knoop ismli olim itlarga nishonlangan izotopli (C14) fenilmoy kislota yuborgan, u it organizmidan fenilsirka kislota shaklida chiqqan. Bu reaksiya hozirda Betta Oksidlanish nazariyasining tasdigʻi hisoblanadi.
Analitik-Dezintegrativ usul(in vitro)-bunda organ,toʻqima, hujayra yoki uning organellari ajratib olish orqali oʻrganiladi. Masalan qon olib uning plazmasi yoki shaklli elementlarini tekshirish.
Sintetik usul(modellashtirish)-bu usulda organizm tarkibiy qismlarining modeli yaratilib undagi metabolizm oʻrganiladi.Ammo model organizm kabi yaxlit ishlay olmaydi, shu tufayli malumotlar juda sifatli boʻlmaydi.
#Metabolizmni oʻrganish usullari:
Slayd 12
#Knoop tajribasi:
Slayd 13
#Organizm statuslari:
Organizm
Statuslari
Metabolizm
Turi
TOʻQLIK
Ovqatlanganda
CHALA OCHLIK
Birinchi ovqatlanishdan 2- ovqatlanishgacha
TOʻLIQ OCHLIK
Uzoq muddat ovqatlanmaslik masalan bir necha kunlab
Uglevodlar
Metabolizmi
Glikogen sintezi ↑
Glikoliz↑(jigarda ham)
Glikogenoliz↓
Glyukoneogenez↓
Glikogen sintezi ↓
Glikoliz↑(jigarda↓)
Glikogenoliz↑
Glyukoneogenez↑
Glikogen sintezi ↓
Glikoliz↑(jigarda↓)
Glikogenoliz↑
Glyukoneogenez↑
Lipidlar
Metabolizmi
Lipogenez↑
Lipoliz↓
Ketogenez↓
Lipogenez↓
Lipoliz↑
Ketogenez↑
Lipogenez↓
Lipoliz↑
Ketogenez↑
Oqsillar metabolizmi
Sintez↑
Katobolizm↓
Sintez↓
Katobolizm ↓
Sintez↓
Katobolizm↑
Slayd 14
#Moddalar almashinuvi buzilishlari:
*ANOREKSIYA:
«an»- inkor, «orexia»- ishtaha
-Ovqatlanishdan kuchli cheklanish,semirishdan qoʻrqish hissi va ozishga haddan tashqari intilish bilan kechuvchi neyropsixik kasallik
*Etiologiyasi(sabablari): bu irsiy kasallik, tengdoshlarning «sen semizsan» degan bosimi, aqli zaif odamlar ham qachon ovqatlanishni bilmasligi mumkin.
*Belgilari-ozib ketish, anemiya (pansitopeniya), umumiy holsizlik, ovqatdan soʻng qusish, gipotermiya, gipotoniya va boshqalar.
*Davolash- psixoterapiya, majburiy ovqatlantirish, toʻliq davolashning iloji yoʻq
Slayd 15
#Bulemiya:
«bous»-hoʻkiz, «limos»- ochlik
-Toʻyishni sezmaydigan darajada ochlik, tez-tez va koʻp ovqatlanish bilan bogʻliq neyropsixik kasallik.
*Etiologiyasi – bu irsiy kasallik, toʻyish hissini beruvchi neyromediatorlar kamayishi, baʼzan gipergonodizm ham sabab boʻladi.
*Belgilari – tez-tez va koʻp ovqatlanish, ovqatdan soʻng qusish, koʻp ovqatlanganligidan uyalish, oshqozon -ichak trakti yalligʻlanishlari, koʻp qusgani uchun suv va minerallarning qonda kamayib, qon bosimi pasayishi va yurak ritmi buzilishlari, oʻzini ozgʻin deb oʻylash
*Davolash- psixoterapiya, antidepressantlar(sabab koʻpincha bemorlarning tez jahli chiqib , koʻp ovqat yeydi), toʻliq davolashning imkoni yoʻq
Slayd 16
Vaziyatli masalalar:
Poliklinikaga 23yoshli ayol tez-tez hushidan ketish shikoyati bilan olib kelindi. Tekshirilganda qonda eritrotsitlar 2.8 mln, gemoglobin 62 g/l, tana harorati +35,5° C, AQB 87/55, obeyktiv koʻrikda ozgʻin, umumiy holsizlik bor, teri va shilliq qavatlar quruq. Bemordan soʻralganda «koʻp ovqat yeyman»- deydi?
Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz?
Poliklinikaga 22yoshli M. Ismli ayol 4 yildan buyon koʻp ovqatlanish, ovqatlanishdan keyingi qusish va asabiylikdan shikoyat qilib keldi. U 18 yoshida yigiti tashlab ketganidan soʻng oʻziga qaramay koʻp ovqatlana boshlaganini bildirdi. U jahli chiqqanda koʻp ovqat yeb, keyin qusdiruvchi dorilar ichish orqali semirib ketishdan himoyalangan. Tekshirilganda tana vazni 58 kg, boʻyi 1,68m , AQB 100/70 ekanligi aniqlandi. Sizning dastlabki tashhisingiz va taktikangiz?
Slayd 17
Bemorda ANOREKSIYA nevrozi. Bemorni psixolog koʻrigiga yuboramiz, meʼyorda ovqatlanishi kerakligini tushuntiramiz. Anemiyani davolash uchun vitamin B12 va Ferkoven(temir saqlovchi dori) preparatlarini buyuramiz
Bemorda bulemiya nevrozi. Bemorga Prozak (antidepressant) preparatini buyuramiz va psixolog koʻrigiga yoʻllanma beramiz
Javoblar:
Slayd 18
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 19
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
AJRALADIGAN VA AJRALMAYDIGAN BIRIKMALAR HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Boborahim Mashrab hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La routine quotidienne Utilisation d’illustrations mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy




Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.