Mevalarning ahamiyati turlari va shifobaxsh xususiyatlari

4000 so'm


Mevalarning-ahamiyati-turlari-va-shifobaxsh-xususiyatlari

Slayd 1

Mevalarning ahamiyati turlari va shifobaxsh xususiyatlari

Slayd 2

Reja:
1. Mevalar haqida umumiy ma’lumot.
2. Mevalarning xilma-xiligi.
3. Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga binoan mevalarning kunlik iste’moli.
4. Shifobaxsh mevalar haqida ma’lumot.

Slayd 3

Mevalar
Meva (fruct) — yopiq urug‘li o‘simliklarning urug‘li organi odatda, urug‘lanish natijasida hosil bo‘ladi. Ammo, partenogenez yo‘li bilan ko‘payadigan o‘simliklar mevasi (partenokarp meva) urug‘lanishsiz yuzaga keladi va urug‘siz bo‘ladi. Mevalarning shakli, kattaligi va rangi har xil. Meva bitta tugunchadan hosil bo‘lsa (o‘rik, gilos, olcha, mosh, jag‘jag‘ va boshqalar) oddiy yoki asl meva, bir guldagi bir necha tugunchadan yuzaga kelsa (malina, maymunjon, ayiqtovon va boshqalar) murakkab meva, tuguncha va guldagi boshqa qismlarning ishtirokida shakllanadigan bo‘lsa (qulupnay, tut, olma va boshqalar) soxta meva deb ataladi.

Slayd 4

Mevalarning tabiatdagi va odamlar hayotidagi ahamiyati
Mevalar, birinchi navbatda, o‘simliklarning ko‘payishi, tarqalishi va nasl qoldirishi uchun kerak. Yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning mevasidan tabiatdagi barcha tirik mavjudotlar oziqlanadi. Ayrim mevalar yerga to‘kilib, chirib, yemi organik moddalarni boyitadi. Odamlar hayotini esa mevasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Mevalar bevosita tabiiyligicha iste’mol qilinadi. Ulardan oziq-ovqat va qandolatchilik sanoatida har xil mahsulotlar tayyorlanadi. Mevalardan olinadigan moylardan xalq xo‘jaligining turli sohalarida (masalan:oziq-ovqat, texnika, og‘ir sanoat, atir-upa)da foydalaniladi.

Slayd 5

Darhaqiqat, juda qadim zamonlardan odamlar o‘simliklarning yovvoyi, keyinchalik esa madaniy navlarini ekib, har xil maqsadlarda foydalanib kelishgan. Masalan, mevasidan oziq-ovqat sifatida (olma, yong‘oq, o‘rik, uzum, bug‘doy, mosh, loviya, tariq, qo‘noq, no‘xat) va dori-darmon tayyorlashda (marmarak, zubturum, na’matak) o‘simliklardan foydalanishgan. Kundalik turmushimizda iste’mol qiladigan nonimiz bug‘doy unidan tayyorlanishi, yog‘imiz esa g‘o‘za chigiti, kungaboqar pistasi va zaytun mag‘zidan olinishi hammamizga ma’lum. Shuning uchun ham ularni asrab-avaylashimiz lozim. Har qanday taomni tayyorlashda, albatta, ziravor o‘simliklarning mevasi ishlatiladi. O‘zbekistonda eng ko‘p tarqalgan ziravorlarga zira, alqor, kashnich, sedana va murch kabi o‘simliklarning mevasi kiradi.

Slayd 6

Mevalarning tarkibi
Minerallar:
Mevalarda rux, temir, magniy, selen kabi ko‘plab minerallar mavjud. Ushbu minerallar suyak salomatligi, energiya almashinuvi va hujayra funksiyasi kabi ko‘plab muhim funksiyalar uchun zarurdir.
Antioksidantlar:
Mevalarda antioksidantlar deb ataladigan moddalar mavjud. Ushbu moddalar saraton, yurak kasalliklari va boshqa sog‘liq muammolari xavfini kamaytirishga yordam beradi.

Slayd 7

Mevalarning turlari
Ho‘l mevalar
Quruq
Rezavor
Don
Qovoq
Ko‘sak
Danak
Qo‘zoq, qo‘zoqcha
Olma
Dukkak

Slayd 8

Rezavor mevalar
Rezavor mevali o‘simliklar — sershira rezavor meva beruvchi ko‘p yillik buta, chala Butsimon o‘simliklarning katta guruhi. Mevali o‘simliklar guruhiga kiradi, yovvoyi va ekma quritilgan holda iste’mol qilinadi, ulardan qiyom, sharbat, murabbo, vinolar tayyorlanadi. Rezavor mevalar, Masalan, krijovnik, maymunjon, Qulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa)lar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar, xushbo‘y moddalar ko‘p; ba’zilari (Mas, zirk, malina, chernika, qora mevali rabina) dorivorlik ahamiyatiga ega.

Slayd 9

Danak mevalar
Danak — etli meva orasidagi urug‘ni o‘rab olgan yog‘ochlangan qobiqli qism (endokarp). Bunday mevalarga shaftoli, gilos, olcha, olxo‘ri, tog‘olcha, o‘rik va boshqa mevalarni kiritamiz.

Slayd 10

Insonlar kuniga qancha meva iste’mol qilish kerak?

Slayd 11

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kuniga kamida 400 gramm (taxminan 5 ta porsiya) meva va sabzavotlarni iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Biroq, turli odamlarning kundalik ehtiyojlari boshqacha bo‘lishi mumkin. Meva iste’mol qilish miqdori yoshga, jinsga, vaznga, faollik darajasiga va boshqa omillarga qarab farq qilishi mumkin. Umuman olganda, kuniga 2-3 porsiya meva iste’mol qilish sog‘lom ovqatlanish rejasi uchun etarli bo‘lishi mumkin. Bir porsiya olma, apelsin, banan yoki avokado kabi katta meva, bir hovuch qulupnay yoki uzum kabi kichik meva, tarvuz yoki ananas kabi bir necha bo‘lak tilim meva bo‘lishi mumkin. Ammo, agar sizda biron bir tibbiy sharoitlar yoki ovqatlanish ehtiyojlaringiz bo‘lsa, shifokoringiz yoki diyetologingiz bilan gaplashish yaxshiroqdir. Ular siz uchun meva iste’mol qilishning maxsus rejasini tayyorlashlari mumkin.

Slayd 12

Mevalarning foydali va shifobaxsh xislati

Slayd 13

Qulupnay
Uning tarkibida kaloriya miqdori past hisoblanadi. Hattoki, qulupnayli parhez ham mavjud. Bunday parhez natijasida teri yosharadi va unga yaxshi ta’sir qiladi. Qulupnay vitaminlarga boydir. Foydali ekan deb, me’yoridan ortiq iste’mol qilish yaramaydi. Chunki allergiyasi borlarni bezovta qilishi mumkin. 150 gramm miqdorida yeyilgan qulupnay stressdan qutulishning eng zo‘r yo‘lidir.

Slayd 14

Nok
Siydikni ushlanib turishi va shishlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Kaliy va natriyning balansda bo‘lishi qon bosimining me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi. Kam kaloriyali hisoblangan nok parhez uchun yaxshi variant. Glikemik ko‘rsatkichi yuqori emasligi sababli iste’molidan keyin qondagi qand miqdori ko‘tarilmaydi, shuning hisobiga ishtaha yomonlashmaydi. Kletchatkalar hazm tizimini yaxshilab, uzoq vaqt to‘q tutadi, ortiqcha ovqatlanishning oldini oladi.

Slayd 15

Olma
Olma qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytirish xususiyatiga ega. Uning po‘stlog‘i saraton kasalligini oldini olishda foydali hisoblanadi. Olmani po‘stlog‘i bilan yeyishga harakat qiling. Bu tarzda iste’mol qilish orqali organizmga kversetin va vitamin S kiradi. Lab yorilganda qirg‘ichdan chiqarilgan olmaga yog‘ aralashtirib surish tavsiya etiladi.

Slayd 16

Tarvuz
Tarvuz tarkibida oziq moddalar bilan birga V 1, V 2, S, RR vitaminlari, karotin hamda qand mavjud. Ular organizmda moddalar almashinuvi va ovqat hazm qilish tizimini yaxshilash imkonini beradi. Issiq kunlarda ko‘p miqdorda tarvuz iste’mol qilish orqali ortiqcha vazn muammosidan qutulish mumkin. Kuygan joyga tarvuz qo‘yish kerak.

Slayd 17

Banan
Banan sportchilarning mevasi hisoblanadi. Chunki u insonga energiya bag‘ishlash xususiyatiga egadir. Sport maydonchasida bir yarim soat tinimsiz shug‘ullanish uchun ikkita banan yeyish kifoya qilar ekan. Buni tadqiqotlar ko‘rsatmoqda. Uning tarkibida V 6 vitamini mavjud bo‘lib, u qondagi glyukoza miqdorini me’yorlashtirib, kayfiyatni yaxshilaydi. Banan kamqonlikda yordam beradi. Kaliy moddasi yurak faoliyatini va organizmdagi suv balansini yaxshilaydi. Yoz faslida ko‘pchilikni chivin chaqib, bezovta qiladi. Bu paytda qiynalmaslik uchun banandan samarali foydalaning. Chivin chaqqandan so‘ng banan po‘stlog‘ini qo‘yish tavsiya etiladi.

Slayd 18

Apelsin
Apelsin – S vitaminiga boy bo‘lish bilan birga, kletchatkaga boy hisoblanadi. Bundan tashqari, apelsin tarkibida xolesterin miqdorini kamaytirish, qondagi qand moddasini pasaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan pektin va foydali moddalar bor. Bu tabiatning ne’mati bo‘lishi apelsin ayniqsa, qandli diabet bilan og‘ruvchi kasallarga foydali hisoblanadi. Apelsin oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilab, organizmni tozalash xususiyatiga ham egadir.

Slayd 19

Olxo‘ri
Olxo‘ri temir moddasiga boydir. Olxo‘ri ayniqsa, jig‘ildon qaynaganda, ichak faoliyatidagi keraksiz moddalarni chiqarishda yordam beradi. Shu bilan birga, ateroskleroz, bod (revmatizm) kasalligida foydalidir. Olxo‘rining ishtaha ochuvchi xususiyati e’tiborga molikdir, zichligini oshirishga va uning tiklanish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi. Olxo‘ri xolesterinni kamaytiradi va yurakni mustahkamlaydi.

Slayd 20

Xurmo
Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq surunkali kasalliklarning kuchayishi paytida xurmo iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Buyrak toshi bilan bog‘liq muammolari bo‘lgan bemorlar uchun ham ushbu mevaning nojo‘ya ta’sirlari bo‘lishi mumkin. Qandli diabet bilan og‘rigan odamlar xurmoni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishi kerak, chunki u juda ko‘p uglevodlarni o‘z ichiga oladi, uning miqdori 25 foiz glyukoza va fruktozadir. Bu borada, albatta, shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Slayd 21

Aroniya
Aroniyaning 10% miqdorini shakar, ya’ni glyukoza va fruktoza, spirt tashkil etadi. Oziq-ovqatga shirin ta’m beradi va insonlarda qandli diabet kasalliklarida qand miqdorini sezilarli kamaytirish xususiyatiga ega. O‘simlik mevalari P vitaminlarga boy. Mevasi tarkibida o‘rtacha antotsion pigmentlarning miqdori 6,4% ni tashkil etadi. Aroniya mevasi tarkibi mikroelementlarga boy bo‘lganligi sababli, boshqa o‘simliklardan tubdan ajralib turadi. Uning mevasi tarkibida bor, ftor, yodli birikma, temir, mis, marganes, molibden birikmalari mavjud. Mevasining umumiy ishqorlik darajasi olma mevasidan 1,3% ga kam. Bundan tashqari aroniya mevasida nordon ta’m beruvchi pektin va oshlovchi moddalar bilan birga, glikozid amegdalinlari ham mavjud.

Slayd 22

Aroniya mevasi shifobaxsh o‘simliklar ichida eng ko‘p antioksidant saqlovchi meva hisoblanadi. Bu xususiyat bilan u qarish jarayonining oldini oluvchi mahsulotlar safiga kiradi. Aroniya mevasi tarkibida mineral moddalar, vitaminlar va biologik aktiv moddalarning ko‘pligi uning biokimyoviy tarkibini o‘rganishda katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Tabobatda aroniya mevasi yurak-qon tomir, jigar, qalqonsimon bez, metabolik sindromlar, diabet, gipertoniya, oshqozon-ichak kasalliklarini oldini olish va davolashda ishlatiladi. Madaniylashtirilgan turlari oziq-ovqat, manzarali va dorivor o‘simlik sifatida ekiladi. Shu sababli ham bu o‘simlikni O‘zbekistonda madaniylashtirish hamda ko‘paytirish usullarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

Slayd 23

Qora mevali aroniya tarkibida biologik aktiv moddalardan yod va vitaminlar ko‘pligi sababli undan olingan sharbatlar yod tanqisligi va qon-tomir kasalliklarini oldini olish va davolashda foydalanish mumkin. Qora mevali aroniya biologik aktiv moddalarga boyligi sababli quruq mevalari biologik aktiv qo‘shimcha sifatida, non sanoatida va qandolatchilik sohasida foydalansa bo‘ladi. Shuningdek, farmatsevtika sanoatida aroniya plantatsiyalarini barpo etishda qalamcha usulida ko‘paytirish va bunda ikki yillik novdalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Slayd 24

Zanjabil
Ovqat hazm qilishda muammosi bo‘lgan kishilar oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilash maqsadida bu choydan ichishlari mumkin. Bu choy badanni yaxshigina qizdiradi, ichki a’zolardagi shamollashlarni oladi, qorin dam bo‘lishidan hamda eldan xalos etadi. Immun tizimini mustahkamlaydi. Zanjabil ayniqsa kaliy, fosfor va vitamin S ga boy, bu moddalar immunitetni mustahkamlashda, gripp va shamollash viruslariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.

Slayd 25

Bu tabiiy choyni tayyorlash juda oson, buning uchun zarur mahsulotlarni topish ham qulay, har bir supermarketdan sotib olish mumkin. Buning uchun:
1 bo‘lak zanjabil ildizi (2 sm atrofida), 1 bo‘lak dolchin, yarimta limon mevasi, 1 stakan suv (250 ml) kerak bo‘ladi.
Zanjabilli choy
Avval zanjabil ildizini yaxshilab yuvib, sochiq bilan artiladi. Tayyorlangan 1 stakan suvni qaynatib, unga artilgan zanjabil va dolchin solinadi. Past olovda yana 10 minut qaynatiladi. Qaynatmaga yarimta limon sharbati qo‘shiladi. Qaynatmani dokadan o‘tkaziladi, bir necha minutdan so‘ng tayyor bo‘lgan choyni kuniga ikki-uch mahal ichiladi.
Tayyorlash yo‘li:

Slayd 26

Zanjabil va dolchin oshqozonni ko‘p kasalliklardan himoya qilsa ham, ovqat hazm qilish a’zolarida muammosi bor kishilarga bunday choy ichish tavsiya etilmaydi, chunki, zanjabil ham, dolchin ham kuchli qo‘zg‘atuvchi moddalardir. Shuningdek, uni ichish homilador ayollarga, bolalarga va kuchli antikoagulyant dorilar qatoriga kiruvchi aspirin, varfarin, tiklopidin yoki geparin kabi dori-darmonlar ichib yuruvchi kishilarga tavsiya etilmaydi. Shubha tug‘ilgan yoki bunday choyni ichish natijasida ko‘ngilsiz reaksiya bergan hollarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
Zanjabilli choyni ichib bo‘lmaydigan holatlar

Slayd 27

Dolchin
Teri infeksiyalarida 1/1 miqdorda asal va dolchin aralashmasini teringizning jarohatlangan qismlariga surting. Bu aralashma teri ekzemasi, zamburug‘lari va boshqa turdagi teri infeksiyalarini davolaydi. Husnbuzarlardan xolos etishda 3 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni aralashtirib uyqudan oldin yuzingizning muammoli joylariga surting. Ertalab uyg‘onganingizdan so‘ng yuzingizni yaxshilab yuvib yuboring. Ikki hafta davomida bu muolajani bajarsangiz yuzingizdagi barcha husnbuzarlar yo‘qolib ketadi. Oshqozon yallig‘lanishi: Asal va dolchin oshqozondagi og‘riqni oladi, hamda oshqozondagi yaralarni davolaydi. Shamollash: 3 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq dolchinni aralashtirib kuniga 3 mahal iste’mol qiling. Natijada shamollashlar, yo‘tal o‘tib ketadi va nafas yo‘llaringiz ochiladi.

Slayd 28

Shaftoli
Xalq tabobatida revmatizm, me’da-ichak kasalliklarida shaftoli guli va bargidan tayyorlangan damlama bemorlarga tavsiya etiladi. Shaftolining endigina uzib olingan gullari safro haydovchi va surgi vositasi sanaladi. Mazkur mevada yuqori miqdorda uglevod va shakar moddasi mavjudligi sabab, semizlik va qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarga uni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Bundan tashqari shaftoli allergiya chaqirish xususiyatiga ega. Ayniqsa, usti gul changi bilan qoplangan shaftoli (tukli) turi allergen mahsulot sanaladi. Shu bois, bunday xastalik bilan og‘riyotgan bemorlarga ham ushbu mevani iste’mol qilish mumkin emas. Shuningdek, ko‘p miqdorda shaftoli yeyish disbakterioz (ich ketishi) va ichaklar faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qolaversa, ushbu meva hayajonga beriluvchi insonlarga ham tavsiya etilmaydi. Chunki, u asab tizimini qo‘zg‘ash xususiyatiga ega.

Slayd 29

Limon
O‘tkir gastroenterokolitda esa choyga ozroq miqdorda limon solib ichish tavsiya qilinishi mumkin. Limon sharbatidan ich ketishini davolashda ham foydalaniladi. Ushbu sharbatga bo‘ktirib olingan paxtali qalamchalar bilan tomoqdagi qizargan yoki yiringlagan joylar artiladi. Limon sharbati bosh og‘rig‘i, nevralgiya va shamollashga qarshi dori – “Sitramon” ning asosini tashkil qiladi.

Slayd 30

Qovun
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Buning uchun yil davomida turli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, qayta ishlash borasida ilmiy asoslangan innovatsion texnologiyalar yaratilishi maqsadga muvofiq. Qovunning ozuqaviylik ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, inson salomatligiga kuchli ta’sir etuvchi ajoyib tansiq mahsulot hisoblanadi.

Slayd 31

Olcha
Yer yuzida olchaning 150 ga yaqin turi mavjud bo‘lib, O‘zbekistonda kamxastak, qizil mevali yoki chiya hamda adir va tog‘ yon bag‘irlarida yovvoyi turlari uchraydi. Olcha mevasi yallig‘lanishga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, terini tozalovchi, qonni ko‘paytiruvchi xususiyatlarga ega. Shuningdek, yurak urishini maromiga keltirishda, immunitetni ko‘tarishda samarali hisoblanadi. Tarkibida yallig‘lanishga qarshi moddalar borligi sabab, olcha mevasi sharbati hamda bandi va shoxchasidan tayyorlangan damlama artrit, revmatizm, artroz kasalliklari bezovta qilganida bo‘g‘imdagi og‘riqni to‘xtatishda, shishlarni yo‘qotishda yordam beradi. Agar uzoq vaqtdan buyon bel og‘rig‘i qiynayotgan bo‘lsa, olcha daraxtining po‘stloq qismini qaynatib, ichish tavsiya etiladi.

Slayd 32

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 33

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Mevalarning ahamiyati turlari va shifobaxsh xususiyatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar