=== Taqdimot 1 ===
Media maydon va internet imkoniyatlari
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar
Forum (maydon) – qadimgi Rim shaharsozlikdagi jamoat to‘planadigan joy.
Wikining eng yaqin analogi ma’lumotnoma, lug‘at yoki ensiklopediya.
Elektron tijorat internet orqali savdo-sotiq amaliyotlarini tashkil etish.
Auksion – maxsus kim-oshdi savdo bozori.
Usenet fayllarni almashish va nashr qilish uchun ishlatiladigan kompyuter tarmog‘i.
(IPTV) – bu Internet protokoli tarmoqlari orqali televizion kontentni uzatish.
IP Internetdagi aloqa uchun asosiy protokol hisoblanadi.
IRC real vaqt rejimida xabar almashish uchun dastur darajasidagi protokoldir.
=== Taqdimot 3 ===
Axborot texnologiyasi – bu axboriy ma’lumotni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko‘rinishga keltirish, axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo‘lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo‘lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat turli texnologiyalarni qo‘llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin.
=== Taqdimot 4 ===
Sun’iy Intellekt (SI): Sun’iy intellekt, kompyuter tizimlari va dasturlarni odamlarning o‘qish, o‘ylash, maslahat berish, masala yechish va boshqa boshqaruvchilik vazifalarini bajarishda yuqori darajada ishlatuvchi texnologiyadir. Algoritmlar, ma’lumotlar analizi va ma’lumotlar tarqatishning yanada yuqori darajada yaratilishi bilan, SI sohasi har yili yanada kuchaymoqda.
=== Taqdimot 5 ===
Ijtimoiy tarmoq – bu qiziqishlari o‘xshash yoki oflayn-aloqaga ega bo‘lgan odamlar o‘rtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, ko‘ngilochar (musiqa va filmlar) va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma. Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotining juda muhim va ajralmas bo‘lagiga aylanib bormoqda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, hukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chiqishiga olib kelmoqda, xalqaro va ichki siyosat yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.
=== Taqdimot 6 ===
Bugungi kunda internet jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotining juda muhim va ajralmas bo‘lagiga aylanib bormoqda. Veb texnologiyalar prezident saylovlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, hukumatlarning va siyosiy shaxslarning iste’foga chiqishiga olib kelmoqda, xalqaro va ichki siyosat yo‘nalishlarini belgilab bermoqda.
=== Taqdimot 7 ===
Ijtimoiy tarmoq shunchaki so‘z erkinligi emas. Ijtimoiy tarmoq erkin va ijodiy fikrlash imkoniyatidir. Fikrlaringizni bildiring.
Djeffri Gitomer
=== Taqdimot 8 ===
Dunyodagi ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni (ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni). 2017-yil.
=== Taqdimot 9 ===
Forumlar – Internet tarmog‘ida forumlar veb-sayt ko‘rinishida bo‘ladi va Veb-forum deb ataladi. Veb-forum – veb-sayt tashrif buyuruvchilarining o‘zaro muloqotini tashkil etish uchun mo‘ljallangan veb sayt sahifalari va guruhlari majmui hisoblanadi. Qisqacha aytganda, forum bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o‘rnatadigan tarmog‘idir. Bunda ixtiyoriy foydalanuvchi forum veb saytiga tashrif buyurib, o‘zini qiziqtirgan mavzuni o‘rtaga tashlashi va veb-saytning boshqa tashrif buyuruvchilari bilan muhokama qilishlari mumkin.
=== Taqdimot 10 ===
Milliy va xalqaro internet forumlari – internet forumlari alohida yo‘nalishlarga ixtisoslashgan yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashgan Internet forumlarga tibbiyot, dasturlash texnologiyalari, dizayn va moda, kompyuter o‘yinlari va transport vositalariga bag‘ishlangan forumlar misol bo‘ladi. Ixtisoslashgan forumlarda faqatgina mo‘ljallangan sohaga oid mavzular muhokama qilinadi, umumiy forumlarda esa ixtiyoriy mavzuni o‘rtaga tashlash mumkin.
=== Taqdimot 11 ===
Xalqaro forumlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
Progz.ru forumi – ushbu forum dasturlash texnologiyalaridan foydalanish, kompyuter dasturiy vositalarini ishlab chiqish va dasturlash bilan bog‘liq yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishga mo‘ljallangan.
Avtomobili bu forumi – ushbu forum avtomobil ishqibozlari forumi bo‘lib, unda avtomobillar brendlari, markalari va turlari hamda ularni ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish mumkin.
Uforum.uz – milliy forumi. Uforum.uz – milliy forum hisoblanib, bunda Respublikamizning axborot texnologiyalari, ta’lim, madaniyat, moliya, sog‘liqni saqlash sohalarida hamda davlat sektori va elektron hukumat tuzilmasida ro‘y berayotgan masalalar muhokamasini o‘z ichiga oladi.
=== Taqdimot 12 ===
Blog – bu tarkibi matn, tasvir va multimedia ma’lumotlaridan iborat bo‘lgan doimiy ravishda qo‘shilib turiladigan ma’lumotlar yoki izohlardan iborat bo‘lgan sayt. Bloglar odatda u yoki bu material veb sahifasi tarkibida mavjud bo‘lib, materialga berilgan izohlarni o‘zida jamlaydi.
=== Taqdimot 13 ===
Bloglar multimedia turlariga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:
Matnli blog — matnlar asosida tuzilgan blog.
Suratli blog — suratlar asosida tuzilgan blog.
Musiqiy blog — musiqalar asosida tuzilgan blog.
Video blog — video fayllar asosida tuzilgan blog.
Bloglar mualliflik turlariga ko‘ra quyidagicha bo‘linadi:
Shaxsiy blog – bir kishi tomonidan yuritiladi. (qoidaga ko‘ra blog egasi tomonidan).
Timsoliy blog – ma’lum bo‘lmagan noaniq shaxs tomonidan yuritiladi.
Jamoani yoki ijtimoiy blog — blog egasi aniqlab bergan ma’lumotlar asosida bir guruh shaxslar tomonidan yuritiladi.
Jamiyat blogi — bir tashkilot a’zolari tomonidan yuritiladi.
=== Taqdimot 14 ===
Viki – bu saytning o‘zi tomonidan taqdim etiladigan uskunalar yordamida uning tuzilmasini va tarkibini foydalanuvchilar o‘zgartira olish imkoniga ega bo‘lgan veb sayt. “Viki faqat mutaxassislarni emas, barcha foydalanuvchilarni veb-brauzerdan foydalangan holda viki veb-saytida istalgan sahifani tahrirlashga yoki yangi sahifalar yaratishga imkon yaratadi”.
=== Taqdimot 15 ===
Viki sahifa havolasini yaratishni intuitiv ravishda oson qilish va kerakli sahifala haqidagi ma’lumotni ko‘rsatish orqali turli sahifalar o‘rtasida hali o‘rtaga tashlanmagan mavzularni targ‘ib qiladi.
Viki — bu mutaxassislar va professional yozuvchilar tomonidan yaratilgan va tasodifiy tashrif buyuruvchilar uchun mo‘ljallangan ehtiyotkorlik bilan yaratilgan sayt emas. Buning o‘rniga, u odatiy tashrif buyuruvchini yoki foydalanuvchini doimiy ravishda veb-sayt o‘zgartirishga imkon beruvchi tarmoq hisoblanadi.
=== Taqdimot 16 ===
Vikiga tayanuvchi tahrir tizimi asosida yoziladi va yuritiladigan tarmoq bu Vikipediya bo‘lib ko‘p tilli, erkin, onlayn ensiklopediya hisoblanadi. Vikipediya bugunga kelib eng katta va eng ko‘p ko‘zdan kechiriladigan ma’lumot manbasiga aylandi. Hozirda bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 59 milliondan oshiq maqola bor.
=== Taqdimot 17 ===
“Tasavvur qiling-a, sayyoramizdagi har bir odamga insoniyat bilimlari yig‘indisidan erkin foydalanish huquqi berilgan.
Biz shunday qilyapmiz”
Jimmy Wales
=== Taqdimot 18 ===
Elektron tijorat – onlayn platformalar orqali to‘lovlar, xaridorlar, va sotuvchilar o‘rtasida maxsus elektron tizimlar orqali to‘lovlar, sotib olish va savdo amallarini o‘tkazishni anglatadi. Bu, internet orqali xaridorlarga to‘lov, xarid, va sotish imkoniyatlarini taqdim etadi.
=== Taqdimot 19 ===
Auksion (kim oshdi savdosi) — narxlar qayd etilmagan, balki oldi — sotdi jarayonida o‘rnatilgandagi savdo tashkiloti maydonchasi modeli. Bu model nostandart, o‘z yo‘nalishidagi yagona yoki sifati tez o‘zgaruvchi mahsulotlar (xizmatlar, mahsulotlar) narxini aniqlashga o‘z yondashishlari bo‘lgan kompaniyalar tomonidan sotib olinganda yoki sotilganida ishlatiladi. Bu guruhga kamyob buyumlar, kapital uskunalar, avval ishlatilgan mahsulotlar, zaxiralar va boshqalar kiradi.
=== Taqdimot 20 ===
=== Taqdimot 21 ===
Elektron bozor — bu ko‘p sonli xaridorlar va sotuvchilarni birlashtiruvchi, ma’lumotlar, tovarlar va xizmatlar almashish hamda to‘lovlarni amalga oshirishga xizmat qiluvchi axborot tizimidir. Elektron bozor yaratilishining zaminida minglab axborot tizimlarini yagona kompyuter tizimi — Internetga birlashtirish imkoniyatining mavjudligi yotadi. Elektron bozorning axborot tizimlari xaridor va sotuvchilarni izlash, narxlar haqida axborot olish, tovarlarga buyurtma berish va ularni sotib olishni o‘z ichiga olgan tranzaksiyali sarf-xarajatlarni kamaytirishga sharoit yaratadi.
=== Taqdimot 22 ===
Xalqaro
Milliy
=== Taqdimot 23 ===
IPTV (Internet Protocol Television) texnologiyasi internet va Internet protokoli (IP) orqali standart televizion video dasturlarini uzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. IPTV televizion xizmatni keng polosali internet xizmati bilan birlashtirilishiga va shu kabi uy internet – ulanishlarini bo‘lishishga imkon beradi.
=== Taqdimot 24 ===
Netflix, Hulu va Amazon Prime singari yirik onlayn video xizmatlari kino, oldindan yozib olingan televizor va boshqa videolarni uzatish uchun obuna xizmatlarini taklif etadi. Ushbu xizmatlar iste’molchilarning yangi avlodi uchun video tomosha qilishning asosiy manbai bo‘lib, an’anaviy televizionlardan uzoqda joylashgan.
=== Taqdimot 25 ===
Reklama (lotincha «reklama» – qichqirmoq) – tovarlarning sifati, ularni sotib olishdan ko‘riladigan naf haqidagi axborot; bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulot to‘g‘risida tarqatiladigan maxsus axborot. Reklama marketingning tarkibiy qismi hisoblanib, talab va iste’molchilar didining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
=== Taqdimot 26 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.