MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH METODIKASI
3000 so'm

Slayd 1
MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH METODIKASI
Slayd 2
REJA:
Matn haqida
01
03
Matn va lug‘at bilan ishlashda metodik tavsiyalar
02
Lug‘at haqida
Slayd 3
Matn haqida
01
Slayd 4
Matn
“Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug‘ati”da “matn – mazmunan va mantiqan o‘zaro aloqador bo‘lgan gaplar yoki alohida olingan gap”.
Arabcha izohli lug‘atlarda bu so‘z “narsaning ustki, yuza qismi” deb ta’riflangan. Masalan, yerning ustki qattiq qismi yo‘lning o‘rtasi, kitob sahifasidagi yozuvlarning hoshiya va sharhlardan holi asosiy qismi matn so‘zi bilan ifodalangan.
O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻤﺘﻥ) lug‘aviy ma’nosi – “mustahkam, pishiq, qattiq”, degani.
Slayd 5
Inson voqelikni til vositasida, matnning turli ko‘rinishlari yordamida ifodalaydi.
Biz deyarli har kuni turli xil matnlarga murojaat qilamiz. Uning vositasida fikrlarimizni ifodalaymiz, o‘zgalarning fikrlari bilan tanishamiz, turli xil axborotlarni qabul qilamiz.
Fikrlarimizni qanchalik tushunarli ifodalashimiz o‘zimiz foydalanayotgan matnning qay darajada mukammalligiga bog‘liqdir. Buning uchun esa matn yaratish qonun-qoidalari, matnning qanday turlari mavjud ekanligi bilan tanishib qo‘ygan ma’qul.
Slayd 6
Biror voqea yoki hodisani hikoya qilib berishga yo‘naltirilgan “Hikoya” matni
Matn uning yaratuvchisi nimani ifoda etmoqchi ekanligiga qarab quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin:
Biror jarayonni qanday amalga oshirilishi kerakligini tushuntirish, biror axborotni yetkazish uchun foydalaniladigan “Izohli” matn
Biror obyektni, sodir bo‘lgan hodisa jarayonida ishtirok etayotgan detallarni tasvirlashga yo‘naltirilgan “Tavsifiy” matn
O‘quvchini biror nuqtayi nazarga, fikrga ishontirishga qaratilgan “Argumentli” matn
01
02
03
04
Slayd 7
Kirish qismi
matnning kirish qismi o‘quvchining e’tiborini tortishga xizmat qilishi, butun matn mazmuni, dolzarbligini ifoda etib berishi kerak.
Matn qanday qismlardan tashkil topadi?
Asosiy qism
Mavzuning nazariy asosi, mavzuning dolzarbligini yoritishga xizmat qiluvchi dalil-faktlar, asosiy fikr va mulohazalar bayon etilishi kerak.
Xulosa qismi
Asosiy qismda ifoda etilgan muammolarga, fikrlarga xulosa yasaladi. Yechimlar beriladi.
Slayd 8
Ona tili o‘qitish jarayonida matn ustida ishlash muhim metodik vosita hisoblanadi.
Fikrlash
01
Matn, nafaqat o‘quvchilarga tilni o‘rganishda yordam beradi,
balki ularning
Tahlil qilish
02
Nutq madaniyati
04
Yozish
rivojlantirishda muhim ahamiyat ega.
03
Slayd 9
Matn bilan ishlashning asosiy maqsadi
mazmunini to‘g‘ri tushunish
Matnni diqqat bilan o‘qib chiqish va uni tahlil qilish orqali o‘quvchilar matnning mazmunini tushunadi
Tahlil qilishda matnning maqsadli yo‘nalishini aniqlaydi
izchil ifodalash
Asosiy fikrni va unga xizmat qiluvchi izohlarni belgilaydi
O‘quvchilarda chuqur tushuncha va analitik fikrlashni rivojlantiradi, matnning mantiqiy bog‘lanishlarini aniqlaydi
axborotni ajratib ko‘rsatish
asosiy g‘oyasini aniqlash
O‘quvchilarga matn
Natijasida
Slayd 10
Matn ustida ishlash metodikasi — bu o‘quvchilarga matnni to‘g‘ri tushunish, tahlil qilish, ifodalash va umumlashtirishni o‘rgatish jarayonidir. Bu metodika yordamida o‘quvchilarga grammatik va stilistik qoidalarni tushunish, matndagi ma’noni aniqlash, so‘z va gap strukturasini o‘rganish imkoniyati yaratiladi. Matn bilan ishlashda o‘quvchilar nafaqat tilni o‘rganadi, balki madaniyat, tarix, adabiyot kabi sohalarda bilimlarini boyitadi.
Slayd 11
Lug‘at haqida
02
Slayd 12
Lug‘at- soʻz, tildagi barcha soʻzlar majmui, soʻz boyligi.
Shu goʻzal, shu qutlugʻ yangi yil tuni,
Qalbim hayajonga, sevinchga toʻlib,
Lugʻat bisotidan rosa axtardim,
Bir ogʻiz shirin soʻz aytmoqchi boʻlib.
Uygʻun
Slayd 13
Lug‘at —
Soʻzlar (yoki morfemalar, soʻz birikmalari, iboralar va boshqalar) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, maʼnolari, yozilishi, talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida maʼlumotlar jamlangan kitob.
Slayd 14
Lugʻatlar maʼnaviy madaniy sohada muhim oʻrin egallaydi, ularda jamiyatning maʼlum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lugʻatlar juda qadim davrlarda paydo boʻlgan, hozirgi davrda maʼlumot-axborot toʻplash va uni oʻquvchiga yetkazishda muayyan ahamiyatga ega. Soʻzni tavsiflashdagi bir qancha farqli xususiyatlariga koʻra lugʻatlarni asosan 2 turga ajratish mumkin.
Ensiklopedik
soʻzlarning oʻzini emas, balki ular orqali bildiriladigan predmet va tushunchalarni izohlaydi, tushuntiradi
Lingvistik (filologik)
til birligi hisoblangan soʻzning maʼnolarini, turli lisoniy xususiyatlarini ochib beradi
Slayd 15
Lingvistik lugʻatlar leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtayi nazaridan bir qancha turlarga boʻlinadi:
1
Izohli lug‘at
2
Xorijiy so‘zlar lug‘ati
3
Tarjima lug‘ati
4
Tarixiy lugʻat
5
Dialektal (sheva) lugʻat
6
Etimologik lugʻat
7
Qiyosiy lugʻat
8
Imlo lugʻati
9
Talaffuz (orfoepik) lugʻati
Slayd 16
10
Morfem lugʻat
11
Frazeologik lugʻat
12
Chastotali lugʻat
13
Ters (chappa) lugʻat
14
Tematik (mavzuli) lugʻat
15
Omonimlar lugʻati, Sinonimlar lugʻati, Antonimlar lugʻati, Paronimlar lugʻati
16
Antroponimik va toponimik lugʻatlar
17
Asar lug‘ati
18
Terminologik lug‘atlar
Slayd 17
Lugʻat turlari yuqoridagilar bilan chegaralanmaydi. Yuqorida, asosan, oʻzbek lugʻatchiligida mavjud boʻlgan va amalda foydalanib kelinayotgan lugʻat turlarigina koʻrsatildi. Bu narsa lugʻatlarning vazifa doirasi naqadar kengligini va ularning oʻta muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrsatadi.
Lugʻat bir qator ijtimoiy vazifalarni bajaradi: oʻquvchiga muayyan hodisa haqida maʼlumot beradi, uni oʻz va oʻzga tillardagi soʻzlar bilan tanishtiradi, tilni, uning lugʻat tarkibini takomillashtirish va tartibga solishga yordam beradi.
Slayd 18
Matn va lug‘at bilan ishlashda metodik tavsiyalar
03
Slayd 19
mustaqil fikrlashga
Bugungi kun ona tili o‘qitish metodikasida ko‘proq o‘quvchini
turli vaziyatlarga erkin munosabat bildira olishga
matn va lug‘atlar bilan ishlashga
doir mashq va topshiriqlar keltirilgan.
Slayd 20
Tinglab tushinish
Topshiriqlar asosan 4 ta malakani shakllantirishga qaratilgan
1
Gapirish
2
O‘qib tushunish
3
Yozish
4
Slayd 21
Ma’lumki, yangi avlod darsliklari ko‘p yillik an’analarga o‘zgartirish kiritib, jahonning ta’limi rivojlangan davlatlar andazasiga mos ravishda va o‘zbek ta’limi modelining yutuqlarini o‘zida aks ettirishga yo‘naltirilgan. Keyingi yillar yangi darsliklari:
6-7-10-sinf darsliklari
2017-yil
11-sinf darsliklari
2018-yil
8-9 sinf darsliklari
2019-yil
Darsliklarda oldingi nashrdagi yutuqlar saqlab qolinishi bilan birga, ularga yangicha yondashuv bilan qaraldi. Har bir sinflarda nazariy ma’lumotlar uchun ajratilgan soatlar qisqartirilib, o‘rniga o‘quvchi dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi, so‘z boyligiga ega bo‘lishi nazarda tutilgan “Matnlar ustida ishlash” turkum mavzular kiritilgan. So‘zlarning imlo va izohli lug‘atlari berib borilgan.
Slayd 22
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2020-yil N.Mahmudov, A. Sobirov, Sh. Sattorov, Sh. Toshmirzayeva, D. Mannopova tomonidan yaratilgan 5-sinf ona tili darsligi 136 ta darsni qamrab olgan. Ularda
kabi topshiriqlar berilgan. Ona tilidan tuzilgan dasturlar ham, darsliklar ham o‘quvchining matn yaratish malakasini shakllantirish va takomillashtirishga yo‘naltirilgan. Bunday holatlarda mavzu doirasi va matnni uzviy bog‘lagan holda darsni tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Matn va lug‘at bilan ishlash
Matnni diqqat bilan o‘qing va unga munosabat bildiring
Slayd 23
Masalan, darslikdagi 14-darsda (24-sahifadagi) berilgan matn yuzasidan quyidagi tahlil va tavsiyalarni berish mumkin. Dastur bo‘yicha grammatik mavzu “Undosh tovushlar”.
Aynan mana shu jarayonda nazariya va amaliyot birligi amalga oshiriladi. O‘quvchi olingan grammatik bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini takomillashtirish ustida ishlaydi. Mazkur jarayonda darslik mualliflari matn bilan ishlashga urg‘u berishgan.
mantiqiy fikrlash
Grammatik mavzu
bilimlarni kengaytirish
bilimlarni rivojlantirish
Slayd 24
Matn bilan ishlash uchun tasviriy matn berilgan. Bunday matn tinglovchiga noma’lum bo‘lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo‘ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko‘rinishi yetakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng хarakterli хususiyati hisoblanadi. Ya’ni, tasvirlanayotgan obyektning dastlab, birlamchi хususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador хususiyatlar va qismlardan so‘z yuritiladi.
Slayd 25
Matn bilan ishlash “Matnni diqqat bilan o‘qing” topshirig‘i asosida boshlanadi. Mazkur matn avvalo o‘quvchilar tomonidan ifodali o‘qib eshittiriladi. Bu usul orqali:
1. Tinglab tushunish ko‘nikmasi shakllanadi.
2. Undoshlarning talaffuzi va yozma shakli o‘rtasidagi farqli jihatlari kuzatib boriladi.
Tinglab tushunish ko‘nikmasi orqali tovushlarning talaffuzi (og‘zaki nutq) rivojlanadi.
Undoshlaring talaffuzi va yozuvdagi shakli (yozma nutq) o‘rtasidagi o‘xshash hamda farqli jihatlarini kuzatish bilan birga matn orqali berilgan axborotni qabul qilishlari ya’ni tushunishlari zarur.
Slayd 26
Matnga alohida to‘xtalganda, boshqa darsdagi matnlardan farqli o‘laroq matn sarlavhasiz berilgan. Buning asosiy sababi bu usul o‘quvchiga ma’lumotni tahlil qilib, unga mos sarlavha topishga o‘rgatadi.
O‘quvchi matnni o‘qib tushunishi bilan birga matndagi ma’lumotlardan foydalanib, fikrlarini umumlashtirgan holda unga o‘zi nom berishi kerak.
Berilgan matnni qisqa ifodalashga, fikrni ixcham bayon etishga o‘rgatadi.
Shuningdek, o‘quvchida matn qanchalik taassurot qoldirgani kuzatiladi, uning ma’lumotlarni to‘plash va saralash orqali mantiqiy to‘g‘ri xulosa chiqara olish ko‘nikmalarini kuzatish mumkin.
Slayd 27
Berilgan matn tasviriy matn turiga xos bo‘lib, unda Toshkentda usta Shirin loyihasi va g‘oyasi asosida qurilgan Toshkent kuranti haqida ma’lumot berilgan. Matning so‘ngida o‘quvchilarga noma’lum so‘zlarning (ular aslida me’morchilikka oid terminlar) izohi alohida qayd etilgan bo‘lib, o‘quvchilarning keng qamrovli axborotni yaxshi tushunishi uchun xizmat qiladi. Aynan bu ma’lumotdan keyingi darslarda izohli lug‘at bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish uchun ham foydalanish mumkin.
1. Berilgan topshiriqlardagi ilk vazifa matnga sarlavha qo‘yish orqali ma’lumotlarni mustahkamlashdir.
Slayd 28
2. Toshkent kuranti Toshkentning ramzi hisoblanadi. Shaharning boshqa ramzlarini sanang. Bu topshiriqni biroz tahrirlagan holda viloyatlarga mos qilib aynan o‘zlarining shahar yoki tumanidagi tarixiy obidalarni ham sanashni tavsiya qilamiz. Masalan, Shahrisabzdagi obidalarni sanang, Namangan viloyatida e’tiborga sazovor qanday inshootlarni bilasiz kabi topshiriqlar berilishi ham mumkin. Chunki hamma o‘quvchi ham Toshkentga kelmagan bo‘lishi yoki undagi obidalar haqida ma’lumotga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa o‘quvchini bu mashqqa e’tibor bermay mavzuni o‘zlashtirolmaslik va jarayonning faol ishtirokchisiga aylanmay qolishiga olib keladi. Shu sababdan o‘quvchilardan aynan o‘z hududiga oid ma’lumotlar so‘ralsa, ular bilan bog‘liq topshiriqlar berilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Agar zarurat tug‘ilsa o‘qituvchi aynan Toshkent haqida o‘zi bilgan va o‘quvchilari uchun qiziq, yangi ma’lumotlarni aytib o‘tishi joiz.
Slayd 29
3. Ajratilgan so‘zlardagi undosh tovushlar talaffuziga diqqat qiling. O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining qayerida to‘siqqa uchrayotganiga e’tibor bering. Topshiriq orqali o‘quvchilar matnga alohida e’tibor bilan yondashishlari va undagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni tahlil qilishlari kerak. Bu topshiriq orqali o‘quvchilarning grammatik bilimlari mustahkamlanadi. Ya’ni quyi sinflardan boshlab har sinf kesimida (konussimon spiral) kengaytirib borilgan undosh tovushlarga oid bilimlarni qay darajada ekanligini ko‘rish mumkin:
a) talaffuz va yozuv o‘rtasidagi munosabatni qay darajada anglaganliklari ko‘riladi;
b) xatolari to‘g‘rilanadi, xatolar ustida ishlanadi.
Matnda quyidagi so‘zlar ajratib ko‘rsatilgan: quyoshga, yodgorlik, shahar markazida, Toshkent, xiyobonida. Berilgan so‘zlardagi undoshlarning talaffuzi va yozilish qoidalari xususida alohida to‘xtalish zarur.
Slayd 30
Ayrim o‘quvchilar Toshkent so‘zini Toshken, Toshkend tarzida; xiyobonida so‘zini hiyobonida; quyoshga so‘zini quyoshka kabi tarzida yozishlari yoki talaffuz qilishlari mumkin. Bu bilan jarangli va jarangsiz undoshlarning so‘z oxirida qo‘llanishi, o‘zakka qo‘shimcha qo‘shilganda asos tarkibida bo‘ladigan o‘zgarishlarga ularning e’tiborini qaratiladi. Yozuvda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning oldini olinadi.
1.
To‘g‘ri
Toshkent, Toshkent xiyobonida
Yodgorlik
Quyoshga
2.
Noto‘g‘ri
Toshken, Toshkend hiyobonida
Yotgorlik
Quyoshka
Bundan tashqari aynan mana shu darslikning 162-sahifasidagi 116-darsga berilgan matn xabar mazmunli matnga kiradi. Ya’ni biror voqea-hodisa haqida хabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matn informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o‘ziga хos tarzda bo‘ladi. Oddiy хabardan farq qiladi. Estetik maqsad yuklangan bo‘ladi.
Slayd 31
Matnda “Ajratilgan so‘zlar ma’nosini “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”dan topib, yozing” topshirig‘i berilgan. Bu usul orqali o‘quvchilar lug‘at va uning turlariga yuzlanishadi. Aynan izohli lug‘at orqali o‘zlariga notanish bo‘lgan so‘zlar ustida ishlaydi, ularning ma’nolarini bilib oladi.
Ajratilgan so‘zlar
Izohli lug‘atdagi ma’nosi
1.
Taxallus arabcha
Biror ijodkor (shoir, yozuvchi, olim va shu kabi) yoki siyosiy arbobning oʻzi uchun tanlab olgan boshqa ikkinchi nom. O‘zini o‘zi qutqarish, ozod qilish.
Slayd 32
Dars jarayonida shu kabi topshiriqlar berilgan. Bunday matn va lug‘atlarlar bilan ishlashda asosan interfaol metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiq. Bu esa o‘qituvchidan pedagogik mahorat talab qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu jarayonda o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga, kerakli ko‘nikma va malakalarni egallashlariga, albatta, nutq o‘stirishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Slayd 33
Matnlar orqali berilayotgan topshiriqlar faqatgina o‘sha matnga tegishligina bo‘lib qolmay, balki berilayotgan mavzuning umumiy mohiyatini ham ochib berishga xizmat qiladi. Bu jarayonda o‘quvchi nafaqat matn bilan ishlaydi, balki berilayotgan topshiriqlar orqali avval egallagan bilimlarini ham mustahkamlashga muvaffaq bo‘ladi.
Matnni o‘qib bo‘lgach, o‘quvchilarga ijodiy ishlar, masalan, insho yoki hikoya yozish vazifasi berilsa ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu orqali o‘quvchilarning yozma ifoda qilish ko‘nikmalari rivojlanadi. Matnni o‘qish davomida undagi grammatik va leksik xatoliklarni aniqlash, so‘z va iboralarning ma’nolarini tahlil qilish, o‘quvchilarga tilni chuqur o‘rganish imkonini beradi.
Slayd 34
Matn ustida ishlash, ona tili o‘qitishning samaradorligini oshiradi va o‘quvchilarga tilning barcha aspektlarini o‘rganish imkonini yaratadi. Matn ustida ishlash metodikasi, o‘quvchilarga tilning
Grammatik
01
Leksik
02
Stilistik
03
jihatlarini o‘rganishga yordam beradi.
Slayd 35
Matnni tahlil qilish va unga asoslanib turli topshiriqlarni bajarish, lug‘at ustida ishlash orqali o‘quvchilar
O‘z fikrlarini aniq ifodalash
01
Matnni tushunish
02
Shaxsiy fikr bildirish
03
ko‘nikmalarini egallaydi.
Slayd 36
Xulosa qilib aytganda, matn bilan ishlash, o‘quvchilarning til malakalarini rivojlantirish, fikrni to‘g‘ri va aniq ifodalash, shuningdek, tanqidiy fikrlashini shakllantirish bilan bir qatorda yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun matn bilan ishlash metodikasining takomillashtirilishi ona tilini o‘qitishda samaradorlikni oshirishning asosiy omillaridan biridir. Ona tili o‘qitish metodikasini takomillashtirishda innovatsion yondashuvlar katta rol o‘ynaydi. O‘quvchilarga matn bilan ishlash jarayonida yangi texnologiyalar, interaktiv metodlar va onlayn resurslardan foydalanish, raqamli platformalar va multimedia materiallari, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshiradi va darsning samaradorligini ta’minlaydi. Lug‘atlar esa o‘quvchilarga muayyan hodisa haqida ma’lumot beradi, hamda o‘z va o‘zga tillar bilan tanishtiradi.
Slayd 37
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 38
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.