MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI FANIGA KIRISH

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi faniga kirish
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi” fanining predmeti va uni  o‘rganishning ahamiyati, metodologik tamoyillari.
2. Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishda moddiy va yozma manbalarning o‘rni.
3. Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishning dolzarb muammolari.
4. Har tomonlama yetuk, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalashda O‘zbekiston tarixi fanining o‘rni.
=== Taqdimot 3 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fani
Markaziy Osiyo hududida eng qadimgi davrlardan boshlab hozirgi kunga qadar kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar yaxlitlik, uzviylik va o‘zaro aloqadorlikda o‘rganiladi.
Predmeti
=== Taqdimot 4 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fani
Markaziy Osiyo hududida kechgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy jarayonlar;
ishlab chiqarish kuchlari va vositalarining takomillashib borishi;
til va yozuv, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi;
davlat boshqaruv shakllari va evolyutsiyasi;
etnik jarayonlar, urf-odat va rasm-rusumlar;
diplomatiya va elchilik aloqalari;
sulolalar, tarixiy geografiya;
milliy ozodlik harakatlari;
din, mafkura va turli g‘oyalar;
buyuk tarixiy shaxslar, davlat arboblari va boshqalar
Obyekti
=== Taqdimot 5 ===
Yordamchi tarix fanlari
Arxeologiya
Antropologiya
Etnografiya
Lingvistika
Epigrafika
Numizmatika
Xronologiya
Geneologiya
Manbashunoslik va boshqalar
=== Taqdimot 6 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi faniga oid manbalar
Tarixiy manba deganda uzoq o‘tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma’lum bosqichdagi kechmishini o‘zida aks ettirgan moddiy va ma’naviy yodgorliklar tushuniladi.
=== Taqdimot 7 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanining maqsad va vazifalari
Maqsadi
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘qitish orqali o‘quvchilar yurtimiz hududida kechgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni musta-qil tahlil qilishga o‘rgatadi, mazkur jarayonlarning rivojlanish qonuniyat-lari, sabab va oqibatlarini tushunib hamda ochib berish orqali yoshlarning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanti-rish, ularning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatlarini yuksaltirish ajdodlar an’analariga sadoqat, milliy o‘zlikni anglashga o‘rgatish asosiy maqsad qilib belgilanadi.
=== Taqdimot 8 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fanining maqsad va vazifalari
Vazifalari
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi fani jahondagi ilg‘or, taraqqiyparvar, demokratik kuchlar hamda davlatlarning tajribalarini umumlashtirish asosida xalqimizda yangicha ijtimoiy-siyosiy dunyoqarash madaniyatini shakllantirish, taraqqiyotning umum e’tirof etilgan tamoyillariga asoslangan yo‘llarini to‘g‘ri belgilab olishga ko‘maklashish, o‘tmish xatolarini takrorlamaslik, ulardan zarur saboqlar chiqarish, taraqqiyotga, millat kelajagiga xavf soluvchi asosiy omillarni oldindan ko‘ra olish va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, qo‘shni va dunyo xalqlari bilan hamjihatlikda, tinch totuv yashashini ta’minlash.
=== Taqdimot 9 ===
“Markaziy Osiyo tarixi” fanining metodologik tamoyillari
Tarixiylik tamoyili deganda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni tarixiy jihatdan davriy ketma-ketlikda, o‘zaro aloqadorlikda, yaxlit tarixiy jarayon sifatida, o‘rganilayotgan zamon ruhi, axloqiy va huquqiy me’yorlari, hayot mezonlari nuqtayi nazaridan talqin qilish va sharhlash tushuniladi.
=== Taqdimot 10 ===
Xolislik tamoyili o‘rganilayotgan tarixiy jarayonlar xolis va betaraf o‘rganilishini, voqea va hodisalarni biror g‘oya yoki mafkura nuqtayi nazaridan sharhlamaslikni, tarixiy jarayonlarni qanday bo‘lsa shundayligicha qabul qilish va o‘rganishni, yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklardan ham ko‘z yummaslikni, tarixni bayon qilishda ehtiroslarga berilib ketmaslikni, tadqiqotchining g‘oyaviy, siyosiy, mafkuraviy, diniy qarashlari, milliy mansubligi ustunlik qilmasligini, bir yoqlamalikka yo‘l qo‘ymaslikni, voqealarni tahlil qilishda bugungi kun nuqtayi nazaridan yondashmaslikni, manbalarga tanqidiy munosabatda bo‘lib, boshqa zamondosh manbalar bilan tasdiqlangan dalillargagina tayanishni, dalillarni soxtalashtirmaslikni, ertak va afsona elementlaridan xoli bo‘lishni anglatadi.
=== Taqdimot 11 ===
Manbalar bilan asoslanganlik tamoyili: bayon qilinayotgan tarixiy jarayon, keltirilayotgan har qanday faktlar chinakam ilmiy va asl manbalarga asoslangan bo‘lmog‘i lozim. Manbadagi xabarning haqiqatga qanchalik to‘g‘ri kelishi manbaga zamondosh bo‘lgan boshqa manbalar ma’lumotlari bilan, agar ular mavjud bo‘lmasa arxeologiya, numizmatika singari yordamchi tarix fanlari ma’lumotlari bilan qiyoslash orqali aniqlanadi.
O‘zbekiston tarixining mintaqa va jahon tarixi bilan bog‘liqligi tamoyili: har bir xalqning tarixi alohida ahamiyatga ega bo‘lishi bilan birga ular umuminsoniyat tarixining ajralmas va uzviy tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘zbekiston tarixini umumjahon tarixining bir bo‘lagi, ajralmas va muhim tarkibiy qismi sifatida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
=== Taqdimot 12 ===
Milliy qadriyatlar, xalq an’analari, urf-odatlari, diniy e’tiqodlar, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va tarixiy-madaniy taraqqiyot nuqtayi nazaridan yondashish tamoyili: har bir tarixiy voqea va hodisani o‘rganishda milliy hamda mahalliy xususiyatlar, ya’ni har bir millat va elatning tili, dini, yashash hududi, ishlab chiqarish va boshqaruvni tashkil etish usuli, ruhiyati, urf-odatlari, rasm-rusum va an’analari va marosimlarini o‘rganilayotgan davr axloqi nuqtayi nazaridan to‘la anglagan va har tomonlama hisobga olgan holda munosabatda bo‘lish nazarda tutiladi.
=== Taqdimot 13 ===
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini davrlashtirish
Markaziy Osiyo tarixini davrlashtirishning bir necha usullari mavjud. Arxeologik davrlashtirish, tarixiy davrlashtirish, asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish usuliga ko‘ra davrlashtirish, sulolaviy davrlashtirish va boshqalar.
=== Taqdimot 14 ===
Davrlashtirish turlari
Ibtidoiy jamiyat.
• Qadimgi davr.
• O‘rta asrlar davri.
• Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
• Sovetlar istibdodi davri.
• Milliy istiqlol davri.
=== Taqdimot 15 ===
Davrlashtirish turlari
• Ibtidoiy to‘da davri.
• Urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakl-lanish davri.
• Ilk o‘rta asrlar davri.
• O‘rta asrlar davri.
• Mustamlakachilik va milliy uyg‘onish davri.
• Sovetlar davri.
• Milliy istiqlol, demokratik va fuqarolik jamiyati qurish davri.
=== Taqdimot 16 ===
Davrlashtirish turlari
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri – bu davr taxminan bundan 1 mln. yil avval boshlanib, mil. avv. 2 chi ming yillik o‘rtalariga qadar davom etgan;
Ilk davlatchilikka o‘tish, davlatchilikning qaror topishi va mustahkamlanishi davri – mil. avv. 2-ming yillik o‘rtalaridan milodiy IV-asr oxirlariga qadar;
Ilk o‘rta asrlar davri – V-VIII asrlar;
Pivojlangan o‘rta asrlar davri – IX-XV asrlar;
So‘nggi o‘rta asrlar davri – XVI-XIX asr o‘rtalariga qadar;
XIX asr ikkinchi yarmidan 1991-yilga qadar chorizm mustamlakachiligi va sovetlar istibdodi davri;
1991-yildan hozirga qadar mustaqillik davri.
=== Taqdimot 17 ===
Markaziy Osiyo tarixiga oid asosiy yozma manbalar
Avesto
Qadimgi Eron va Hind manbalari
Xvaday namak
Abulqosim Firdavsiy “Shohnoma”
“Mahobharata”
=== Taqdimot 18 ===
Markaziy Osiyo tarixiga oid asosiy yozma manbalar
Yunon va Rim manbalari:
Xeradot “Tarix”
Kvint Kursiy Ruf “Buyuk Iskandar tarixi”
Arrian Flaviy “Iskandarning yurishlari”
Pompey Trog “Filipp tarixi”
Gay Pliniy Sekund “Oddiy tarix”
Polibiy “Umumiy tarix”
Strabon “Geografiya”
Ptolomey Klavdiy “Geografiya”
=== Taqdimot 19 ===
Markaziy Osiyo tarixiga oid asosiy yozma manbalar
Xitoy manbalari:
Sima Syan “Shi Szi” – (“Tarixiy esdaliklar”)
Byan Gu “Syan Xan shu” – (“Avvalgi xan sulolasining tarixi”)
Li Yan-shou “Bey shu” (“Shimoliy sulolalar tarixi”)
Fan Xua “Xou Xan shu” (“Keyingi xan sulolasi tarixi”)
=== Taqdimot 20 ===
1-guruh – Markaziy Osiyo tarixining predmeti, maqsad va vazifalari.
2-guruh – Tarix fanini o‘rganish tamoyillari.
3-guruh – O‘zbekiston tarixiga oid eng qadimiy manbalar.
4-guruh – O‘zbekiston-jahon sivilizatsiyasi o‘choqlaridan biri.
“Kichik guruhlarda ishlash” texnologiyasi.
Ajdodlarimiz tarixini o‘rganish-muqaddas burchimiz
=== Taqdimot 21 ===
=== Taqdimot 22 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI FANIGA KIRISH” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar