- Savatga boshqa "GLOBALLASHUV JARAYONIDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISH VAZIFALARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
=== Taqdimot 1 ===
MA’LUMOTLAR BAZASI VA UNING TURLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Ma’lumotlar bazalari
Ma’lumotlar bazasi turlari
Ma’lumotlar bazasining foydalanish jarayoniga ko‘ra turlari
=== Taqdimot 3 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
Bugungi zamonaviy dunyoda axborot eng muhim resurslardan biriga va axborot tizimlari faoliyatning deyarli barcha sohalarida zarur vositaga aylandi.
An’anaviy axborot tizimlari texnik vositalardan va ayniqsa, avtomatlashtirilgan tizimlar, komplekslar va qurilmalardan foydalanmasdan (masalan, turli maqsadlar uchun qo‘lda yoki mashinada yozilgan jadval ma’lumotlari) yaratilishi va ishlatilishi mumkin. Biroq, zamonaviy jamiyatda bunday texnologiyalar juda kam qo‘llaniladi. Axborot tizimining asosi yoki turi (axborot bazasi) odatda ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.
=== Taqdimot 4 ===
Kompyuter (elektron) saqlash tashuvchisiga yozib olingan va kompyuterda muammolarni hal qilishda foydalaniladigan axborot bazasi ya’ni ma’lumotlar bazasi deyiladi. Shunday qilib, axborot tizimlarining asosini ma’lumotlar bazalari (MB) tashkil etadi. Ma’lumotlar bazasining barcha xususiyatlari axborot tizimlariga o‘tkaziladi.
Ma’lumotlar bazasi (MB) – kompyuter xotirasidagi tartibga solingan ma’lumotlar to‘plami yoki ko‘rib chiqilayotgan sohadagi obyektlarning holatini va ularning munosabatlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarning nomli to‘plami deyish ham mumkin.
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
=== Taqdimot 5 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
Ma’lumotlar bazasi axborotlarni to‘plashning boshqa usullariga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:
ma’lumotlar bazasi bir xil bo‘lgan ma’lumotlar takrorlanishining oldini oladi;
foydalanuvchilar uchun ma’lumotlar bazasida o‘zaro ma’lumot almashish jarayoni tez va oson kechadi;
kam vaqt va kam mehnat sarflanadi;
ma’lumotlar bazasida ma’lumotlar aniq, izchil va ketma-ket ravishda joylashadi;
=== Taqdimot 6 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) – ma’lumotlar bazalarini yaratish va boshqarish uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot hisoblanadi. MBBT quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
• ma’lumotlar bazasini yaratish;
• ma’lumotlar bazasida jadvallar yaratish;
• ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni qo‘shish;
• ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni o‘chirish;
• ma’lumotlar bazasidan ma’lumotlarni olish;
• ma’lumotlarni so‘rovlar orqali qayta ishlash;
=== Taqdimot 7 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
Bugungi kunda insonlarning ijtimoiy va iqtisodiy hayoti ma’lumotlar bazalari bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, talabalar haqidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasalari (OTM) ma’lumotlar bazasida elektron jadval ko‘rinishida saqlanadi. Unda talabalarning id raqami, ismi, familiyasi, yoshi, kursi, guruhi, manzili, baholari va boshqa ma’lumotlar jamlanadi. Bundan professor-o‘qituvchilar yoki ota-onalar talabalar haqida kerakli ma’lumotlarni olishda foydalanadi.
=== Taqdimot 8 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
=== Taqdimot 9 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
=== Taqdimot 10 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
Hemis. jdpu.uz tizimi ma’lumotlar bazasida siz haqingizdagi barcha ma’lumotlar, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringiz, o‘rganayotgan fanlaringiz, o‘qituvchilaringiz, erishgan natijalaringiz va boshqa ma’lumotlar saqlanmoqda. Bazadagi ma’lumotlar veb sayt orqali sizga, professor-o‘qituvchiga (o‘tayotgan fan doirasida), fakultet dekaniga, administrator va boshqa vakolatli shaxslarga taqdim etiladi.
=== Taqdimot 11 ===
Ma’lumotlar bazalari, bazasi turlari
Iyerarxik (shajara) ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar yozuv ko‘rinishida bo‘lib, bir-biriga daraxtsimon holatda bog‘lanadi. Bog‘lanish jarayoni yuqoridan pastga tomon joylashib, parallel bog‘lanishning imkoniyati mavjud emas. Bunday usul oilaviy shajarani aks ettirishda keng qo‘llaniladi. Iyerarxik ma’lumotlar bazasida elementlari o‘rtasidagi bog‘lanishda “bittadan ko‘pchilikka” usuli orqali amalga oshiriladi.
=== Taqdimot 12 ===
Ma’lumotlar bazalari, ma’lumotlar bazasi turlari
FAKULTET
Fakultet shifri, Fakultet nomi
KURS
Kurs raqami,
GURUH
Guruh raqami, Guruh tyutori
TALABA
Talaba ID raqami, Talaba F.I.Sh
Kafedra shifri, Kafedra nomi
FANLAR
Fanning shifri, Fanning nomi
=== Taqdimot 13 ===
Ma’lumotlar bazasi turlari
Relyatsion ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bir-biri bilan oldindan belgilangan tartib asosida jadval ko‘rinishida tuziladi. Jadvaldagi ma’lumotlar qator va ustunlar kesishmasidan hosil bo‘lgan kataklarda saqlanadi. Ma’lumotlarni saralashda SQL tilidan foydalaniladi.
=== Taqdimot 14 ===
Ma’lumotlar bazasi turlari
=== Taqdimot 15 ===
Ma’lumotlar bazasi turlari
=== Taqdimot 16 ===
Ma’lumotlar bazasi turlari
Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi. Bunda ma’lumotlar obyekt ko‘rinishida saqlanadi. Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi bilan ishlashda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridan foydalanish talab etiladi. Obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishi tashqi tomondan iyerarxik ma’lumotlar bazasiga o‘xshaydi. Ularning asosiy farqi ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishda.
=== Taqdimot 17 ===
Gibrid ma’lumotlar bazasi. Gibrid ma’lumotlar bazasining relyatsion va obyektga yo‘naltirilgan ma’lumotlar bazasi usullarining birlashishidan hosil bo‘lgan usul hisoblanadi. Bunda jadval ko‘rinishidagi ma’lumotlar obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari yordamida yaratiladi. Axborot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi natijasida ma’lumotlar bazasini yaratishning yangi usullari paydo bo‘lmoqda. Bunday usullar umumiy nom bilan NoSQL deb atalmoqda va ular ma’lumotlar bazasini yaratishning keng imkoniyatlarini taqdim etmoqda.
Ma’lumotlar bazasi turlari
=== Taqdimot 18 ===
Ma’lumotlar bazasi turlari
Ma’lumotlar bazasini rejalashtirishda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
• hajmi: ma’lumotlar bazasida qancha ma’lumot saqlanadi?
• foydalanish huquqi:
Yaratilayotgan ma’lumotlar bazasiga har safar bitta kompyuter orqali kiriladimi yoki unga turli joylardan ko‘plab foydalanuvchilar kirishi talab etiladimi?
Yaratilayotgan ma’lumotlar bazasi kichik bo‘lib, undan birgina foydalanuvchi foydalansa, u shaxsiy ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. Masalan, oliy ta’lim muassasasida talabaning turli fanlardan olgan baholari bitta jadvalda saqlandi. Demak, u talaba uchun shaxsiy ma’lumotlar bazasi bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 19 ===
Ma’lumotlar bazasining foydalanish jarayoniga ko‘ra turlari
Shaxsiy ma’lumotlar bazasi – sizning kompyuteringizda ishlaydigan, bir vaqtning o‘zida faqat bitta foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan ma’lumotlar bazasi va dasturi hisoblanadi. Masalan, Microsoft, Access.
Shaxsiy ma’lumotlar bazasining o‘ziga xos jihatlari:
• shaxsiy kompyuterda ishlaydi;
• ma’lumotlar bazasini tuzishda sodda usullardan foydalaniladi;
• faqat bitta foydalanuvchinigina qo‘llab-quvvatlaydi.
=== Taqdimot 20 ===
Ma’lumotlar bazasining foydalanish jarayoniga ko‘ra turlari
Markazlashgan ma’lumotlar bazasi serverda ishlaydi, shuning uchun unda bir vaqtning o‘zida bir qancha foydalanuvchi ishlashi mumkin. Markazlashgan ma’lumotlar bazasi birorta tashkilot binosi (maktab, kollej, universitet, kompaniya) da yoki bulutda saqlanadi. U ko‘plab foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Markazlashgan ma’lumotlar bazasining o‘ziga xos jihatlari:
• mahalliy yoki global serverda ishlaydi;
• barcha ma’lumotlar bitta xotira qurilmasida saqlanadi;
• bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydi.
=== Taqdimot 21 ===
Ma’lumotlar bazasi turlari
Markazlashgan ma’lumotlar bazasi
Mijoz 1
Buxgalteriya
Mijoz 2
Kadrlar bo‘limi
Mijoz 3
Ishlab chiqarish
Mijoz 4
Omborxona
=== Taqdimot 22 ===
Ma’lumotlar bazasining foydalanish jarayoniga ko‘ra turlari
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasi bir qancha serverlarda saqlanadi. Bulutda ishlaydigan ma’lumotlar bazasi taqsimlangan ma’lumotlar bazalar orasidan eng keng tarqalgan namuna hisoblanadi. Bulutga asoslanib taqsimlangan ma’lumotlar bazalari universallik xususiyatlariga ega. Chunki, ularda ma’lumotlar bazasini osonlikcha kengaytirilishi, bir nechta kompyuter tomonidan tarmoqli foydalanishni taqdim etishi mumkin. Taqsimlangan ma’lumotlar bazalari markazlashgan ma’lumotlar bazasiga nisbatan ishonchlidir. Markazlashgan ma’lumotlar bazasi saqlangan server ishdan chiqsa, ma’lumotlar bazasi ham ishdan chiqadi.
=== Taqdimot 23 ===
Ma’lumotlar bazasining foydalanish jarayoniga ko‘ra turlari
Taqsimlangan ma’lumotlar bazasidan Google, Amazon, Facebook, Telegram kabi boshqa ijtimoiy tarmoq va veb-platformalar tomonidan ko‘proq foydalanadi. Taxminlarga ko‘ra, birgina Facebookning ma’lumotlar bazasi dunyodagi 180 mingdan ortiq serverlarga taqsimlangan.
=== Taqdimot 24 ===
Ma’lumotlar bazasining foydalanish jarayoniga ko‘ra turlari
Mijoz 1
Buxgalteriya
Mijoz 2
Kadrlar bo‘limi
Mijoz 3
Ishlab chiqarish
Mijoz 4
Omborxona
=== Taqdimot 25 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’tiboringiz uchun rahmat!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.