Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
4000 so'm

Slayd 1
Maktabgacha yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni bilishda nutqni rivojlantirish texnologiyasi
Slayd 2
Reja:
Kirish
Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini shakllantirish
3. Tevarak-atrofni bilishda bolalar nutqini shakllantirish mashg‘ulotlari.
Xulosa.
Tayanch tushunchalar: ma’nodosh, uyadosh, xususiyat, shaxsiy qobiliyat, jarayon, shaxsiy hayot, tevarak-atrof, rivojlantirish, texnologiya.
Slayd 3
Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish. Bolalar nutqini rivojlantirish uchun ma’lum bir tizimda ish olib borish maqsadga muvofiq. Buning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarda bog‘lanishli nutqni o‘stirish dasturini takomillashtirish va uni bir butun, yaxlit jarayon sifatida tarbiya tizimiga kiritish hamda mazmunini belgilash zarur. Bolalar nutqini rivojlantirish mavzu rejasiga quyidagilarni kiritishni maqsadga muvofiq deb topdik:
Tevarak-atrof va ona Vatan
«O‘zbekiston – mening Vatanim»
Samarqand, Buxoro, Toshkent, ko‘hna Urganch, Xiva, Qo‘qon – qadimiy shaharlar
Slayd 4
1-Sentabr – O‘zbekistonning mustaqillik kuni
I.A.Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Toshkent metropoliteni
Mustaqillik maydoni
Toshkent teartlari
Mening shahrim, mahallam
Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona
Oilamiz shajarasi
Bizning oila
Ona tilim – jonu dilim
Til bilgan – el biladi
Jonajon o‘lka tabiati
Hamdo‘stlik mamlakatlari
Slayd 5
Buyuk siymolar:
Amir Temur, Zahriddin Muhammad Bobur – bizning bobolarimiz
Jaloliddin Manguberdi – buyuk vatanparvar
«Alpomish» dostoni – milliy g‘ururimiz
Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar – buyuk adib
O‘lkamizda dong taratgan sportchilar, adiblar, san’atkorlar
Slayd 6
Bayramlar va marosimlar, sayllar, urf-odatlar
Yangi yil bayrami
Onalar bayrami
Navro‘z bayrami
Xotira va qadrlash kuni
Mustaqillik bayrami
Vatan himoyachilari kuni
Mening akam askar
8-dekabr – Konstitutsiya kuni
Sayllar: qovun sayli, hosil bayrami, gul sayli v.b
Slayd 7
O‘zbek xalq ijodi:
O‘zbek xalqining hunarmandchilik san’ati.
Xalq me’morchilik san’ati
Xalq qo‘shiqlari, laparlari, alla, ertak, maqol va topishmoqlar, tez aytishlar
Tasviriy san’at asarlari
Kattalar mehnati
Sanoat korxonalariga sayohat
Kasblar haqida ma’lumot
Dehqonchilik, bog‘dorchilik, sohalari haqida ma’lumot
So‘pon-cho‘liqlar, sut sog‘uvchilar mehnati tushuncha hosil qilish
Pillakorlik mehnati
Slayd 8
Qurilish obyektlariga sayohat.
Qurilishda ishlatiladigan asbob-uskunalar
Maishiy xizmat ko‘rsatish sohalari
Madaniyat xodimlari
Yo‘l harakati qoidalari
Aloqa vositalari
Bolalar o‘yinlari
Ot o‘yin, do‘ppi o‘yin, hammompish, tosh o‘yini, chillak, varrak, loysuvoq o‘yini
Chitti gul, o‘q terakmi-ko‘k terak, tepdik-sandiq ochildi, boychechagim boylandi, hakkalakam-dukkalakam
«Qorxat», «Qorqiz». «Qorbobo» o‘yinlari
Slayd 9
Yuqoridagi mavzularning har biri bolalarning tevarak-atrof haqidagi bilimlarini boyitish bilan birga, bog‘lanishli nutqni ham rivojlantirishga hizmat qiladi. Masalan, 1-sentabr mustaqillik kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanar ekan, avval guruhdagi ertaliklar, so‘ng bolalarning otaonalari bilan Toshkentdagi mustaqillik maydoniga, shahardagi milliy boqqa sayohat uyushtirish natijasida ularning lug‘atida mustaqillik bayrami, mustaqillik maydoni, milliy bog‘, Alisher Navoiy haykali, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti – I.A.Karimov, O‘zbekiston gerbi, O‘zbekiston bayrog‘i, O‘zbekiston madhiyasi, Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti, metropoliten kabi tushuncha va birikmalar bilan boyiganligining guvohi bo‘ldik. Bolalarning so‘z zaxirasi bevosita ko‘rgan-kuzatganlari asosida orta boradi degan xulosaga keldik. Masalan, Toshkent shahri bo‘ylab sayohat natijasida bolalarning lug‘at boyligiga birdaniga bir necha mavzu bo‘yicha so‘zlar, birikmalar qo‘shiladi.
Slayd 10
Masalan, Amir Temur maydoni, Amir Temur haykali, Amir Temur – buyuk sarkarda, Toshkent mehmonxonasi, «O‘zbekiston» mehmonxonasi, O‘zbekiston tarixi muzeyi, San’at saroyi, Milliy teatr, Markaziy univermag, Chorsu bozori, Hayvonot bog‘i kabilar shular jumlasidandir. Bular 6–7 yoshli bolalarning kundalik turmushda hali ishlatilmasa-da, ularning xotirasi kuchli bo‘lgani bois so‘z va birikmalarni yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda, ayniqsa, lug‘at boyligini faollashtirish muhim va zarurdir.
Qishloq bolalari ko‘proq o‘ynaydigan o‘yinlar ularning sanoqlarni o‘rganishga, nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug‘at boyligini oshirib, faollashtiradi. Bunda ayniqsa, qo‘shiqo‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Slayd 11
Bir ikki, o‘n olti,
O‘n olti deb kim aytdi?
O‘n olti deb men aytdim,
Ishonmasang sanab ko‘r…
(O‘yindagi bolalar sanaladi).
Yoki, Hakkalakam, dukkalakam,
Chori amal, beri amal,
Qayda edi, tog‘da edi
Tog‘man, zuvman…
(Chillak zuvillanadi).
Slayd 12
Ayni paytda qo‘shiq-o‘yinlar, topishmoq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar bolalarning bilimini oshiradi, aqlini charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi.
«Chitti gul-o, chitti gul», «Oq terakami – ko‘k terak», «Tepdim sandiq ochildi» ertak – o‘yinlari ham shunday ahamiyatga ega o‘yinlardan sanaladi.
Chitti gul-o, chitti gul,
Hay-yu, chitti gul.
Chittigulga gul bosay,
Dukur-dukur ot keldi,
Chiqib qarang kim keldi?
Aravada un keldi,
Childirmada pul keldi.
Hay-yu, chitti gul,
Slayd 13
Yoz fasli bilan bog‘liq «Laylak keldi, yoz bo‘ldi» qo‘shig‘i ham bolalarning sevimli qo‘shiqlaridan hisoblanadi:
Laylak keldi, yoz bo‘ldi,
Qanoti qog‘oz bo‘ldi
Laylak boradi toqqa,
Quloqlari halqa
Halqasi tushib qoldi,
O‘tirdi yig‘lamoqqa
Slayd 14
«Chitti gul», «Dukur-dukur ot keldi», «Aravada un», «Childirmada pul», «Oftob chiqdi olamga», «Cho‘pchak ter», «Kulcha yopdi bir o‘choq», «Laylak keldi, yoz bo‘ldi», «Qanoti qog‘oz bo‘ldi» mazmuni gullar qushlar, narsalarning nomi, ularning asl va ko‘chma ma’nolari, badiiy ta’sir vositalari, bir tomondan bolalarning tez yodlash qobiliyatini oshirib, yangi-yangi so‘zlarning ma’nosini bilib olishlariga yordam bersa, ikkinchi tomondan, lug‘at boyligini faollashtiradi, nutqini ravon qiladi, ona tilining boyligiga, uning serqirra jilolariga qiziqishni oshiradi.
Bolalikda o‘yin jarayonida yod olingan bu qo‘shiqlar har bir insonning qalbida umr bo‘yi saqlanib qoladi. Bundan tashqari, tavsiya etilgan mavzular bolalar nutqining grammatik tuzilishini shakllantirishda ham yordam beradi. Bolalar nutqining grammatik qurilishini shakllantirish esa bog‘lanishli nuqni rivojlantirishda eng muhim talablardan sanaladi.
Slayd 15
Tevarak-atrofni bilishda bolаlаr nutqini rivojlantirish mаshg‘ulotlаri. Tevarak-atrofni o‘rganish jarayoni bola tafakkurini rivojlantirishda boshqa hech narsa bilan almashtirish mumkin bo‘lmagan hissiy rag‘batlantirishga sabab bo‘ladi. Bunday rag‘batlanish bog‘cha yoshidagi katta bolalar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Chunki tevarak-atrofdagi predmetlar, voqeliklar asosida tug‘iladigan hissiyot bola tafakkurida rivojlanib, uning tiliga, jonli ifodaga ko‘chadi. Shuning uchun ham bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni bilib borishi, uning go‘zalligini, bitmas-tuganmas murakkabliklarini his etishi, ijtimoiy munosabatlar va kattalar dunyosiga kirib borishi, uning har tomonlama kamol topishi bilan birga, bog‘lanishli nutqining ham boyib, shakllanib borishiga olib keladi. Zero, bolalik dunyoni zavqlanib, hissiyotlarga to‘lib idrok etish, uni kashf etish bilan uyg‘undir. Ma’lumki, pedagogik texnologiya deganda o‘quv-tarbiya jarayonini oldindan ma’lum tizimda uzviy loyihalash, ma’lum pedagogic tizimning hayotda amalga oshiriladigan loyihasi, qurilishi degan ma’no tushuniladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda maktabgacha katta yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish ham ma’lum pedagogik tizimning loyihasidir. Ya’ni bolalarda nutqni rivojlantirish maqsadi, mazmuni, tarbiya metodlari, shakllari va vositalari ifodalangan bir butun tizim texnologiyasidir.
Slayd 16
Biz hozirgi davr talabi darajasida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning bir butun tizimi, mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlab chiqdik hamda eng yangi talablar darajasida uni amalga oshirish metodlari, shakllari va vositalari texnologiyasini ishlab chiqdik.
Nutqda eng muhim metod bu dialogik nutq, ya’ni bolalar bilan so‘zlashishdir. So‘zlashish og‘zaki nutqning eng oddiy shakli bo‘lib, unda bola o‘zini tutishi, ko‘z qarashi, xatti-harakati, ovozining pastbalandligi, tezligi kabi turli holatlar hisobga olinadi. So‘zlashish – dialogik nutq, asosan kattalar yordamida amalga oshiriladi va u ayniqsa, tevarak-atrofni bilish jarayonida yaxshi natijalar beradi. Jumladan, jamoat joylarida, ko‘pchilik o‘rtasida nutq madaniyatiga rioya etishga e’tibor qaratiladi.
Bunda bir-birining nutqini to‘ldirib borish, tuzatishlar kiritish, so‘rash, so‘rab bilib olish dialogik nutqqa o‘rgatishning usullari sanaladi.
Slayd 17
Maxsus tayyorlanadigan muloqotlar esa dastur asosida muayyan mavzular bo‘yicha uyushtiriladi.
Masalan, maxsus tayyorlangan suhbatlar quyidagicha tuziladi: dastlab mavzu belgilanadi, uning maqsadi, vositalari aniqlanadi, savollar tuziladi. Lekin bularning har biri nimaga? Nima uchun? Nimadan? Qanday qilib? Kabi izlanuvchi va muammoli savollar tarzida bo‘lishi zarur. Shu bilan birga, savollar, umumlashtiruvchi xarakter kasb etishi ham mumkin. Bunda muloqot mashg‘uloti suhbat, muqaddima, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi. Masalan, «Bahorda bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazdik» mavzuida suhbat. Bu suhbat bog‘cha hovlisiga gul o‘tqazilgandan keyingi kun bo‘lishi mumkin.
Slayd 18
Asosiy adabiyotlar
D.R. Babayeva «Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi» Darslik. Barkamol fayz media. 2018 Yil 432 bet.
D.R.Babayeva «Nutq o‘stirish metodikasi» T.:Darslik. Shafoat nur fayz. 2020 Yil 431 bet.
X.A.Meliyev, O.Jamoliddinova, «Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati» T.: Zarvaraq nashryoti, 2021 yil 284 bet.
F.Qodirova, «Maktabgacha pedagogika».-T., «Ma’naviyat». 2019 Yil 419-bet
Slayd 19
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 20
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
STEAM TA’LIM TEXNOLOGIYASINI MAKTABGACHA TA’LIMDA QO‘LLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
BIOLOGIYANI O‘QITISHDA TAYANCH VA FANGA DOIR XUSUSIY KOMPETENSIYALARNI TARKIB TOPTIRISH YO‘LLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Biologiya va tibbiyotga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Biologiya va tibbiyot
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIKA SHAXS TARBIYASI VA RIVOJLANISH TO‘G‘RISIDAGI FAN ILMIY mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ENG QADIMGI DAVRLARDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA JAHON PEDAGOGIKA FANINING RIVOJLANISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIZARTRIYANI BARTARAF ETISHDA KORREKSION PEDAGOGIK ISH TIZIMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.