Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining rivojlantiruvchi

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining rivojlantiruvchi markazlarda ta’limiy faoliyatga rahbarlik qilish metodlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Ilk qadam davlat o‘quv dasturi asosida rivojlantiruvchi
markazlarni tashkil etish.
01
Rivojlantiruvchi markazlarda faoliyatning maqsad vazifalari.
02
Markazlarda faoliyatlarning ta’limiy vazifalari.
03
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Maktabgacha ta’lim Vazirligining maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarida 5 ta markaz tashkil etilgan:
=== Taqdimot 4 ===
Qurish, konstruksiyalash va matematika
01
02
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish
03
Til va nutq
San’at
Fan va tabiat
04
05
=== Taqdimot 5 ===
Ushbu markazlar tarbiyalanuvchilar uchun muhim o‘rin kasb etadi, chunki bola markazlarda erkin faoliyat olib boradi. Tarbiyachi esa ularga yordamchi sanaladi. Bu esa bolalarni nutqini, erkin fikrlashini, jismoniy va ijtimoiy bilish kompetensiyalarini rivojlantiradi. Bolalar ongini rivojlantirishda asosiy faoliyat turi o‘yin hisoblanadi. O‘yin orqali bola o‘rgatilgan mashg‘ulotni xotirada tez va mustahkam saqlaydi. Markazlarda ham bolalar bilan o‘yin orqali ishlash muhim o‘rin egallaydi. Buning uchun biz pedagoglar markazlarni bolajonlarga jihozlab, barcha shart-sharoitlarni yaratib berishimiz lozim.
=== Taqdimot 6 ===
Qurish, KONSTRUKSIYALASH va matematika
Markazda bola qurish, yasashni, matematik bilimlarni, muloqotga kirishishni o‘rganadi. Shu bilan birga mayda motorika rivojlanadi, bola doimiy harakatda bo‘ladi, bir biridan o‘rganadi, o‘rgatadi.
Ushbu markazni yaxshi ishlashi, bolalarni o‘ziga jalb qilishi uchun tarbiyachi tomonidan quyidagi ishlar qilinishi lozim:
1. Markazda doimiy shovqin bo‘lganligi sababli, uni boshqa markazlardan to‘siqlar bilan ajratish;
2. Markazdagi javonlar bola yoshiga mos bo‘lishi;
3. Javonlardagi o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar bola olishi va tanloviga xalaqit qilmasligini ta’minlash;
4. Markazdagi jihozlar dasturdagi mavzularga mos bo‘lishi;
=== Taqdimot 7 ===
5. O‘tilgan mavzularni tez olib tashlamaslik,balki ularga ham qarash, ulardan ham foydalanishlari uchun sharoit yaratish; 6. Har haftada hafta mavzusi asosida yangi o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar, o‘yinchoqlar bilan boyitish; 7. Bolalar nazaridan qochgan jihozlarni markazdan bir muddat olib turish; 8. Markazda bolalar faoliyatini kuzatishda matematik tasavvurlarini kengaytirishga qaratilgan son sanoq, kattalik, fazoviy tushunchalar, geometrik shakllar va vaqtni bilishga qaratilgan bilimlarni bola qanchalik olayotganini tahlil qilishi lozim.
=== Taqdimot 8 ===
Bolalar e’tiboridan chetda qolayotgan mavzularni frontal mashg‘ulotlarga olish
kerakligini belgilash va frontal mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Xuddi shunday qurish yasash jarayonlarida bola qanday konstruksiyalarni qura olayotganligi kuzatiladi. Eng sodda qurilish konstruksiyalarini qurayotgan bolada qiziqish bor, lekin malaka yo‘q, bunday bolalar bilan ertalabki, kechki soatlarda ishlash lozim bo‘ladi.
=== Taqdimot 9 ===
SYUJETLI- ROLLI O‘YINLAR VA SAHNALASHTIRISH
Bu markaz o‘z ichiga guruhimizda yillar davomida ishlab kelgan “Mehmon – mehmon”, “Oila”, “Shifoxona”, “Maktab”, “Atelye”, “Sartaroshxona”, “Oshxona”, “Do‘kon” o‘yinlarini olgan bo‘lib, markaz deyarli har kuni ishlaydi. Bolalarga o‘yin mavzusini tushuntiring, jihozlarni ta’minlab qo‘ying va o‘zingiz chetdan kuzating. Ular sizga shunday o‘ynab berishadi, ko‘rib hayratlanasiz. Chunki bola ota-onasi bilan shifoxonaga, do‘konga, mehmonga, sartaroshxonaga boryapti. U yerdagi kattalar muloqotini eshityapti. Muomala madaniyatidan andoza olyapti. Ko‘rganlari asosida sizga rol o‘ynab beryapti.
=== Taqdimot 10 ===
Markaz bolaga nima beradi? Eng avvalo bolaning nutqi rivojlanadi, kattalar bilan muloqot qilishni o‘rganadi, qarindosh- urug‘chilikni tushunadi. Mehmondo‘stlik va mehmonda bo‘lish odobi tarbiyalanadi, kattalar mehnati bilan tanishadi, kasblarga qiziqish uyg‘onadi. Ma’lum bir kasbni tanlashning ilk bosqichlari boshlanadi. Bolaning tasavvuri kengayadi. O‘rtoqlaridan bilmaganlarini o‘rganadi, pul bilan muomala qilishning dastlabki bosqichlarini bajaradi. Oilasi, oiladagi yaxshi va yomon odatlar haqidagi ma’lumotlar bola tomonidan o‘zi bilmagan holda beriladi. Tarbiyachi tomonidan kuzatilgan holatlar yuzasidan ota-onalar bilan hamkorlik boshlanadi. Pedagogik tavsiyalar beriladi. Bolalar bilan yakka ishlash rejalari tuziladi.
=== Taqdimot 11 ===
Dramalashtirish borasida teatr
turlariga murojaat qilamiz. Soya teatri, barmoq teatri, qo‘g‘irchoq teatri, stol teatrlari bo‘yicha pedagoglarimiz tushunchalarga ega. Va yana biri bu bolalar tomonidan badiiy asarlarni sahnalashtirishdir. Asar bolalarga yaxshi tanish bo‘lsa uni albatta sahnalashtirishga qiynalmaydilar. Buning uchun kostyumlar, dekoratsiyalar, jihozlar bo‘lishi shart.
=== Taqdimot 12 ===
1. Markazdan o‘rin olgan o‘yinlar uchun joy ajratish.
2. Mavzusi jihatidan mos bo‘lgan o‘yinlarni yonma yon qo‘yish.
3. O‘yinlar uchun tanlangan jihozlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi
4. Jihozlarning xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishi.
5. O‘yinlarning mavzusini markazga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish. Masalan “Do‘kon” o‘yini dasturga olingan barcha mavzular uchun mos keladi. “Kuz” mavzusida sabzavot va mevalar do‘koni, “O‘yinchoqlar” mavzusida o‘yinchoqlar do‘koni va hokazo davom etadi. Demak ushbu o‘yinning jihozlari turlicha bo‘ladi.
6. Markazga kirishdan oldin bolalarga o‘yinning maqsadi va mazmunini tushuntirish yoki eslatish.
7. O‘yin davomida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
=== Taqdimot 13 ===
“Til va nutq” markazi
Ushbu markazda bola hayotidagi eng kerakli bo‘lgan og‘zaki nutq rivojlanadi, hamda o‘qish malakalari, qo‘l barmoqlari mayda motorikasi ham rivojlantiriladi. Markazda bolalar o‘z ona tilida erkin so‘zlashadilar, badiiy asarlarni ifodali hikoya qilib beradilar, gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lab, ma’noli jumlalar tuzishni, so‘zlaganda otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llashni o‘rganadilar. O‘qish, qo‘l barmoqlari mayda motorikasi rivojlanadi. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar harf tanimaydilar. Lekin kitobni olib varaqlash orqali o‘zlarini o‘qiyotgandek his qiladilar va bir narsalarni gapiradilar. Masalan tanish ertaklarni,
yodlagan she’rlarini, do‘stlari bilan bo‘lgan muloqotlarni.
=== Taqdimot 14 ===
Markazni shovqindan bir oz uzoqroqqa joylashtirsangiz foydadan holi
bo‘lmaydi. Chunki qachon biz kitob bilan muloqot qilsak, do‘stlarimiz bilan suhbatlashsak bizga sokinlik jimlik kerak bo‘ladi. Agar markazimiz shovqinli joyda joylashsa, bolalar tez chalg‘iydilar, tanlagan markazlaridan boshqa markazga
o‘tishga harakat qiladilar. Markaz boshqa markazlarga nisbatan juda boy bo‘lishi kerak, chunki markazda qancha jihoz ko‘p bo‘lsa, bola ularni ko‘rish, ular haqida gapirish,
do‘stlari bilan muloqotga kirishish orqali so‘z boyligi oshadi, nutqi rivojlanadi.
=== Taqdimot 15 ===
Markazda bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: she’rli, rasmli, ertakli kitoblar, hikoya tuzish uchun dastur asosidagi mavzularga mos mazmunli rasmlar, bolaning diqqati, tasavvuri, xotirasini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy o‘yinlar, stol, stul, bor bo‘lsa pufaklar, ko‘rpachalar, turli predmetlar (hikoya tuzish uchun). Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun katta hajmdagi harflar, harfli kubiklar, bola yozishi uchun harflar kassasi, bo‘g‘inli kartochkalar, rasmli alifbo, harf yozish uchun sanoq cho‘plari, rangli iplar, so‘zdagi tovush o‘rnini topish uchun kartochkalar, turli topishmoqlar, rebuslar va boshqa dastur asosidagi jihozlar.
=== Taqdimot 16 ===
Markazdagi javonlar bolalarning yoshiga mos bo‘lishi, qo‘li yetishi lozim. Qiynalmasdan kerakli jihozlarni olishiga imkoniyat yaratish. Ularni zararsizlantirish maqsadida artish mumkin bo‘lishi, yorqin ranglardan foydalanilgan bo‘lishi lozim. Markazga kirishdan oldin albatta tarbiyachi tomonidan markazdagi faoliyat albatta bolalarga yetkazilishi lozim. Markazdagi faoliyat jarayoniga aralashmaslik, bolalarning o‘z xollariga qo‘yish va kuzatish lozim.
=== Taqdimot 17 ===
Kuzatish natijalarida nutq o‘stirish mashg‘uloti ya’ni umumiy guruh bo‘lib
ishlash uchun mavzular topasiz. Iloji boricha bolalarni rivojlanish markazlaridagi
faoliyatlarini yozib boring, bu sizga bolalarni rivojlanish xaritalaridagi indikatorlarni baholashingizda yordam beradi. Markazni tashkil etish uchun quyidagilar kerak bo‘ladi.
=== Taqdimot 18 ===
Markazning to‘laqonli ishlashi uchun quyidagilarni ta’minlash lozim:
1. Markazning chap tomonidan yorug‘lik tushishi lozim.
2. Markazdagi javonlar bolalarning bo‘ylariga mos bo‘lishi.
3. Ta’limiy o‘yinlar, hikoyalar tuzish uchun mavzuli suratlar, klassifikatsiya
qilish uchun turli predmetlar, kitoblar, harfli kassalar.
4. Doska, stol, stul, pufak, ko‘rpachalar, televizor, audio yozuvlar.
5. Hafta mavzulari asosidagi mavzularga mos ko‘rgazmali qurollar.
=== Taqdimot 19 ===
“Fan va tabiat” markazi
“Fan va tabiat” markazi agar sezayotgan bo‘lsangiz bolalarning eng sevimli
markaziga aylanib bormoqda. Chunki bolalar markaz orqali juda ko‘p tajribalarni o‘zlari, ularga ruxsat etilmagan ayrim tajribalarni tarbiyachi, kattalar yordamida o‘tkazmoqdalar va qiziqtirgan narsalarni bilib olmoqdalar. Markazning asosiy maqsadi bolalarni tabiat va tevarak atrofdagi hodisalar bilan tanishtirish, jonli va
jonsiz tabiatni farqlash, undagi turli xil mavjudotlarning yashash tarzlari haqidagi
ma’lumotlarni olishga o‘rgatish.
=== Taqdimot 20 ===
Inson organizmi to‘g‘risidagi dastlabki bilimni ham mana shu markazda oladilar, Mikroskop, elektr asboblari, oshxona jihozlaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari, tosh, suv, tuproqning xususiyatlari bilan tanishish ham aynan shu markaz mavzulariga kiradi. Demak markazning asosiy vazifasi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirishga qaratilganligiga yana bir bor iqror bo‘ldik. Markaz faoliyati ko‘proq kattalar bilan birga tashkil etiladi. Chunki bolalar xavfsizligini ta’minlash lozim. Markazga qo‘yiladigan jihozlar barchasi bola hayotiga xavf solishdan yiroq bo‘lishini ta’minlash lozim. Ularni ishlatilgandan so‘ng markazdan olib qo‘yiladi. Aynan shu tajribalarni o‘tkazilgan foto suratlar bilan bolalar olgan bilimlari mustahkamlanadi.
=== Taqdimot 21 ===
Hafta mavzusidagi jihozlardan foydalanish ehtiyoji tug‘ilganda ertalabki va kechki soatlarda tarbiyachi yordamida o‘tkazilgan tajribalar boshqa bolalar bilan ham tashkil etiladi. Markazni tashkil etishda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:
1. Markaz faoliyatiga olib kelingan har qanday predmet, mahsulot nazoratga olinadi. Qayerda ishlab chiqilganligiga e’tibor qaratiladi.
2. Markaz o‘tkir tig‘li, bola hayotiga xavf soluvchi predmet va jihozlardan holi bo‘lishi lozim.
3. Markazga tabiat, tevarak atrofga oid fotosuratlar, ta’limiy o‘yinlar, mavzular asosida turli jihozlar va materiallar bo‘lishi kerak. “Ilm, fan va tabiat” markaziga atrofdagi olam bilan tanishtirish, tabiat bilan tanishtirish, ekologiya mashg‘ulotlari kiritilgan.
=== Taqdimot 22 ===
«San’at» markazi
Ushbu markaz o‘z ichiga asosan rasm, applikatsiya, loy ishini oladi. Markazning asosiy maqsadi bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Ularni go‘zallik bilan oshno qilish, mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish orqali nutqni rivojlantirish. Bola ranglarni tanlashga, ularni o‘z o‘rnida ishlatishga o‘rganadi. Tevarak atrofdagi narsalarni ranglar orqali anglaydi. Ular orqali tushunadi. Bu markazda origami usulidagi qurish-yasash ishlari ham olib borilishi mumkin. Markazdagi barcha faoliyatni baravar qo‘yish maqsadga muvofiq. Masalan “Uycha” mavzusini bola xohlasin applikatsiya usulida xohlasin rasm chizish orqali, yoki loydan uy qursin.
=== Taqdimot 23 ===
Markazda bola uchun shunday imkoniyat yaratish kerakki, u bekor qolmasin. Biri bo‘lmasa ikkinchisidan foydalansin. Markazga taklif etilayotganda har gal “Bugun san’at markazimizda mana bu mavzuda ishlaymiz”- deb eslatish lozim. “Siz uni xohlasangiz rasm, xohlasangiz loy, xohlasangiz applikatsiya usulida bajarishingiz mumkin. Chunki sizlar hammasidan foydalanishni bilasiz”-deb ularda o‘zlariga ishonchni tarbiyalash kerak. Markazlarga taklif etilganda bolalarga ishonch bildiring. Qo‘rqmang qaychilarni to‘mtog‘ini tanlang, qalamlarni uchini doim ochib qo‘ying, mo‘yqalamni mayinini tanlang. Rangli qog‘ozlarni yorqin rangligini tanlang toki bola o‘z ishidan zavqlansin.
=== Taqdimot 24 ===
Markazda doimiy bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlar:
1. Rangli bo‘yoqlar, rangli qalamlar, yelim, mo‘y qalamlar, rangli va oq qog‘ozlar, noan’anaviy usuldagi tasviriy faoliyatlar uchun kerak bo‘ladigan turli gubkalar, tish pasta va cho‘tkasi, turli rangdagi qog‘oz salfetkalar, tayoqchalar, tashlandiq narsalar, mato qiyqimlari va boshqalar. Albatta ularni hayot xavfsizligini ta’minlagan holda joylashtirish va foydalanish lozim. “San’at” markaziga rasm, applikatsiya va loy mashg‘ulotlari kiritilgan.
=== Taqdimot 25 ===
Rivojlanish markazlari pedagoglar bolalarga ular nima bilan va qayerda shug‘ullanishni xohlayotgan bo‘lsalar, shunday imkoniyatni taqdim etish uchun imkon yaratadi. Har bir markazda mavjud bo‘lgan materiallar bolalarga predmetlarni o‘rganish, turli o‘yinli vaziyatlarda o‘z g‘oyalarini yaratish va tekshirish, o‘rganish yordamida o‘z savollariga javoblarni topishga imkon beradi.
=== Taqdimot 26 ===
Rivojlanish markazlarida bolalar integrativ shaklda ta’lim oladi, ya’ni har bir rivojlanish muhiti boshqa rivojlanish muhiti bilan uzviy bog‘liqlik asosida amalga oshiriladi. Shuning uchun ta’lim jarayoni uzviy bog‘langan va integrallashgan bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 27 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining rivojlantiruvchi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar