MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDA TA’LIMIY FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Maktabgacha Ta’lim Tashkiloti tarbiyachisining rivojlantiruvchi markazlarda ta’limiy faoliyatga rahbarlik qilish metodlari
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
МТТda markazlarga qo‘yilgan talablar.
МТТda markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
MTTda markazlar ishini tashkil etish metodikasi.
01
02
03
=== Taqdimot 3 ===
MTTda rivojlanish markazlarini tashkil etish Davlat talablari va “Ilk qadam”davlat o‘quv dasturini amalga oshirishni nazarda tutadi. Rivojlanish markazlari ta’lim, rivojlantiruvchi, o‘qitish, rag‘batlantiruvchi, uyushgan, kommunikativ funksiyalarni bajarishi kerak. Eng muhimi, ular mustaqillikni rivojlantirish ustida ishlashlari kerak, bolalar va kattalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga asoslangan bolaning tashabbusini rag‘batlantirishi kerak.
=== Taqdimot 4 ===
MTT guruhlaridagi rivojlanish markazlari – bu pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan estetik, psixologik-pedagogik shartlar majmuasi bo‘lib, o‘quv muhiti oqilona tashkil etilgan, turli xil o‘yin va o‘quv materiallari bilan ta’minlangan rivojlantiruvchi muhit. Tashkil etilgan rivojlanish markazlarida maktabgacha yoshdagi bola faol bilimga asoslangan ijodiy faoliyatga jalb qilinadi, uning qiziqishi, tasavvuri, aqliy va badiiy qobiliyatlari, muloqot malakasi rivojlanadi, eng muhimi – shaxsning uyg‘un rivojlanishi amalga oshiriladi. Rivojlanish markazlarida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning tamoyillari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlari tashkil etiladi.
=== Taqdimot 5 ===
Rivojlanish markazida texnologiyalar qo‘llash
Tadqiqot texnologiyasi orqali bolalarga tajribalar orqali mustaqil izlanib
ko‘rish, tajriba orqali xulosa chiqarish o‘rgatiladi.
Kommunikativ texnologiyasi orqali bolaga o‘z fikrini bayon etish, bahslashish,munozaraga kirishish, tasavvurlarini erkin nutq vositasida ifodalashga o‘rgatiladi.
O‘yin texnologiyasi orqali bolalar o‘yin orqali o‘rganadilar. Ta’limiy o‘yinlar, voqeaband o‘yinlar va boshqa o‘yinlar orqali amalga oshiriladi.
Faoliyat texnologiyasi orqali bolalar bilimlarni tayyor holda emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘zlari o‘rganadilar. Bola bilimlarni ta’lim-tarbiya jarayonida mustaqil o‘rganadi, mustaqil izlanadi, bolaga xulosa qilish imkoni beriladi.
Refleksiya texnologiyasi orqali bolalarga savollar orqali fikr yuritish,uni tahlil qilish o‘rgatiladi.
=== Taqdimot 6 ===
MTTda rivojlantiruvchi markazlar
Fan va tabiat;
Til va nutq;
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish;
San’at;
Qurish, konstruksiyalash va matematika.
=== Taqdimot 7 ===
Guruhlarda rivojlanish markazlarining taxminiy joylashuvi
1. Qurish, konstruksiyalash va matematika. Bo‘sh joy yetishmagan taqdirda bu markazni yotoqxonada ham joylashtirish mumkin.
2. Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish. Agar markazda yumshoq modulli mebel, shuningdek, oshxona mebellari mavjud bo‘lsa, markaz dam olish joyi sifatida ham xizmat qilishi mumkin.
3. Til va nutq. Ushbu markaz guruhning eng tinch qismida, bolalar faol faoliyati zonasidan uzoqroqda joylashgan bo‘lishi mumkin.
4. Fan va tabiat. Bu markazni tabiiy yorug‘lik yetarli bo‘lgan joyga joylashtirish kerak,chunki bu yerda xona gullari,akvarium, qushlar bo‘lishi tavsiya etiladi.
5. San’at. Bolalar suv olishlariga qulay bo‘lishi uchun uni rakovina yaqiniga joylashtirish ma’qul bo‘ladi.
=== Taqdimot 8 ===
Materiallar: yog‘och, plastikdan yasalgan katta o‘lchamli pol konstruktorlari, katta yumshoq modullar to‘plami, transport o‘yinchoqlari, turli yoshdagi millat, kasb vakillarini ifodalovchi haykalchalar, lego konstruktori to‘plami, o‘rta va kichik konstruktorlar to‘plami, kubiklar, g‘ishtchalar, prizmalar, konuslar, metall, va magnitlar.
Matematika uchun: o‘lchash, tortish, hajmi, shakli bo‘yicha solishtirish uchun ochiq qutilarda turli xil materiallar, arifmetik belgilar cho‘tlar, tortish va taqqoslash obektlar bilan tarozilar, lineykalar, o‘lchov ruletkalari, qum soati, sekundomer, raqamli kartochkalar, modellar to‘plami va tangramlar.
Qurish, konstruksiyalash va matematika
=== Taqdimot 9 ===
“Oila” o‘yinini o‘ynash uchun jihozlar;
kiyimli qo‘g‘irchoqlar, qo‘g‘irchoq mebellari, stol stullari bilan; yumshoq mebel,aravachalar, qo‘g‘irchoqlar uchun kiyimlar, o‘yinchoq ovqatlar;
Kasbga oid o‘yinlar to‘plamlari.
Shirma; kostyumlar uchun ilgich, ertakni sahnalashtirish uchun liboslar, niqoblar, atributlar, kostyum kiyish uchun atributlar, hayvon niqoblari;
Teatr tomoshalarining kichik shakllari uchun jihozlar (qo‘g‘irchoq teatri, soya va stol teatri) bo‘lishi lozim.
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish
=== Taqdimot 10 ===
Materiallar: tadqiqot uchun turli obyektlar to‘plami, toshlar,dengiz chig‘anog‘i, qarag‘ay g‘uddasi, minerallar, gazlamalar;
urug‘lar, o‘simliklar gerbariy;
kattalashtiradigan oynalar,lupalar;
mikroskop, magnitlar to‘plami;
tajriba uchun to‘plamlar, tarozilar;
bolalar uchun xavfsiz termometrlar;
qum soati, sekundomer;
o‘lchov stakanlari to‘plamlari;
ob-havo taqvimi; globus, geografik xaritalar, bolalar atlasi, tasvirli kitob.
Fan va tabiat markazi jihozlari
=== Taqdimot 11 ===
Doska, molbert, kiyimlar;
Turli o‘lchamdagi va rangli qog‘oz va karton, guash, pastellar;
Akvarel uchun qog‘oz, mumli qalam; Qora va rangli qalam, marker, akvarel Yumaloq va tekis cho‘tkalar, palitralar;
Suv, stakanlari, cho‘tka, muhrlar, lineyka
Trafaretlar, gubka, o‘chirg‘ich, salfetkalar plastilin, gil, loy, taxtachalar, steklar.
Yasash va applikatsiyalar uchun:
Turli rang va fakturali yasash uchun karton, kollajlar uchun materiallar qaychi, yelim-qalam, tabiat materiali.
San’at markazi jihozlari
=== Taqdimot 12 ===
Til va nutq markazi
Magnit doska, yumshoq bolalar mebellari;
Televizor yoki eshitish vositali audio markaz;
Materiallar: qirqiladigan rasmlar; pazllar, rasmli kubiklar to‘plami, loto, domino, juftli kartochkalar (xotira o‘yinlari);
Bolalarning yosh imkoniyatlariga muvofiq qoidalari bo‘lgan boshqa stolbosma o‘yinlari.
=== Taqdimot 13 ===
Boshqotirma oʻyinlari, alifbo plakati, magnitli alifbo;
Harfli va bo‘g‘inli kubiklar, qora va rangli qalamlar;
Flomasterlar, trafaretlar, lineykalar, qog‘oz, konvertlar, yozish uchun mashq daftarlari, suv;
Audio yozuvli disklar (ertaklar, hikoyalar).
Musiqali kompakt disklar, bolalar badiiy adabiyoti;
Bolalar uchun o‘quv adabiyoti.
=== Taqdimot 14 ===
MTTda markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish
MTTda hududning va ta’lim va tarbiya jarayoni mazmunining imkoniyatlari va xususiyatlarini inobatga olib rivojlanish markazlari tashkil etiladi va bu o‘quv dasturi maqsadini amalga oshiradi. Turli guruhda markazlar to‘plami har xil bo‘lishi mumkin, ammo davlat o‘quv dasturi guruhdagi beshta rivojlanish markazlarini tavsiya qiladi. Guruhda boshqa rivojlanish markazlarini tashkil etish bolalarning manfaatlariga, guruhning bo‘sh makoniga va MTTning moddiy-texnik imkoniyatlariga bog‘liq.
=== Taqdimot 15 ===
Markazlar bolalar faoliyatining muayyan amaliy turlari uchun imkoniyatdir. Bolalar doimo o‘zlari qiziqqan narsalarni izlaydilar: manzara, tekstura, ranglar, ijtimoiy guruhlar, faoliyat, muhit, tovushlar va hidlar. Bolalar ta’lim jarayonida MTTda qancha ko‘p vaqt sarflasa, ularga ko‘proq xilma-xillik va rag‘batlantirish kerak bo‘ladi. Bolalar xavfsizligi pedagogning asosiy mas’uliyati bo‘lib, ehtiyotkorlik bilan rejalashtirish va nazorat qilishni talab qiladi. Guruh xonasining maydoni qanday rejalashtirilganligi, rivojlanish markazlari qanday joylashganligi pedagogning bolalar salomatligi va xavfsizligini qanday ta‘minlashi va ularning ta’limini yaxshilashiga ta’sir qiladi.
=== Taqdimot 16 ===
Markazlarida pedagogning vazifasi
Mavzuli rejalashtirish faoliyatini olib borishda rivojlanish markazlari tarkibidagi barcha komponentlarni o‘zgartiradi, yangilaydi va to‘ldiradi;
bolalarning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatlarida o‘zaro muloqot qilish, bolalarning harakat faolligi, shuningdek, bolalarning imkoniyatlarini ta’minlaydi;
inklyuziv ta’limni tashkil etishda unga zaruriy shart-sharoitlar yaratadi;
ta’limiy-tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishda milliy-madaniy, iqlim sharoitlarini inobatga olishi lozim.
=== Taqdimot 17 ===
Markazlarda bolalar faoliyati
Rivojlantiruvchi markazlar bolaning yoshiga qarab materiallar va ta’limiy resurslar bilan ta’minlanadi va bir vaqtning o‘zida faol muloqot va bilish-ijodiy faoliyatga tarbiyalanuvchilarni yakka tartibda, shuningdek, kichik guruhlarda jalb etish mumkin. Markazlardagi yetakchi faoliyat – bu o‘yin va tadqiqot texnologiyasi orqali bolalarga tajribalar orqali mustaqil izlanib ko‘rish, tajriba orqali xulosa chiqarishni o‘rganishadi. Bolalar muammolarni izlash, kashfiyot orqali o‘rganish, tajriba o‘tkazishlari mumkin.
=== Taqdimot 18 ===
MTTda markazlar ishini tashkil etish metodikasi
Hafta mavzusi “Qo‘shni davlatlar” bolalar to‘liq tushunishi uchun keng va qiyin mavzu bo‘lganligi uchun bir hafta davomida atributlar bilan qo‘shni davlatlar haqida ko‘rgazmalar tashkil qilish lozim, bu urf odatlar farqlari va o‘xshashliklarini, xalq san’ati go‘zalligini tushunishga yordam beradi. Guruh xonasining kirish qismida xavfsizlik burchagi joylashishi mumkin unda esa yong‘in xavfsizligi va yo‘l harakati qoidalari aks etgan ma’lumotlar bo‘lishi lozim. Har bir markazda rivojlantiruvchi o‘yinlar, ta’limiy o‘yinlar to‘plami bo‘lishi lozim.
=== Taqdimot 19 ===
Markazdagi javonlar bola yoshiga mos bo‘lishi va javonlardagi o‘yinchoqlar, ko‘rgazmali qurollar bola olishiga xalaqit qilmasligini ta’minlash;
Markazdagi jihozlar dasturdagi mavzularga mos bo‘lishi va o‘tilgan mavzularni tez olib tashlamaslik uchun sharoit yaratish;
Har haftada hafta mavzusi asosida yangi o‘yinlar, ko‘rgazmali qurollar, o‘yinchoqlar bilan boyitish;
Bolalar faoliyatini kuzatishda matematik bilimini kengaytirishga oid son sanoq, kattalik, fazoviy tushunchalar, geometrik shakllar va vaqtni bilishga qaratilgan ta’limiy o‘yinlar bilan mashg‘ul qilish.
Qurish, konstruksiyalash va matematika markazi ishi
=== Taqdimot 20 ===
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazida faoliyat
Markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishiga, o‘z mahoratini ko‘rsatish uchun juda qulay muhit. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega. O‘yinlarda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali axloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni mavjud.
=== Taqdimot 21 ===
Til va nutq markazida faoliyat
Markazda bola hayotidagi eng kerakli bo‘lgan og‘zaki nutq rivojlanadi, hamda o‘qish malakalari, qo‘l barmoqlari mayda motorikasi ham rivojlantiriladi. Markaz juda boy bo‘lishi kerak, chunki markazda qancha jihoz ko‘p bo‘lsa, bola ularni ko‘rish, do‘stlari bilan muloqotga kirishish orqali so‘z boyligi oshadi, nutqi rivojlanadi. Markazda she’rli, rasmli, ertakli kitoblar, hikoya tuzish uchun dastur asosidagi mavzularga mos mazmunli rasmlar, bolaning diqqati, tasavvuri, xotirasini rivojlantirishga qaratilgan ta’limiy o‘yinlar, bo‘lishi lozim. Bolalar uchun katta hajmdagi harflar, harfli kubiklar, bola yozishi uchun harflar kassasi, bo‘g‘inli kartochkalar, rasmli alifbo, harf yozish uchun sanoq cho‘plari, rangli iplar, so‘zdagi tovush o‘rnini topish uchun kartochka, turli topishmoq, rebuslar o‘rin oladi.
=== Taqdimot 22 ===
Til va nutq markazi uchun o‘yinlar
Toshli alifbo
Sehrli o‘yin
Ehtiyotkor piyoda
=== Taqdimot 23 ===
Markaz bolalarning eng sevimli markazi chunki bolalar markaz orqali juda ko‘p tajribalarni o‘zlari, ularga ruxsat etilmagan ayrim tajribalarni tarbiyachi, kattalar yordamida o‘tkazadilar va qiziqtirgan narsalarni bilib oladilar. Markazning maqsadi tabiat va tevarak atrofdagi hodisalar bilan tanishtirish, jonli va jonsiz tabiatni farqlash, undagi turli xil mavjudotlarning yashash tarzlari haqidagi ma’lumotlarni olishga o‘rgatish. Inson organizmi to‘g‘risidagi dastlabki bilimni ham mana shu markazda oladilar. Mikroskop, elektr asboblari, oshxona jihozlaridan foydalanishdagi xavfsizlik qoidalari, tosh, suv, tuproqning xususiyatlari bilan tanishish ham aynan shu markaz mavzulariga kiradi. Markazning asosiy vazifasi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Fan va tabiat markazida
faoliyat maqsadlari
=== Taqdimot 24 ===
San’at markazi ishinni rejalashtirish
Markazda origami usulidagi qurish-yasash ishlari ham olib borilishi mumkin. Masalan “Uycha” mavzusini bola xohlasin applikatsiya usulida xohlasin rasm chizish orqali, yoki loydan uy qursin. Markazda bola uchun shunday imkoniyat yaratish kerakki, u bekor qolmasin. Markazga taklif etilayotganda har gal “Bugun san’at markazimizda mana bu mavzuda ishlaymiz”- deb eslatish lozim. Bolalarga qo‘rqmang qaychilarni to‘mtog‘ini tanlang, qalamlarni uchini doim ochib qo‘ying, mo‘yqalamni mayinini tanlang deyish lozim. Rangli qog‘ozlarni yorqin rangligini tanlash kerak toki bola o‘z ishidan zavqlansin.
=== Taqdimot 25 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING RIVOJLANTIRUVCHI MARKAZLARDA TA’LIMIY FAOLIYATGA RAHBARLIK QILISH METODLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar