MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING ASOSIY FAOLIYAT FUNKSIYALARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining asosiy faoliyat funksiyalari
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy faoliyati.
MTT tarbiyachisining asosiy faoliyat funksiyalari.
Tarbiyachi pedagogik faoliyatida yaratuvchanlik va ijodiylik.
=== Taqdimot 3 ===
Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalariga ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borishga yordam beradi. Tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.
=== Taqdimot 4 ===
Tarbiyachi lavozim vazifalari
Oʻziga-oʻzi xizmat qilish va hayot xavfsizligini taʼminlash boʻyicha bolalar koʻnikmasini shakllantirish,
guruhda davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan dasturlaridan bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda samarali foydalanish, mashgʻulotlarga tayyorgarlik koʻrish, vizual va didaktik materiallarni tanlash, sogʻlom turmush tarzini faol targʻib qilish.
“Maktabgacha taʼlim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash toʻgʻrisida” qarori talablari asosida ishni tashkil etish, davlat oʻquv dasturlarini joriy etilishi hamda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalarni toʻlaqonli bajarish,
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari” hamda davlat oʻquv dasturlarini joriy etish.
=== Taqdimot 5 ===
Asosiy lavozim malaka tavsifi
Bolalarni maktab taʼlimiga sifatli tayyorlashda taʼlim-tarbiyaning zamonaviy shakl va usullarini qoʻllay olish, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy xorijiy, ijtimoiy kommunikativ hamda muomala koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan turli xildagi tadbirlarni tashkil etish, bola shaxsiga alohida yondashuvni, guruh va individual mashgʻulot, oʻyin, sahnalashtirish, tabiatga ekskursiyalar tashkil qilish.
=== Taqdimot 6 ===
Bolaning individual xususiyati, qiziqish va qobiliyatini oʻrganish, taʼlim-tarbiya jarayonida bolalarda umumiy asosiy kompetensiyalar va rivojlanish sohasi kompetensiyalarini shakllantirish, bolalarni har tomonlama intellektual, maʼnaviy-estetik va jismoniy rivojlantiruvchi zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini tubdan oshirish.
=== Taqdimot 7 ===
Bilishi lozim
Maktabgacha taʼlim sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni, ularni amaliyotga tatbiq etishni, bolalar huquqlarini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarni,
tarbiyalanuvchilarni taʼlim-tarbiya dasturlari va boshqa muqobil variativ dasturlar orqali bilim olishini taʼminlashda ota-onalarga metodik yordam, maslahatlar bera olish,
maktabgacha pedagogika va psixologiya, defektologiya asoslari, yosh anatomiyasi va fiziologiyasini bilishi lozim.
=== Taqdimot 8 ===
Maktabgacha yoshdagi bolalarga taʼlim va tarbiya berish shakl va metodlarini,
jumladan ilk matematik tasavvurlarini shakllantirish, tabiat va tevarak atrofni bilishni, tasviriy faoliyat oʻrgatish metodikalarini, mehnat, musiqiy va jismoniy tarbiya orqali malaka va koʻnikmalarni hosil qilishni,
maktabgacha yoshdagi bolalarning ommaviy oʻyinlarini tashkil qilish qoidalarini,
guruhdagi mebel jihozlarni toʻliq saqlanishini taʼminlashni,
attestatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmunini bilishi lozim.
=== Taqdimot 9 ===
Birinchidan MTT tarbiyachisi sifatida oʻz imkoniyatlarini obyektiv baholay olishi, oʻzining kuchli va zaif tomonlarini bilishi.
Ikkinchidan bolani xuddi “oʻzi”dek tushunishi, bilishi, hurmat qilishidan iborat boʻlgan muvaffaqiyatli faoliyat va shart- sharoit zarur,
Uchinchidan bolaning oʻquv faoliyatini, tashkillashtira olishi, shu bilan birga pedagogik muloqotning fasilitatori va partnyori sifatida namoyon boʻlishi kerak.
Toʻrtinchidan u bolalarni kuzatib, mavjud nuqsonlarni aniqlab va pedagogik-diagnostik metodlari orqali korreksiyalash ishlarini muntazam olib bora olishi lozim.
=== Taqdimot 10 ===
MTT tarbiyachisining asosiy vazifasi.
=== Taqdimot 11 ===
Tarbiyachi oʻziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda oʻsha faoliyatiga nisbatan qiziqish uygʻota olish, ularning diqqatini jalb qilib, faolligini oʻstirish bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay lozim;
har bir faoliyat uchun kerakli material va jihozlarni avvaldan tayyorlab qoʻyishi;
bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila olish;
bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlashi;
tarbiyachi ota-onalar bilan tez-tez suhbatlar, uchrashuvlar oʻtkazib, axborot almashtirib turishi lozim, pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda boʻlishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa boʻlsa yupata bilishi lozim.
=== Taqdimot 12 ===
Tarbiychisining asosiy faoliyat funksiylari
Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya,fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak.
Ta’lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalanishi hamda kommunikativlik layoqatiga ega boʻlish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qoʻl, oyoq va gavda xarakatlari, mimika, jest, pantomimika qonuniyatlarini chuqur oʻzlashtirib olish lozim.
=== Taqdimot 13 ===
Tarbiyachi eng avval, bolaning kelajagi, taqdiri uchun yuksak mas’uliyatni toʻla anglab etishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bola rivojining muhim qadriyat ekanligini tushunishgina emas, balki bola rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlarni ham egallashi muhimdir. Muhim qonuniyatlardan, oʻz navbatida tarbiyachining quyidagi ikkita muhim funksiyasini belgilab beradi:
bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash uchun zarur pedagogik shart-sharoitlar yaratish,
bolalarning hayotiy faoliyati xavfsizligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash.
=== Taqdimot 14 ===
Tarbiyachining kasbiy funksiyalari
ota-onaga ma’rifiy bilimlarini oshirishda ishtirok etish
oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyaviy ta’sirini boshqarish hamda uygʻunlashtirish.
Bugungi kunda jamiyatda maktabgacha ta’lim ishiga qoʻyilayotgan talablar tarbiyachidan muntazam ravishda oʻzining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib borishni talab qiladi. Bu esa oʻz navbatida MTT tarbiyachisi kasbiy faoliyatining yana bir yoʻnalishi – mustaqil ta’lim olishni shart qilib qoʻyadi. Tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi boʻyicha yetuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. Tarbiyachi oʻzini mutaxassisligi boʻyicha chuqur puxta bilimga ega boʻlish, oʻz ustida tinimsiz ishlashi kerak.
=== Taqdimot 15 ===
Tarbiyachilar kasbiy kompetentligi
shaxsiy tayyorgarlik kasbiy tayyorgarlik, refleksiv tayyorgarlik.
Shaxsiy tayyorgarligi
gnostik bilishga doir qobiliyatlar;
tashkilotchilik qobiliyatlari;
kommunikativ qobiliyatlar.
Kasbiy tayyorgarligi
nostandart shakl, metod va vositalarini izlash o‘z faoliyati, o‘quv jarayonida bolalarning individual rivojlanishi, innovatsion o‘quv reja va dasturlarni loyihalay olish,
Refleksiv tayyorgarlik
tarbiyaviy jarayon natijalariga asoslangan holda tarbiyachining kelgusi faoliyatini rejalashtirish imkoniyatini berib, uning uch turdagi refleksiv qobiliyatini o‘z ichiga qamrab oladi, obyektni his qilish, o‘lchovni bilish va daxldorlik hissi.
=== Taqdimot 16 ===
Tarbiyachi pedagogik faoliyatida yaratuvchanlik va ijodiylik
Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi uchun yaratuvchanlik va ijodiylik qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Tarbiyachining kasbiy kompetenti va mahorati malakali mutaxassis bo‘lishi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rishi kerak.
Tarbiyachi yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori ma’lumotli, kasbiy bilimlarni puxta egallab, zarur metodik adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, o‘z ishiga tatbiq eta oladigan shaxs bo‘lishi lozim.
Tarbiyachi kuzatuvchanlik qobiliyatini yaxshi egallagan, bolaga ijobiy ta’sir etuvchi vositalarni topa oladigan bo‘lishi kerak.
=== Taqdimot 17 ===
Mashg‘ulot uchun zarur materiallarni oldindan tayyorlab qo‘yishi, tarbiyalanuvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirib borilishiga erishishi, o‘rganilayotgan materiallarni tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo‘lishini ta’minlashi lozim.
Kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi, ularning faoliyati o‘quv, o‘yin, mehnat mazmunli bo‘lishi uchun kerakli materiallar bilan ta’minlashi zarur.
Bolalarning jismoniy va psixologik holatini to‘g‘ri baholay olishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarida e’tiborga olishi kerak.
Kun davomida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini muntazam tahlil qila olishi va uni yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topishi zarur.
=== Taqdimot 18 ===
Tarbiyachi MTTda asosiy shaxs hisoblanadi. Butun g‘oyaviy- tarbiyaviy ishlarning sifati va qolaversa, kelajak avlodni tarbiyalanganlik va bilish darajasi tarbiyachining g‘oyaviy-siyosiy va ilmiy pedagogik tayyorgarligiga, javobgarlik hissiga, pedagogik mahoratiga va ishga bo‘lgan ijodiy munosabatiga bog‘liq. MTT o‘quv dasturi bolalarning yoshini, jismoniy va ruhiy xususiyatlarini hisobga olib tuzilgani bilan har bir boladagi alohida ruhiy xususiyatning qay vaqtda va qanday namoyon bo‘lishini oldindan ko‘ra olmaydi, bu ish dasturda yaxshi tayyorlangan tarbiyachining zimmasiga yuklanadi.
=== Taqdimot 19 ===
Tarbiyachi o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Tarbiyachi kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi ahamiyatli bo‘lib, pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi.
=== Taqdimot 20 ===
Tarbiyachining kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘usida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi hamda kreativlik tarbiyachi shaxsini yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi va kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi, pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘ladi va uning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli bolalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi.
=== Taqdimot 21 ===
Tarbiyachining ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Tarbiyachining ilmiy-tadqiqot ishlari unda kreativlik potensialini yanada rivojlantiradi.
=== Taqdimot 22 ===
kreativlik pedagogning an’anaviy pedagogik fikrlashdan farqli ravishda ta’lim va tarbiya jarayonini samaradorligi ta’minlashga xizmat qiluvchi yangi g‘oyalarni yaratish, shuningdek, mavjud pedagogik muammolarni ijobiy hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligini tavsiflovchi qobiliyatidir. Tashkilotda ijodiy muhit yaratish har bir tarbiyachining individual xususiyatlari, imkoniyatlari va qobiliyatlarini yaxshi bilishni talab qiladi. Tarbiyachining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda asosiy rolni uning kasbiy faoliyati va o‘zini takomillashtirish istagi egallaydi.
=== Taqdimot 23 ===
Agar fikrlash jarayonida ijod ustunlik qilsa, u holda u o‘zini tasavvur sifatida namoyon qiladi. Tarbiyachining kasbiy mahorati ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachilarining kasbiy faoliyati va uning ijodkorligi muhim ahamiyatga ega va har bir tarbiyachi o‘zining ijodiy fikrlashi va faoliyati orqali bolalarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi,shunday qilib ijodkorlik tarbiyachining sifatlaridan biridir. Mashg‘ulotga kirishdan oldin tarbiyachi ma’lum darajada ijodiy izlanishlar olib borishi uning kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatini ta’minlab beradi.
=== Taqdimot 24 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING ASOSIY FAOLIYAT FUNKSIYALARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar