Maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari

4000 so'm


Maktabgacha ta'limda tabiat bilan tanishtirish mashg'ulotlari

 

 

Slayd 1

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini o’tkazish.

Slayd 2

Reja:
Kirish
Tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tashkil etishga oid rega tuzish tamoyillari
Mashg‘ulot rejasi.Tabiatshunoslikka oid ta’limiy o‘yinlarni rejalashtirish
Tabiat bilan tanishtiruvchi o’yinlarni tashkil etish
Xulosa

Slayd 3

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyalarda, kundalik hayotda, kuzatishlarda, suhbatlarda hamda mehnatda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mash- g‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi.

Slayd 4

Mashg‘ulotlarning bir xillarida boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rish, badiiy asarlarni o‘qish, hikoya, diafilm va kino- filmlarni ko‘rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg‘ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi.

Slayd 5

Mashg‘ulotga tayyorlanish. Mashg‘ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi mashg‘ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo‘yicha tabiatshunoslik bilimlarini to‘ldirishi, so‘ng mashg‘ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim. Bunda tarbiyachi Ilk qadam dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarak- atrofdagi tabiiy muhitga tayanadi.

Slayd 6

Mashg‘ulotga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda uning tuzilishini to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari hamda bolalarning yoshiga bog‘liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishning yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko‘rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o‘simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg‘ulotlarida kuzatish, o‘yin metodlaridan foydalaniladi. Og‘zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalaniladi

Slayd 7

Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazishdan oldin bir qancha ko‘rgazmali qurollar, yani jonli va jonsiz tabiat jismlari (ger- bariylar, yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar, foydali hasharotlar, o‘simliklar va ularning qismlari, mayda hayvon va boshqalar)ni tayyorlab qo‘yadi.

Slayd 8

Mashg‘ulot, asosan, quyidagi tartibda olib boriladi:
Ish maqsadini e’lon qilish;
topshiriqni tushuntirish;
ko‘rgazmali qurollar ustida ishlash;
kuzatish;
o‘tkazilgan ish natijalarini tushuntirish — suhbat;
xulosa chiqarish;
rasmlar chizish

Slayd 9

Ekskursiya
Ma’lumki, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tarbiyachi xilma-xil: og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlarni qo‘llaydi. U o‘simlik va hayvonlarni, ularning yashash sharoitlarini namoyish qiladi. Bu narsalarni oddiy mashg‘ulotlarda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tabiat bilan tanishtirish metodikasida mashg‘ulotlarni to‘ldiruvchi maxsus shakllar qo‘llaniladi

Slayd 10

Ekskursiyaning asosiy qismi — kollektiv kuzatishdir. Bunda mashg‘ulotning asosiy qismi hal qilinadi. Tarbiyachi bolalarga narsa va hodisalarning xarakterli xususiyatlarini anglab olishlariga yordam beradi. Bunga turli usullar (savol va topshiriqlar, she’rlar, tadqiqotchilik harakatlari, o‘yin usullari)ni qo‘llash orqali erishiladi. Tarbiyachi kuzatishlarni o‘z hikoyasi hamda tushuntirishlari bilan to‘ldiradi.

Slayd 11

Bolalar mustaqil ishlayotgan vaqtda, tarbiyachi ham yordam berib turishi lozim. Ba’zan o‘simlikni qanday kavlab olishni, quruq novdani qanday qirqishni va shu kabilarni ko‘rsatib turishi kerak. Dam olish vaqtida to‘plangan ma- teriallar saralanadi, jildlarga, savatchalarga joylanadi, ba’zi- laridan o‘yin va mashqlarda foydalaniladi

Slayd 12

Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiyada olingan bilimlar mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, tabiat burchagida o‘tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiya yakunida to‘plangan materiallarni tabiat burchagiga joylash- tirish (masalan, o‘simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o‘simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur.

Slayd 13

Bu ekskursiyadan maqsad — bolalarni bahorgi o‘zgarishlar bilan tanishtirish, ularni ko‘rish hamda tabiatda sodir bo‘- layotgan o‘zgarishlarning sababini tushunish ko‘nikmalarini o‘stirishdir.
Qishloq xo‘jalik ekskursiyalarini kattalar mehnatining ayrim turlari bilan tanishtirish maqsadida epizodik tarzda o‘tkazish lozim

Slayd 14

Ekskursiyani uyushtirish guruhdagi mashg‘ulotni uyush- tirishga qaraganda qiyinroqdir, shuning uchun uning muvaffaqiyatli o‘tishi tarbiyachi va bolalarning puxta tayyor- lanishlariga bog‘liq bo‘ladi

Slayd 15

Nazorat savollari
Bolalarni tabiat bilan tanishtirish qanday shakllarda olib boriladi?
Bog‘cha bolalarini tabiat bilan tanishtirishda amaliy mashg‘ulotlar qanday ahamiyatga ega ?
Mashg‘ulotga tayyorlanishda nimalarga ahamiyat berish kerak?
Amaliy ishlarni bajarishda tarbiyachining vazifalari nimalardan iborat?
Mashg‘ulotlar qanday tartibda olib boriladi?
Tabiat bilan tanishtirishda ekskursiya qanday ahamiyatga ega ?
Ekskursiya necha turga bo ‘linadi?
Ekskursiyada to ‘planadigan materiallardan qaysi mashg‘ulotlarda foydalanish mumkin ?
Ekskursiyaningmuvaffaqiyatli o‘tishi nimalarga bog‘liq?

Slayd 16

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 17

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Maktabgacha ta’limda tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar