Maktabgacha ta’lim metodologiyasi kategoriyalari
4000 so'm

Slayd 1
Pedagogik tadqiqotlarning asosiy kategoriyalari va tushunchalari
Slayd 2
Reja:
Metodologiya tushunchasining mazmun moxiyati
Metodologiktadqiqot va maxsus ilmiy tadqiqot mazmuni
Pedagogik ijodkorlik va uning o‘ziga xos xususiyaííari.
Slayd 3
Metodologik
Metodologiya tushunchasi o‘zida ikki jihatni aks ettiradi: metodologik. Birinchisi bilish faoliyati natijalari bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi mazkur faoliyatning o‘zi hisoblanadi
bilish faoliyati
Slayd 4
Har bir fanning o‘ziga xos kategoriyalari, tushunchalari, tadqiqot predmeti, obyekti va fanshunoslikning umumiy qoidalari, ilmiylik mezoni ifodalanishidir. Globallashuv jarayonida fanning rivojlanishi, ilmiy tadqiqot tili, kategoriyalari uning umumiy jahonshumul va xususiy muayanligi muhim o‘rin tutadi.
So‘nggi vaqtlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish bilan bog’liqlikda metodologiyani tavsiflash bilan bog‘liq qator savollar tug‘ilmoqda: metodologik har bir kishining shaxsiy yutug‘i bo‘lishi kerak emasmi? Maxsus bilish sohasini metodologiya deb atash o‘rinli bo’ladimi? Ko‘plab olimlaming sa’y-harakatlari bilan fan sohasida amalga oshirilgan ilmiy ishlarni korreksiyalash va takomillashtirishdan foyda bormi?
Slayd 5
Shuningdek, ayrim adabiyotlarda bayon etilishicha, «obyektiv» metodologiya bo‘lishi kerak emas, aksincha, har bir kishi uchun ilmiy ijod individual xarakter kasb etishi, ya’ni «subyektiv» metodologiya bo‘lishi lozim. Biroq mazkur fikrlarni to‘liq tasdiqlab bo’lmaydi. Avvalgi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, pedagogika fani metodologiyasi pedagogik fanlar va pedagogik tadqiqotlar haqida bilimlar tizimini ifoda etsa, ikkinchidan, mazkur bilimlarni qo‘lga kiritish, shuningdek, tadqiqot dasturi (metodologik ta’minoti)ni asoslashga doir faoliyat sifatida metodologiya sohasi bilan bog‘liq qator tushunchalarga aniqlik kiritish imkonini beradi.
Slayd 6
Shuningdek, metodologiyani tushunish nuqtai nazaridan quyidagi savollargi aniq javob topishga erishish mumkin: pedagogika metodologiyasi nima bilan shug‘ullanadi va kim shug‘ullanishi kerak? Pedagogika sohasida metodologik bilimlarni egallashning qanday usullari mavjud va qanday bilimlar qo‘lga kiritiladi? Tadqiqotlaming metodologik ta’minotining manbalari, obyektlari va tartib-qoidalari qanday bo’lishi lozim. Dastlab metodologik tahlil obyektlarining maxsus ilmiy tahlil obyektlaridan farqiga aniqlik kiritish lozim
Slayd 7
Qachonki, biz tahlil bilan shug‘ullansak, eng avvalo, bizning e’tiborimiz nimaga, ya’ni qanday obyektga qaratilganligini aniqlab olishimiz zarur. Pedagogikada maxsus-ilmiy ish deganda nima tushuniladi? Maxsus-ilmiy ish aniq metodologik tadqiqotni anglatmaydi, u pedagogik faoliyatni tadqiq etishga yo‘naltirilgan bilish faoliyatidir. Metodlar tasnifi, ta’lim mazmunini masalalari yoki zamonaviy darsni tashkil etish muammolarini o‘rganish – maxsus-ilmiy tahlil sohasidir. Biroq metodologik tahlil ham bor. Mazkur holatda biz bu masalalarni qanday tadqiq etamiz: masalan, ushbu masalalarni o‘rganishda fan metodlari to‘g‘ri qollaniladimi, bilish maqsadi bilan biz foydalanayotgan tushunchalar tizimi bir-biriga muvofiqmi?
Slayd 8
Ikkinchidan, metodologik masalalar maxsus-ilmiy masalalardan farq qiladi. Metodologik masalalar: maktab amaliyotida didaktik bilimlardan foydalanish masalalari, pedagogik bilimlarning turlari, xususiy metodika bilan didaktikaning aloqadorligi, pedagogik dalillar, pedagogik tadqiqotlar mantig‘i, pedagogik tadqiqotlarda formallashtirishni qo‘llash doirasi va shart-sharoitlari, pedagogik tadqiqotlar bosqichi sifatida maktab tajribasini o‘rganish va h.k. Mazkur holtada e’tibor amaliy yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatga qaratilgan.
Slayd 9
Pedagogika fani bo‘yicha amalga oshiriladigan tadqiqot ishlarinig metodologik ta’minoti qator o‘ziga xosliklariga ega. Metodologik ta’minoti manbasi tushunchasi tadqiqotchi uchun mo‘ljal olishga imkon beruvchi va ierarxik mansublikka ega alohida turdagi bilimlar yig‘indisini anglatadi.
Tadqiqotchi uchun mo‘ljal olishga yordam beruvchi birinchi metodologik manba falsafiy qoidalar va undagi metodologik funksiyalardir. Masalan, nazariya va amaliyot birligi haqidagi nazariya. Ana sha tarzda falsafa metodologik ta’minot manbalaridan biri sifatida namoyon bo’ladi.
Slayd 10
Metodologiyaning bir nechta darajalarining mavjudligi umumfalsafiy qoidalar, shuningdek, umumilmiy metodologiya darajasida ishlab chiqilgan bilimlar va yondashuvlarni metodologik ta’minot tarkibiga kiritishga teng huquq beradi.
Metodologiyaning yana bir manbasi pedagogika sohasida tadqiq qilingan ilmiy ishdir. Mazkur tadqiqotlarning natijalari yaxlitlikda pedagogikaning o‘ziga xosliklari, uning boshqa fanlar bilan aloqasi, pedagogik faktlar, pedagogik nazariyaiami shakllantirish shart-sharoitlari, pedagogikaning obyekti va predmeti va mustaqil amalga oshirilgan pedagogik tadqiqotlar haqidagi bilimlarni o‘zida aks ettiradi.
Slayd 11
Ijod deganda keng ma’noda shaxs yoki jamiyatning tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy olamni insonning maqsad va vazifalariga, uning ehtiyojlari, istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda o‘zgartirish borasidagi bunyodkor faolligi tushuniladi.
Uzoq vaqtlar davomida ijod – bu insonga tabiat ehson etgan noyob qobiliyat, u har kimga ham berilmaydi, deb hisoblanib kelingan. Aslida ijod – bu insonning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish faoliyati bo‘lib, unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati va irodasi faol ishtirok etadi hamda butun bilimi, tajribasi va iste’dodi namoyon bo‘ladi.
Slayd 12
O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasida
Ijod – yaratish, kashf etish; vujudga keltirish ma’nolarini anglatib, badiiy, ilmiy, san’atga oid asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik faoliyati hamda yaratuvchilik faoliyati mahsuli, samarasi ekanligi qayd etib o‘tilgan.
Slayd 13
“Ijod (arab. Yaratish, kashf etish, vujudga keltirish) – badiiy, ilmiy, amaliy asar yoki moddiy boylikni yaratish, vujudga keltirish. Ijod mohiyatan yaratuvchanlik faoliyati bo‘lib, inson ma’naviyatining amaldagi ko‘rinishini ifoda etadi».
Slayd 14
Pedagogik ensiklopedik lug‘atda
“Ijodiy faoliyat sifat jihatdan yangini yaratishga doir inson yoki jamoaviy faoliyat shakli. Ijodiy faoliyatning zaruriy sharti fikrning egiluvchanligi, tanqidiylik, idrok etishning yaxlitligida aks etadi», deb izoh berilgan. Mazkur lug‘atda «ijod» va «ijodkorlik» tushunchalariga alohida ta’rif berilmagan.
Slayd 15
Mazkur tushunchalar bir doiraga mansub hodisaning ikki jihatini, ya’ni ijodkorlik jarayonli-natijaviy jihatni, kreativlik subyektivlik bilan bog’liqlikni o‘zida aks ettiradi. Garchi olim mazkur tushunchalar o‘rtasidagi farqni ajratib ko‘rsatishga harakat qilgan bo‘lsa ham, biroq ta’rif ancha noaniqlik kasb etgan.
Slayd 16
“Ijodkorlik» va «kreativlik» tushunchalari sinonim so‘zlar sifatida talqin qilinadi. Ya’ni kreativlik ijod psixologiyasi doirasida qo’llanilib, mazkur tushuncha alohida ajratib ko‘rsatilmaydi;
ijodkorlik yaxlitlikda madaniy faoliyat bilan bog‘liq, kreativlik esa subyekt uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga chiqarish tarzida tavsiflanadi;
kreativlik ijodkorlik masalasini o‘rganishning alohida jihati sifatida inson salohiyati, ichki resurs bilan bog‘liqlik kasb etadi.
Slayd 17
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 18
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALALIYA NUTQ KAMCHILIKLARI BO‘LGAN BOLALARDA LOGORITMIK MUSIQIY RITMIK TARBIYAVIY ISH USULLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 34 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA JISMONIY TARBIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
PEDAGOGIK FIKRLARNING ILK MANBALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKASINING MAZMUNI VA KETMA KETLIGI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 11 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TA’LIM PEDAGOGIKASINING ASOSIY RIVOJLANISH DAVRLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 45 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.