MAKTABGACHA KICHIK, O‘RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING VAZIFALARI, METODLARI VA VOSITALARI
6000 so'm

Slayd 1
MAKTABGACHA KICHIK, O‘RTA VA KATTA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINI O‘STIRISHNING VAZIFALARI, METODLARI VA VOSITALARI
Slayd 2
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish qonuniyatlari.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish vazifalari.
Maktabgacha о‘rta yoshdagi bolalar nutqini о‘stirishning metodik masalalari.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot.
REJA:
Slayd 3
Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi natijasida rivojlanadi. Shunday qilib, til va nutq maktabgacha katta yoshdagi bolaning psixologik rivojlanishi hamda dastavval xotirasi, fikrlashi, idrok etishi, hissiyot va ehtirosini ta’minlaydigan ikkita muhim vositadir.
Slayd 4
To‘rtinchi qonuniyat
Beshinchi qonuniyat
Uchinchi qonuniyat:
Ikkinchi qonuniyat
Birinchi qonuniyat
Ona tilidagi nutqni idrok etish qobiliyati
01
Nutq ma’nosini tushunish
02
Nutq ifodaliligini o‘zlashtirish
03
04
Nutq me’yorlarini o‘zlashtirish
05
Nutqni boyitish, avvalo, nutq ko‘nikmalarini
takomillashtirish
Slayd 5
Nutqni samaraliroq rivojlantirish maqsadida bolaning tevarak-atrof to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengaytira borish;
Bolaning nutqi til qonuniyatlariga to‘g‘ri amal qilish, kattalar
nutqini idrok etish va o‘zining ijodiy faolligi;
01
03
04
Tilni to‘g‘ri o‘rganish, uning grammatik tuzilishiga e’tibor berib so‘zlashish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida soglom, tabiiy muhit
yaratish kerak
Til qonuniyatlariga amal qilishda:
02
Slayd 6
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish vazifalari
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi.
Slayd 7
Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi.
Bola dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o’yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi “nazariy” muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Slayd 8
01
Bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang!
Slayd 9
Tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring.
02
Slayd 10
Bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari nomlari bilan boyitib boring.
03
Slayd 11
Muloqot jarayonida o‘rgating!
Bolalarni unli va undosh tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilishga;
O‘z fikrini izchil bayon qilishga o‘rgating.
Slayd 12
Bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalaliklik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur.
Slayd 13
Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakatga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan “aynitadi”, himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi “devor”, atrofdagi olamni “ko‘rmaslik” paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi, suratlarda odamlarni “ko‘rmaydi”, odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi.
Slayd 14
Bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish;
Bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish;
Quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tushunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish;
O‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihatdan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k);
Bolaga o‘zaro munosabatlardan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur:
Slayd 15
Jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayrlashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish;
Yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni berib turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimosiga xushmuomalaliklik bilan javob qaytarish;
Javobini xotirjamlik bilan tinglash;
O‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z noroziligini izhor qilish.
Slayd 16
Ta’lim
Til va Nutq
Nutqiy muloqot
Markazlar
Faoliyat
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqiy muloqotini rivojlantirish
Syujetli va rolli
O‘yin, mehnat, maishiy
Slayd 17
Pedagogik ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganida maktabgacha kichik yoshdagi bola ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi:
Insoniy munosabatlarni tushunadi, atrofdagilarning unga nisbatan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; ota-onasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlarni payqaydi;
Diqqat-e’tibor, hamdardlik izhor qiladi;
Slayd 18
“Men xohlayman!” Vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turishga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch,qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi;
Bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqotda va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va boshqa vositalardan foydalanadi.
Slayd 19
Maktabgacha о‘rta yoshdagi bolalar nutqini о‘stirishning metodik masalalari
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg‘ulotlardagina amalga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi.
Slayd 20
O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari
Kattalar va tengdoshlari bilan muloqotini qo‘llab-quvvatlash
So‘z, yuz ifodasi (imo-ishora)dan foydalanishni
O‘rgatish
Dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish
Saturn is the planet with many rings
Ertak va kichik hikoyalami so‘zlab berish
Bolani “tovush”, “so‘z”, “gap” atamalari bilan tanishtirish
Saturn
4
5
3
2
1
Slayd 21
Maktabgacha о‘rta yoshdagi bolalar nutqini о‘stirish vazifalari
Maktabgacha о‘rta yoshdagi bolalarda maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola tanish an’anaviy ertakni mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og‘zaki hikoya to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli darajada rivojlanayotganini bildiradi.
Slayd 22
Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yangi so‘zlami o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga ahamiyat bering.
Slayd 23
Nutqning tovush tomoni, nutqning mazmundorligi, bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini rivojlantirishga, nutqning ravonligiga ahamiyat bering!
Slayd 24
O‘rta guruh yoshidagi bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi:
Birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar;
Ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati yetarli rivojlanmagan bo‘ladi;
Uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulyatsiya apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi;
Slayd 25
Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgandir;
Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg‘ulami to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sanoq tovushlari (l, r) to‘g‘ri talaffuz etilishiga alohida ahamiyat berish kerak.
Slayd 26
Bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi;
Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda);
Oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda);
Yettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarini ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bola nutqini shakllantirish
Slayd 27
Muloqot vositalari
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas. Bu jarayon bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va birinchi navbatda, muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir. Nutqni rivojlantirish nafaqat bolani atrof-muhit bilan tanishtirish, balki uni umumiy ruhiy rivojlantirish uchun ham zarur. oilada bola nutqini o‘stirishdan maqsad og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashi, faol nutqqa kirishishini ta’minlashdan iborat.
Slayd 28
Besh-olti yosh chegarasida bolaning tengdoshlari bilan muloqotga kirishish, o‘zini boshqalar bilan taqqoslash, taqlid qilishga ehtiyoji keskin ortadi. Faoliyatning o‘ziga va tengdosh sheriklariga bo‘lgan qiziqishdan kelib chiqqan holda, biron-bir ishda ishtirok etishga intilish ancha barqaror bo‘lib qoladi.
Tengdoshlar bilan muloqotda, o‘yinda va faoliyatning boshqa turlarida axborot almashish, rejalashtirish, ajratish va muvofiqlashtirish, ya’ni birgalikda faoliyat yurituvchi bolalaring umumlashuviga ko‘maklashuvchi harakatlarning barchasi amalga oshiriladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot
Slayd 29
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kommunikativ
ko‘nikmalarning yuqori darajasi va ulardan o‘rinli foydalanish kuzatiladi. Ular tomonidan takliflar, iltimoslarni asoslash uchun keltiriladigan dalillar, baholar o‘z mazmuniga ko‘ra yanada takomillashib boradi. Bolalar hayotining yettinchi yilida tengdoshlari bilan do‘stona munosabatlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bolalar o‘z tengdoshlariga nisbatan beradigan baholar umumlashtirilgan xususiyatga ega bo‘ladi va bu maktabgacha katta yoshdagi bolalarning MTT dagi guruh hayotiga aloqadorligi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi (“Hamma bilan do‘st”, “Agar bolalar urishib qolishsa, yarashtiradi”, “Agarda bironta bolani xafa qilishsa, uning yonini oladi”).
Bola yetti yoshga yetganda:
Slayd 30
Yetti yoshga kelib bola tengdoshining shaxsiga oid xususiyatlarini ajrata boshlaydi (“qiziqarli o‘yinlar o‘ylab topadi”, “yaxshi yuguradi”, “juda yaxshi”, “kulgili” va h.k.). Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, narsa-buyumlardan foydalanish boladan faol nutqqa ega bo‘lishni talab etadi.
Men muloqotda erkinman!
Slayd 31
Farzand nutqini shakllantirish va rivojlantirishda ota-ona o‘zi oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ygani ma’qul:
Farzandida so‘zlashish odobini tarbiyalash;
Lug‘at boyligini shakllantirish, boyitish, mustahkamlash va faollashtirish
Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish va rivojlantirish;
Ravon nutqni takomillashtirish;
Badiiy asarlar bilan tanishtirish;
Savod o‘rganishga tayyorlash.
“Nima shirin?”, “Nima uchadi?”, “Tushirib qoldirilgan so‘zlami toping”, “men boshlayman, siz davom ettiring” kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to‘g‘ri tuzishga yo‘llaydi.
Slayd 32
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 33
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.