Lirik tur va uning janrlari
8000 so'm

Slayd 1
Lirik tur va uning janrlari
Slayd 2
Lirik turning spetsifik xususiyatlari.
Lirik qahramon tushunchasi
Lirik asarlarni janrlarga ajratish prinsiplari
Hozirgi she’riyatdagi lirik janrlar xususiyati.
Tayanch tushunchalar:
Lirik qahramon, avtopsixologik lirika, ijroviy lirika, «she’riy asar» va «lirik asar», turg’un she’riy shakllar, meditativ lirika, tavsifiy lirika, voqeaband lirika.
Reja:
Slayd 3
Lirika (yun. cholg’u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo’lib, o’zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg’u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yana ham aniqrog’i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik «parchalari», detallargina olinadi. Lirikaning asosiy obrazi — lirik qahramon (ba’zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko’pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to’g’ri bo’lavermaydi. Zero, shoir o’zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o’zganing ruhiyatiga kirgan holda o’sha «o’zga shaxs» kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin. Bu o’rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda hatto shoir o’z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo’yib bo’lmaydi.
Slayd 4
Slayd 5
Chunki, L.Tolstoy aytmoqchi, har bir inson qalbida mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko’ra, shoir o’zganing holatiga kirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho’lponning «Men va boshqalar» she’ri garchi lirik «men» tilidan berilgan bo’lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o’zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o’laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o’quvchi tasavvurida tashqi ko’rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog’i, o’quvchi o’zini uning o’rnida ko’radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko’nglidan kechgan kechinmalarni o’z ko’nglida ham kechiradi,— o’zini ko’rolmaydi. Masalan, tubandagi she’rni shu jihatdan ko’zdan kechirishimiz mumkin: Ko’ksimga qo’yilgan bu boshni endi Gohida ko’z qiyib, gohida qiymay Va buning ustiga seni unutolmay Yashash axir menga ko’p qiyin.
Slayd 6
Slayd 7
1. Nima uchun lirik qahramonni “noplastik obraz” deb aytiladi? Lirik qahramon va shoir munosabatini qanday tushunasiz? “Avtopsixologik lirika” va “ijroviy lirika” atamalariga izoh bering.
2. “She’riy asar” va “lirik asar” atamalariga izoh bering. Bu atamalar sinonim sifatida ishlatilishi mumkinmi? Nega?
3. Lirik asarlarni janrlarga ajratishdagi asosiy tamoyillar qaysilar? Mumtoz she’riyatimizda janrlarga ajratishda ularning qaysisiga ko’proq tayanilgan? “Turg’un she’riy shakllar” atamasini tushuntirib bering. Bu xil she’riy shakllarning yetakchiligi faqat o’zbek mumtoz adabiyotigagina xosmi?
4. Hozirgi o’zbek she’riyatida qo’llanilayotgan lirik janrlarni tasniflang. Ularning barini ham birdek faol hisoblash mumkinmi? Nima uchun?
5.“Meditativ lirika”, “intellektual lirika”, “voqeaband lirika”, “tavsifiy lirika”, atamalariga izoh bering. Hozirgi o’zbek she’riyatidan ularning har biriga misol topib, daftaringizga ko’chiring.
Savol va topshiriqlar:
Slayd 8
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 9
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Oripov hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 10 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ROMANTIZM ADABIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LITERARY GENRES mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 29 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
PUNKTUATSIYA (ISHORAT QOIDALARI) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
XAZOYIN UL MAONIY – LIRIK QOMUS SIFATIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
Alisher Navoiy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.