Lirik asarlar ustida ishlash metodikasi

8000 so'm


Lirik asarlar ustida ishlash metodikasi

 

 

Slayd 1

LIRIK ASARLAR USTIDA ISHLASH

Slayd 2

1.Lirik asarlar tahlilida janriy xususiyatlarni e’tiborga olish 2. Lirik asarlarni badiiy-estetik tahlil qilishning yo‘llari3. Lirik asarlarni ta’lim bosqichlarida o‘rganishning o‘ziga xos xususiyatlari4. Poetik matnni tahlil qilish usullari

REJA:

Slayd 3

Lirika inson o’z shaxsini tanigan, o’zini shaxs sifatida anglagan, o’zini olam ichra yana bir olam deb bilgan va tashqi, ob’yektiv olamga yangicha qaragan sharoitlarda paydo bo’ladi… lirika parvozini hamisha jamiyat hayoti belgilaydi. (hattoki insonni majnunsifat holga keltiradi)

Jamol Kamol :

Slayd 4

Taqdir, nega meni inson yaratding,

Ko’ksimda shodligu g’amdan yuz nishon ?

— Men senga qalb ila shuur baxsh etdim,

Bilgil deb hirs nima, nimadir hayvon.

— Taqdir, nega meni mehmon yaratding,

“Yarq ” etgan chaqindek kechgum begumon ?

Bilgil deb ishq nima, nimadir inson…

Slayd 5

Lirika… Biror hayotiy voqea-hodisa ta’sirida inson qalbida tug’ilgan ruhiy kechinma, fikr va tuyg’ular orqali voqelikni aks ettiradi.

To’xta Boboyev

Slayd 6

Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg’u kechinmalarni tasvirlashi olinadi. U epos va dramadan farqli ravishda voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qaxramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir.

Dilmurod Quronov

Slayd 7

1. …Lirika o’z-o’zini ifodalashdir, ammo dunyo lirikaga lirik qahramonning ongi orqali o’tadi, “men” tilidan ayon bo’ladi…

2. Lirika ichki olam, qalb dialektikasi aksidir… Ruhiy holat oynasidir.

( “ko’zni yumgil ko’zga aylansin ko’ngil” Jaloliddin Rumiy)

Erkin Xudoyberdiyev

Slayd 8

3. Emosional-hissiy fikrlash shaxsiy kechinma tusini oladi…hayot she’rda kechinma shaklida aks etadi… Odamlar bu kechinmada o’zini ko’radi, uni o’ziniki qilib oladi. Ba’zi shoirning kechinmalari hayotga nisbatan tor, ba’zilariniki keng bo’lishi mumkin.

Slayd 9

4. Emosional-hissiy fikrlash his va fikr munosabati shaklidir. Hayot doimo shoirda quvonch yo nafrat hissini qo’zg’aydi, his esa asta-sekin fikr va xulosaga aylanadi.

His – ko’ngildagi to’lqinlanish hosilasidir.

Slayd 10

Shoir yaxshilikka chorlamaydi, ezgu ma’naviy fazilatlarni targ’ib etmaydi, balki obrazlar tili bilan eng baland, eng noyob, eng qimmat bo’lgan insoniy tuyg’u bo’lmish mehr haqida ko’ngildagi kechinmalarni chizadi (chizishi kerak).

Ko’ngil istagi bilan umr kechirish maqsadida:

“Xayol qurshovidan chiqolmay qolgan

Umrimni topshirib qo’ydim ko’nglimga”

deydi.

Qozoqboy Yo’ldoshev

Slayd 11

She’riyat, eng avvalo insonni himoya qilishi, ayni damda quvonchli va g’amli damlarida ham ruhlantirishi, ham dalada berishi kerak. O’zim ham shoirlar toifasidan bo’lganim uchun umidsizlikka soluvchi she’rlarni tan olmayman. She’riyatning vazifasi chuchmal, shirin so’zlar bilan emas, balki ochiq, to’g’ri, haqqoniy, lozim bo’lganida alamli, iztirobli so’zlar bilan inson qalbiga kirib borishi, larzaga solish va uni shu tariqa imoni baquvvat, haqgo’y kurashchi qilib tarbiyalashdan iborat.

Qaysin Quliyev

Slayd 12

Quvonganman ko’rsam to’y-bayram,

G’ayirlikdan yonmadi jonim.

Bitta cheti kemtik bo’lsa ham,

Halol edi tishlagan nonim

Intilmadim olay deb unvon,

Va kimdandir yaxshi yashashga.

So’zlamadim hech kimga yolg’on,

Demak haqqim bordir yashashga.

Slayd 13

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 14

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Lirik asarlar ustida ishlash metodikasi” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar