LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI
=== Taqdimot 2 ===
Tayanch tushunchalar:
Tashqi tartib, ichki tartib, ma’no tartibi, lug‘at maqolalarining tuzilishi, leksikografiya, ensiklopedik lug‘atlar, lisoniy lug‘atlar, universal ensiklopediyalar, soha ensiklopediyalari, bir tilli lug‘atlar, ko‘p tilli iug‘atlar, izohli lug‘atlar, izohsiz lug‘atlar, terminologik lug‘atlar.
=== Taqdimot 3 ===
Reja:
Filologik lug‘atlar.
Leksikografiyaning maqsad va vazifalari.
01
03
02
Ensiklopedik lug‘atlar.
=== Taqdimot 4 ===
Leksikografiyaning maqsad va vazifalari.
01
=== Taqdimot 5 ===
Tilshunoslikning lug‘at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug‘at tuzish bilan shug‘ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr. lexikos – so‘z, so‘zga oid va grapho – yozaman) yoki lug‘atchilik deyiladi. Maqsad va vazifasiga ko‘ra leksikografiya ikkiga bo‘linadi:
a) ilmiy leksikografiya lug‘atchilikning nazariy masalasi bilan shug‘ullanadi;
b) amaliy leksikografiya bevosita lug‘at tuzish ishi bilan mashg‘ul bo‘ladi.
=== Taqdimot 6 ===
Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifani bajaradi.
Bular quyidagilarda ko‘zga tashlanadi:
ona tilini va boshqa tillarni o‘rgatish;
ona tilini tasvirlash va me’yorlashtirish;
tillararo munosabatlarni ta’minlash;
til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish.
=== Taqdimot 7 ===
Lug‘at maqsadi va mo‘ljaliga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
1) umumiy lug‘at;
2) maxsus lug‘at.
Umumiy lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga;
maxsus lug‘at esa tor doiradagi kishilar – alohida soha mutaxassisiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
=== Taqdimot 8 ===
Har ikkala tur lug‘at ham o‘z o‘rnida yana ikkiga bo‘linadi:
1) ensiklopedik lug‘at;
2) filologik lug‘at.
Demak, lug‘atni umumiy ensiklopedik lug‘at va maxsus ensiklopedik lug‘at, umumiy filologik lug‘at va maxsus filologik lug‘atga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq va qulay.
=== Taqdimot 9 ===
Ensiklopedik lug‘atlar.
02
=== Taqdimot 10 ===
Umumiy ensiklopedik lug‘at (UEL)
Ma’lumki, UEL alfavit tartibida bo‘lib, ularda so‘z emas, balki shu so‘zdan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo‘lgan narsa, tarixiy voqea, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi va lug‘at maqolasi lug‘at yozilgan tilni tushunuvchi keng o‘quvchilar ommasiga mo‘ljallangan bo‘ladi.
=== Taqdimot 11 ===
“O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” ana shunday lug‘atlardan biri. “O‘zME (O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal ensiklopediya bo‘lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir”.
=== Taqdimot 12 ===
Maxsus ensiklopedik lug‘at (MEL)
Fan-texnika, san’at va madaniyatning ma’lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo‘ljallab tavsiflaydi. Bunday lug‘at sifatida soha ensiklopedik lug‘atlari – “Медицина энциклопедияси”, “Физический энциклопедический словарь”, “Лингвистический энциклопедический словарь” kabilarni misol qilib keltirish mumkin.
UELdan farqli ravishda MEL tor sohaga doir tushunchani keng va batafsil sharhlaydi.
=== Taqdimot 13 ===
Quyida “Лингвистический энциклопедический словарь”dan namuna keltiramiz (bunday lug‘at o‘zbek tilida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasi berildi).
Akkomodatsiya (lat. accomodatio — moslashish) tovushning kombinator o‘zgarishidan biri: qo‘shni undosh va unlining qisman moslashuvi. Akkomodatsiya shunday hodisaki, keyingi tovushning ekskursiyasi (artikulyatsiyasining boshlanishi) oldingi tovushning rekursiya (artikulyatsiyasining tugashi)ga moslashadi (прогрессив аккомадация) yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi.
=== Taqdimot 14 ===
Ayrim tillarga unlining undoshga moslashishi xosdir, masalan, rus tilida a, o, u unlilari yumshoq undoshdan keyin til oldi unlilariga aylanadi (ularning artikulyatsiyasi ekskursiyaga intilgan). Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodatsiyasi kuzatiladi, masalan, fors tilida til oldi unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadi.
Кo‘rinadiki, maxsus ensiklopedik lug‘at soha mutaxassislari uchungina zarur bo‘lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.
=== Taqdimot 15 ===
Filologik lug‘atlar.
03
=== Taqdimot 16 ===
Umumiy filologik lug‘at barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‘ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug‘atdir. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (O‘TIL), “Ruscha-o‘zbekcha lug‘at” (RO‘L) ana shunday lug‘atlar sirasiga kiradi.
=== Taqdimot 17 ===
Shu boisdan O‘TILda shunday deyiladi: “Lug‘at keng o‘quvchilar ommasiga – tilshunoslar, o‘rta va oliy maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o‘zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan” (1-tom, 5-bet) Izohli lug‘at so‘zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi.
=== Taqdimot 18 ===
Misollar:
Baqirlamoq – Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. Hamrobibi dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo‘ydi. R.Fayziy. El mehri.
Yoz – 1-yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli.
Laylak keldi-yoz bo‘ldi.
Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
2-ko‘chma – umrning eng gullagan yaxshi davri.
Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy.
Кo‘ngli yoz bo‘ldi.
Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi. O‘.Umarbekov. Charos.
=== Taqdimot 19 ===
Umumiy izohli lug‘atda lug‘aviy birlikning barcha – grammatik, uslubiy, frazeologik birlik tarkibida qatnashishi, omonimligi, qaysi tildan o‘zlashganlik belgilari ko‘rsatiladi.
O‘zbek tilining bu turdagi lug‘ati birinchi marta 1981-yilda Moskvada nashr etildi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” o‘zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‘ldi.
“Lug‘atning asosiy vazifasi o‘zbek tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga, uning me’yorini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda tilning imlo, talaffuz, so‘z yasash va ishlatish me’yorlari tavsiya etildi” (1-tom, 5-bet).
=== Taqdimot 20 ===
Demak, o‘zbek tilining ilk izohli lug‘ati o‘z oldiga qo‘yilgan o‘zbek tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash hamda uning me’yorini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi.
=== Taqdimot 21 ===
Leksemalarning lug‘aviy ma’nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so‘zga xos barqaror lisoniy va o‘tkinchi nutqiy jihatni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisa cheksizlik va rang-baranglik tabiatiga ega bo‘lganligi bois leksikografik talqinning obyekti bo‘la olmaydi. Lug‘at so‘zga xos barqaror jihatnigina qamrab olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil substansial tadqiqotlar lug‘atni tartiblashtirishda muhim tayanch omil bo‘lib, leksikografni cheksiz nutqiy ma’nolarni tartibga keltirish, lug‘atga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi.
=== Taqdimot 22 ===
Imlo lug‘ati so‘zlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o‘rgatadi. Demak, bunday lug‘at hammabop va amaliy tabiatga ega bo‘ladi va unga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 1956, 1964-yillarda “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning 1976-yilda “Fan” nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug‘atlarini kiritish mumkin. 1995-yilda Sh. Rahmatullayev va A.Hojiyev tuzgan lotin imlosidagi imlo lug‘ati “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan chop etildi.
=== Taqdimot 23 ===
Orfoepik lug‘atda so‘zning to‘g‘ri adabiy talaffuzi ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va O‘.Usmonova tomonidan “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” nomi bilan 1977-yilda “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
=== Taqdimot 24 ===
Maxsus filologik lug‘at tor o‘quvchilar ommasi – tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchilar va boshqa ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizm, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizm, terminologik, etimologik lug‘atlar shular jumlasidan.
Morfem lug‘atda leksik birlikning tarkibi – morfemik strukturasi ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at birinchi marta A.G‘ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo‘ng‘urov tomonidan tuzilib, 1977-yilda “O‘qituvchi” nashriyoti tomonidan chop etilgan.
=== Taqdimot 25 ===
Chastotali lug‘atda so‘zning qo‘llanish darajasi haqida ma’lumot beriladi. I.A.Кissen muallifligida chop etilgan “Словарь наиболее употребительных слов современного узбекского литературного языка” (Tashkent, 1970) lug‘ati chastotali lug‘at bo‘lib, unda ma’lum bir tanlangan matnlarda so‘zlarning qo‘llanilish chastotasi (takrorlanganlik miqdori) ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at S.Rizayev, Z.Hamidov, N.Axmatov, N.Mamadaliyeva, R.Zohidov tomonidan alohida asarlar bo‘yicha tuzilgan.
=== Taqdimot 26 ===
Ters lug‘atda so‘z teskari tomondan oxiridan alfavit tartibida joylashtiriladi. Bu ham lingvistik lug‘at bo‘lib, R.Qo‘ng‘urov va A.Tixonov tomonidan “Обратный словарь узбекского языка” nomi bilan 1969-yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:
serharajat;
hujjat;
xat-hujjat;
behujjat;
murojaat;
hojat;
muhofazat;
ijozat.
=== Taqdimot 27 ===
O‘zlashma so‘zlar lug‘atida o‘zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‘z izohlanadi. Bu tipdagi lug‘at izohli lug‘atning bir ko‘rinishi. Ular qaysi tildan o‘zlashgan so‘zlarni izohlashiga ko‘ra turlicha nomlanadi. Masalan, O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 1965-yilda nashr etilgan “Ruscha-internatsional so‘zlar izohli lug‘ati”da rus va boshqa Yevropa tillaridan kirib kelgan so‘zlar izohlangan.
=== Taqdimot 28 ===
Frazeologik lug‘at ham maxsus lingvistik lug‘atning bir turi bo‘lib, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan “O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati” (Toshkent, 1978) bunday lug‘atning mukammal namunasidir. Undan misollar keltiramiz.
“Qulog‘(i)ga chalinmoq” nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq, o‘xshashi: qulog‘(i)ga kirmoq. Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‘iga chalingan edi. (Oybek. Oltin vodiydan shabadalar.)
Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. (R.Fayziy. Cho‘lga bahor keldi.)
=== Taqdimot 29 ===
Onomastik lug‘at o‘zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug‘atda atoqli ot (onomosionim), toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‘atning o‘ziga xos ko‘rinishi. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan “Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati”ni, S.Qorayevning “Joy nomlarining izohli lug‘ati”ni misol qilib keltirish mumkin.
=== Taqdimot 30 ===
Dialektal lug‘at o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‘at, umuman, o‘zbek tilining barcha shevalariga xos yoki ma’lum bir sheva so‘zini izohlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971-yilda mualliflar jamoasi tomonidan “Fan” nashriyotida chop etilgan “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”ni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Lug‘atdan misol keltiramiz:
Govara (Buxoro) beshik;
Gavdo‘sha (Buxoro) xurmo;
Gajdim (Nayman) chayon.
=== Taqdimot 31 ===
Terminologik lug‘atlar ma’lum bir sohaga tegishli so‘zni izohlaydi. Terminologik lug‘at izohli yoki tarjima ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Demak, terminologik lug‘atni bir tilli va ko‘p tilli lug‘atga bo‘lish mumkin. Quyida A.Hojiyevning “Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati” (Toshkent, “O‘qituvchi”, 1985) dan namuna keltiramiz:
“Кriptologiya”. Maxfiy tillar, ularni tuzish qonuniyatlarini, rasshifrovka qilish usullarini o‘rganuvchi fan.
“Кo‘makchili aloqa”. So‘zlar o‘rtasida ko‘makchilar vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.
=== Taqdimot 32 ===
Tarjima lug‘atlar bir tildagi so‘z ma’nosining boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‘rsatadi.
Ruscha-o‘zbekcha lug‘atdan misol:
Разбогатеть (несовершенный вид – богатеть) boyimoq, boyib ketmoq, davlat orttirmoq.
Царевна ж. р. мн.ч. – malika, shohbekachi (podshohning qizi).
Tarjima lug‘ati ikki tilli yoki ko‘ptilli bo‘lib, lug‘atlarda so‘z ikkitadan ortiq tilda beriladi. Bunday lug‘atlar juda kam.
=== Taqdimot 33 ===
Tarjima lug‘atlari qanday birliklarni ifodalashiga ko‘ra turlicha bo‘ladi:
1) leksik birliklar lug‘ati;
2) frazeologizmlar lug‘ati;
3) har ikkala birliklar lug‘ati;
4) maqollar lug‘ati.
=== Taqdimot 34 ===
Frazeologik birliklar tarjima lug‘atiga M.Sodiqovaning “Ruscha-o‘zbekcha frazeologik lug‘ati” (Toshkent, 1972) namuna bo‘ladi. Undan ayrim misollar keltiramiz:
Ахнуть не успел – ko‘z ochib-yumguncha, bir zumda: og‘iz ochib bir narsa deguncha: bir og‘iz ham gap aytolmay qoldi (14-bet).
Без задних ног – juda charchab holdan toygan, sulayib qolish (82-bet).
O‘zbek lug‘atchiligi axborot texnologiyalari asosida rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ymoqda.
=== Taqdimot 35 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Please keep this slide for attribution
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar