“Layli va Majnun” dostonida muallif badiiy niyatining ifodalanishi
8000 so'm

Slayd 1
“Layli va Majnun” dostonida muallif badiiy niyatining ifodalanishi
Slayd 2
REJA:
Dostondagi tasavvuf masalalari
Dostonning yaratilish tarixi
Dostondagi badiiy va g‘oyaviy o‘ziga xosliklar
Dostondagi xulosalar
01
03
02
04
Slayd 3
Layli va Majnun
Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari adabiyotida «Layli va Majnun» mavzusiday keng tarqalgan boshqa bir ishq qissasini topish qiyin. Mana o‘n uch asrdirki, ushbu mavzuda adabiyot olamida she’r va dostonlar bitilib keladi. Ushbu qissaning kelib chiqish manbai qadim arablar hayoti bilan bog‘liq voqealarga borib taqaladi.
Slayd 4
Ayrim arab manbalarining ma’lumot berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo‘lib, Shimoliy Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo‘lgan. Majnun o‘z qabilasidan Layli ismli qizni sevib, unga bag‘ishlab ajoyib she’rlar yozgan. Lekin shu bilan birga ayrim tarixchilar Majnun tarixiy shaxs emas deb aytadilar.
Bu doston tasavvuf adabiyotini ham qiziqtirgan. Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy kabi tasavvuf shoirlari o‘zlarining asarlarida bu ishq qissasining hikoyalaridan unumli foydalangan holda ilohiy ishq to‘g‘risida xulosalar chiqarganlar.
Slayd 5
Jumladan, J.Rumiyning “Ichindagi ichindadir” nasriy asarida shunday hikoya bor: Unda Majnuninng Layliga shaydoligini bilgan podsho yurtidagi jami go‘zal qizlarni olib kelib, Majnunning qarshisiga turg‘izadi. Va “Bularga qara, Majnun, sen bir qoracha qizning ishqida devona bo‘lib yuribsan. Lekin bu qizlarning hammasi Laylidan go‘zalroqdir”, deydi. Shunda Majnun bosh ko‘tarib qaramaydi ham. “Laylining ishqi uning boshini ko‘tarishiga qo‘ymadi”, deydi Rumiy va bundan tasavvufiy xulosa chiqaradi: “Majnun “Sizlar qadahga baho beryapsizlar, men esa uning ichidagi sharobga oshiqman”.
Slayd 6
Layli va Majnun
Badiiy adabiyotda bu qissa doston shaklida ilk bor Nizomiy Ganjaviy tomonidan vujudga keldi. Keyinchalik forsiy tilda Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog‘iy, Abdurahmon Jomiy, Amir Shayxim Suhayliy, turkiy tilda Gulshahriy, Oshiq Poshsho, Shahidiy, Fuzuliy kabi shoirlar bu dostonga javob yozdilar.
Slayd 7
Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” dostoni
Doston an’anaviy hamd – Allohning madhi bilan boshlanadi. Ikkinchi bob Munojotni o‘z ichiga oladi.
Dostoni 38 bob, 3623 baytdan iborat. Shundan muqaddima 9 bobni o‘z ichiga oladi.
Slayd 8
Layli va Majnun
Dostonning 3-bobi Muhammad payg‘ambar (s.a.v) madhiga bag‘ishlangan
4-bob Me’roj tuni ta’rifiga bag‘ishlangan
Dostonning 5-bobi so‘z ta’rifi, Nizomiy Ganjaviy va Amir Xusrav Dehlaviy madhini o‘z ichiga oladi
3-bob
4-bob
5-bob
Slayd 9
Layli va Majnun
6-bob Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhidadir
Dostonning 7-bobi zamona hukmdori Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan
8-bob shahzoda Badiuzzamon ta’rifidadir
Dostonning 9-bobi tun ta’rifiga bag‘ishlangan
6-bob
8-bob
7-bob
9-bob
Slayd 10
10-bobdan dostonning asosiy qismi boshlanadi. Bani Omir qabilasida uzoq kutilgan farzand Qays dunyoga keladi. Qaysning tug‘ilishi, o‘sishi tasvirida ham ilohiy taqdir sezilib turadi. Tug‘ilgandan ishq olovi bilan yo‘g‘rilgan Qays o‘tga talpinadi
O‘t ko‘rsaki mayl etib nihoniy,
Ishq o‘ti tasavvur aylab oni.
10-bob
Slayd 11
Uni 4-5 yoshlarida Layli qabilasiga o‘qishga beradilar. Layli bilan birga o‘qiydi. Bahor kunlarining birida Layli bilan bog‘ sayrida uchrashib qolgan Qays Laylini ko‘rib hushini yo‘qotadi. Navoiy bu o‘rinda Laylining husni gulzorni charog‘on qilib yubordi va gulzordagi bir nihol (Qays)ni xazon etdi deb yozadi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerak, Navoiy ushbu dostonda majzubi solik taqdirini tasvirlamoqda.
Shod o‘ldi jamolidin dabiston,Andoqki bahordin guliston.Lekin bu bahori zindagoniy,Bir naxlni ayladi xazoniy.
Slayd 12
Tasavvuf ta’limotiga ko‘ra, guliston solikning ruhiyati, uni Haq ishqi egallab oladi va u betoqatlanib, hushini yo‘qotadi. Shu tarzda majzubi solik (Haqdan jazba yetgan, ustozi ham, piri ham Ishq bo‘lgan, maqomlarni egallamasdan turib, hol martabasiga erishgan oshiq)ning sarguzashtlari boshlanadi. Qays shu tariqa Laylini har ko‘rganida hushidan ketadi. Xalq orasida “Majnun” laqabi bilan ovoza bo‘ladi.
Slayd 13
Jomiyda ham shunday doston bor bo‘lib, u 1493-yil navoiyshunos olim A. Erkinovning fikricha Navoiyning dostonidan ta’sirlanib yaratilgan. Ushbu dostoniga murojaat qilganimizda go‘zal qizlarga shaydo Qays (Majnun) 14 yoshga kirganda Laylining beqiyos go‘zalligini eshitib qolib, uni borib ko‘radi va oshiqi beqarorga aylanadi.
Slayd 14
Majnunning ota-onasi uni Layliga uylantirish uchun sovchi yuboradilar. Lekin Laylining otasi qizini aql-hushdan begona bir “devona”ga berishdan or qiladi va Majnunning Layli qabilasiga kelishini taqiqlab qo‘yadi. Majnunning otasi qabiladoshlari bilan maslahatlashib, Qaysni zanjirband qiladi. Lekin ishq otashi ta’siridan zanjir uzilib, Majnun uyidan chiqib ketadi.
Slayd 15
O‘z otiyu qavmu xayli oti
Yo‘q yodida, g‘ayri Layli oti
Slayd 16
Layli va Majnun
Tasavvufda bu holat “tafrid” (yolg‘izlanish) deb atadi. Oshiq shunday bir hol martabasini egallaydiki, yaqinlaridan, umuman insonlardan bezor bo‘ladi; yakkalikni, yolg‘izlikni qo‘msaydi. Yolg‘izlanish dilning Haqqa yuzlanishi uchun imkon yaratadi.
Slayd 17
Layli va Majnun
Jomiy dostonida tasvirlanishicha, Qays har kuni tuyasiga minib Laylini ko‘rgani boradi, tunda esa uning hijronidan fig‘on chekadi. Bunda ulug‘ fors shoiri tunni hijron, kunduzni esa visol onlariga qiyos qiladi. Dostonda bir hikoyat bor. Majnun tuyasiga minib, Layli qabilasiga yo‘l olganda, yo‘lda Layli yodi bilan hushidan ketar ekan. Shunda tuya uyda qolgan bo‘talog‘ini eslab, orqaga qaytarkan. Majnun o‘ziga kelib, uni yana oldinga haydarkan. Bu hol bir necha bor takrorlangach, Majnun “Demak seni va meni yo‘llarimiz ayro ekan”, deb tuyadan tushib, sevgilisi sari piyoda ketadi.
Slayd 18
Qaysning otasi o‘g‘lining dardiga shifo bo‘ladi degan umidda haj munosabati bilan Ka’ba ziyoratiga olib boradi. Qarindoshlar Qays Ka’bani tavof etsa, ahvoli yaxshilanadi deb umid qiladilar. Lekin Majnun Allohga munojot qilib, Layli ishqini ko‘ngliga mustahkamroq jo etishini so‘raydi.
Slayd 19
Mazkur lavha dostonning eng ta’sirchan o‘rinlaridan biri bo‘lib, qirq uch baytdan iborat. Bu o‘ziga xos “munojotnoma”da yigirma to‘rt o‘rinda “ishq” so‘zidan foydalanilgan. Bu tasodifiy emas, albatta.
Slayd 20
Layli va Majnun
Chek aynima ishq to‘tiyosin,
Ur qalbima ishq kimiyosin!
Ko‘nglumga fazo harimi ishq et,
Jonimg‘a g‘izo nasimi ishq et!
Slayd 21
Layli va Majnun
Ko‘nglim g‘am ila to‘q ayla, yo Rab,
Ishq ichra meni yo‘q ayla, yo Rab
Majnun o‘z munojotida ishqni shu tariqa ulug‘lar ekan, bu ishq ichida yo‘q bo‘lib ketish, ya’ni fano darajasida erishishini iltijo qiladi.
Slayd 22
Layli va Majnun
Professor N. Komilovning “Tasavvuf” kitobida keltirilishicha, Ka’ba ziyorati lavhasi, tasavvuf ahlining har qanday suratlar, timsollarga sig‘inishni inkor etishlariga ishoradir. Ya’ni, Ilohning o‘ziga oshiq bo‘lgan, faqat Uni deb yongan kishiga bu ishlar ortiqchadir. Lavha dostonning kulminatsion nuqtasidir.
Slayd 23
Layli va Majnun
Jomiy dostonida Majnun Layli ishqida sargardon bo‘lib, qabilasi va umuman inson zotidan voz kechganib, sahroga chiqib ketganidan keyin ko‘p sarguzashtlarni boshidan kechiradi. Umuman ovqat yemay, suv ichmay qo‘yadi, ishq uning uchun yemak va ichmak vazifasini o‘taydi. Har kuni kiyiklarni ovlab, yana ularni Layli yodi bilan ozod qiladi. Uning bu holatini Qurayyir degan shoir ko‘rib qolib, halifaga (podsho)ga aytib beradi. Halifa Majnunni huzuriga chaqirtiradi va uning go‘zal g‘azallaridan zavqlanib, o‘z huzurida qolishga taklif qiladi, evaziga Layliga uylantirishga va’da beradi. Majnun uning va’dasiga ishonmaydi va u bergan salla-to‘nlarni yechib, otgan holda halifani ham, uning saroyini ham tark etadi.
Slayd 24
Layli va Majnun
Navoiyning dostonida esa Majnunning otasi o‘g‘lini hajdan behush holda uyga qaytarib olib keladi va u yana sahroga chiqib ketadi. Sahroda u ovga chiqqan lashkarboshi Navfalni ko‘rib qoladi. Navfal ham bir vaqtlar ishq dardiga uchragani uchun Majnunning qalbini tushunadi, unga rahmi keladi:
Navfal dag‘i ishq ko‘rgan edi,
G‘am dashti aro yugurgan erdi
Slayd 25
Layli va Majnun
Navfal ishq dardidan xabardor bo‘lsa-da, lekin Majnun darajasiga ko‘tarila olmagan, u ishqni avom ishqi sifatida qabul qiladi, shu sababli u Majnunni Layliga uylantirish bilan uning dardiga malham topish mumkin deb o‘ylaydi va Layliga sovchi yuboradi. Laylining otasi bunga rozi bo‘lmagach, urush ochadi. Laylining otasi urushda yengilishini sezib, qizini o‘ldirishga qasd qiladi. Bu holat Majnunga tush orqali ayon bo‘lgach, Navfaldan urushni to‘xtashini so‘raydi. Navfal Majnun uchun yana bir chora vositasi sifatida o‘z qizini Majnunga berishga qaror qiladi. Laylini esa Bani Asad qabilasining boshlig‘i Ibn Salomga unashtiradilar.
Slayd 26
Chun bir-birisin tanishtilar jazm,
Ruh etti badan harimig‘a azm.
Ya’ni badan o‘ldi zoru majruh,
Ma’shuqi o‘shul badan aro ruh.
Ruhi qudsiy nuzul qildi,
Xoki tan aro hulul qildi.
Ikki guhar o‘rni bo‘ldi bir durj,
Ikki quyosh avji bo‘ldi bir burj,
Bir sog‘ar aro tushub iki mul,
Bir g‘uncha aro butub iki xul.
Slayd 27
Laylining hajridan jonidan to‘ygan Majnun uzoqdan uning karvonini ko‘rib qoladi. Qabilasi ahli meni ko‘rib, ozor yetkazmasmikan, degan andeshada sekin yaqinlashadi. Laylining ko‘rib, yana hushini yo‘qotadi. Umuman, hushdan ketish motivi Navoiy dostonida adabiyotshunos I.G‘afurovning fikricha 5 marta, Jomiy dostonida esa 14 marta takrorlanadi. Bu holat Layli diydoridagi Tangri tajalliysining ta’sirida bo‘lib, oshiq uning haroratini o‘z qalbida sezib, bunga toqat qilolmasligining tasviridir. Layli ham uni ko‘radi va yuziga ko‘z yoshlaridan gulob sepib, o‘ziga keltiradi. Va hozir bir joyga ketayotganini, Majnun shu yerda tursa, qaytayotgan payti u bilan gaplashashishi aytadi. Bu va’daning ta’sirida Majnun o‘sha yerda daraxtdek beharakat qotadi.
Slayd 28
Layli va Majnun
Navoiy dostonida yakunida Layli bu dunyodan ketish fursati yaqinlashganini sezib, onasiga Majnun kelsa, uni huzuriga kirishlarini vasiyat qiladi. Majnun Laylining bu dunyodan ketayotganini ilohiy bir kuch bilan sezib, uning qabilasi tomon keladi:
Yuz urdi qabila sori xoli,
Og‘zida tarannumi visoli
Slayd 29
Layli va Majnun
Shu tariqa umr bo‘yi bir-birining ishqida kuygan, visoliga intilganlar Ruhi mutlaq tomon ravona bo‘ladilar.
Jomiy dostonida esa ayriliqqa chiday olmagan Majnun o‘z holini qumga she’r qilib yozib, sahroda vafot etadi. Buni qalban sezgan Layli onasiga o‘zini Majnun qabrining poyiga qo‘yishlarini vasiyat qilib, dunyodan ko‘z yumadi.
Slayd 30
Xulosa
Jomiy dostonida falsafa va yashirin ma’nolar avvalgi o‘rinda turadi. Navoiy masnaviysida esa shu yashirin ma’nolar mantiqiy izchillik pardasiga o‘rab, professor N.Komilov aytganidek quyuq badiiy bo‘yoqlar vositasida amalga oshiriladi.
Har ikkala dostondan kelib chiqadigan xulosa shuki, bu dunyoda yashovchi har bir inson oshiqlik yo‘lini tutib, o‘zini o‘limga emas, balki vasl mayini ichishga tayyorlashi kerak, zero bu dunyoning birdan-bir mazmuni ham shu. Ruhi mutlaqni tasavvur qilishda inson aqli va ongi ojizlik qiladi, shu sababli Navoiy va Jomiy uni mazhar – Layli timsolida yaratadi.
Slayd 31
Layli va Majnun
Doston hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (ruknlari va taqte’i: maf’ulu mafoilun fauvlun ) vaznida yozilgan.
Slayd 32
Tayanch tushunchlar
Tajalliy
Majzubi solik
Tafrid
Kimyolanish
Oyinai jahonnamo
Hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf
Slayd 33
Savol va topshiriqlar
Nima deb o‘ylaysiz: nima uchun Layli va Majnun mavzusidagi dostonlar Musulmon Sharqi adabiyotida bunchalik keng tarqalgan?
Badiiy adabiyotda Layli va Majnun mavzusidagi qissa doston shaklida birinchi marta kim tomonidan yaratildi?
Doston mohiyatan qanday ishqni ulug‘laydi?
Majnun va Farhod sevgisining mushtarak va farqli jihatlari nimada deb o‘ylaysiz?
Jomiy va Navoiy dostonlaridagi o‘ziga xoslik va o‘xshashlikka misol keltiring.
Navoiy talqin qilgan “majzubi solik” va “soliki majzub” yo‘llarining mazkur “Layli va Majnun” hamda “Farhod va Shirin” dostonlariga aloqadorlik jihati bormi?
Slayd 34
Navoiy Alisher. Layli va Majnun. Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. – T.: Fan, 1992. 9-jild.
Navoiy Alisher. Layli va Majnun. – T.: G’.G’ulom nomidagi NMIU, 2006.
Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent.: Movarounnahr – O’zbekiston NMIU, 2009.
Yusupova D. Alisher Navoiy “Xamsa”sida mazmun va ritmning badiiy uyg‘unligi. – Toshkent: MUMTOZ SO‘Z, 2011.
Vohidov R., Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.: O‘zYU Adabiyot jamg‘armasi nashriyoti, 2006
Adabiyotlar
Slayd 35
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 36
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.