=== Taqdimot 1 ===
KUYISH, SOVUQ URISH VA ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANISH
=== Taqdimot 2 ===
REJA:
01
Kuyish, uning turlari va kuyganda birinchi yordam.
02
Sovuq urishi va sovuq urganda birinchi yordam.
03
Elektr tokidan shikastlanish.
=== Taqdimot 3 ===
Kuyish (tibbiyotda) — yuqori harorat, kimyoviy moddalar (ishqor, kislota, og‘ir metallarning tuzlari va boshqalar), elektr toki va radioaktiv nurlar ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishiga aytiladi. Shunga ko‘ra, termik kuyish, kimyoviy moddalar va nurlar ta’sirida kuyish farq qilinadi. Turmush va ishlab chiqarishda yuqori temperatura ta’sirida kuyish ya’ni termik kuyish ko‘p uchraydi.
=== Taqdimot 4 ===
Termik kuyish
Termik kuyish — odam tanasiga yuqori haroratli moddalar (bug‘ kondensat, qaynoq suv, gaz) larning tushishi, shuningdek, odam tanasining issiq, izolyatsiyalanmagan yuzalarga teginishi natijasida kelib chiqadi.
Boshqa kuyishlarga nisbatan ko‘proq uchraydi. Kuyish jarrohlik kasalliklarining 2 % ni tashkil qiladi.
Olovdan (benzin, gaz, tez olovlanadigan suyuqliklar) 45 %
Qaynoq suv yoki bug‘dan. 35 %
Issiq ovqat yoki suyuqliklardan. 10 %
Qizigan predmetlardan. 7 %
Boshqa faktorlar (quyosh nuri va boshqalar). 13 %
=== Taqdimot 5 ===
Kimyoviy kuyish
Kimyoviy kuyish — odam tanasiga kimyoviy faol va toksik moddalar, ximikatlar (suyuq ammiak, ammiakli suv, ishqoriy natriy, oltingugurt kislotasi kabilar)ning tushishi natijasida sodir bo‘ladi.
Aynan kuyish, inson o‘limiga sababchi bo‘luvchi jarohatlar ichida ikkinchi o‘rinni egallaydi, ko‘pincha kuygan inson yon atrofidagilar o‘z vaqtida va to‘g‘ri usulda birinchi yordamni ko‘rsata olishmaydi. Shuning uchun ham har bir inson kuyishda birinchi yordam sifatida bajariladigan elementar harakatlarni bilishi shart.
=== Taqdimot 6 ===
Kuyishning darajalari
To‘qimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi:
I darajada — teri qizarib, biroz shishadi, 4—5 kundan so‘ng tuzala boshlaydi.
II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sarg‘ish, suyuqlik bilan to‘la pufakchalar paydo bo‘ladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tushmasa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi.
=== Taqdimot 7 ===
Kuyishning darajalari
III darajada — terining hamma qavati o‘ladi (teri usti qorayib ketadi — nekroz).
IV darajada — teri va teri osti to‘qimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib ko‘mirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, ko‘pincha o‘sha joyda chu-qur chandiqlar paydo bo‘ladi. Ayniqsa, kishi yuzidagi chandiqlar husnni buzadi. Bo‘yin va bo‘g‘im atrofidagi chandiqlar (og‘ir turlari) ular harakatini cheklab qo‘yishi mumkin
=== Taqdimot 8 ===
Kuyish klassifikatsiyasi va uning darajalari
=== Taqdimot 9 ===
Kuyganda birinchi yordam
Kuyish jarayoni kuzatilsa, birinchi navbatda tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilish kerak. Ular kelgunicha bemor ahvolini yaxshilash uchun ayrim harakatlar bajarilishi kerak:
Jarohatlovchi manbani olib tashlash, kuygan kiyimlardan xalos etish kerak;
=== Taqdimot 10 ===
10-20 daqiqa davomida kuygan sohani muzlatish zarur (uzoq muddatga muzlatish qon tomirlarni kuchli spazmiga olib keladi, qon bilan ta’minlanishni buzadi), bu terining kuyish chuqurligini kamaytiradi, to‘qimalar zararlanishini va og‘riq hissini kamaytiradi. Kuygan sohani muzlatish faqatgina kuygandan keyin 2 soat davomida bajariladi;
Og‘riqsizlantirish, undan keyin kuygan sohaga steril bog‘lam qo‘yish, agar kuyish katta sohani egallagan bo‘lsa, toza yopinchiq bilan yopib qo‘yish kerak;
Birinchi darajali kuyishlarda maxsus kuyishda qo‘llaniladigan moddalardan foydalansa bo‘ladi. Agar yosh bola kuygan bo‘lsa, terini qayta ishlashda e’tiborli bo‘lish kerak. Bolalarda kuyishda eng asosiy qilinishi kerak bo‘lgan chora antiseptikadir. Ota-onalar doimo savollar berishadi, kuyganda paydo bo‘ladigan pufakli yaralarni qanday qilib zararsizlantirish va og‘riqni qanday kamaytirish mumkin?
=== Taqdimot 11 ===
Brilliant yashili (Бриллиантовый зелёный) va yod eritmasi haqida unuting, bolakayning nozik terisiga bunday vositalar qo‘zg‘atuvchi ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hozirgi pediatrlar antiseptik vosita sifatida kumush tuzlari eritmalaridan foydalanishni tavsiya etishmoqda. Masalan, “Surfalgin” preparati bakteriyalardan himoya qiladi, regeneratsiya (bitish) jarayonini tezlashtiradi va har qanday bolalar terisiga mos keladi.
=== Taqdimot 12 ===
Termik kuyishlarda tananing kiyimdan xoli qismini spirt yoki marganes-kaliy eritmasi bilan artish kerak. Pufakchalarni shishlarni yorib tashlash mumkin emas. Darhol tibbiyot punktiga murojaat etish lozim. Kiyim yonayotgan bo‘lsa, yonayotgan shaxs tartibsiz yugurmasligi uchun zudlik bilan uni o‘chirish chorasini ko‘rish kerak. Chunki bu alangani kuchaytiradi. Yonayotgan shaxsni tezlik bilan yonayotgan tarafini yuqoriga qilib polga yotqizish va ustidan junli qalin material bilan yopib havodan to‘sish, bundan keyin esa, ehtiyotkorlik bilan kuygan joylardagi kiyim qismlarini qirqib olish va yechish kerak. Bunda pufakchalarni yorilishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Kuyish joylarini spirt bilan artish va tibbiyot punktiga murojaat etish yoki tez yordam chaqirish lozim.
=== Taqdimot 13 ===
Kuyganda umuman mumkin bo‘lmagan holatlar:
Jarohatlangan sohani o‘simlik moyi va kraxmal bilan yuvish;
Spirt saqlovchi preparatlardan foydalanish, yod va shu kabilar;
Teridagi pufaklarni mustaqil ravishda “yorish”;
Teriga yopishib qolgan kiyimlarni mustaqil ravishda olib tashlash;
Kuygan sohaga maz surtish;
Bitish jarayonini tezlashtirish maqsadida siydikdan foydalanish.
=== Taqdimot 14 ===
Sovuq urishi
Past harorat ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishiga sovuq urishi deyiladi. Sovuq urishining sabablari turli-tuman va ma’lum sharoitlarda ortiqcha namlik, tor va ho‘l poyabzal, harakatsiz turish, uzoq vaqtgacha sovuqning ta’sir qilishi natijasida bo‘lishi mumkin.
Hatto harorat noldan yuqori 3-7 gradus bo‘lganda ham sovuq urishi mumkin. Ko‘pincha qo‘l-oyoqning distal bo‘limlarini quloq, burun uchini sovuq uradi.
=== Taqdimot 15 ===
Ko‘pincha qo‘l va oyoq barmoqlari, burun va quloq chig‘anog‘ini sovuq oladi. Bilak, boldir bo‘g‘imlarining yuqori qismi va gavdaning katta sathi (dumba, qorin va boshqalar)ni sovuq olishi kamdan kam uchraydi, odatda, kishi muzlab qolgandagina bu sohalarni ham sovuq oladi. Gavdaning sovuq olgan qismi o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi; teri oqaradi yoki ko‘kimtir tusga kiradi, qo‘l-oyoqlar qotib qolgandek tuyuladi. Issiq qilingach, sovuq olgan joylar darrov shishadi, so‘ngra Sovuq olishi darajasiga qarab to‘qimalarda yallig‘li o‘zgarishlar ro‘y beradi yoki ular o‘ladi (nekroz).
=== Taqdimot 16 ===
Qo‘l va oyoqlarning sovuq urishi
=== Taqdimot 17 ===
Sovuqdan zararlanish holatiga ko‘ra, sovuq olishi 4 darajaga bo‘linadi:
I darajali sovuq olishi – ancha yengil bo‘lib, zararlangan joy isitilgach shishadi va teri ko‘kimtir tusga kiradi;
II darajali sovuq olishida – terida tiniq suyuqlik yig‘ilgan pufakchalar paydo bo‘ladi;
III darajali sovuq olishi – og‘ir kechadi, terida qon aralash suyuklik yig‘ilgan pufakchalar paydo bo‘lib, bir necha kundan so‘ng ular o‘rnidagi to‘qimalar o‘ladi va irib tushib ketib, o‘rnida chandiqlar hosil bo‘ladi. Sovuq olishining
IV darajasi – juda og‘ir kechadi, bunda faqat teri shikastlanib qolmay, boshqa yumshoq to‘qimalar va hatto suyak ham o‘zgarishlarga uchraydi, natijada to‘qimalar o‘ladi.
=== Taqdimot 18 ===
Sovuq urganda birinchi yordam
Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq moddiy bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So‘ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni o‘ldiradigan material qo‘yib bog‘lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infeksiyalanishi mumkin.
Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yaxlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna (370 C dan yuqori bo‘lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi.
Bunda bir vaqtda uni massaj va butun tanasini ishqalash kerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin.
Tananing sovuq urgan yuzasini xona haroratidagi suvga to‘ldirilgan tog‘ora yoki satilga tushirish va suvni haroratini asta-sekin 370 Cga yetkazish kerak.
=== Taqdimot 19 ===
Sovuq urganda birinchi yordam
Ikkinchi, to‘rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan terini mikroblarni o‘ldiradigan material bilan bog‘lab, jarohatlangan kishini davolash muassasasiga olib borish mumkin lozim.
Og‘ir holatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko‘zga ko‘rinmasa, sun’iy nafas berish tavsiya etiladi. Bunda bemorni issiq hududga olib chiqish va o‘rash lozim;
Bemor hushida bo‘lsa, issiq choy berish, og‘riq kuzatilganda og‘riq qoldiruvchi dori berish va hayotiy funksiyalarini nazorat qilish lozim;
Kuchli sovuq urish holatlarida bemorni suvga solish kerak. Bunda suv bemor haroratidan biroz baland bo‘lishi lozim va suv harorati sekinlik bilan 37-380 C darajagacha ko‘tarish kerak;
Terida pufakchalar hosil bo‘lgach, turli kompress va malhamlarni qo‘llab bo‘lmaydi. Bunda ikkilamchi infeksiya tushishi mumkin.
Sovuq urishi natijasida hosil bo‘lgan nekrozlar jarrohlik amaliyoti yordamida davolanadi.
=== Taqdimot 20 ===
Elektr tokidan shikastlanish
Elektr tokidan shikastlanishlar texnik yoki atmosfera elektr quvvati ta’sirida yuzaga keladi. Elektr asboblaridan texnikada va uy xo‘jaligida uquvsizlik bilan foydalanish, shuningdek bu asboblarning nosozligi elektrdan jarohatlanish (elektrotravma)ga olib keladi.
Inson tanasidan o‘tayotgan tok:
termik, elektrolitik, biologik ta’sirini va mexanik jarohatlanish olishi mumkin.
=== Taqdimot 21 ===
=== Taqdimot 22 ===
Termik ta’siri – teri to‘qimasining hujayrasini qizishidan kuydirishigacha olib kelishi mumkin.
Elektrolitik ta’siri – organizmning suyuqliklari parchalanishi natijasida qonning va hujayralarning kimyoviy va fizik xususiyatlari o‘zgarilishi kuzatiladi.
Biologik ta’siri – tanani bioenergetika jarayonini buzilishi, ya’ni tirik hujayralarni to‘lqinlanishi va mushaklarni keskin qisqarishiga olib keladigan holat.
=== Taqdimot 23 ===
Elektr tok bilan shikastlanishni ikki turini ko‘rsatish mumkin
Inson tanasidan tok o‘tishi natijasida tanani qizishi – elektr kuyish deb ataladi. Tanani ichki va tashqi qismi kuyishi mumkin. Jarohat olish sharoitlariga ko‘ra kontakt, yoyi va aralash kuyishlarga ajratiladi.
Elektr jarohatlanishi – insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega.
Elektr zarb
Elektr jarohat
=== Taqdimot 24 ===
Umumiy baxtsiz hodisalar ichida, elektr tokidan jarohatlanish taxminan 5% tashkil qiladi. Lekin, elektr jarohatlanish ichida og‘ir turli, ayniqsa o‘lim bilan tugaydigan hodisalar 70-75% tashkil qiladi. Elektr hodisalarni asosiy soni, kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga to‘g‘ri keladi. Buni sababi kuchlanishi 1000V gacha bo‘lgan elektr uskunalar keng tarqalgan bo‘lib, ularni ishlatadigan xodimlarni elektr texnikaviy tayyorlanishi past darajada.
=== Taqdimot 25 ===
Elektr shikastlanishlarning sabablari:
Elektr xavfsizlik qoidalarini bilmaslik yoki ularga rioya qilmaslik
Jihozlardan nosoz holatda yoki usta nazoratisiz foydalanish
Elektr tarmog‘ida kamchiliklar yoki qisqa tutashuvlar mavjudligi
Elektr simlarda himoyalovchi qobiqning ochilib qolishi yoki jihozning elektr yurituvchi qismlariga bexosdan tegib ketish
=== Taqdimot 26 ===
Elektr shikastlanishlarning sabablari
=== Taqdimot 27 ===
Elektr shikastlanishlarning sabablari
=== Taqdimot 28 ===
Odamni tok urish holati to‘rt darajada baholanadi
I – darajada odam hushidan ketmagan holda yiqilib tushish, mushaklarni qisqartirishiga olib keladi.
II – darajada odamning nafas olishi va yurak faoliyatiga ta’sir etilmagan holda hushdan ketish.
III – darajada nafas va yurak faoliyatiga ta’sir etilgan holda hushdan ketish.
IV – darajada elektr shok, qon aylanishi va nafas olish to‘xtab, klinik o‘lim yuz beradi.
=== Taqdimot 29 ===
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi:
Tok ta’siridan qutqarish;
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish;
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. Hammadan oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni o‘chirishdir.
=== Taqdimot 30 ===
Tok ta’siridan qutqarish
=== Taqdimot 31 ===
Agar buni iloji bo‘lmasa unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog‘ochli bo‘lgan bolg‘alar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqarib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda dielektrik qo‘lqop va elektr izolyatsiyasi mustahkam bo‘lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
=== Taqdimot 32 ===
Tok ta’siridan qutqarish
=== Taqdimot 33 ===
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.
Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo‘lsa, unda uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirt hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo‘llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
=== Taqdimot 34 ===
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati kuzatilsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish ishlarini bajarish zarur.
Klinik o‘lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
=== Taqdimot 35 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
E’tiboringiz uchun rahmat!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.