Ko‘p yillik sport jarayonini takomillashtirish tizimida sportchilarni tayyorlash asoslari
8000 so'm

Slayd 1
Ko‘p yillik sport jarayonini takomillashtirish tizimida sportchilarni tayyorlashning asoslari.
Slayd 2
Reja:
Yuksak ko‘rsatkichlarga intilish
Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi
Mashg‘ulot jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning zichlangan rejimi
Mashg‘ulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi
Slayd 3
Yuksak ko‘rsatkichlarga intilish
Sport yuksak ko‘rsatkichlarga intilish va ularni doimo yaxshilab borish vazifasini nazarda tutadi. Jismoniy mashqlardan sport maqsadisiz foydalanganda natijalar imkon boricha yuqori darajada bo‘lishi nazarda tutilmaydi. Sport faoliyatida esa maksimum natijaga erishish mo‘ljallaniladi. Albatta, bu maksimum turli sportchilar uchun turlicha. Umumiylik esa, ularning har biri sport kamoloti yo‘lida mumkin qadar ko‘proq natija sari intilishidadir.
Slayd 4
Sport yutuqlari, albatta, shunchaki o‘zicha muhim bo‘lmay, balki kuch-quvvat, qobiliyat, mahorat taraqqiyotining aniq ifodasi sifatida muhimdir. Yuksak sport natijalariga intilish shu munosabat bilan ulkan ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi, chunki u insonning eng muhim hayotiy qobiliyatlarini eng yuqori darajada takomillashtirishga intilish degan ma’noni bildiradi. Bunday intilish sport faoliyatining barcha tashkiliy tomonlari va shart-sharoitlari bilan, jumladan, sport musobaqalari sistemasi va orta boruvchi rag‘batlantirish choralari bilan (boshlang‘ich sport razryadi berilishidan to chempionlik oltin medaligacha va yuksak sport ko‘rsatkichlari uchun umumxalq olqishiga sazovor bo‘lishgacha) qo‘llab-quvvatlab boriladi.
Slayd 5
Yuksak ko‘rsatkichlarga intilish sport musobaqasini shunga moslab tashkil qilish, eng ta’sirli (mashg‘ulot ko‘proq foyda keltirishi ma’nosida) vosita va metodlardan foydalanish, nihoyat darajada chuqur ixtisoslanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Maksimumga intilish sport mashg‘ulotining barcha o‘ziga xos belgilari yuklamalar yuksak darajada bo‘lishi, yuklama va dam olishning sikllilikdan iborat almashib turishi va hokazolar mavjud bo‘lishini talab etadi.
Slayd 6
Sport mashg‘ulotining yuqorida aytib o‘tilgan qonuniyatlari sportdagi ko‘p yillik kamolot bosqichlariga bog‘liq tarzda turlicha namoyon bo‘ladi. Dastlabki bosqichlarda sport bilan shug‘ullanish asosan umumiy tayyorgarlik tipida o‘tkaziladi, bunda mashg‘ulot jarayoni sport ixtisoslashtirilishining yorqin ifoda etilgan belgilariga ega bo‘lmaydi, oliy ko‘rsatkichlarga intilish uzoq kelajak xarakteriga ega bo‘ladi. Organizmning yosh jihatdan shakllanib borishi va mashg‘ulot darajasining yuksala borishiga qarab, bunday intilish to kishi faoliyatini cheklab qo‘yadigan yosh ulg‘ayishiga bog‘liq va boshqa omillar sodir bo‘lmaguncha to‘liq ravishda amalga oshirilib boradi.
Slayd 7
Yuqorida aytilganlardan ko‘rish mumkinki, ortib borishning umumiy prinsipi sport musobaqasi sohasida alohida mazmun kasb etar ekan. Uni sportning ma’lum turida imkoniyat boricha maksimal darajada kamol topishni ta’minlash talabi sifatida tushunish kerak. Bu esa chuqur ixtisoslashtirish zaruriyatni anglatadi.
Sportda ixtisoslashish sport faoliyati jarayonida vaqt va kuch-g‘ayrat sarflashning shunday taqsimlanishi bilan xarakterlanadiki, bu sportning tanlangan mazkur turini takomillashtirish uchun g‘oyat qulay bo‘lgani holda sportning boshqa turlari uchun bunday bo‘lmaydi. Shu munosabat bilan musobaqa uyushtirishda individual xususiyatlarni hisobga olish g‘oyatda muhimdir.
Slayd 8
Sportda yuksak ko‘rsatkichlarga faqat ijodiy izlanish sharoitidagina erishish mumkin. Yangi sport yutug‘i hamisha u yoki bu darajada kashfiyotdir, sportchi imkoniyatlaridan foydalanishning yangi usullarini, mashg‘ulotning yangi metodlarini kashf etishdir. Shuning uchun sportchidan ishga shunchaki ongli munosabatda bo‘lishgina emas, balki uning mohiyatiga chuqur tushunib yetish va shunchalik faollik emas, balki doimiy ijodiy tashabbus talab qilinadi. Shuning uchun sport mashg‘ulotiga rahbarlik qilishda onglilik va faollikning umumiy pedagogik tamoyili alohida ahamiyat kasb etishi tushunarlidir.
Slayd 9
Sportchi umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi
Sportda ixtisoslashish sportchining har tomonlama rivojlanishini inkor etmaydi. Aksincha organizmning funksional imkoniyatlarini umumiy yuksaltirish, jismoniy va ruxiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish asosidagina tanlangan sport turida mumkin qadar ko‘proq yutuqqa erishiladi. Sport amaliyotidagi butun tajriba ham, nazariy va eksperimental tadqiqotlarning juda ko‘p ma’lumotlari ham ana shuni ta’kidlaydi (A. N. Krestovnikov, G. V. Vasilev, N. G. Ozolin, L. P. Matveev, N. N. Yakovlev, X. Mittensvey va boshqalar).
Slayd 10
Sport yutuqlari sportchining har tomonlama taraqqiy etganligiga bog‘liqligining ikkita asosiy sababi bor. Birinchidan, organizmning ajralmas ekanligi – uning barcha a’zolari, sistema va funksiyalari faoliyat va taraqqiyot jarayonida o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Qaysi jismoniy sifat ko‘proq, qaysinisi kamroq rivojlanishi zarur ekani, har qaysi sport turining o‘ziga xos nisbatda bo‘lsada, biron jismoniy qobiliyatni g‘oyat yuksak darajada rivojlantirishi uchun organizm funksional imkoniyati umuman yuksak bo‘lishi shart, ya’ni har tomonlama rivojlanish jarayonidagina bunga erishish mumkin degan umumiy qonuniyat ham hamisha kuchda qoladi. Ikkinchidan, turli harakat malakalari va mahoratlari o‘zaro hamkorlikda ishlaydi.
Slayd 11
Sportchi tomonidan o‘zlashtirilgan harakat malakalari va mahoratlari doirasi qanchalik keng bo‘lsa (albatta tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan ma’lum me’yorda) harakat faoliyatining yangi formalarini yaratish va ilgari o‘zlashtirilganlarini takomillashtirish uchun shunchalik qulay asos mavjud bo‘ladi. Yangi harakat formalari ilgari tarkib topgan formalar asosida paydo bo‘ladi va ularning u yoki bu elementlarini o‘z ichiga oladi. Xilma-xil harakat koordinatsiyalarini o‘zlashtirish jarayonida bu yo‘lda uchraydigan qiyinchiliklarni yenga borish natijasida harakat faoliyatini yana ham takomillashtirish qobiliyati, trenirovkalanish rivojlanishi yana ham muhimroqdir.
Slayd 12
Demak, sportda kamol topishning ob’ektiv qonunlari sport mashg‘uloti chuqur ixtisoslashtirilgan jarayon bo‘lishi bilan birga, xar tomonlama rivojlanishga olib kelishini talab qiladi. Shunga ko‘ra sport trenirovkasida umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga mahkam qo‘shib olib boriladi.
Shu narsa muhimki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning organik hamohangligi faqat sport takomilining qonuniyatlariga javob beribgina qolmay, balki hamma narsa insonni har tomonlama o‘stirishga qaratilgan tarbiya sistemasining umumiy qonuniyatlariga ham mos keladi. Shuning uchun umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini shaxsni har tomonlama rivojlantirishning umumiy prinsipini sport mashg‘ulotida aniq ifoda etadigan sport maktabining eng muhim prinsipi deb qarash zarur.
Slayd 13
Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligini birligi degan so‘z sport yutuqlariga erishishga hamda oqibat natijada sportdan tarbiya vositasi sifatida foydalanishga ziyon yetkazmay turib, bu birlikning qaysidir tomonini mashg‘ulotdan olib tashlab bo‘lmaydi, demakdir. Umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi shuningdek, ular mazmunining bir-biriga bog‘liq ekanligi bilan ham ifodalanadi, chunki umumiy jismoniy tayyorgarlikning mazmuni, yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, tanlangan sport turining xususiyatlariga qarab belgilanadi, maxsus tayyorgarlikning mazmuni esa umumiy tayyorgarlik natijasida paydo bo‘lgan shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi.
Slayd 14
Umumiy va maxsus tayyorgarlik birligini dialektik tarzda qarama-qarshi birlik sifatida tushunmoq kerak. Mashg‘ulot vaqtida, bu birlik tomonlarining har xil ishga birdek foyda keltiravermaydi. Har bir aniq holatda ma’lum me’yor mavjud bo‘lib, uning buzilishi sportda taraqqiyotga erishishga halaqit beradi. Bu me’yor tanlangan sport turining o‘ziga xos xususiyatlariga hamda boshqa bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Amalda mashg‘ulot jarayonining ayrim etaplarida umumiy tayyorgarlikka yetarli baho bermaslik hollarini ham, unga haddan tashqari ko‘p o‘rin berib yuborish hollarini ham kuzatish mumkin.
Slayd 15
Bu yana shu bilan murakkablashadiki, umumiy va maxsus tayyorgarlikning optimal nisbati doimiy bo‘lib qolmay, balki sport takomilining turli etaplarida qonuniy suratda turlicha o‘zgarib turadi. Hozir bu muammo garchi to‘liq hal etilmagan bo‘lsada, mazkur o‘zgarishlarning asosiy tendensiyalari aniqlab chiqilgan. Mazkur muammoning qanday hal etilishini bir yillik va ko‘p yillik mashg‘ulot strukturasiga tavsif berilishi munosabati bilan quyida ko‘rsatiladi.
Slayd 16
Mashg‘ulot jarayonining uzluksizligi, yuklama va dam olishning zichlangan rejimi
Sport mashg‘uloti jarayonining uzluksizligi quyidagi asosiy momentlar bilan xarakterlanadi:
Mashg‘ulot jarayoni tanlangan sport turida kamolotga erishish maqsadida butun yil bo‘yi va ko‘p yillar mobaynida surunkasiga davom etadi;
Navbatdagi har bir mashg‘ulotning ta’siri bundan ilgarigisining «izi» ustiga boradi;
Mashg‘ulotlar o‘rtasidagi dam olish intervali ish qobiliyatini tiklash va o‘stirishning umumiy tendensiyasini kafolatlaydigan darajada bo‘lib, goho ish qobiliyati qisman tiklanib yetmay turib mashg‘ulot o‘tkazishga ham yo‘l qo‘yiladi.
Slayd 17
So‘nggi ikki moment ayrim ma’noda baxsli bo‘lib, shuning uchun izoh talab qiladi. Navbatdagi har bir mashg‘ulotning ta’siri ilgarigisining «izi» ustiga qo‘shilishi haqida gapirilganda «iz» so‘zini organizmda mashg‘ulotlar natijasida yuzaga keladigan va oqibat natijada sportchi organizmining ish qobiliyati yuksalishida, uning fazilatlari, malakalari va mahoratlarining rivojlanishida o‘z ifodasini topadigan ijobiy o‘zgarishlar (fiziologik, bioximik va morfologik o‘zgarishlar) deb umumiylashgan ma’noda tushunish kerak. Demak, ikkinchi momentning ma’nosi mashg‘ulotlar orasidagi intervallarning haddan tashqari o‘zaytirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslikdan, ilgarigi ta’sir etishlar natijasi saqlana borishini ta’min etishdan va shu yo‘l bilan sport faoliyatida uzluksiz yuksalish uchun shart-sharoit yaratishdan iboratdir.
Slayd 18
Keyingi yillardagi sport amaliyotida va eksperimental ma’lumotlar mashg‘ulot yuklamalarining bunday rejimi ma’lum sharoitlarda ratsional hisoblanish mumkin ekanligidan dalolat beradi (L. I. Abrosimova, I. G. Ogolsov va boshqalar). Bunda charchoqni tamomila qoldirish uchun yetarli dam olish, sportchining oldindan mashq ko‘rganligining yuqori bo‘lishi, puxta tibbiy-pedagogik nazorati albatta shartdir.
Shunday qilib, umumiy qoida navbatdagi har bir mashg‘ulotda sportchini ish qobiliyatini to‘la tiklab va «o‘ta tiklab» bo‘lgandan keyin boshlash-sport mashg‘ulotida maxsus xususiyatga ega bo‘ladi. Bu yerda mazkur qoida har bir mashg‘ulotga alohida tadbiq etilishi shart bo‘lmay, balki bir necha mashg‘ulotlardan iborat mashg‘ulotlar seriyasiga tadbiq etiladi. Bunda ana shu seriyalar jamlangan ulkan bitta yuklama hisoblanadi.
Slayd 19
Mashg‘ulot jarayonining bunday zichlanishi tufayli mashg‘ulotlarning umumiy miqdori anchagina ortib, ayrim vaqtlarda (yetarli darajada yuksak malakali sportchilarda) haftasiga 6 ta va undan ortiq martaga yetadi, albatta. Bunda barcha mashg‘ulotlar asosiy emas va yuklama jihatidan teng bo‘lmaydi. Ularning ba’zilari olg‘a tomon odimlashga, ya’ni sportchilarning yangi marralarni egallashlariga xizmat qilib, ularga eng yuksak mashg‘ulot talablari qo‘yiladi. Birinchi sport razryadi bo‘yicha natija ko‘rsatgan yosh sportchilar bilan har kuni bir martalik mashg‘ulot o‘tkazilsa haftalik mikrosikllar juda ham kam holda 1-2 marta o‘tkaziladi. Yuqori malakali sportchilarda bunday rejim oldingi natijani ushlab turishi mumkin.
Slayd 20
Shuning uchun ular bilan har kuni 2-4 marta mashg‘ulot o‘tkazilsa, haftada 4-7 mashg‘ulot katta yuklama bilan o‘tkazilishi kerak. Boshqa ba’zi mashg‘ulotlar esa qo‘shimcha ahamiyatga ega bo‘ladi. Asosiy mashqlar agar ular chidamlilikni tarbiyalashga ko‘proq qaratilgan bo‘lmasa, odatda umumiy ish qobiliyati tiklangan va ortgan sharoitda olib boriladi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlar esa g‘oyat xilma-xil sharoitlarda o‘tkazilishi mumkin, chunki ularning ma’lum qismidan hatto dam olishning faol formasi sifatida ham foydalaniladi.
Slayd 21
Mashg‘ulot talablarining asta-sekin va maksimal ortib borishi
Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funksional yuklamalarni doimiy suratda yuksaltirib borish zaruriyati tug‘ilishi yuqorida ko‘rsatib o‘tildi. Bu sport mashg‘uloti uchun nihoyatda to‘g‘ridir, chunki sport yutuqlarining darajasi (boshqa sharoitlar teng bo‘lganda) mashg‘ulot talablari darajasiga mutanosibdir. Sport mashg‘ulotlari jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va iroda tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora mukammalroq va murakkabroq malaka va ko‘nikmalarni egallab borishga, jismoniy va ma’naviy kuch-quvvatini tobora ko‘proq namoyon qilishga safarbar etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarishi ana shundan dalolat beradi.
Slayd 22
Sport mashg‘ulotlarida, jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli o‘laroq, yuklamalar asta-sekingina emas, balki maksimal suratda ham o‘sib boradi. «Maksimum» so‘zini bu yerda sport bilan ko‘p yillar davomida shug‘ullanilganda yuklamaning perspektiv ko‘paya borishi ma’nosida ham, sport taraqqiyotining har bir yangi bosqichida eng ko‘p yuklamalardan sistemali ravishda foydalanib borish ma’nosida ham tushunmoq kerak. Sport mashg‘ulotlarining mazkur xususiyati uning ilmiy prinsipi sifatida birinchi marta A. N. Krestovnikov tomonidan ta’riflangan. Mashg‘ulot yuklamalarining ta’siri ostida organizmda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning miqdori ish qobiliyati «o‘ta tiklanishi»ga bog‘liq ekanining topilishi bu prinsipni tasdiqlagan eng muhim fakt bo‘ldi
Slayd 23
«Maksimal yuklama» deganda ko‘pincha «haddan tashqari ko‘p», batamom charchatib tashlaydigan yuklama tushuniladi. Uni organizmning funksional qobiliyatlari chegarasidagi, hech qachon uning moslashuv imkoniyatlaridan tashqari chiqmaydigan yuklama deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Agar sportchi mashq qila turib o‘zining moslashuv imkoniyatlari me’yoridan chiqib, «haddan tashqari charchab qolsa» va buning natijasida o‘ta mashq bilan chiniqqanlik holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal emas, balki haddan tashqari yuklama bo‘ladi. Maksimal yuklama esa organizmga uning fiziologik normalariga to‘la mos tushadigan talablar qo‘yib, mashq bilan chiniqqanlik eng yuqori darajaga ko‘taruvchi omil hisoblanadi.
Slayd 24
Maksimal yuklamaning aniq miqdor o‘lchami, tabiiyki, sportchining oldindan qay darajada mashq bilan chiniqqanligiga, uning individual xususiyatlariga hamda sport turining xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, yugurishga endi o‘rganayotgan stayer uchun bir mashg‘ulotda 10-15 kilometr atrofida yugurish maksimal hisoblansa, yuksak malakali stayerlar bir mashg‘ulotda 60 kilometr va undan ortiq masofani bemalol bosib o‘tadilar, kichik razryadli shtangachilarning mashg‘ulotlari vaqtida maksimal yuklama kamdan-kam 10 tonnaga boradi, eng kuchli og‘ir atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnaga va undan ortiq darajaga (og‘irlik kategoriyasiga qarab) yetkazadilar. Bunda shtanganing o‘rtacha og‘irligi 130-180 kilogramm va undan ortiq bo‘ladi.
Slayd 25
Hozirgi zamon sport amaliyoti mashg‘ulot yuklamalarining ratsional miqdori haqidagi ilgarigi tasavvurlarni ancha o‘zgartirib yubordi. Insonning imkoniyatlari va ularning taraqqiy etish darajasi eng dadil taxminlardan ham yuksakroq bo‘lib chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan mashg‘ulot yuklamalari amalda tobora kengroq va dadil qo‘llanilmoqda. Yuklamalar miqdori ayrim mashg‘ulotlarda ham, haftalik, oylik va yillik jami mashg‘ulotlar ma’nosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat yetakchi sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi endilikda o‘rta malakali sportchilar uchun me’yor bo‘lib qolmoqda.
Slayd 26
Mashg‘ulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib o‘tilganidek, ularning hajmi va intensivligi o‘zgaradi. Lekin ularning o‘sa borishi barcha bosqichlarda birdek parallel ravishda bo‘lmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm ko‘proq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta bo‘lmagan mashg‘ulot jarayonlari uchun ham, ko‘p yillik sport faoliyat uchun ham xarakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz orttirib bora olmaydi. Sportchining asosiy faoliyati – yaratuvchi mehnat. Ana shu mehnat bilan sport mashg‘uloti muvofiqlashmog‘i kerak. Yosh o‘tishi bilan organizm funksional imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. Bularning hammasi mashg‘ulot yuklamalarini ma’lum qolipga solib qo‘yadi.
Slayd 27
Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining o‘sishi bilan birga yuksala boradi. Sportchi o‘z imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik yaqinlashsa, mashg‘ulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning roli shunchalik katta bo‘ladi. Murabbiy, olim, vrach, va sportchining doimiy hamkorligi hozirgi kunda ilg‘or sport amaliyotining tipik hodisasiga aylanib qolayotgani bejiz emas.
Slayd 28
Yillik ish hajmini 100-200 soatdan 1300-1500 soatga ko‘paytirish kerak;
Mikrosikllar ichida mashg‘ulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan ko‘pga ko‘paytirish;
Mashg‘ulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga ko‘paytirish:
Katta yuklamali mashg‘ulotlarni xafta mikrosikli ichida 5-7 taga oshirish;
Tanlangan yo‘nalishda mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish sportchi organizmini funksional imkoniyatlarini jalb qiladi:
«Qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi maxsus chidamlilikni oshishiga yordam beradi.
Asta-sekin yuklamani oshirish uchun:
Slayd 29
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 30
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
La Famille – Fiches de vocabulaire mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Mavzuning asosiy tushunchalari va rejasi yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Asosiy
Jismoniy sifatlar va ularni rivojlantirish mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy hamda amaliy ma’lumotlar jamlangan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Jismoniy tarbiya va sport



Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.