KIRISH. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIDA HIKOYA JANRI TARAQQIYOTI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
Kirish. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining maqsad va vazifalari. Istiqlol davri adabiyotida hikoya janri taraqqiyoti
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining maqsad va vazifalari.
2. Istiqlol davri o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari.
3. Istiqlol davri o‘zbek hikoyachiligining o‘ziga xos xususiyatlari.
4. O‘zbek modern hikoyalari.
=== Taqdimot 3 ===
Adabiyotlar:
1. Hakimjon Karimov. Istiqlol davri adabiyoti. Toshkent. Yanginashr. 2010-yil.
2. H. Karimov. Istiqlol davri nasri. – Toshkent. Zarqalam, 2007-yil.
3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent. “G‘afur G‘ulom” nashriyoti, 2006-yil.
4. Q. Yo‘ldoshev. Yoniq so‘z. – Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006-yil.
5. U. Normatov. Umidbaxsh tamoyillar. – Toshkent. 2000-yil.
6. U. Normatov Tafakkur yog‘dusi. – Toshkent. 2005-yil.
7. U. Hamdamov. Badiiy tafakkur tadriji. – Toshkent. Yangi asr avlodi, 2002-yil.
8. P. Qodirov. Ma’naviyat, modernizm va absurd. // O‘zbekiston adabiyoti va
san’ati. 2004-yil, 26 mart.
=== Taqdimot 4 ===
Xalqimizning azaliy orzusi bo‘lgan Mustaqillik juda ko‘p jabhalarda bo‘lganidek, ma’naviyat sohasida ham katta o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Millatimiz hayotida mavjud bo‘lgan ma’naviy-axloqiy muammolarga har qachongidan ko‘ra ham diqqat-e’tibor kuchaydi.
=== Taqdimot 5 ===
Bugungi kunda globallashuv jarayonida ma’naviy qadriyatlarning hayotiy zarurati oshib bormoqda. Mamlakatimiz milliy mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin, barcha sohalarda bo‘lgani kabi, badiiy adabiyot va adabiyotshunoslikda ham jiddiy evrilishlar, o‘zgarishlar yuzaga keldi. Adabiyot sobiq ittifoq davrida mafkura ta’sirida qolib ketganligi sababli jahon ma’naviyati va estetik madaniyati ta’sirida rivojlanmay, faqat bir tomondangina tahlil qilinar, o‘rganilganligi bugungi kunda ma’lum bo‘lmoqda.
=== Taqdimot 6 ===
Darhaqiqat, mustaqillik yillariga kelib, tarixga, tarixiy shaxslar obraziga haqqoniy yondashish an’anasi yetakchilik qildi. Chunki tuzumning o‘zgarishi, jamiyat evrilishlari badiiylik mezonlarining yangilanishiga, obrazlar tizimida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligini ham qayd etish lozim.
=== Taqdimot 7 ===
N. Rahimjonov istiqlol davri adabiyotining xarakterli jihatlarini quyidagicha izohlagan edi: “Istiqlol adabiyotining muhim fazilatlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab beruvchi bir qator yetakchi tendensiyalar ko‘zga tashlanadi. Chunonchi, millatning o‘z-o‘zini anglashida, o‘zlikni qadrlashi va ulug‘lashida, milliy iftixor tuyg‘ularining shakllanishida badiiy tafakkur madaniyatining sifat o‘zgarishlari namoyon bo‘layotir.”
=== Taqdimot 8 ===
“Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti” fanining asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Badiiy adabiyotning vazifasi insonni estetik jihatdan tarbiyalashdir. Istiqlol davri o‘zbek adabiyoti fanining ham bosh vazifasi shundan iborat;
2. Davr adabiyotining turfa xil ohanglarda yuzaga chiqish sabablarini istiqlol davri tufayli yuksalib borayotganligini badiiy talqindagi o‘zgarishlar bilan asoslash;
3. Mafkuradan holi bo‘lgan badiiy adabiyotning o‘zgarishida jahon adabiyotidagi yetakchi tamoyillarning ta’siri mavjudligini badiiyatdagi o‘zgarishlar bilan qiyoslash;
4. Istiqlol adabiyotida inson o‘zligini anglash yo‘lidagi murakkab qirralarini ifodalovchi obrazlar galereyasini tahlili misolida ko‘rsatib berish;
5. Mohiyatan o‘zgarib borayotgan badiiy adabiyot haqida so‘z yuritilgan adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini o‘rganish;
=== Taqdimot 9 ===
6. Talqinlar va qarashlarning turfa xilligi badiiy adabiyotdagi o‘zgarishlar bilan bir qatorda istiqlol yuzaga chiqargan so‘z erkinligi insonni ma’rifatli, yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida tarbiyalashdagi o‘rnini asoslashdan iborat;
7. Badiiy tafakkur samaralari hamma davrlarda millat ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilganligini asoslash bilan bir qatorda, jamiyatdagi ezgulik, adolat, go‘zallik singari bashariy qadriyatlarga tayangan gumanistik prinsiplarni qaror topib borayotganligini hozirgi adabiy jarayondagi badiiy asarlar bilan ko‘rsatib berish;
8. Insonparvarlik, vatanparvarlik, millatsevarlik g‘oyalarini shakllantirish singari tushunchalarni badiiyat mezonlari asosida tahlil qilishdan iborat.
=== Taqdimot 10 ===
Istiqlol davri adabiyoti ham tub sifat o‘zgarishlarini boshidan kechirdi. U kommunistik mafkura yo‘riqlarini obrazlar zimmasiga yuklash bilan shug‘ullanadigan, voqelikni “tarixiy taraqqiyotda”, yaʼni pirovardida, kommunizmga keladigan tarzda ko‘rsatishni aʼmoli deb biladigan mafkuraviy yugurdaklik xizmatidan qutuldi. Shu tarzda badiiy adabiyot davlat adabiyoti bo‘lmay qoldi. Eng muhimi, yozuvchilar olam, odam haqida avvalgidan o‘zgacharoq fikrlash mumkinligini angladilar va o‘zlari ham shunga ko‘nika boshladilar. Kommunistik mafkuraviy adabiyot vakili uchun dunyo hamisha bor edi va abadiy mavjud bo‘laverardi.
=== Taqdimot 11 ===
Bugungi chinakam asarlar o‘quvchiga aql o‘rgatishga, uning uchun “hayot qo‘llanmasi” bo‘lishga urinmaydi, buni da’vo ham qilmaydi. U ko‘proq sezgi, tuyg‘u hosil qilishga yo‘naltirilgan. Bu xil bitiklar o‘quvchida munosabat uyg‘otadi. Shu bois bu adabiyotni munosabatlar adabiyoti deyish mumkin. Аbdulla Qahhor joyiga keltirib aytib qo‘yganday: “Bilgan bilib qo‘yaverishi mumkin. His qilgan his qilib qo‘yavermaydi”. His qilish — munosabat, munosabat — faoliyat demakdir.
=== Taqdimot 12 ===
Badiiy adabiyot hech qachon muammo ko‘tarish, tashviqot uchungina mavjud bo‘la olmaydi. Marksistik adabiyotshunoslik uchun ko‘rkam ijodning asosiy fazilati uning hozirjavobligi va zamonaviyligi edi. Ijtimoiy evrilishlar, keskin siyosiy burilishlar davrida ham shunga o‘xshash ijtimoiy talab kuchayadi. Badiiy asar publitsistikaning vazifasini bajara boshlasa, qismati ham publitsistikanikiga yarasha bo‘ladi, yaʼni muammo hal bo‘lguncha, baʼzan esa, muammo odamlar eʼtiboridan qolguncha yashaydi.
=== Taqdimot 13 ===
Istiqlol davri adabiyotining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iboratdir:
1. Istiqlol davri adabiyotining ilk bosqichida o‘zbek ijodkorlari yangicha uslub va mahorat sirlarini o‘zlashtirish maqsadida g‘arb adabiyoti an’analariga ko‘proq murojaat qildilar.
2. Shu ta’sir oqibatida o‘zbek adabiyotiga modernizm oqimi kirib keldi.
3. 90-yillarga kelib, yana buyuk Sharq adabiyoti an’analari, mumtoz adabiyotimiz, qadimgi yodgorliklar, mif va afsonalar, asotirlar va rivoyatlarga qiziqish kuchaydi.
=== Taqdimot 14 ===
4. Chorak kam bir asrlik sovet davri adabiyotiga yangicha nuqtayi nazar bilan qarash tamoyili paydo bo‘ldi.
5. Ijod erkinligiga katta imkon tug‘ildi.
6. Shu asnoda qahramonlar tasvirida ilgari mavjud bo‘lgan ijobiy va salbiy tushunchalarni anglatuvchi qoliplar barham topdi.
7. Badiiy adabiyotga ruhoniy kayfiyat–islom ma’naviyati kirib keldi. Diniy qadriyatlar, imon va e’tiqodni ulug‘lovchi ko‘plab badiiy asarlar yaratildi.
8. Adabiyotda to‘la ma’noda ijodiy erkinlik ro‘yobga chiqdi. Yozuvchi uchun taqiqlangan mavzu va muammo qolmadi.
=== Taqdimot 15 ===
Xurshid Doʻstmuhammad zamonaviy oʻzbek adabiyotining koʻzga koʻringan vakillaridan biri hisoblanadi. “Panoh”, “Mahzuna”, “Jajman” hikoyalari zamonaviy hikoyachilikni boyitdi
=== Taqdimot 16 ===
Istiqlol nasri ham voqeabozlikdan, muammochilikdan, ishlab chiqarish masalalarini hal etishdan qutulib bormoqda.
Shunday asarlardan biri Xurshid Do‘stmuhammadning “Mahzuna” nomli hikoyasidir. Hikoyada oilani muqaddas sanash, gard yuqtirmaslik ayollik burchi ekanligini anglash, uni ich-ichidan his qilishlikni, shuningdek, Yevropadan kirib kelgan baʼzi bir “madaniy” holatlarni milliy ruhga yot deb bilishlik yorqin badiiy aks ettirilgan.
=== Taqdimot 17 ===
Har bir davr o‘zining yangi qarashlari va tamoyillarini yuzaga keltirishi tabiiy hol. Modern ruhidagi asarlarning yuzaga kelishi va birmuncha jonlanishi shuning mahsulidir. To‘g‘ri, modernizm umuman olganda, adabiyotda yangi yo‘nalish emas. U g‘arb adabiyotida allaqachondan beri mavjud. Lekin u o‘zbek adabiyotida yangi tamoyildir. Bizning adabiyotga uning kech kirib kelishining obyektiv va subyektiv sabablari bor.
Obyektiv sababi shundaki, modern ruhidagi asarlar zamirida kuchli g‘ayritabiiy psixologik holat yotishi bilan birga, ramziy voqea-hodisa tasvirida, ramziy manzaralarda g‘ayritabiiy olam ifodasida o‘zi yashab turgan jamiyat illatlarini kuchli tanqid ostiga olishi va fosh qilish xarakteri mavjudligi, shuningdek, uning yuzaga kelish va urchishiga sababchi shaxslarning qiyofasini shafqatsiz ochib tashlash xususiyatiga egaligi.
=== Taqdimot 18 ===
Modernizm (italyancha modernismo – “zamonaviy oqim”; lotinchadan kelib chiqqan modernus – “zamonaviy, yangi”) XIX asrning ikkinchi yarmi, XX asrning 50—60-yillarida Yevropa, AQSH adabiyoti va sanʼatida rivoj topgan oqim va yoʻnalishlarning umumiy nomi.
Postmodernizm XX asr oʻrtalari va oxirlarida rivojlangan yoʻnalish boʻlib, u asosan falsafa, sanʼat, arxitektura va adabiy tanqidchilikda modernizm anʼanalaridan chekinishni oʻzida ifodalaydi. Atamadan asosan modernizmdan keyin kelgan tarixiy davrni ifodalash uchun qoʻllangan.
=== Taqdimot 19 ===
Bizning adabiyotda modernizm mustaqillik arafasida shakllana boshladi. Mustaqillikdan so‘ng ancha rivojlandi, turli xil bahslarga sabab bo‘ldi. Nasrda modernizm yo‘lini boshlab bergan va eng ko‘p asarlar yozgan Nazar Eshonquldir. Uning bu boradagi hikoyalaridan birinchisi “Maymun yetaklagan odam”dir. To‘g‘ri, u mustaqillikdan bir oz oldin, 1989-yilda yozilgan. Hikoya bosilishi bilan, birdan shov-shuvga sabab bo‘ldi. Chunki u ko‘p yildan beri mavjud usulni buzib yuborgan edi.
=== Taqdimot 20 ===
=== Taqdimot 21 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KIRISH. ISTIQLOL DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ISTIQLOL DAVRI ADABIYOTIDA HIKOYA JANRI TARAQQIYOTI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar