KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI

Narxni hisoblang

Jami: 5 000 so'm


=== Taqdimot 1 ===
KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlar.
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari.
4. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
=== Taqdimot 3 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir.
=== Taqdimot 4 ===
7 yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik krizis
01
Bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi.
02
Ichki organlarning kattalashuvi.
03
Vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi.
=== Taqdimot 5 ===
“Men shuni xohlayman” “Men shuni bajarishim kerak” Motivi ustunlik qiladi
=== Taqdimot 6 ===
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik
– Shaxsiy tayyorgarlik. - Intellektual tayyorgarlik. - Harakat tayyorgarligi. - O‘quv faoliyatiga tayyorgarlik. - Jismoniy va axloqiy tayyorgarlik.
=== Taqdimot 7 ===
Shaxsiy tayyorgarlik
Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish – o‘quvchi bo‘lish;
Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. “Menga chiroyli forma, daflar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi”, “Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib о‘ynayman” “Maktabda uxlatishmaydi”.
=== Taqdimot 8 ===
Shaxsiy tayyorgarlik
Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarini singdirilishi maktabda muvaffaqiyatli o‘qish omili bo‘lib xizmat qila oladi.
=== Taqdimot 9 ===
Shaxsiy tayyorgarlik
“Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchun o‘qishim kerak ”, “Yozishni juda yaxshi ko‘raman”, “o‘qishni o‘rganaman”, “Maktabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman”- bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bo‘la oladi. “o‘quvchining ichki pozitsiyasi” bolaning maktab ta’limiga tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida – psixologik yangi tuzilma bo‘lib, kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira, namuna bo‘yicha, qoida bo‘yicha harakat qilish.
=== Taqdimot 10 ===
Intellektual tayyorgarlik
Tevarak-atrofda mo‘ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi;
Idrok va ko‘rgazmali-obrazli tafakkuming ma’lum darajada rivojlanganligi;
Umumlashtirish darajasi – narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko‘nikmasi;
=== Taqdimot 11 ===
Intellektual tayyorgarlik
Ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo‘lishi mumkin, lekin so‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi.
=== Taqdimot 12 ===
Harakat tayyorgarligi
Harakat tayyorgarligi;
Mayda motorika; katta harakatlami amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana)
=== Taqdimot 13 ===
O‘quv faoliyatiga tayyorgarlik
=== Taqdimot 14 ===
O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi
Jismoniy faollik
Ijtimoiy faollik
Psixik faollik
=== Taqdimot 15 ===
Jismoniy faollik
Sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir.
Psixik faollik
Bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir.
=== Taqdimot 16 ===
Ijtimoiy faollik
Bola yengishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, hatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni qabul qilish.
=== Taqdimot 17 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
7-10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi, 10-12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan. Sezgilarning o‘sishida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta.
=== Taqdimot 18 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Idroki o‘tkir, ravshan Xotirasi kuchli Qiziquvchan Ishonuvchan xayoli yorqin idroki aniq, sof
=== Taqdimot 19 ===
Kichik maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishdagi qiyinchiliklar
Neyrofiziologik sabablar; Bilish jarayonlarining etarli darajada rivojlanmaganligi; Erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; Motivatsion sohalarining etarli rivojlanmaganligi; Oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar; Maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; O‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar; Shaxs xususiyatlardagi og’ishishlar.
=== Taqdimot 20 ===
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari materialni mexanik ravishda o‘rganib olishiga sabab: (E. G‘. G‘oziev)
Mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani; Uilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar, natijada uning “to‘g‘ri tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar; Ularning nutq boyligini yetishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) O‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar.
=== Taqdimot 21 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari
Taajjublanish hissi; Bilishga qiziqish; Ishonch hissi; Hayron qolish hissi; Urinchoqlik; Shubhalanish.
=== Taqdimot 22 ===
Taajjublanish hissi
Boshlang’ich sinf о‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bо‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida о‘tadi. Bu hol samarali bilish faoliyatining doimiy yо‘ldoshidir. Voqealarni kuzatib borayotganimizda biz о‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun bо‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R. Dekart).
=== Taqdimot 23 ===
Hayron qolish hissi
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda hayron qolish hissi kuchli bо‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bо‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda bolada hayron qolish hissi tug‘iladi.
=== Taqdimot 24 ===
Ishonch hissi
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.
=== Taqdimot 25 ===
Shubhalanish hissi
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har tomonlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi.
=== Taqdimot 26 ===
Kichik maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari:
Neyrofiziologik sabablar; Bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; Motivatsion sohalarining etarli rivojlanmaganligi; Oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar; Erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi; O‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar.
=== Taqdimot 27 ===
O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishi va munosabatining quyidagi uslublari:
Avtoritar uslub;
Demokratik uslub;
Liberal uslub.
=== Taqdimot 28 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar