KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
7000 so'm

KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Kichik maktab yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari
Kichik maktab yoshi davri — bu bolaning 6–7 yoshdan 9–10 yoshgacha bo‘lgan bosqichi bo‘lib, psixik rivojlanish, xulq-atvor, tafakkur va emotsional sohalarning faol shakllanish davridir. Bu bosqichda bola o‘qishga, ijtimoiy hayotga va bilishga faol qiziqa boshlaydi.
1. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari
Kichik maktab davrida bolalar bilim olishga psixologik jihatdan tayyor bo‘ladi. Ular o‘z xatti-harakatlarini ijtimoiy qoidalarga bo‘ysundirishni o‘rganadilar. 7 yosh atrofida bolada “uchinchi fiziologik krizis” kuzatiladi:
- Bo‘yning jadal o‘sishi;
- Ichki organlarning kattalashuvi;
- Endokrin tizimda o‘zgarishlar ro‘y berishi;
- O‘zini anglash jarayonining kuchayishi.
Bu davrda bola “men shuni xohlayman” motividan “men shuni bajarishim kerak” motiviga o‘tadi. Demak, xohish ustidan majburiyat hissi ustunlik qila boshlaydi.
2. Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik
Maktabga tayyorgarlik quyidagi turlarga bo‘linadi:
- Shaxsiy tayyorgarlik — bilishga qiziqish, ijtimoiy mavqe egallash istagi, o‘quvchi bo‘lishga intilish;
- Intellektual tayyorgarlik — idrok, tafakkur, xotira va umumlashtira olish qobiliyatining rivojlanganligi;
- Harakat tayyorgarligi — mayda va yirik motorika, koordinatsiya, qo‘l va tana harakatlarining uyg‘unligi;
- O‘quv faoliyatiga tayyorgarlik — diqqat, irodaviy sifatlar, topshiriqlarni mustaqil bajarish layoqati;
- Jismoniy va axloqiy tayyorgarlik — sog‘lomlik, tartibga rioya qilish, ijtimoiy me’yorlarni o‘zlashtirish.
Motivatsion tayyorgarlik
Bolaning o‘qishga bo‘lgan ichki ehtiyoji va motivi ota-ona hamda tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri shakllantirilishi lozim. “Menga chiroyli forma olishadi” kabi tashqi motivlar emas, balki “Men o‘qishni o‘rganaman”, “Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchun o‘qishim kerak” kabi ichki motivlar muhim ahamiyatga ega.
3. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Bu davrda bolalarning bilish jarayonlari faol rivojlanadi. Ularning idroki aniq, xotirasi kuchli, qiziquvchanligi yuqori bo‘ladi. Ranglarni farqlash, mantiqiy bog‘lanishlarni aniqlash, tasavvur va tafakkur imkoniyatlari kengayadi.
- 7–10 yosh oralig‘ida rang sezgirligi 45% ga ortadi;
- 10–12 yoshda bu ko‘rsatkich 65% gacha yetadi;
- Sezgi va idrokning rivojlanishida jismoniy mashg‘ulotlar muhim rol o‘ynaydi.
E. G‘. G‘oziev ta’kidlaganidek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari materialni ko‘pincha mexanik ravishda eslab qoladilar. Buning sabablari:
- Mexanik xotira boshqa turlarga qaraganda rivojlanganligi;
- Vazifani to‘liq anglamaslik — “to‘g‘ri tushuntirib ber” degan topshiriqni so‘zma-so‘z takrorlash deb tushunish;
- Nutq boyligi va ilmiy terminlarni bilmaslik;
- Matnni eslab qolish usullaridan foydalana olmaslik.
4. Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari
Emotsional rivojlanish bu davrda juda faol kechadi. Bolalar har bir yangi tajribani his-tuyg‘ular orqali idrok etadilar. Quyidagi hislar ayniqsa kuchli bo‘ladi:
- Taajjublanish hissi — bilishga qiziqish va yangilikdan zavqlanish bilan bog‘liq;
- Hayron qolish hissi — yangi fakt yoki voqelikni tushunishga urinish paytida yuzaga keladi;
- Ishonch hissi — o‘z bilimlari amaliyotda to‘g‘riligini isbotlaganda paydo bo‘ladi;
- Shubhalanish hissi — yangi ma’lumot ilgari bilganlariga zid bo‘lganda yuzaga keladi va mustaqil fikrlashni rag‘batlantiradi.
5. Xulq-atvor va faollik turlari
Kichik maktab yoshidagi bola faol shaxs sifatida shakllana boshlaydi. Uning faolligi uch yo‘nalishda namoyon bo‘ladi:
- Jismoniy faollik — harakat qilish, to‘siqlarni yengish, sog‘lom ehtiyojni qondirish;
- Psixik faollik — atrof-muhitni o‘rganishga, bilishga qiziqish;
- Ijtimoiy faollik — sinf jamoasiga moslashish, yangi tartib va qoidalarga rioya qilish, o‘qituvchi bilan munosabat o‘rnatish.
6. Past o‘zlashtirishning sabablari
- Neyrofiziologik omillar (asabi tizimi rivojining notekisligi);
- Bilish jarayonlarining yetarli shakllanmaganligi;
- Motivatsion sohaning sustligi;
- Oilaviy tarbiya va muloqotdagi kamchiliklar;
- O‘qituvchining yondashuv uslubi va ta’lim muhitining noqulayligi.
7. O‘qituvchi munosabatining uslublari
O‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati ularning psixik rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi:
- Avtoritar uslub – qat’iy, buyruqboz yondashuv;
- Demokratik uslub – hamkorlikka asoslangan, rag‘batlantiruvchi yondashuv;
- Liberal uslub – erkin, nazoratsiz yondashuv.
Eng samarali uslub – bu demokratik yondashuv bo‘lib, unda o‘qituvchi bolani tinglaydi, rag‘batlantiradi va mustaqil fikrlashga undaydi.
Xulosa
Kichik maktab yoshi davrida bolaning psixik rivojlanishi – shaxs sifatida shakllanishning muhim bosqichidir. Bu davrda o‘qituvchi va ota-ona bola ehtiyojlarini to‘g‘ri yo‘naltirsa, unda bilishga qiziqish, mustaqillik va ijtimoiy moslashuv yuqori darajada rivojlanadi. Shu sababli har bir pedagog bu davrning psixologik qonuniyatlarini chuqur bilishi zarur.
=== Taqdimot 1 ===
KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
1. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlar.
2. Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi.
3. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning emotsional xususiyatlari.
4. Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari.
=== Taqdimot 3 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari
Kichik maktab davri 6-7 yoshdan 9-10 yoshgacha davom etadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Kichik maktab yoshidagi bolaning muhim xususiyatlaridan biri, unda o‘ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir.
=== Taqdimot 4 ===
7 yoshda bo‘ladigan uchinchi fiziologik krizis
01
Bola organizmida jadal bo‘yning o‘sishi.
02
Ichki organlarning kattalashuvi.
03
Vegetativ o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lgan keskin endokrin o‘zgarishlar ro‘y beradi.
=== Taqdimot 5 ===
“Men shuni xohlayman” “Men shuni bajarishim kerak”Motivi ustunlik qiladi
=== Taqdimot 6 ===
Maktab ta’limiga psixologik tayyorgarlik
– Shaxsiy tayyorgarlik.- Intellektual tayyorgarlik.- Harakat tayyorgarligi.- O‘quv faoliyatiga tayyorgarlik.- Jismoniy va axloqiy tayyorgarlik.
=== Taqdimot 7 ===
Shaxsiy tayyorgarlik
Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining maxsus o‘rni bo‘lishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish – o‘quvchi bo‘lish;
Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog‘cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o‘qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo‘lishi mumkin. “Menga chiroyli forma, daflar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi”, “Maktabda o‘rtoqlarim ko‘p bo‘ladi va men ular bilan mazza qilib о‘ynayman” “Maktabda uxlatishmaydi”.
=== Taqdimot 8 ===
Shaxsiy tayyorgarlik
Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun asosiy sabab bo‘la olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o‘rganish motivlarini singdirilishi maktabda muvaffaqiyatli o‘qish omili bo‘lib xizmat qila oladi.
=== Taqdimot 9 ===
Shaxsiy tayyorgarlik
“Men otamga o‘xshagan bo‘lishim uchun o‘qishim kerak ”, “Yozishni juda yaxshi ko‘raman”, “o‘qishni o‘rganaman”, “Maktabda qiyin misollarni yechishni o‘rganaman”- bunday motivlar to‘g‘ri motivatsion tayyorgarlikka misol bo‘la oladi. “o‘quvchining ichki pozitsiyasi” bolaning maktab ta’limiga tayyorligi ko‘rsatkichi sifatida – psixologik yangi tuzilma bo‘lib, kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira, namuna bo‘yicha, qoida bo‘yicha harakat qilish.
=== Taqdimot 10 ===
Intellektual tayyorgarlik
Tevarak-atrofda mo‘ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi;
Idrok va ko‘rgazmali-obrazli tafakkuming ma’lum darajada rivojlanganligi;
Umumlashtirish darajasi – narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko‘nikmasi;
=== Taqdimot 11 ===
Intellektual tayyorgarlik
Ko‘pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta’limga asos bo‘lishi mumkin, lekin so‘z boyligi, ma’lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko‘rsatkichi bo‘la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma’lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi.
=== Taqdimot 12 ===
Harakat tayyorgarligi
Harakat tayyorgarligi;
Mayda motorika; katta harakatlami amalga oshirish (qo‘l, oyoq, tana)
=== Taqdimot 13 ===
O‘quv faoliyatiga tayyorgarlik
=== Taqdimot 14 ===
O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi
Jismoniy faollik
Ijtimoiy faollik
Psixik faollik
=== Taqdimot 15 ===
Jismoniy faollik
Sog‘lom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir.
Psixik faollik
Bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir.
=== Taqdimot 16 ===
Ijtimoiy faollik
Bola yengishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklar: maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, hatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni qabul qilish.
=== Taqdimot 17 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
7-10 yoshli bolalarda ranglarning tuslarini sezish 45% ortishi, 10-12 yoshgacha bolalarda esa 65% gacha ortishi rus olimlari tomonidan aniqlanilgan.Sezgilarning o‘sishida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining ham ahamiyati katta.
=== Taqdimot 18 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi
Idroki o‘tkir, ravshanXotirasi kuchliQiziquvchanIshonuvchan xayoli yorqin idroki aniq, sof
=== Taqdimot 19 ===
Kichik maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari va o‘qishdagi qiyinchiliklar
Neyrofiziologik sabablar; Bilish jarayonlarining etarli darajada rivojlanmaganligi;Erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;Motivatsion sohalarining etarli rivojlanmaganligi;Oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;Maktab ta’limi va tarbiyasidagi kamchiliklar; O‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar; Shaxs xususiyatlardagi og’ishishlar.
=== Taqdimot 20 ===
Boshlang’ich sinf o‘quvchilari materialni mexanik ravishda o‘rganib olishiga sabab: (E. G‘. G‘oziev)
Mexanik xotirasi boshqa xotira turlariga qaraganda yaxshiroq rivojlangani; Uilar o‘qituvchi qo‘ygan vazifani anglab etmaydilar, natijada uning “to‘g‘ri tushuntirib ber” degan talabini so‘zma-so‘z takrorlash deb biladilar;Ularning nutq boyligini yetishmasligi (ilmiy atamalar, til qonuniyatlarini bilmasligi) O‘quvchilar matnni to‘g‘ri usullar bilan eslab qolishni bilmaydilar.
=== Taqdimot 21 ===
Kichik maktab yoshidagi bolalarning emotsional xususiyatlari
Taajjublanish hissi;Bilishga qiziqish; Ishonch hissi; Hayron qolish hissi;Urinchoqlik;Shubhalanish.
=== Taqdimot 22 ===
Taajjublanish hissi
Boshlang’ich sinf о‘quvchilari kutmagan voqealar sodir bо‘lganida ulardan taajjublanadilar. Bilish jarayonida taajjublanish hissi xursandlik tariqasida о‘tadi. Bu hol samarali bilish faoliyatining doimiy yо‘ldoshidir. Voqealarni kuzatib borayotganimizda biz о‘zimizda tug‘ilgan hislardan mamnun bо‘lamiz, bu mamnuniyat esa intellektual xursandlikdir (D. R. Dekart).
=== Taqdimot 23 ===
Hayron qolish hissi
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda hayron qolish hissi kuchli bо‘lib, tushuntirilayotgan yangi materialni, tadqiq qilinayotgan faktlarning sabablarini topishda qiynalib qolganida, bu faktlarni shu damgacha ma’lum bо‘lib turgan hodisalar guruhiga kiritolmay qolganida va shu kabi hollarda bolada hayron qolish hissi tug‘iladi.
=== Taqdimot 24 ===
Ishonch hissi
Narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishlar va munosabatlarning to‘g‘riligi kichik maktab yoshidagi bolalarning tafakkuri jarayonida aniqlanib, mantiqiy ravishda chiqarilgan xulosalar bilan amaliyotning o‘zida yaqqol isbot bo‘lganida ularda ishonch hissi tug‘iladi.
=== Taqdimot 25 ===
Shubhalanish hissi
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq rivojlanmagan bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har tomonlama tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi.
=== Taqdimot 26 ===
Kichik maktab yoshida past o‘zlashtirish sabablari:
Neyrofiziologik sabablar; Bilish jarayonlarining yetarli darajada rivojlanmaganligi; Motivatsion sohalarining etarli rivojlanmaganligi; Oila tarbiyasidagi, oilaviy munosabatlardagi kamchiliklar;Erkin va mustaqil harakat qilish darajasining pastligi;O‘zaro muloqot va munosabatdagi kamchiliklar.
=== Taqdimot 27 ===
O‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatishi va munosabatining quyidagi uslublari:
Avtoritar uslub;
Demokratik uslub;
Liberal uslub.
=== Taqdimot 28 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda ham kuzatib boring!
Slaydchi.uz — pedagogika, psixologiya va ta’lim sohalariga oid tayyor taqdimot va o‘quv materiallari platformasi.
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.