Keys-stadi nazariya va amaliyoti

8000 so'm


Keys-stadi nazariya va amaliyoti

 

 

Slayd 1

Keys-stadi: nazariya va amaliyot

Slayd 2

Keys-stadi haqida tushuncha
Keys‑stadi inglizcha sase – aniq vaziyat, study – talim coʻzlarining birikuvidan hosil qilingan boʻlib, aniq vaziyatlarni oʻrganish, tahlil etish va ijtimoiy ahamiyatga ega natijalarga erishishga asoslangan talim metodidir. Mazkur metod muammoli talim metodidan farqli ravishda real vaziyatlarni oʻrganish asosida aniq qarorlar qabul qilishga asoslanadi. Agar u oʻquv jarayonida malum bir maqsadga erishish yoʻli sifatida qoʻllanilsa, metod xarakteriga ega boʻladi, biror bir jarayonni tadqiq etishda bosqichma-bosqich, malum bir algoritm asosida amalga oshirilsa, texnologik jihatni oʻzida aks ettiradi.

Slayd 3

Ushbu metod dastlab 1920 yilda Garvard biznes maktabida qoʻllanilgan. Garvard biznes maktabining oʻqituvchilari biznes yoʻnalishidagi aspirantura boʻlimi uchun toʻgʻri keladigan darsliklarning mavjud emasligini tez anglaydilar. Ushbu masalani yechish uchun biznes maktabining oʻqituvchilari tomonidan qoʻyilgan dastlabki qadam yetakchi biznes amaliyotchilaridan intervyu olish hamda mana shu menedjerlarning faoliyati, unga tasir etuvchi omillar yuzasidan batafsil xisobot yozish boʻldi. Maruza tinglovchilarga u yoki bu tashkilot toʻqnash kelgan konkret vaziyat, ushbu vaziyatni tahlil etish va mustaqil ravishda yoki jamoa boʻlib munozara tashkil etish asosida uning yechimi topish tarzida taqdim etilar edi. Keyinchalik keys metodi biznes yoʻnalishidagi talim muassasalarida keng targʻib etilgan. Hozirgi kunda esa, kasbiy kompetentlikni rivojlantirish nuqtai nazaridan mazkur metod tarafdorlari koʻpayib bormoqda. XX asrning 50 yillaridan boshlab biznes-keyslar Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida ommalashdi. Yevropaning yetakchi biznes maktablari keys-stadi metodi asosida dars beribgina qolmay, keyslarni yaratishda ham faol ishtirok eta boshlaydilar.
Keys-stadi metodining kelib chiqishi haqida malumot

Slayd 4

Keys-stadi maktablari
Keys stadi ishlab chiqishning ikki klassik maktabi
Garvard (Amerika)
Manchester (Yevropada)
Aniq vaziyatning yechimini topishni oʻrganish yoʻli
Yagona toʻgʻri
Koʻp variantli yechimlar
Oʻnlab sahifali matnni va koʻplab chizmalarni oʻz ichiga oladi
Hajmi birmuncha kamroq

Slayd 5

Keys turlari
Keys – bu yaxlit axborotlar majmui. Qoidaga koʻra, keys uch qismdan iborat boʻladi:
Keysni tahlil etish uchun zarur yordamchi axborotlar;
Aniq vaziyat bayoni;
Keys topshirigʻi.
Bosma holatdagi keys (uni yanada koʻrgazmali boʻlishini taminlaydigan grafik, jadval, diagramma, illyustrasiyalarni ham oʻz ichiga oladi).
Multimedia-keys (soʻnggi vaqtlarda keng qoʻllashni talab etayotgan.
Video keys (film, audio va video materiallardan iborat boʻlishi mumkin).

Slayd 6


Tahliliy faoliyat turlari
Tavsifi
Namoyon boʻlish shakli
1.
Muammoli tahlil
Muammolarni ajratish;
Muammolar koʻlami va ularning tasnifini shakllantirish.
Vaziyatning muammoli jihatlarini tahlil qilish;
Vaziyatning muammoli shartlarini tahlil qilish;
Vaziyatning muammoli oqibatlarini tahlil qilish.
2.
Tizimli tahlil
Obyektni tizimiy yondashuv pozisiyasidan oʻz strukturasi va funksiyalariga ega tizim sifatida koʻrib chiqish
Deskript analiz: mavjud tuzilma asosida funksiyalarni shakllantirish;
Konstruktiv analiz: mavjud funksiyalar asosida tuzilma shakllantiriladi.
3.
Prakseologik tahlil
Faoliyatli jarayonlarni ularni optimallashtirish nuqtai nazaridan koʻrib chiqish
Faoliyatni optimizasiyalash usullarini analiz qilish;
Faoliyatni modellashtirish va algoritmlashtirish
4.
Prognostik tahlil
Vaziyatning keyingi rivojiga nisbatan farazlar keltirish
Normativ prognostik analiz;
Konseptual prognostik analiz
Keys-stadi metodida qoʻllaniladigan tahlil (analiz) turlari

Slayd 7

Keys topshirigʻini yozma koʻrinishda tayyorlashni;
Talabalarning keys topshirigʻini mustaqil oʻrganishlari va muhokama etishni;
Oʻqituvchi rahbarligida auditoriyada hamkorlikda keys-topshirigʻini muhokama etishni;
«Muhokama yechimdan ham muhim» tamoyiliga rioya etishni
Keys – stadi metodi quyidagilarni koʻzda tutadi:

Slayd 8

Insident (axborotni qidirish)
Malumotlarni tahlil etish (ishbop korresponden-siya)
Oʻyin tarzida loyihalash
Swot tahlil
Vaziyatli-rolli oʻyin
Munozara
Keys-topshirigʻini bajarish jarayonida qoʻllaniladigan strategiyalar

Slayd 9

Keys-metodini amalga oshirish bosqichlari:
Keys bilan tanishuv (individual)
Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalarni taqdimoti, tahlil va baholash (oʻqituvchi va kichik guruhlar)
Gʻoyalar yigʻish va muammoning yechimini izlash (kichik guruhlarda)
Keys
Keys yechimi va tavsiyalar (oʻqituvchi, kichik guruhlar va individual)
Asosiy muammoni (oʻquv muammosini) ajratib olish va oʻrganish (individual va kichik guruhlarda)

Slayd 10

Bosqichlari
Aniq vaziyat bilan tanishuv
Izlanishga doir: topshiriq mate-riallarida ifoda etilgan axborotni baholash
Muhokama etish: muqobil yechim-larning imkoniyatlarini muhokama qilish
Qaror qabul qilish: guruhlarda yechimni izlab topish
Munozara: har bir guruh oʻz yechimini himoya qiladi
Natijalarni taqqoslash: guruh-larda qabul qilingan yechimlarni taqqoslash

Slayd 11

Bosqichning maqsadi
Muammoli vaziyatni tushunish
Yechim uchun zarur axborotni topishga oʻrgatish.
Alternativfikrlashni rivojlantirish.
Yechim variantlarini taqqoslash va baholash.
Yechimni dalillar bilan asoslash
Alohida yechimlarda aks etgan qiziqishlarning oʻzaro aloqadorligini baholash.

Slayd 12

Keys-stadining oʻziga xosliklari
Izlanishga doir faoliyatning mavjud boʻlishi.
Jamoaviy va guruhlarda oʻqitish
Individul, guruhli va jamoaviy ish shakllari integrasiyasi
Xil-xil oʻquv loyihalarini ishlab chiqish
Muvaffaqiyatga erishish uchun talabalarning oʻquv-bilish faoliyatini ragʻbatlantirish

Slayd 13

Keys-metodini amalga oshiruvchi oʻqituvchi faoliyatining bosqichlari
Tayyorgarlik bosqichi;
Asosiy bosqich: keys-stadi metodini amalga oshirish;
Tahliliy, baholovchi bosqich

Slayd 14

Oʻqituvchi muammoni yechimini topishga yordam beruvchi kalit vazifasini bajaruvchi qoʻshimcha savollarni yoki malumotlarni taqdim etishi mumkin.
Ayrim vaziyatda oʻqituvchining oʻzi javobni aniqlashtirishi mumkin.
Muammo ustida talabalar ishlayotgan vaqtida oʻqituvchi hech qanday yordam bermasligi mumkin.
Keys bilan ishlash jarayonida professor-oʻqituvchining harakat strategiyasi mavjud:

Slayd 15

Talabalar tomonidan keysni yechish bosqichlari:
Jahon tajribasi koʻrsatishicha, agar talabalarning keysni hal etish texnologiyasi ikki bosqichdan iborat boʻlsa, talimiy maqsadlarga erishishda yanada koʻproq samaraga erishish mumkin:

Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual (auditoriyadan tashqari) ish.
Ikkinchi bosqich – keys bilan birgalikda jamoa boʻlib (auditoriyada) ishlash.

Slayd 16

Talaba mustaqil ravishda:
Keys materiallari bilan tanishadi;
Taqdim etilgan vaziyatni oʻrganadi, izohlaydi va asoslaydi;
Muammo va muammo osti muammolarni ajratadi, vaziyatni tadqiq va tahlil qilish usullarini tanlaydi;
Berilgan amaliy vaziyatni tahlil qiladi; ajratilgan muammoni hal etish usullari va vositalarini belgilaydi va asoslaydi;
Taklif etiladigan qarorni amalga oshirish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi.
Birinchi bosqich – keysni hal etish boʻyicha individual ish

Slayd 17

Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash
Talabalar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida ishlashadi:
Guruh azolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
Yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
Muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
Taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi

Slayd 18

Keysni yechish natijalarini kichik guruhlar tomonidan taqdimotini oʻtkazish:
Real vaziyat yechimiga doir oʻz variantlarini taqdim etadilar;
Tanlangan harakatlar yoʻlini izohlaydilar va yechimning toʻgʻriligini asoslaydilar;
Boshqa guruh azolarining savollariga javob beradilar va oʻz takliflarini asoslaydilar

Slayd 19

Jamoa boʻlib keys ustidan ishlash:
Guruhlar taklif etgan yechimlar variantlarining muhokamasi;
Taklif etgan yechimlarning oʻzaro baholanishi;
Taklif etilgan yechimlarning xayotiyligi va amalga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (talabalar va oʻqituvchi) baho berilishi ham mumkin.

Slayd 20

Keys: Pedagogik nizo va uni hal etish yoʻllari
Malum muddat tibbiy davolanishda boʻlib, yangi oʻquv yilidan yana qaytadan ishga qaytgan «Kasbiy ta’lim» kafedrasi oʻqituvchisi N. Xafizov menejment bakalavriat talim yoʻnalishi 303 guruhida kasbiy pedagogika fanidan seminar mashgʻulotini oʻtkazayotgan edi. Seminar mashgʻulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashgʻulot boshlanganiga oʻttiz daqiqa boʻlganida mazkur guruh talabasi A. Petrova eshiqni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat soʻradi. Oʻqituvchi esa mashgʻulot boshlanganiga ancha vaqt boʻlganini, u bir necha marotabadan boʻyon kechikib kelayotganini aytib, mashgʻulot vaqtida kechga qolgan talaba A. Petrovaning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi. Talaba esa, auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. Oʻqituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir-oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi. Shikoyat xatida talaba-qizning onasi homilador ekanligiga qaramasdan va har qanday holatda ham oʻqituvchi talabani mashgʻulotga kiritmasdan, uni turtib auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etikaga zid ish ekanligi, oʻqituvchining kompetentligini aniqlash uchun Davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan oʻtkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora koʻrilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qoʻygan edi.

Slayd 21

Ertasi kuni fakultet dekani va oʻrinbosari N. Xafizovni bu haqida ogohlantirdi. Oʻqituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qoʻpol munosabatda boʻldi. Bir hafta muddat oʻtib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yigʻilishda muhokama qilib, qaror chiqarib berishni soʻradi.
Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-oʻqituvchilari har qanday vaziyatda ham N. Xafizovni qoʻllab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr soʻrash haqidagi taklifni kiritishdi. N. Xafizovga soʻz berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-qizdan uzr soʻramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat oʻtib, N. Xafizov kafedra mudirining ishdan boʻshatmasligi haqidagi iltimosiga karamasdan, oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi.
Yuqorida keltirib oʻtilgan vaziyatni tahlil eting. Siz N. Xafizovning oʻrnida boʻlganingizda qanday yoʻl tutgan boʻlar edingiz? N. Xafizovning ishdan boʻshab ketishi toʻgʻri boʻldimi?
Keys: Pedagogik nizo va uni hal etish yoʻllari

Slayd 22

Ish bosqichlari va vaqti
Maslahat va tavsiyanomalar
1. Keys bilan tanishish (individual) – 3 daqiqa
Taqdim etilgan aniq vaziyatlar bilan tanishib chiqing. Muammoli vaziyat mazmuniga alohida etibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bagʻishlanganligini aniqlang.
2. Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. Oʻz fikringizni guruh bilan oʻrtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni etibordan chetda qoldirmang.
3. Muammo yechimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa
Guruh bilan birgalikda muammo yechimini toping. Muammoga doir yechim bir necha variantda boʻlishi ham mumkin. Shu bilan birga siz topgan yechim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.
4. Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa
Guruh bilan birgalikda keys yechimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham boʻlishi tamoyillariga rioya qiling.
Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish boʻyicha tinglovchilarga uslubiy koʻrsatmalar

Slayd 23

Muammo (asosiy va kichik muammolar)
Yechim
Natija
Keys yechimi uchun taklif etilgan gʻoyalar taqdimoti uchun chizma namunasi

Slayd 24

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 25

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Keys-stadi nazariya va amaliyoti” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar