=== Taqdimot 1 ===
KENG ASSORTIMENTDAGI LIBOSLARNI BADIIY BEZASH USULLARI VA VOSITALARI
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
Kashtachilik san’atini kiyimlarda qo‘llash texnologiyasi.
Kashtachilik san’ati va uning qo‘llanilishi.
Dekorativ motivlarning semantikasi.
Zamonaviy kostyum darnament rangining xususiyatlari.
Biser tikish san’atining kiyimlarda qo‘llanilishi.
=== Taqdimot 3 ===
Kashtachilik bezak san‘ati turlaridan bo‘lib turli ranglardagi iplar, ignalar, ilmoqli bigiz bilan mato, trikotaj, charm, kigiz, kartonga qo‘lda yoki mashinada gul, naqsh, tasvir tikiladi. Kashta buyumlar va kiyimlarni bezashda qadimdan keng qo‘llanilib kelingan. Kashta ipak, paxta, jun, zig‘ir, sun’iy (kimyoviy) tolalardan tayyorlangan iplar mayin sim, zar ip, xom charmdan ensiz qilib tayyorlangan tasmalarni tikib, munchoq, marjon, metall pulakcha (payotkalar), nodir va qimmatbaho toshlar, rangli tabiiy va sun’iy oddiy toshlar, rangli shishalardan ishlangan munchoqlar qadab ham tayyorlanadi.
=== Taqdimot 4 ===
Sharq xalqlari san’atidagi naqshlarning mohiyati – qadimdan odamlarning borliq haqidagi taassurotlarini mujassamlashtiradigan belgi-ramzlarning o‘ziga xos tizimini namoyon etadi. Kashta naqshlari asosan koinot, bizni o‘rab turgan olamni eslatuvchi o‘simlik va hayvonot dunyosi yoki bezakli va xo‘jalik buyumlari bo‘ladimi, bularning barchasida mavjud olamning tasviri yotadi..
=== Taqdimot 5 ===
Qadimgi an’anaviy mehr bilan tikib chiqilgan kashtalarni biz milliy so‘zanalar qatorida, hamohang ravishda, milliy liboslarimizda ham uchratamiz. Kashtalar kiyimning butun bir maydonini qoplagan, yoki ularning yoqa atroflari, yeng uchlarini bejirim naqshlar bilan bezab turgan.
=== Taqdimot 6 ===
Kashta tikiladigan ipak iplar avvallari tabiiy xomashyodan olingan ranglarda bo‘yalgan, XX asr boshlariga kelib anilin bo‘yoqlarini qo‘llashga o‘tilgan. Kashtalar tikish bilan asosan ayollar shug‘ullanganlar. Kashta naqshlarini qalamkashlar belgilab, chizib berganlar va o‘z hunarlarini avloddan avlodga o‘tkazib kelganlar. Choklar asosan iroqi, bosma, ilmak, kanda-xayol, yo‘rma, zanjir chok va suv choklardan iborat bo‘lgan.
Qadimgi milliy hunarmandlarimiz qo‘llari bilan tikilgan kashtalarda naqshlar ko‘pincha gullar, barglar yoki ma’lum bir narsa larni anglatuvchi belgilardan iborat bo‘lgan. Har bir o‘simlik qadri katta baholanib ko‘p bora kashtalarda aks etgan. Har bir xalqning kashtado‘zlikda qadimdan rivojlanib kelayotgan o‘z an’analari, badiiy uslublari mavjuddir.
=== Taqdimot 7 ===
=== Taqdimot 8 ===
Kashtado‘zlarning asosiy qurollari igna, ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar, angishvona, to‘g‘nag‘ich, qaychi va yog‘och dastgohlar bo‘lgan. Kashta tikishdan avval kashta tikiladigan mato, kigiz, charm va shu kabilarning qalin-yupqaligi, tikiladigan kashta xarakteriga qarab ip hamda igna tanlanadi.
Chok turlari va tikilish usullari:
bigiz yordamida tikiladigan zanjir chok.
igna yordamida tikiladigan zanjir chok.
sanama kashta choki (iroqi).
chamak chok, erkin kashta ilmoqli chok.
=== Taqdimot 9 ===
O‘zbek kashtado‘zligida zanjir chok, ilma, ilmoq, bosma, chamak va baxya choklari keng tarqalgan. Bu choklarning tikish usullari turlichadir. Zanjir chok ilmoqli bigiz yoki igna bilan matoning o‘ng tomonida halqalar zanjiri, teskari tomonida esa to‘g‘ri chiziqlar hosil qilib tikiladi. Bu chok mashinada ham tikiladi, mashina choki popop nomi bilan mashhurdir. Zanjir choki bilan ko‘pincha jiyaklar, bezak buyumlarining hoshiyalari, shuningdek yirik kashtalar tikiladi. Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida kashtalarning asosiy qismi shu chokda tikiladi. Kashtado‘z ilmoqli bigiz bilan kashta tikayotganida matoning eng quyi qismidan boshlab, yuqori tomoniga qarab tika boradi.
=== Taqdimot 10 ===
Dastlab bigiz sanchilib matoning orqa tomoniga o‘tkaziladi, unga kashtado‘z orqa tomondan chap qo‘li bilan tutib turgan ipni ilintiradi, matoning o‘ng tomoniga chiqargach, bigiz yana sanchiladi, sirtda halqa hosil bo‘laveradi, shu tarzda halqalar zanjiri vujudga keladi. Igna bilan tikkanda esa yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ignaga o‘tkazilgan ip matoning sirti da chap qo‘l bilan ushlab turiladi, sanchilib chiqqan igna bilan halqa hosil qilinadi. Boshqa choklar bilan tikilgan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglarning asosiy shoxchalari, bandlari va shunga o‘xshash kashta elementlari qadimdan shu usulda tikiladi.
=== Taqdimot 11 ===
Kashta tikishning bunday usuli bilan zamonaviy liboslarni badiiy bezatish hozirgi kunda juda urf bo‘lib bormoqda. Kashta tikishda iplar rangi tikilayotgan mato rangiga moslab tanlab olinadi, shuningdek libos bo‘laklarida naqshlar shakli kompozitsiyasi tuzib olinadi. Mato rangi iliq rangda bo‘lsa tanlangan iplar rangi ham iliq tuslarda bo‘lishi lozim, naqshlarni zanjir choklar bilan to‘ldirishda yonma-yon joylashgan iplar rangi bir-birini to‘ldirib turishi lozim.
=== Taqdimot 12 ===
O‘zbekistonda sanama kashtaning iroqi turi tarqalgan. Matoga gul-naqsh, tasvir konturi chizilib, kashta erkin tikilaveradi. Arqoq va o‘rish iplari kesishtirib to‘qilgan mato (polotno, bo‘z shaklida to‘qilgan mato)ga tikiladi. Chunki, bunday mato iplarini sanash qulay. Bunday kashta gullari geometrik shakllar (uzun, qisqa, to‘g‘ri chiziqlar)dan iborat bo‘ladi. Chamak chokidan ipi sitilib chiqmaydigan, qattiq to‘qilgan matolarda, movut, baxmal kabilarda, ko‘ylak, yubka, jaket, nimcha etaklarini, yeng, yoqalarning chetlarini bezab tikishda qo‘llaniladi. O‘ngdan chapga tomon tikilib, iplarning ranglarini turlicha olib libos bo‘laklarini rangli hoshiyalar bilan bezatishda ko‘p foydalaniladi. Erkin kashta usuli har qanday matoga tikilaveradi, bunday kashtalarning gullari turlicha bo‘lishi mumkin.
=== Taqdimot 13 ===
=== Taqdimot 14 ===
Kashtachilik san’ati ko‘p asrlik tarixga ega. Qadimdayoq kashtalar mavjud bo‘lgani haqida arxeologlarning topilmalari guvohlik beradi. Bu turli shakl va hajmdagi naqshlar, hamda zardo‘zi texnikasi bilan bajarilgan kostyum fragmentlaridir. Zardo‘zlik va boshqa kashtachilik turlari bilan ko‘proq ayollar shug‘ullanib, turmushda foydalaniladigan jihozlar yaratishgan, qolaversa ijtimoiy mavqega ega shaxslar libosi zardo‘zi texnikasi bilan bajarilgan. O‘zbek xalq kostyumlari forma, bezak, rang borasida juda xilma-xillikka ega bo‘lgan. Dekor – serjilo va takrorlanmas rang va naqshlar majmuasidir, kashta – bu katta va qiziqarli dunyo, o‘ziga xos bilimlar va ijodiy fikrlar akademiyasidir. Kashtachilik eng qadimiy san’at turlaridan bo‘lib, ayollarning kundalik hayotida katta rol o‘ynagan va ular o‘z orzu-istaklari, ezgu niyatlarini kashta orqali buyumlarda aks ettirganlar.
Kashtachilik san‘ati va uning qo‘llanilishi
=== Taqdimot 15 ===
Kashtaning diqqatga sazovorligi faqatgina uy jihozlarida mavjudligida emas, balki, uning an’anaviy qadriyatlar sifatidagi tarixda tutgan o‘rnidadir. Qadimda oilada qiz uzatilayotganda albatta kashtalar bilan bezatilgan buyumlar tayyorlanib, sarpolariga qo‘shib qo‘yilgan va bu muhim an’analardan hisoblangan. Kashtachilik qo‘l ishi bo‘lib, O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida saqlanib qolgan. Kashtachilik san’ati O‘zbekistonda ko‘p yillar davomida rivojlangan. Respublikaning har bir viloyatida o‘ziga xos ornament va kashta choklari vujudga kelgan. Kashta muzeyini yettita lokal tiplarga ajratish mumkin: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Farg‘ona hamda Surxondaryo va Qashqadaryo kashtalari.
=== Taqdimot 16 ===
Kashtachilik usullari, naqshlari, ularning rang tasvirlari avloddan avlodga o‘tib rivojlandi. Kashtalar asta-sekinlik bilan yaxshilanib bordi va takrorlanmas xarakterlarga ega bo‘lgan kashta namunalari vujudga kela boshladi. Quyidagi sxemada o‘zbek kashtalarining o‘zaro bog‘liqlik klassifikatsiyasi berilgan
=== Taqdimot 17 ===
XIX asr oxiri XX asr boshlarda O‘zbekiston aholisining kundalik hayotida kashta katta rol o‘ynagan. Kashtalardagi rango-rang dekorlar nafaqat o‘sha vaqtlarda, balki hozirgi kunda ham ko‘zni quvontiradi. Ma’lumki, do‘ppi, an’anaviy erkak va ayollar choponi (to‘n, chakmon), jiyak, kelinlar ro‘moli, belbog‘, ko‘ylak, undan tashqari ayollar etigi va tuflilari kashta bilan bezatilganUlarda ishlatilgan to‘g‘ri burchakli, markaziy, to‘g‘ri chiziqli, geometrik, o‘simlik, rapportli, o‘simlik va zoomorf kabi kashta kompozitsiyalarini sanab o‘tish mumkin. Kompozitsiyalar eng ko‘p qo‘llaniladigan asosiy kashta choklaridan biri bosma, ikki tomonlama chok – duruya, izma chok – ilmoq, iroqi, kanda-xayol, ikki tomonlama bosma chok – xomdo‘zi, yo‘rma, baxmalchok – mashina choklari yordamida yaratilgan.
=== Taqdimot 18 ===
O‘zbek xalq kostyumlarining tashqi dekorativ yechimining badiiy tahlili quyidagi xulosalarga kelishga imkon beradi, ya’ni eng oddiy elementlar – rang, chiziq, simvolik ornamental belgilar – o‘zlarida muhim ma’nolarni aks ettirgan, hayot va o‘lim, kun va tun, Yer va osmon, ezgulik va yovuzlik tushunchalariga ko‘plab etnograf va san’atshunoslarning fikrlariga ko‘ra qadimgi xalqlar ishonib yashashgan. Dekorativ elementlar katta bo‘lmagan ornamental motiv yoki minikompozitsiya sifatida ingichka, naqshli jiyaklarda ham bo‘lgan.
Dekorativ motivlarning semantikasi
=== Taqdimot 19 ===
Qizil rang, kelinlik va yosh ayollar liboslarida keng tarqalgan, nazarimizda bu rang Ona Yer, hayot boshlanishini anglatgan va turli xil ornamental kompozitsiyalar uchun fon sifatida ishlatilgan. Ko‘k rang, xitoy va turk afsonalarida osmon ramzini anglatadi, respublikamizning sharqiy viloyatlarida o‘ziga xos vazifalarda ishlatiladi. Qora rang sharqiy viloyatlarda o‘ziga xos ma’noga ega bo‘lib, bu motam belgisini ham anglatgan. Oq rang, hamma viloyatlarda qorong‘ilik, yovuzlik, johillik kabilarga xuddi yorug‘lik, olov singari kirib, yangilanish, ezgulik ma’nolarini olib kirgan. Shuning uchun ham kelinning asosiy kelinlik libosining ichidan kiyiladigan ko‘ylaklari oq rangda bo‘lgan, bu albatta, yangi yorqin hayot sari yo‘l ma’nolarini anglatgan. Qizil rangdagi liboslar esa, hayotining yangi sifatlarini ochish va avlodlar bardavomligini ta’minlashini bildirgan
=== Taqdimot 20 ===
Ustki ko‘ylaklarning dekorativ bezagi sifatida kashtalangan jiyak ichki kelinlik liboslarining uzun yeng uchlaridagi turli kashtalar xizmat qilgan. Rangli kashta kelin libosining yengida dekorativ bezak sifatida qo‘llanilib, o‘rtacha 30–45 sm2 maydonni egallagan. Uning dekorativ tashkiliy qismini bir nechta ornamental tizim tashkil etgan, bunda uzluksiz to‘lqinsimon yoki zigzag chiziqlarning bo‘lishi xarakterlidir. Bitta yoki ikkita motivning ketma-ketligi, ya’ni Quyosh belgilari: aylana, ko‘p qirrali, nursimon gul. Ular ham o‘z o‘rnida zigzag chiziqlar kabi o‘simlik motivlari – yaproqlar, kurtaklar, shoh-shabbalar, gullar bilan tasvirlangan. Boshqa ornamental tizimda ma’no va diqqat ko‘p bora takrorlanadigan va markaziy kompozitsion joyni egallagan bitta yirik motivga qaratiladi, odatda bunda quyosh motivi, dumaloq shakldagi gul ko‘rinishida berilib, u gohida sakkiz qirrali yulduz, ktest, ko‘p yaproqli gul, rombsimon gul sifatida tasvirlangan.
=== Taqdimot 21 ===
Kostyumlarda aralash texnika ham qo‘llaniladi, masalan, yoqa, yeng uchi, etak iroqi, kostyumning boshqa qismlari yo‘rma chok bilan bajarilishi mumkin. Ma’lumki, XIX asr oxiri XX asr bosh-larida kashtachilik o‘zbek oilalarida muhim o‘rinni egallagan. Dekorning serjiloligi nafaqat o‘sha davrda, balki bugungi kunda ham diqqatga sazovordir. Albatta boshqa xalqlar ham milliy dekorativ elementlarga ega, lekin O‘rta Osiyo dekorativ elementlari o‘ziga xos. Shuning uchun ham ayni paytda dizaynerlar zamonaviy liboslarga milliylikni mohirona qo‘llab ham raqobatbardosh, ham milliylik ruhi ufurib turadigan zamonaviy liboslar yaratishmoqda. Konstruktiv yechim, shakl, mato tanlovi, uning kolorit yechimi, texnologik tayyorlanish jarayonlari kostyum yaratishdagi asosiy bosqichlardan hisoblanadi.
=== Taqdimot 22 ===
Astarsiz kostyum detallariga kashta tikishda ayrim hollarga e’tibor qaratish lozim. Bunda kashtani yoqa, manjet, cho‘ntak qopqog‘i kabi detallarga tikish tavsiya etiladi. Dekor libosning old yoki ort bo‘laklariga tikilsa bunda albatta astar qo‘yilishi lozim, bunda gigiyenik, ergonomik va estetik funksiyalar ko‘zda tutiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, kashta ham kundalik, ham boshqa marosim kostyumlarida qo‘llaniladi. Kashta o‘z ko‘rinishini uzoq vaqt saqlashi, tashqi ta‘sirlarga ko‘p uchramasligi u kostyum detalining qaysi joyiga biriktirilganligiga bog‘liq. Masalan, kashta pidjak, ustki ko‘ylaklarning uzun yengining uchlarida bo‘lmagani ma‘qul, chunki u kostyumning tashqi ta’sirlarga ko‘p beriladigan ekspluatatsion qismi hisoblanadi. Zardo‘zi texnikasida albatta zar, kumush iplardan foydalaniladi. Zardo‘zi texnikasi bilan biriktirilgan dekorativ elementlar liboslarning asosan ustki qismlariga qo‘llanilgani ma’qul.
=== Taqdimot 23 ===
Kiyimni tashkil etuvchilari (detallari)ning bir umumiylikka, uyg‘unlikka egaligi kostyum kompozitsiya asosini hosil qiladi. Kostyum shaklining qanchalik darajada namoyon bo‘lishi kompozitsion yechimga bog‘liq. Agar asosiy hajmlar va bezaklarning uyg‘unligi, hamda kostyumning umumiy proporsiyasi bo‘lmasa hech qanday dekor uni chiroyli qila olmaydi. Kompozitsiyaning komponenti sifatida shakl, siluet, chiziqlar (konstruktiv va dekorativ), rang va bezovchi elementlar (dekor) tushuniladi. Demak, libos yaratishda, uni turli dekoratsiyalar bilan bezashda, albatta, yuqoridagi talablarni inobatga olish zarur, shundagina raqobatbardosh, ehtiyojni qondira oladigan bejirim va chiroyli buyumlarni yaratish mumkin.
=== Taqdimot 24 ===
Kostyumda rang kompozitsiyasini yaratishda dekorativ elementlar, rang va atrof-muhit muhim rol o‘ynaydi. Shunga bog‘liq holda spetsifik kompozitsiyaning qurilishi dolzarb hisoblanadi. Kostyumning koloristik yechimini izlashda jiddiy muammolarga duch kelish mumkin, bunda nafaqat tanlangan ranglarning uyg‘unligi, balki tashqi omillar ham mavjud – vazifasi, vositalar, inson yoshi va nihoyat, dekorativ elementlar. So‘nggi omil ayni vaqtda juda katta ma’no va qiziqishga ega. Kostyumda rang kompozitsiyasining uyg‘unligini quyidagi jihatlar bilan aniqlash mumkin, ya’ni kostyum inson obraziga, uning individual xususiyatlari soch, tana, ko‘z rangiga qanchalik darajada mos tushganligi shular jumlasidandir.
Zamonaviy kostyumda ornament rangining xususiyatlari
=== Taqdimot 25 ===
Ma’lumki, o‘zbek milliy dekorativ elementlari serjilo, ular insondagi rang xarakteristikasini takrorlashi mumkin, masalan, ko‘k rang bilan ishlangan naqsh insondagi ko‘k rangdagi ko‘zlarga, to‘q jigarrang esa shunday rangdagi sochlarga mos keladi. Kostyum rangi albatta shu nyuanslarni hisobga olishi lozim va ularni kontrast yoki o‘xshashlik prinsiplari bilan uyg‘unlashtirishi kerak. Liboslardagi uyg‘unlik ishlab chiqarishda kiyimlar kompleksi uchun ma’lum bir rang gammasini yaratish bilan amalga oshiriladi, rang gammasi ikkita-uchta rang asosida quriladi, bunda ranglar turli yorqinlikda xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ay-ni o‘zbek dekorlari ikkitadan ortiq ranglarda bo‘lib, ular tabiat ranglari bilan aloqador va ular insonlarni ruhlantirib, shaxs individualligini ifodalashga qodir.
=== Taqdimot 26 ===
O‘zbek milliy dekorativ elementining har birida kamalakning yetti rangi, betakror naqsh va ma’no ifodalanadi. Demak, dekorlarni kostyumga qo‘llaganda inson yoshiga, tabiat fasllariga mos keluvchi sifatlarini e’tiborga olish lozim. Har bir viloyatda eng ko‘p tarqalgan ranglarni ko‘rsatuvchi jadval berilgan. Jadval milliy ko‘ylak, jiyak, paranji, kultapushak (ayollar bosh kiyimi), qo‘lro‘molcha, mahsi (ayollar etigi va tuflisi), belqars (erkaklar belbog‘i), do‘ppi, doka ro‘mol (kelinlar ro‘moli) dekorlarida ishlatilgan ranglarini ko‘rsatadi. Quyidagi jadvaldan kelib chiqib, turli xulosalarni chiqarish mumkin:
=== Taqdimot 27 ===
Insonnig o‘zoro psixologik va fizologik bog‘liklik holatlari jadvali
=== Taqdimot 28 ===
Ya’ni, yashil rang, tinchlik, yangilanish kabi sifatlarni anglatadi. U Buxoro, Namangan, Xivadan tashqari hamma viloyatlarda uchraydi. Siyoh rang – iliq havo timsoli (Samarqand, Surxondaryo, Buxoro, Namangan va Qashqadaryo). Bunday rangga boy dekorlarni bolalar kiyimida qo‘llash maqsadga muvofiq. Ma’lumki, yoz va bahorgi kiyimlar qishki ustki kiyimlardan ajralib turadi, ranglarining yorqinligi, yashil maysalar, ko‘k osmon, daryo suvi, quyosh nurida yaltirayotgan qum ranglari bilan umumiy bir uyg‘unlikka, hamohanglikka ega. Qishki kiyimlarning kompozitsion yechimi ko‘p hollarda ranglarning to‘qroq va ochroq, sovuq va iliq kabi nisbiy munosabatlariga asoslanadi. Bunday nisbatdagi va rangdagi dekorativ elementlarni biz barcha viloyatlarda topishimiz mumkin.
=== Taqdimot 29 ===
Munchoqlar – etnik taqinchoqlarning asosiy tarkibi hisoblanadi. O‘zbekiston hududida munchoqlardan yaratilgan bunday taqinchoqlarni ayollarimiz ko‘p sevib taqib yurganlar. Hozirgi kunda Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida ayollar, momolar bo‘ynida milliylik aks etgan munchoqlarning turli-tumanini ko‘rishimiz mumkin.
Biser tikish san‘atining kiyimlarda qo‘llanilishi
=== Taqdimot 30 ===
Liboslarda zardo‘zi va kashtalarga aralashtirib munchoqlar tikish urf bo‘lgan. Odatda munchoqlar qimmatbaho organik moddalardan tashkil topgan, sekin-asta texnika rivojlanib, biser ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng shisha va polimerlardan ko‘plab miqdorda turli-tuman shakllardagi biserlar yaratilgan. Biserlar o‘lchami millimetrlarga teng bo‘lishi mumkin, ba’zi hol-larda esa santimetrdan oshishi, hattoki bir necha santimetrlarga teng bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda biserlarning shisha, plastik va toshlardan yaratilgan turlarini ko‘p uchratishimiz mumkin, biroq biserlarning suyaklardan, shoxlar, metallar, chig‘anoqlar, durlar, korall, qimmatbaho toshlar, sintetik materiallar, yog‘och, sopol, qog‘oz va boshqa mahsulotlardan tayyorlangan turlarini ham uchratishimiz mumkin.
=== Taqdimot 31 ===
Biserlar bilan liboslarni bezatish san’ati hozirgi kunda juda rivojlanib bormoqda, biser-munchoqlarining xilma-xilligi undan liboslarni bezatishda turlicha chok usullaridan foydalanish, shuningdek ulardan bejirim aksessuarlar, taqinchoqlar, turli-tuman zargarlik buyumlarini yasash imkoniyatini beradi. Biserlardan keng assortimentga ega buyumlar yaratish, liboslarni bezatish uchun rang uyg‘unliklarini to‘g‘ri topish, naqsh kompozitsiyasini moslab tanlashda dizaynerlardan katta mahorat talab etiladi. Liboslarga biser-munchoqlarini tikish uchun ko‘p hollarda libos to‘liq tikib olinadi va bezak uchun joy qoldiriladi. Biser-munchoqlari bilan bezatish chog‘ida buyumga yo‘l-yo‘lakay naqsh tanlanib tikib ketilishi bilan birga, murakkab, rang-tasvirli kompozitsiyalarni ham avvaldan chizib olib tiksa bo‘ladi.
=== Taqdimot 32 ===
=== Taqdimot 41 ===
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.