=== Taqdimot 1 ===
KASBIY FAOLIYATDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
=== Taqdimot 2 ===
Reja:
02
Ta’lim jarayoniga multimediya vositalarini qo‘llash metodikasi.
01
Multimediya–zamonaviy axborot texnologiyasi.
03
Multimediya yordamida bilim berish afzalliklari.
=== Taqdimot 3 ===
O‘zbekiston milliy ta’lim-tarbiya jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash tajribasi shakllanib bormoqda. Negaki bu ayni vaqtda zamon talabidir. Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligini ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda o‘z bilim va ko‘nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi.
=== Taqdimot 4 ===
Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog‘liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida komyuter texnologiyalarini rivojlantirishlarini ko‘zda tutadi. Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va komyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari, balki madaniyat va ta’lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi.
=== Taqdimot 5 ===
Bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi.
=== Taqdimot 6 ===
Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya’ni ta’lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak. Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik texnologiyalar deganda, an’anaviy va noan’anaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi.
=== Taqdimot 7 ===
Shu ma’noda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Bunda inson informatsion koinot bilan o‘zaro muloqotga kirishadi. Telekommunikatsiya(telefon, televideniye, radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi internet tarmog‘i, ayniqsa uning gipermedia xizmatlari (VorldVideVeb), gipermedia pochta, videokonferensiyalardir.
=== Taqdimot 8 ===
Multimedia (“ko‘p muhitlik” degan ma’noni bildiradi) – zamonaviy axborotlar texnologiyasi bo‘lib kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari matn, jadval, grafika, nutq, animatsiya, multiplikatsiya), video tasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash , qayta ishlash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia “inson kompyuter” interaktiv (dialogig) muloqotning yangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib , unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi.
=== Taqdimot 9 ===
Multimedia vositalaridan hordiq chiqarish, ta’lim olish va reklama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalaridan foydalanib ta’lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo‘llash pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan juda katta ahamiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o‘zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan ma’lumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tatbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi.
=== Taqdimot 10 ===
Boshqacha qilib aytganda, multimedia ta’limning emotsional estetik ta’sirlanish, maqsadga intilish, tadqiqotchilik kabi motivlarni faollashtiradi. Ma’lumki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materialining esa uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko‘rib, ham eshitsa axborotning ellik foizini yodda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalarida foydalanganda esa bu ko‘rsatkich 75% tashkil etadi.
=== Taqdimot 11 ===
Multimedia vositalari asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish metodikasi an’anaviy o‘qitish usulidan tubdan faqirlanib, bunda:
O‘quv materialini obrazlar ko‘rinishida taqdim etish;
O‘qitishning differensial va individual holatda bo‘lishi;
O‘qish va o‘zlashtirish jarayonini baholab borish, teskari aloqa bog‘lash;
O‘quv materialini o‘zlashtirish jarayonida o‘z-o‘zini nazorat qilib borish va tuzatish;
=== Taqdimot 12 ===
O‘rganilayotgan mavzularni namoyish etish va ularning o‘zaro aloqadorligini kuzatish;
Ta’lim jarayonida o‘tiladigan va o‘zlashtiriladigan fan mavzularini animatsiya, grafika, multiplikatsiya ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish;
O‘quvchilarida o‘quv fanlarini o‘zlashtirish uchun ko‘nikmalar hosil qilish;
O‘quvchilarni mustaqil ishlari va mavzularni o‘zlashtirish uchun yangi sharoit yaratish kabilar.
=== Taqdimot 13 ===
Bu boradagi olib boriladigan ishlar ta’lim-tarbiya tizimidagi zamonaviy axborot texnologiyalarining multimedia imkoniyatlarini ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish va joriy qilish bilan bog‘liqligi, ulardan maqsadli foydalanish ta’lim-tarbiya jarayoning samaradorligini oshirishga olib keladi. Multimedia dasturlari orqali o‘qitish o‘quv materialining mazmuniy komponentlarini keng ko‘lamda tizimga keltirishga ko‘maklashadi, ta’lim oluvchilarga ta’limning to‘liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o‘tish imkonini beradi.
=== Taqdimot 14 ===
Ta’lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni uzatish uchun yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an’anaviy ta’lim va ma’lum ommaviy axborot vositalari bilan taqqoslaganda zamonaviy madaniyatda o‘zgacha o‘rin olgan yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
=== Taqdimot 15 ===
Mediafayl vositalari(multimedia-ko‘pvositalik) bu shaxsga o‘zi uchun tabiiy holdagi muhit: video, tovush, grafik, animatsiya, matnlar hamda bоshqаlаrdаn foydalanib, kompyuter bilan muloqotda bo‘lishga imkon beruvchi texnik va dasturiy vositalar majmuidir.
Mеdiafаylning texnik va dasturiy vositalari. Ulardan foydalanish imkoniyatlari
=== Taqdimot 16 ===
Tovushlarni yaratish va yozib olish, murakkab audio effektlarni sintez etish, bir nechta manbalardan tovush ma’lumotlarini aralashtirish, multimedia taqdimotlariga ovozni mustaqil ravishda kiritish, hujjatlarni ovozli izohlar bilan to‘ldirish va hokazolarga mo‘ljallangan.
Оvоz yоzish vоsitаlаri
=== Taqdimot 17 ===
Musiqa, nutq yoki boshqa ovozli signallarni shaxsiy tinglash uchun, ko‘p kanalli ovozni qayta ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan.
Оvоzni qаytа ishlаb сhiqаrish vоsitаlаri
=== Taqdimot 18 ===
Kompyuterga axborot vа boshqaruv buyruqlarini kiritish, kursorni boshqarish va ba’zi buyruqlar berish, musiqiy ijod uchun mo‘ljallangan.
Mаniрulyаtоrlаr (kоmрyutеr siсhqоnlаri, jоystiklаr, mini klаviаturаlаr)
=== Taqdimot 19 ===
“Virtuаl bоrliq” vоsitаlаri (о‘yinlаrdа ishlаtilаdigаn qо‘lqорlаr, kо‘zоynаklаr, virtuаl rеаllik dubulg‘аlаri)
Virtual borliq vositalari virtual muhit va unga botgan obyekt orasidagi aloqani o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlash uсhun ishlatiladi.
=== Taqdimot 20 ===
Ахbоrоt tаshuvсhilаr (СD, DVD vа HDD)
Yozuvlarni saqlash, o‘qish, uzatish (tarqatish), kompyuter san’ati asarlarini yaratishga mo‘ljallangan.
=== Taqdimot 21 ===
Uzаtish vоsitаlаri (mini vidеоkаmеrаlаr, rаqаmli kаmеrаlаr)
Tasvirlarni yozib olish, kompyuterga yuklab olish, tarmoqlar orqali uzatish, monitor ekranida ko‘rish yoki printer ko‘magida qog‘ozga chop qilish mumkin.
=== Taqdimot 22 ===
Tаsvirgа ishlоv bеrish vоsitаlаri (vidео tаhrirlаsh dоskаlаri, grаfik tеzlаtgiсhlаr)
Video tizimining samaradorligi, kompyuter ekranidа videomagnitofon, kamera, lazer dasturchi va boshqalardan olingan video signalni ko‘rsatish, aхborot kiritish va boshqaruvga signallar berishi mumkin.
=== Taqdimot 23 ===
Kоmрyutеr, tеlеvizоr, tеlеfоn
Axborotni qabul qilish va qulay idrok etish vositalari.
=== Taqdimot 24 ===
=== Taqdimot 25 ===
=== Taqdimot 26 ===
=== Taqdimot 27 ===
=== Taqdimot 28 ===
=== Taqdimot 29 ===
=== Taqdimot 30 ===
=== Taqdimot 31 ===
=== Taqdimot 32 ===
Multimedia vositalarini ta’limda qo‘llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash;
o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish;
ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o‘zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o‘zini o‘zi tarbiyalash, o‘zini o‘zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishi, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, mehnatga bo‘lgan munosabati);
=== Taqdimot 33 ===
ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;
ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
=== Taqdimot 34 ===
mustaqil o‘quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o‘qib va rivojlanib boradi;
ta’lim oluvchilarda, o‘zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko‘ptarmoqli, predmetga yo‘naltirilgan multimediali o‘quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi.
=== Taqdimot 35 ===
Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o‘rgatuvchi tizimlar, o‘rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo‘lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivatsiyasini) oshirishga ko‘maklashish imkoniyatlariga ko‘ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o‘quv axborotlarining uyg‘unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko‘ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi. Interfaollikning ta’minlanishi axborotlarni taqdim etishning boshqa vositalari bilan taqqoslaganda raqamli multimedianing muhim yutuqlaridan hisoblanadi.
=== Taqdimot 36 ===
Interfaollik ta’lim oluvchining ehtiyojlariga mos ravishda tegishli axborotlarni taqdim etishni nazarda tutadi. Interfaollik ma’lum bir darajada axborotlarni taqdim etishni boshqarish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar dasturda belgilangan sozlovlarni individual tarzda o‘zgartirishi, natijalarini o‘rganishi, foydalanuvchining muayyan xohishi haqidagi dastur so‘roviga javob berishi, materiallarni taqdim etish tezligini hamda takrorlashlar sonini belgilashi mumkin. Lekin multimediadan foydalanishda bir qator jihatlarni e’tiborga olish muhim.
=== Taqdimot 37 ===
Multimediada taqdim etilayotgan o‘quv materiallari tushunish uchun qulay bo‘lishi, zamonaviy axborotlar va qulay vositalar orqali taqdim etilishi talab qilinadi. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to‘liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o‘qituvchining ko‘magi zarur bo‘ladi.
=== Taqdimot 38 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.