Kasbga yo‘naltirishning faol metodlari
8000 so'm

Slayd 1
Kasbga yo‘naltirishning faol metodlari
Slayd 2
Reja:
Kasbga yo‘naltirishni faol metodlarining qisqacha tavsifi.
Kasbga yo‘naltiruvchi o‘yinlarni tashkil qilish.
Kasbga yo‘naltiruvchi modellashtiruvchi o‘yinlar.
Slayd 3
Bugungi kunda ta’lim sohasida pedagogik texnologiyalar, faol va interfaol o‘qitish metodlari kabi tushunchalardan keng foydalaniladi. Ko‘p pedagoglar ushbu tushunchalarning mazmun, mohiyatini to‘liq anglamaydilar va pedagogik texnologiya deganda faqat interfaol metodlarni qo‘llashni tushunadilar. Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida pedagogik texnologiya va interfaol o‘qitish jarayonining mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadga muvofiqdir.
Texnologiya so‘zi pedagogikaga ishlab chiqarish sohasidan kirib kelgan. Bizga ma’lumki, har qanday texnologiya yakuniy natijaga qaratilgan bo‘lib, bu natijani oldindan rejalashtiradi va bosqichma-bosqich amalga oshiradi. Eng muhimi shundaki, har qanday texnologiyada yakuniy natija kafolatlanadi.
Slayd 4
Yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo‘lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Maʼlumki, savollarsiz dars o‘tib bo‘lmaydi. Savollar asosida dars o‘tish bu eng ko‘hna va shu bilan birga hech qachon eskirmaydigan metoddir. Taʼlim jarayonini qanday metodlar asosida tashkil qilishimizdan qatʼiy nazar, albatta savollardan foydalanamiz.
Aniq yo‘naltirilgan savollar asosidagi suhbat o‘qituvchining ko‘rsatmalari bo‘yicha olib boriladi. Suhbatning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan savollarni to‘g‘ri qo‘yishga bog‘liq. Ilgarigi mavzuda ko‘rib o‘tilgan savollar alohida yoki tizim shaklida qo‘yilishi mumkin. Savollar oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin.
Slayd 5
Savollar qo‘yilishi tarzi, mazmuni, maqsadi va boshqa jihatlari bilan farqlanadi. Ularni shartli ravishda quyidagicha tavsiflash mumkin.
Axborot xarakteridagi savollar. Qo‘yilgan muammo bo‘yicha dalillarni, sanalarni aniqlashga qaratiladi. Bu guruhga kiradigan savollar ikki xil bo‘ladi: ular ochiq va yopiq savollardir. Ochiq savollar – turli so‘roq g‘oyalar orqali ifodalanib, turli-tuman javob berilishi ko‘zda tutiladi. Masalan: Siz daromadlarga belgilangan professiv soliq stavkalariga qanday qaraysiz? Yopiq savollar bu savollarga javob «xa», «yo‘q» «ehtimol to‘g‘ri» tarzida olinishi mumkin bo‘lgam savollar bo‘lib, odatda ular feʼlga «mi» qo‘shimchasi qo‘shilib hosil qiladi Masalan; egri chizig‘ini siljishiga moddaning o‘zgarishi ta’sir qiladimi? Yoki yalpi ichki maxsulot hisoblaganda transfer to‘lovlarini qo‘shamizmi?
Slayd 6
Muqobil va mantiqiy savollar ikki variantda bo‘lib, ulardan nisbatan ishonchlirog‘i tanlanishi kerak. Berilgan savolni tushunish qiyin bo‘lsa, uni boshqacha tushunarliroq variantda beriladi.
Tasdiqlovchi yoki mustahkamlovchi savollar vaziyatni aniqlash maqsadida beriladi. Masalan: a) talaba bildirilgan fikrlarni tushundimi, yoki tushunarli bayon qilindimi? Aytilgan fikrlarga hamma tushundimi? Yoki men aytganlarim tushunarlimi? – Tarzida qo‘yilishi mumkin. Faraz, tahlil qilshga, undashga qaratilgan savollar ikkilanishni bartaraf qilishga yordam beradi. Odatda bu savollar, «aytaylik», «faraz qilaylik», «ko‘z o‘ngimizga keltiraylik» degan so‘zlar bilan boshlanadi
Slayd 7
Mantiqiy masalalar
Mana, sizga, uncha qiyinbo‘lmagan bitta mantiqiy masala: Tolib Sadirning yoshiga yetganidaSadirning yoshi Salimnikidan ikki baravar ortib ketadi.
Yosh jihatidan bolalarning qaysi biri katta, qaysinisi o‘rtancha, qaysi bola kenjatoy?
4 4 4 4 = 20
Slayd 8
Javoblari:
Bolalar ichida yoshi kattasi – Sadir, o‘rtanchasi – Tolib, eng kenjatoyi – Salim.
4 : 4 + 4 X 4 = 20
Slayd 9
Muloqot o‘rnatish uchun qo‘yiladigan savollar auditoriya bilan muloqot o‘rnatishga, keskin vaziyatlarni yumshatishga xizmat qiladi.
Yo‘llovchi, esga soluvchi yordamchi savollarning mazmuni voqea, xodisaning bajarilishi, ro‘y berishi, ehtimoli yuqori darajadaligini taʼkidlaydi. Savol ohangi bilan to‘g‘ri javob berishga undaydigan savollar bo‘lib, talabaga to‘g‘ri javob berishga yordamlashadi.
So‘zsiz savollar o‘qituvchining qarashi, mimikasi, imo-ishorasi bilan beriladi. U auditoriyada talabalar o‘rtasida diqqat eʼtibor, jiddiylik tug‘diradi. Bu holda o‘qituvchining yuzida, imo-ishorasida xayrixohlik ifodasi bo‘lmasa, talaba noto‘g‘ri javob berdimmi degan xayolga esankirab, sarosimaga tushib qolishi mumkin.
Slayd 10
O‘qituvchi doimo o‘z oldiga qanday savol berish kerak yoki qanday qilib to‘g‘ri savol bersam bo‘ladi, degan masalani qo‘yadi. Masalani quyidagicha hal qilish mumkin: Savolni barcha talabalarga berish, butun auditoriya oldiga qo‘yish kerak. Hamma talabalar o‘ylab ko‘rsin.
Maʼlum pauzadan so‘ng aniq bir talaba javob berishga chiqishi mumkin. Auditoriyaga xos savollar talabalarning bilim darajasi, darsga tayyorgarligi kabilarni hisobga olgan holda berilishi kerak. Bunda guruhdagi talabalarning individual xususiyatlarini ham hisobga olish kerak. Nisbatan bo‘sh talabalarga uncha murakkab bo‘lmagan savollar berish, so‘ngra bilimi kuchli talabalarga murakkab savollar berib borish kerak. Natijada oddiydan murakkab tomon borilaveradi.
Slayd 11
Dastlab, ixtiyoriy javob bermoqchi bo‘lganlarga diqqat qaratish kerak, so‘ngra bosiq, o‘z ishtiyoqi bilan javob bermaydigan talabalarni javob berishga jalb qilish, xaddan tashqari faol talabalarni birmuncha tiyib turish kerak. Darrov javob berishlariga urinmaslik, balki bir necha javob berishni xoxlovchilarni aniqlab, bir necha talaba javob berishi mumkinligini xis qilgach so‘ray boshlash lozim.
Muhim va murakkab savollar tashlanganda ko‘proq pauza saqlab, talabalarni tayyorgarlik darajasini ko‘zdan kechirish zarur. Aniq, maqsadga qaratilgan savol berish kerak. Maʼlum narsalar haqida savol berish zerikarlidir. Talabalar fikr yuritishini zarur yo‘nalishga solib, unchalik kerak bo‘lmagan masalalarga etibor berish, atrofda aylanish, chetga chiqishdan qochish kerak.
Slayd 12
Xaddan tashqari uzun savollar darsni maqsadidan chetga chiqib ketishga olib kelsa, haddan tashqari qisqa savol esa, «fikr yuritish» uchun kam «joy» qoldiradi. Tushundingizmi, degan savol ko‘pincha javobsiz qoladi. Shuning uchun yaxshisi aniq nazorat shaklida savol bergan maqul. Bitta so‘roq gapdagi bir necha savollar talabalarni chalkashtiradi. Shuning uchun savolni oddiy, tushunarli qilib tuzish kerak. Savollarni xotirjam tarzda berish kerak. Chunki bunday savol tushunishni osonlashtiradi.
Savoldan keyin fikr yuritish, javobni shakllantirish uchun maʼlum muddat qoldirish kerak. Xar doim savol bilan javob berish o‘rtasidagi muddat savol beruvchiga ham, javob beruvchiga xam nisbatan uzoq davom etganga o‘xshab ko‘rinadi. Shuning uchun shoshilmaslik kerak.
Slayd 13
O‘qituvchi bildirilgan fikrni asoslash yoki mustahkamlash uchun qo‘shimcha savollar beradi: «Nima sababdan?», «Siz shu fikrga qo‘shilasizmi?», «Misol keltiringchi?», «O‘zingizning xulosangizni aytingchi?» tarzda savollar bilan kichik guruhlarni bir birlariga murojaat qilishga yo‘naltiriladi. O‘z fikrini bayon qilayotgan talabaga: «aytingchi, siz yoki guruhingiz bermagan savolga ana shunday javob berishiga nima sababdan qaror qildingiz?»- deb murojaat qilib, javobni eshitgach, auditoriyaga «boshqalar ham shu fikrdami, uni noto‘g‘ri deb hisoblovchilar, marhamat o‘z fikringizni bildiring» deb talabalar fikrini aniqlash mumkin. Agar to‘g‘ri javob yagona bo‘lmasa, o‘qituvchi «qani, o‘ylab ko‘ringlarchi, yana qanday muqobil javoblar bo‘lishi mumkin?» degan savolni tashlashi mumkin.
Slayd 14
Ta’lim-tarbiya jarayoni uning tashkil etilishi, mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Ta’lim muassasa larida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar o‘qitish shakllarining optimal darajada tashkil etishni, barkamol shaxsni har tomonlama shakllantirish nazariyasini turli yangi g‘oyalar bilan boyitishni puxta bilishi lozim. Mamlakatimiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash o‘qituvchi, pedagoglarning ilmiy salohiyati hamda kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Ushbu faoliyat bilan bog‘liq jarayonda o‘qitish shakllaridan foydalaniladigan o‘qitish qonuniyatlari, prinsplarini ijodiy qo‘llashda, ilmiy bilishga doir g‘oyalar, nazariyalar, qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etish muhim hisoblanadi.
Slayd 15
Hozirgi vaqtda zamonaviy o‘qitish tizimini tashkil etishga qo‘yiladigan talablardan biri bu – o‘qitish jarayoni sifat va samaradorligini oshiruvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, ta’lim beruvchidan yuqori pedagogik mahoratni hamda zamonaviy o‘qitish jarayoniga nisbatan kreativ yondashuvdir.
Har bir ta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi pedagoglar ta’lim jarayonini sifat va samaradorlikni oshirish uchun o‘z sohasini yaxshi bilishi bilan bir qatorda innovatsion o‘qitish texnologiyalardan foydalangan holda o‘qitish jarayonini tashkil etish va uni amalga oshirish yo‘llari hamda pedagogik kompetensiya ega bo‘lishi kerak.
Slayd 16
O‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalar va faol o‘qitish omillaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarilavotgan o‘qitishning ta’lim vositalarini tatbiqqilish, ta’lim oluvchini ishlashga chorlash, yuqori pedagogik tajribalardan ta’lim berishning turli usullaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Asosiy qism
Dars – ta’lim jarayonining asosiy tashkiliy usuli bo‘lib, unda sinf dars tizimining barcha xususiyatlari aks etadi.
Dars jarayonini qanday boyitish esapedagogning mahoratiga bog‘liq albatta. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir.
Slayd 17
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga doir katta tajriba to‘plangan bo‘lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda va deyarli barcha o‘qituvchi,pedagoglar dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlardan borgan sari keng foydalanib kelmoqdalar.
«Interfaol» tushunchasi ingliz tilida «interact» (rus tilida «interaktiv») ifodalanib, lug‘aviy nuqtai nazardan «inter» – o‘zaro, ikki taraflama, «act» – harakat qilmoq, ish ko‘rmoq kabi ma’nolarni anglatadi.
Slayd 18
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, sog‘lom muloqot, o‘z fikrini bayon qilish va uni asoslagan holda himoya qila bilish, diqqatlarini dars mavzusining asosiy masalalariga jalb qilish, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib borishi hamda o‘quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kuzatiladi.
Slayd 19
Interfaol metod turlari ko‘p bo‘lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va oldindan tayyorgarlik ko‘riladi. To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash darsning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Interfaol darslarda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorliklari talab etiladi va o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat.
Slayd 20
Quyida interfaol metodlardan bir nechta namuna ko‘rishimiz mumkin.
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha strategiyasi». O‘quvchi (talaba)larning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbumetod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan tushunchalar tizimini shakllantirish;
Hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, …) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
O‘quvchi (talaba)larga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
O‘quvchi (talaba)larni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash
Slayd 21
«Kubik» grafik organayzeri. Metod turli vaziyatlarni hosil qilish orqali mavzuning o‘rganilishini osonlashtirishga xizmat qiladi. Kubikning oltita qirrasida o‘rganiladigan mavzu (muammo)ni chuqur tahlil qilishga yordam beradigan tushuncha (yo‘nalish)lar mavjud. Metod mohiyatiga ko‘ra kubikning oltita qirrasida quyidagi ko‘rsatmalar o‘z ifodasini topadi:
Izoh: «Kubik»ning olti qirrasidagi ko‘rsatmalar quyidagi ma’nolarni anglatadi:
Tasvirlang! Predmetni diqqat bilan ko‘zdan kechirib, uning nimaligini tasviriab bering! Tasvirlash jarayonida predmetning rangi, shakli va hajmini aniq yoritishga e’tibor qarating!
Taqqoslang! Taqqoslash asosida predmetning nimaga o‘xshashi, nimadan keskin farqlanishini ayting!
Slayd 22
Izohlang! Predmetning bunday tuzilma, hajm, shakl va rangga egaligining sabablarini tushuntiring! Predmet sizni nimalar haqida o‘ylashga majbur etayapti? Xayollaringizga erk bering! (Tasvirlangan predmetlar bir-birlariga o‘xshashi, bir-biridan keskin farqlanishi mumkin).
Tahlil qiling! Predmetning yasalish (yaratilish) jarayoni qanday? (Predmetning yasalishini bilishingiz shart emas, buni o‘ylab toping!).
Qo‘llang! Predmetdan siz hayotiy jarayonlarda foydalana olasizmi? Undan qandayfoydalanishingiz mumkin?
Asoslang! Predmetning amaliy qiymatini belgilovchi fikrlaringizni asosjlang! Bu jarayonda ishonchli dalilllar topishga harakat qiling! Metod o‘quvchi (talaba)larni muayyan muammo (mavzu)ni old tomondan turlicha yondashib,muhokama qilishga undaydi. Bu harakat muammo yechimini topishni tezlashtiradi.
Slayd 23
«Olmos» texnologiyasi. Texnologiya mavzuga doir tushunchalarni muhimligi, ahamiyatligiga ko‘ra turli darajalarda ifodalashga xizmat qiladi. Tushunchalar o‘zining muhimligi, ahamiyatliligiga ko‘ra «Olmos» yoki «Yulduzcha» qirralari atrofiga, shuningdek, «Zina» hamda «Narvon»ga joylashtirishlari mumkin. Eng muhim (asosiy, yetakchi) tushunchalar «Olmos», «Yulduzcha»ning o‘rtasiga yoki «Zina», «Narvon»ning yuqori qismiga joylashtiriladi.
Dars mashg‘ulotda texnologiyani qo‘llash quyidagicha kechadi:
O‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni juftliklarga ajratadi;
Har bir juftlikka mavzuga doir o‘quv materialining 5 (6, 7, 8, 9) ga ajratilgan qismlari joylashtirilgan konvert berilib, ular orasidan tayanch tushunchalarni ajratish vazifasi topshiriladi;
Slayd 24
-Juftliklar topshiriqni tamomlaganlaridan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni 6 nafardan iborat a’zosi bo‘lgan guruhga ajratadi;
-Guruhdagi har bir juftlik o‘z yechimini qolgan ikkita guruh a’zolariga tushuntirib beradi;
Guruh ichidagi juftliklar o‘z ishlari bilan sheriklarini tanishtirib bo‘lgach. Guruh yagona fikr (xulosa)ga keladi;
Harbir guruh o‘z xulosasi bilan boshqa guruhlarni tanishtiradi;
-Mashg‘ulot yakunida guruhlar bir-birlarining ishlariga baho beradi;
-O‘qituvchi jamoa fikrini umumlashtirib, mashg‘ulotni yakunlaydi.
Bu kabi metod, texnologiyalarni qo‘llash orqali o‘qituvchi bir necha natijalarga erishadi, hamda o‘qituvchi uchun ham yengillik yaratib, uzundan-uzoq ma’ruza qilishdan oz bo‘lsa-da dam oladi.
Slayd 25
Ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim metodlari O‘zbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar hamda talabalar (o‘quvchi) bilan talaba (o‘quvchi)lar o‘rtasida muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo‘llab kelingan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, interfaol metodlar bir vaqtda bir nechta masalalarni hal etish imkoniyatini beradi. Asosiysi o‘quvchilarning muloqot olib borish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi, o‘quvchilar orasida emostional aloqalar o‘rnatilishiga yordam beradi, ularni jamoa tarkibida ishlashga, o‘z o‘rtoqlarining fikrini tinglashga o‘rgatish orqali tarbiyaviy vazifalarning bajarilishini ta’minlab beradi.
Slayd 26
Mavzu bo’yicha topshiriqlar:
Bugungi kunda qanday o‘qitish metodlaridan keng foydalaniladi?
Savollar qo‘yilishini shartli ravishda qanday tavsiflash mumkin?
O‘qituvchi doimo o‘z oldiga qanday masalani qo‘yadi?
«Interfaol» tushunchasi nima ma’noni anglatadi?
Interfaol metodi qanday sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi?
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha strategiyasi» metodini qo‘llashda qanday harakatlar amalga oshiriladi?
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
TA’LIM-TARBIYAGA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
XX ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDA GLOBAL TENDENSIYALAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 35 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DARSDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL QILISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BRITISH AND AMERICAN EDUCATION SYSTEMS mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Ingliz tili darsi uchun mavzu, misollar va asosiy tushunchalar jamlangan.
- Slaydlar soni: 25 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Ingliz tili
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DEZOKSIRIBONUKLEN KISLOTA VA RIBONUKLEN KISLOTALARNING TUZILISHI VA FUNKSIYASI MAVZUSINI O‘QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim











Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.