=== Taqdimot 1 ===
Jizzax viloyatining ichki suvlari
=== Taqdimot 2 ===
Mavzuning rejasi:
=== Taqdimot 3 ===
Ichki suvlarning hosil bo‘lish qonuniyatlari
Muayyan geografik obyektda ichki suvlarning o‘zi hech qachon mustaqil shakllana olmaydi. Ichki suvlar boshqa omillar va komponentlar ta’sirida harakatga keladi va rivojlanadi. Narsa va hodisalarning doimiy o‘zgarib, rivojlanib turishining manbai qarama-qarshiliklarning birligi va ularning o‘zaro kurashishi hisoblanadi. Sovuqlik isiydi, issiqlik soviydi, namlik quriydi, quruqlik namlanadi va hokazo. Shuning uchun har bir mavjud narsaga ma’lum tomondan yondashish zarur. Xususan, viloyatning ichki suvlari uch geografik omil; geografik o‘rin, relyef va iqlim omillari viloyatning gidrografik dinamikasi va uning rivojlanishini belgilab beradi.
=== Taqdimot 4 ===
Hosil bo‘lishiga ta’sir etuvchi omillar
Jizzax viloyati okean va dengizlardan uzoqda, 40 shimoliy kenglik 66 sharqiy uzunlikda joylashgan. Jizzax viloyati Mirzacho‘l, Qizilqum va Zarafshon tabiiy geografik o‘lkalarining ma’lum bir qismlarini o‘z ichiga oladi. Gidrologik jihatdan esa viloyat Sirdaryo va Zarafshon daryo havzalari oralig‘ida joylashgan.
Viloyat hududini janub va janubi-sharqdan Turkiston tog‘ tizmasining davomi hisoblangan Molguzar tog‘i, g‘arbdan Nurota tog‘ining sharqiy qismi egallagan. Hududning shimol, shimoli-g‘arbiy va shimoli – sharqiy qismi Qizilqum va Mirzacho‘l tekisliklariga tutashib ketgan.
Geografik o‘rniga ko‘ra
Geomorfologik tuzlilishiga ko‘ra
=== Taqdimot 5 ===
Iqlimi keskin kontinental bo‘lib, yanvarning o‘rtacha harorati – 1°C dan – 4°C gacha, iyul oyini o‘rtacha harorati + 28°C dan + 32°C ni tashkil etadi. Tog‘oldi iqlimi, cho‘l va dashtlarga nisbatan yumshoq. Yillik yog‘in miqdori janubda 400-500 mm, shimolda 250-300 mm, vegetatsiya davri 210-240 kun, quyoshli kunlar davomiyligi 2800-3000 soatni tashkil qiladi. Quyoshli va ochiq kunlar 240-270 kun bo‘ladi. Iqlim, fasllar va relyefga qarab ham o‘zgaradi. Shunday ekan viloyatda suv resurslarining hosil bo‘lishi juda qiyin. Chunki viloyatda bug‘lanish va shimilish ham ancha yuqori. Hosil bo‘lgan suvning katta qismi bug‘lanadi yoki shimilishga sarf bo‘lib ketadi. Asosiy suv manbalari tog‘li hududlarda hosil bo‘lib, tekisliklarga tomon yo‘nalib sarf bo‘ladi. B.B.Polinovning fikricha, landshaftning umumiy qiyofasini shakllanishida iqlim va joyning geomorfologik tuzilishi birlamchi omillar bo‘lib hisoblanadi.
Iqlimiga ko‘ra
=== Taqdimot 6 ===
O‘simlik va tuproqlar ham shimol tekislik, Aydarko‘ldan janub Turkiston tog‘lari tomon o‘zgarib boradi. Daryo va suv omborlari atrofida sug‘oriladigan joylarda to‘q tusli va tipik bo‘z tuproqlar tarqalgan. Viloyatda 1200 dan ortiq yuksak o‘simlik turlari tarqalgan. Ichki suvlar atrofida ko‘proq gidromorf o‘simliklar keng tarqalgan.
Tuproq va o‘simlik qoplamiga ko‘ra
=== Taqdimot 7 ===
Ichki suvlar hosil bo‘lishiga ko‘ra uchta oqim rayonlariga ajratiladi:
1) oqim hosil bo‘ladigan tog‘li hududlar
2) oqimning tarqalish va sarf bo‘luvchi tekislik oblastlari
3) muvozanat, neytral, oqim hosil bo‘lmaydigan, daryo va soylardan mahrum bo‘lgan oblastlar.
Oqim hosil bo‘luvchi va sarflanuvchi tabiiy havzalar
=== Taqdimot 8 ===
Viloyatning gidrografik obyektlari
Jizzax viloyatining umumiy tabiiy geografik xususiyatidan kelib chiqib viloyatda ikkita daryo, bitta ko‘l, yettita suv omborlari va bir qancha kanallar mavjud. Viloyat gidrologiyasining muhim xususiyatlaridan biri, tabiiy komponentlarning tuzilishi, rivojlanishi bilan o‘zaro bog‘liqlikligi
va aloqadorligi bir butunlikni hosil qilgan. Suvning komponent sifatidagi yoki o‘ziga xos modda sifatidagi tavsifidan ko‘ra, uning omil sifatidagi, ya’ni oqim hosil qilib ish bajaruvchi sifatidagi tavsifi ahamiyatlidir. Ichki suvlarning tarqalishida zonallik, balandlik mintaqalanish va intrazonal landshaftli qonuniyatlari asosida viloyatda ichki suvlar turlicha tarqalgan.
=== Taqdimot 9 ===
Havzaga yoqqan yog‘inlardan hosil bo‘lgan yer usti va yer osti suvlari hisobiga to‘yinib, tabiiy o‘zanda oquvchi suv massalariga daryo deyiladi. Tabiiy havzalarining joylashuvi yer osti suvlarining tarqalishi, geologik, stratigrafik joylashuvi, tuproq, o‘rmon bilan qoplanganlik, relyefining nishabligi, suv massasi va balansi kabi omillarga bog‘liq. Jizzax viloyatining tabiiy gidrografik to‘riga qaraydigan bo‘lsak, viloyat hududi bo‘yicha gidrografik to‘r ancha notekis taqsimlangan. Tekislik hududlarida tabiiy daryolar va suv oqimlari uchramaydi.
Viloyatning tabiiy havzalariga Sangzor, Zominsuv va Nurotadagi soy – buloqlar kiradi. Jizzax viloyatining daryolari Sirdaryo havzasiga kiradi, eng yirigi Sangzor va Zominsuv daryolaridir.
Jizzax viloyatining tabiiy havzalari
=== Taqdimot 10 ===
Sangzor daryosining gidrologik ko‘rsatkichlari
Sangzor daryosi havzasining maydoni 2528 km2. Daryoning umumiy uzunligi 123 km. O‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Qoraqishloq yonida sekundiga 6.8 m3/sek ni tashkil etadi. O‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi esa 4 m3/sek ga yetadi. Yog‘ingarchilik ko‘p bo‘ladigan yillari suv sarfi ancha ortadi. Eng ko‘p suv sarfi 8,7 m3/sek, kam suv sarfi esa 0,6 m3/sek ni tashkil qiladi. Daryo asosan qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi, mart-iyun oylari suvi ko‘payib, noyabr-dekabr oylarida suvi kamayib ketadi.
=== Taqdimot 11 ===
Zominsuv daryosining gidrologik ko‘rsatkichlari
Zominsuv daryosining suv yig‘ish maydoni 708 km2, suv yig‘ish maydonining o‘rtacha balandligi 2092 m, o‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi 2,0 m3/sek, maksimal 2,35 m3/sek, minimal 0,9 m/sek ni tashkil etadi, uzunligi 41 km.
Daryo mavsumiy qor va yomg‘ir suvlaridan to‘yinadi, to‘linsuv davri mart-iyun oylariga to‘g‘ri kelsa, yilning boshqa davrlarida juda oz miqdordagina suv oqimiga ega bo‘ladi.
Vegetatsiya davri
=== Taqdimot 12 ===
Nurota tog‘idagi soy va buloqlar
Nurota tog‘ining balandligi 2000 m gacha bo‘lganligi sababli yirik daryolari yo‘q. Faqat soy-buloqlari mavjud bo‘lib ular aprel-may oylarida ko‘payib, so‘ng kamayib ketadi. Ba’zilari qurib qoladi.
Uxumsoy, Mojrumsoy, Andaginsoy, Ballisoy, Qaroqchisoy, Safarotasoy, Uchmasoy, Ko‘lvasoy kabi soy buloqlar tarqalgan.
Ko‘kbuloq, Qo‘ytosh, Sunduksoy, Nuchkalisoy, Savruksoy, Sag‘anoqsoy, Chorvaksoy kabi soylar eng yiriklari bo‘lib, ushbu soylar 1000-2000m ni tashkil etadi.
Nurota tog‘ tizmasidagi soylar
Janubiy Nurotadagi soylar
Shimoliy Nurotadagi soylar
=== Taqdimot 13 ===
Nurota tog‘idagi soy – buloqlarning gidrologik ko‘rsatkichlari
Hisobga olingan 40 ga yaqin soydan 20 tasi 20 km2 gacha bo‘lgan soylari mavjud.
10 tasi 20 – 50 km2, va qolgan 10 tasi 50 – 100 km2 gacha bo‘lgan irmoqlari mavjud.
Suv yig‘ilish maydoni 100 km2, dan katta bo‘lgan soylar esa ushbu tizmada uchramaydi.
Kichik soylarning havzasi
O‘rtacha kattalikdagi soylarning suv yig‘ish havzasi
Yirik soylarning suv yig‘ish havzasi
=== Taqdimot 14 ===
Yaxlitlab olganda 40 ta soyning umumiy suv yig‘ilish maydoni 1300 km2 ga teng. Irmoqlarning ko‘p bo‘lishi tog‘ning kattaligiga bog‘liq.
Sangzor daryosi 3500 metr balandlikdan boshlanadi, Nurotadagi soylar esa 2000 metrdan boshlanadi. Shuning uchun Nrota tog‘ida daryo shakllanmagan.
Ko‘pchilik soylarning o‘rtacha yillik suv sarfi atigi bir necha o‘n litr/sekundga teng. Aksariyati yozga borib qurib qoladi.
Nurotadagi soylarning havzasi
Qiyoslash
Kichik havza
=== Taqdimot 15 ===
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi- Qizilqum-Nurota-Mirzacho‘l oralig‘ida joylashgan.
=== Taqdimot 16 ===
Ko‘lda-Aydarko‘l, Arnasoy, Tuzkon ko‘llari joylashgan. Ko‘lning uzunligi 159 km, eni 26 km. Koʻlda 2005-yilda 44,3 km³ suv boʻlgan. Ko‘lning hajmi 2006-yilda 42 mlrd kub bo‘lgan bo‘lsa, hozirda 36 mlrd kubni tashkil etib, suvning sathi 2 metrgacha pasaygan. Аydarko‘l Jizzax viloyatidagi Oqbuloq, Sangzor daryosining Qili tashlamasi, Chordara suv ombori va Аrnasoyga quyilayotgan Markaziy Mirzacho‘l tashlamasi oqimi hisobiga to‘yinadi. Iqlimi juda quruq va issiq. Bug‘lanish va shimilish ancha katta bo‘lganligi, kiruvchi suv balansi ancha kam bo‘lganligi bois hozirda ko‘lning suvi kamayib bormoqda. Suv sathining pasayishi natijasida qirg‘oq bo‘ylari 15-50 metrga chekinib, 15-20 sm gacha, ba’zi joylarda undan ham ko‘proq tuz qatlami hosil bo‘lgan. Natijada ekologik tanglik kuzatilmoqda. Baliqlar, qushlar, o‘simliklar soni va turi kamayib bormoqda. Undan tashqari ko‘llar va ularning atrofidagi ekotizimda o‘ziga xos flora va faunasi ham kamayib borishida davom etmoqda.
=== Taqdimot 17 ===
Ko‘lda suvning kamayish dinamikasi
Oxirgi 10 yil davomida suvning minerallashuvi 5,07 gr/litrdan 8,59 gramm/litrgacha oshdi. Аhvol shu tariqa davom etaversa, ko‘llar tizimi yaqin 5-10 yil orasida baliqchilik ahamiyatiga ega bo‘lgan suv obyekti maqomini yo‘qotadi. Ekologik fojia oqibatlari hatto Qozog‘istonga ham yetib boradi.
=== Taqdimot 18 ===
Jizzax viloyatining yer osti suvlari
Yer osti suvlari deb yer po‘stining g‘ovak jinslar orasidagi mavjud bo‘lgan suvlar yer osti suvlari deyiladi. Ular 3 ga bo‘linadi:
Mineral suvlar
Ancha chuqurda joylashgan bo‘lib, foydali va shifobaxsh bo‘ladi.
Grunt suvlar
Yer yuzasiga yaqin bo‘lib, loyqa va sho‘r bo‘ladi.
Artezian suvlar
Ancha chuqurda joylashgan bo‘lib chuchuk bo‘ladi.
=== Taqdimot 19 ===
Erigan tuzlarning miqdoriga qarab, yer osti suvlari asosan uch guruhga bo‘linadi:
Chuchuk suvlar
1 litrda 1 gammgacha erigan tuz bo‘lgan suvlar
01
Sho‘r suvlar
Sho‘r suvlar 1 litrda 1 gramdan 50 gramgacha erigan tuz bo‘lgan suvlar.
02
Namakob suvlar
Namakob suvlar 1 litrda 50 gramdan ko‘p erigan tuzlar.
03
=== Taqdimot 20 ===
Viloyat ichki suvlarini hosil qiluvchi manbalar
01
02
03
04
05
06
Sangzor daryo havzasi
Suv omborlar va kanallar
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi
Zominsuv daryo havzasi
Nurota tog‘idan boshlanuvchi soy va buloqlar
Yer osti suvlari
=== Taqdimot 21 ===
Jizzax viloyatning suv omborlari
=== Taqdimot 22 ===
Suv omborlarning foydali ish koeffitsiyenti
Yil davomida
Jizzax suv ombori
Yil davomida
Qorovultepa suv ombori
Yil davomida
Zomin suv omborlari
7,1 ming ga
3,5 ming.ga
2,6 ming.ga
=== Taqdimot 23 ===
Ichki manbalar
Ichki manbalar hisobidan viloyatda 314 mln. m3 suv hosil bo‘ladi. Bu esa 12% ni tashkil etadi. Gidrografik kartaga qaraydigan bo‘lsak, asosiy suv janubdagi Turkiston, Molguzar va Nurota tog‘laridan hosil bo‘lganligini ko‘rish mumkin.
Tashqi manbalar
Janubiy Mirzacho‘l va Tuyatortar kanalidan 1895+392=2287 mln. m3 suv hosil bo‘ladi. Bu jami suvning 88% ni tashkil etadi.
=== Taqdimot 24 ===
Xulosa
Jizzax viloyati adir o‘lkada joylashganligi, sug‘oriladigan yerlarning ko‘pligi bois suvga bo‘lgan talab doim yuqori bo‘lib kelgan. Viloyatda jami 318 ming gektar sug‘oriladigan yerlar mavjud. Shundan 273 ming gektari 73% Janubiy Mirzacho‘l kanali, 27 ming gektari 15% Tuyatortar kanali, 12% esa ichki tarmoqlar orqali sug‘oriladi. Demak bizni viloyatimiz suvga qaramlik yuqori. Shuning uchun mavjud suvdan samarali va tejab-tergab, oqilona foydalanishimiz kerak.
=== Taqdimot 25 ===
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.