- Savatga boshqa "ERAMIZNING III IV ASRLARIDA SO‘NGGI RIM IMPERIYASI QADIMGI RIM MADANIYATI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Janubiy osiyo mamlakatlari. Hindiston
4000 so'm

=== Taqdimot: Janubiy osiyo mamlakatlari. Hindiston.pptx ===
=== Slayd 1 ===
JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI. HINDISTON
=== Slayd 2 ===
Janubiy Osiyo davlatlari. Hindiston
Janubiy Osiyo subregionining umumiy maydoni 4,5 mln km2 ni tashkil etadi. Mintaqada 2 mlrdga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mazkur subregion tarkibiga Hindiston yarimoroli, Hind-Gang tekisligi, Shri-Lanka, Maldiv, Andaman, Nikobar hamda Lakkadiv orollari kiradi. Uning hududida 8 ta davlat joylashgan. Mintaqa davlatlari orasida Butan Qirolligi, Afg‘oniston Islom Amirligi bilan 6 ta respublika (Bangladesh, Hindiston, Maldiv orollari, Nepal, Pokiston, Shri-lanka) mavjud. Ma’muriy-hududiy tuzilishiga ko‘ra esa Hindiston va Pokiston federativ, qolganlari unitar davlatlar hisoblanadi.
=== Slayd 3 ===
Janubiy Osiyo subregioni Yer shari quruqlik maydoning 3,1 % ni egallaydi; dunyo aholisining 25,4 % ushbu mintaqa aholisidan tarkib topgan; dunyo bo‘yicha YMM ning 9 % dan ortig‘i shu subregion hissasiga to‘g‘ri keladi.
Dunyo okeaniga bevosita chiqish imkoniyatining mavjudligi, Hind okeani havzasi qirg‘oqbo‘yi hududlarining markazida joylashganligi, uning hududida qadimiy tarixiy markazlarning mavjudligi, mintaqa geografik o‘rnining o‘ziga xos jihatlari hisoblanadi.
=== Slayd 4 ===
Janubiy Osiyoni shimolda Himolay tog‘ tizmasi va Qoraqurum o‘rab turadi. Shimoli-sharqda u o‘rmonlar bilan qoplangan Assam-Birma tog‘lari, shimoli-g‘arbda esa Hindukush va Eron tog‘liklari orqali chegaralanadi. Mintaqa shimoldan janubga qarab dunyodagi eng baland tog‘ Himolaydan Maldiv orollariga tomon pasayib boradi.
=== Slayd 5 ===
Mazkur mintaqaga musson tipli iqlim xos bo‘lib, yil davomida
ob-havoning keskin o‘zgarishi bilan ajralib turadi. Bu yerda aniq ifodalangan ikki iqlimiy mavsum (nam yoz va quruq qish mavsumlari) ajratiladi. Mintaqa iqtisodiyoti rivojlanishida tabiiy resurslar, ayniqsa, mineral resurslar katta ahamiyatga ega. Bu yerda yoqilg‘i-energetika resurslaridan boshlab (ko‘mir, tabiiy gaz, tarkibida radioaktiv toriy mavjud bo‘lgan monatsitli qumlar) qimmatbaho metall hamda toshlar mavjud (oltin, zumrad, olmos). Subregion jahonda qora metall rudalar (temir, marganes, xrom) zaxirasiga ko‘ra ajralib turadi. So‘nggi yillarda mintaqaning dengiz shelf zonasida neft va gaz qazib olish rivojlanmoqda.
=== Slayd 6 ===
Hindlar
Pokistonliklar
Nepalliklar
Afg‘onlar
Bengallar
Butanliklar
=== Slayd 7 ===
Janubiy Osiyo iqtisodiyotida rivojlanish darajasiga ko‘ra, Osiyoning boshqa subregionlariga nisbatan past ko‘rsatkichlar qayd etadi. Butan va Nepal agrar, Maldiv agrar-industrial, Bangladesh, Pokiston, Hindiston hamda Shri-Lanka industrial-agrar davlatlar hisoblanadi. Janubiy Osiyo davlatlari jahon iqtisodiyotida asosan konchilik (Hindiston, Nepal, Butan), qora va rangli metallurgiya (Pokiston, Hindiston, Shri-Lanka), kimyo (Hindiston, Pokiston), yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlari (barcha davlatlarda) rivojlanganligi bilan ajralib turadi.
=== Slayd 8 ===
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong‘oq ham yetishtiriladi.
=== Slayd 9 ===
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda dehqonchilik sohasi ustun hisoblanadi. Janubiy Osiyo jahondagi donli ekinlar (ayniqsa, sholi) yetishtiruvchi yirik mintaqa sifatida tanilgan. Bundan tashqari, bu yerda jut (Hindiston, Bangladesh), tabiiy kauchuk, kokos (Shri-Lanka), shakarqamish, paxta, yeryong‘oq ham yetishtiriladi.
=== Slayd 10 ===
Hindiston va Shri-Lanka jahon choy hosilining 40% ni yetishtirib, uning eksporti bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallaydi. Shuningdek, subregion turli xil ziravorlar yetishtirish bo‘yicha ham jahonda peshqadamlik qiladi. Chorvachilikda qoramolchilik, qo‘y va echkichilik, baliqchilik kabi tarmoqlari rivojlangan. Shu bilan birga, mintaqa davlatlarida xizmat ko‘rsatish tarmoqlaridan turizm, tibbiyot, transport xizmatlar ko‘rsatish katta o‘rniga ega.
=== Slayd 11 ===
Maydoni: 881,640 km²Aholisi: 235.8 mln. kishiPoytaxti: IslomobodPul birligi: pokiston rupisiRasmiy tili: Urdu, inglizYaIM: 886 milliard dollarYaIM aholi jon boshiga: 1255 AQSh dollariPokiston – sanoati rivojlanayotgan agrar mamlakat. Dehqonchilik – qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi. Mamlakat hududining 1/4 qismi qishloq xoʻjaligi uchun yaroqli, shundan 3/4 qismi sugʻoriladi, ayrim joylarda yiliga 2-3-marta hosil olinadi.
Pokiston
=== Slayd 12 ===
Maydoni: 652,864 km²Aholisi: 32 225 560 kishiPoytaxti: KobulPul birligi: afgoniRasmiy tili: pushtu, dariAfgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi.
Afg‘oniston islom amirligi
=== Slayd 13 ===
Maydoni: 148,460 km²Aholisi: 171,2 mln. kishiPoytaxti: DakkaPul birligi: Bangladesh takasiRasmiy tili: BengalYaIM: 869,044 milliard dollarYaIM aholi jon boshiga: 5217 AQSh dollariAholisi guruch, jut, choy (shimoli sharqda), bug‘doy, shakarqamish, kartoshka, tamaki, dukkaklilar,
kungaboqar, ziravorlar, mevalar (shu jumladan mango) yetishtiradi.
Bangladesh
=== Slayd 14 ===
Maydoni: 147,181 km²Aholisi: 30,550 mln. kishiPoytaxti: KatmanduPul birligi: Nepal rupiyasiRasmiy tili: NepalYaIM: 30,69 milliard dollarYaIM aholi jon boshiga: 1079 AQSh dollariChetga gilam, jut va ip gazlamadan tayyorlangan buyumlar, sholi, xom teri, moyli ekinlar mahsuloti, dorivor oʻtlar, ziravorlar, badiiy hunarmandchilik buyumlari chiqaradi.
Nepal
=== Slayd 15 ===
Maydoni: 38 394 km²Aholisi: 782 455 kishiPoytaxti: TximpxuPul birligi: NgultrumRasmiy tili: bxotiya (tibet tiliga yaqin)YaIM: 2,768 milliard dollarYaIM aholi jon boshiga: 3 560 AQSh dollariAsosiy eksporti: elektr energiyasi (Hindistonga), kardamon, gips,
sement, yog‘och, olma,
qo‘ziqorin, mevalar, qimmatbaho toshlar, ziravorlar
Butan
=== Slayd 16 ===
Maydoni: 65,610 km²Aholisi: 22,18 mln. kishiPoytaxti: Kolombo, Shri JayavardenepuraPul birligi: Shri-Lanka rupiyasiRasmiy tili: Sinhala, tamilYaIM: 83,996 milliard dollarYaIM aholi jon boshiga: 3852 AQSh dollariOrol yiliga 305 ming tonnadan ortiq choy ishlab chiqaradi, bu jahon ishlab chiqarishining qariyb 10% ni tashkil qiladi (Hindiston va Xitoydan keyin 3-o‘rin ). Tabiiy kauchuk, dolchin ishlab chiqarishni ham rivojlanmoqda.
Shri-lanka
=== Slayd 17 ===
Hindiston
Maydoni: 3,287 ming km²Aholisi: 1,417 mlrd. kishiPoytaxti: Nyu DehliPul birligi: Hindiston rupiyasiRasmiy tili: hindYaIM: 3,202 trillion AQSh dollarYaIM aholi jon boshiga: 2338 AQSh dollari
=== Slayd 18 ===
Hindiston Respublikasi Janubiy Osiyodagi eng yirik davlat, jahon mamlakatlari orasida maydoni kattaligi bo‘yicha 7-aholi soni bo‘yicha 1-o‘rinda turadi. Hududi asosan, Hindiston yarim orolida joylashgan bo‘lib, shimoldan janubga 3,2 ming km, g‘arbdan sharqqa 2,9 ming km masofaga cho‘zilgan. Hindistonga Lakkadiv, Andaman va Nikobar orollari ham qarashlidir. Hindiston Yevropa va Osiyo mamlakatlarini bog‘laydigan serqatnov dengiz yo‘llari bo‘yida joylashganligi iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligini belgilaydi.
=== Slayd 19 ===
Narendra Modi – Hindiston bosh vaziri
=== Slayd 20 ===
Hindiston boshqaruv shakli jihatidan parlamentar respublikadir. Siyosiy-hududiy tuzilishiga ko‘ra, Hindiston federativ davlat hisoblanadi. Uning tarkibida 29 shtat va 7 ta ittifoqdosh hududlari mavjud. Federatsiya birliklari, asosan, etnik tamoyil bo‘yicha ajratilgan.
=== Slayd 21 ===
Hindiston aholi soni jihatidan jahonda birinchi, Xitoy keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi (2023-yil). Lekin Hindiston aholisining tabiiy o‘sish sur’atlari Xitoyga nisbatan ancha yuqoriligi hisobiga ikki mamlakat orasida aholi sonidagi farq borgan sari qisqarib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, yaqin yillarda Hindiston jahonning aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlatiga aylanadi.Hindiston – jahonning eng ko‘p millatli davlatdir. Aholisining etnik tarkibi ancha murakkab. Unda yashayotgan millat, elat va qabilalar turli til oilalariga mansub. Hindlar, bengallar, teluglar, panjobliklar, tamillar eng ko‘p sonli millatlar hisoblanadi. Hindlarning jami aholidagi ulushi 40 %dan biroz balandroq.
Aholisi
=== Slayd 22 ===
=== Slayd 23 ===
Hindiston jahonda YaIM hajmi bo‘yicha AQSH va Xitoydan keyin 3-o‘rinda turadi va tayanch rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hisoblanadi. Hindiston “tafovutlar mamlakati” deyishadi, chunki unda boylik va kambag‘allik, eng zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari bilan natural ishlab chiqarishga asoslashgan oddiy xo‘jaliklar uyg‘unlashib ketgan.
Aholisi
=== Slayd 24 ===
Amerikaning Goldman Sachs investitsiya banki prognozlariga ko‘ra, 2075-yilga borib Hindiston iqtisodiyoti nafaqat Yaponiya va Germaniyani, balki AQSHni ham ortda qoldirib, dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqadi va o‘sish surʼati yaqinda kuzatilgan Xitoyga yaqinlashadi. Hozir bu davlat iqtisodiyoti AQSH, Xitoy, Germaniya va Yaponiyadan keyin dunyoda beshinchi o‘rinda turadi.Bugungi kunda dunyoning ko‘plab yetakchi korporatsiyalari o‘z ishlab chiqarishlarini Xitoydan Hindistonga ko‘chirishni boshlagan, bu esa o‘z navbatida Hindiston sanoatini, jumladan, yuqori texnologiyalarni sezilarli darajada rag‘batlantiradi.
=== Slayd 25 ===
Prognozda keltirilishicha, Hindistonning xorijiy sarmoyalarni, jumladan, jahonning yetakchi texnologik korporatsiyalarini jalb etishdagi muvaffaqiyati yaqinda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, iyun oyi boshida Google kompaniyasi yetkazib beruvchilar bilan Pixel smartfonlari ishlab chiqarishining bir qismini Xitoydan Hindistonga ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani maʼlum bo‘ldi. Endi ko‘plab boshqa texnologiya kompaniyalari buni allaqachon amalga oshirgan yoki qilishni rejalashtirmoqda.
=== Slayd 26 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.