Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri

8000 so'm


Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta'siri

 

 

Slayd 1

Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri

Slayd 2

Reja:
Halqimiz va millatimiz tarixida mahalla, quni-qo‘shni, qarindoshlar va jamoatchilikning oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ko‘rsatib kelgan ta’siri.
Mustaqillik yillarida ma’naviy yetuk komil insonni tarbiyalashda milliy g’oya va milliy mafkuraning roli.
Oilaviy munosabatlarni rivojlantirishda ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining o’rni

Slayd 3

Ko’pchilik mualliflar iste’molni tashkil etish funktsiyasini va tomorqa uchastkalarida yordamchi xo’jalik yuritadigan oilalar tomonidan ishlab chikarish tashkil etilishi funktsiyasini oila ijtimoiy hayotining moddiy sohasiga tegishli deb biladilar. Bundan tashqari, oilada bolalar va keksalarni moddiy ta’minlash, oilaning turmushini tashkil etishning, uning tarkibidan ajralib chikadigan shaxslarga yordam berishning moddiy bazasini tashkil o’tadigan muayyan mol-mulkni jamg’arishning ijtimoiy funktsiyasiga kiritish mumkin.
Oilaning moddiy faoliyati uning rivojlanishining turli bosqichlarida bevosita ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, xususiy mulkni jamg’arish, iste’molni tashkil etish singari funktsiyalar orqali ifodalanadi Shu bilan birga iqtisodiy, moddiy-ishlab chiqarish, xo’jalik-maishiy funktsiyalar jamiyat rivojlanishining har xil bosqichlarda ko’p jihatdan, shuningdek o’sib kelayotgan avlodni ijtimoiy, professional, ma’naviy, siyosiy va huquqiy tarbiyalash vositasi ham bo’lib keldi.

Slayd 4

Jismoniy sog’lomlik va kamol topish asoslari ham oilada qo’yiladi. Bu eng avvalo, oilaning tarbiyaviy faoliyati, ya’ni jamiyatning talablarini hisobga olgan holda bolaga muayyan fazilatlarni singdirish uchun unga aniq maqsadni ko’zlab ta’sir ko’rsatish tufayli amalga oshiriladi. Tarbiya bolaning oila a’zolari bilan kundalik muomalada bo’lishi jarayonida amalga oshiriladi. Bola maktabda, so’ngra oliy yoki o’rta maxsus o’quv yurtida o’qigan, ishlab chiqarishda ishlagan davrda ham oilaning tarbiyaviy funktsiyasi to’xtab qolmaydi.

Slayd 5

Oilaning navbatdagi funktsiyasi – rekreativ (tiklash) funktsiyasidir. Ma’lumki, shakllangan shaxs o’zini, eng avvalo, ijtimoiy foydali faoliyatda ro’yobga chiqaradi. Baribir oila kundalik, asosiy rekreatsiya instituti hisoblanadi. Biz oilada bir-birimizdan jismoniy, moddiy, ma’naviy va ruhiy madad olamiz, jamiyatda, o’zimizning shaxsiy hayotimizda, lavozim va kasbimizda kun bo’yi orttirilgan zo’riqishdan aynan oilada xalos bo’lamiz. Bizning ijtimoiy sog’lomligimiz aynan oilaga bog’liqdir.

Slayd 6

Oiladagi ikki muhim masala yoshlarda sog’lom oila haqidagi tushunchani shakllantirishdadir. Yoshlar oilaning buyuk ma’naviyat, qadriyat burch va ma’suliyat ekanini anglab etishlari zarur. Buning uchun:

Onalar va yoshlar bolalarga g’amxo’rlik kilish, ularning salomatligini mustahkamlash uchun sharoitlar yaratishi lozim;
Bir yoshgacha bo’lgan davrda ularning salomatligini mustahkamlash;
Besh – olti yoshgacha bo’lgan davrda ularning salomatligini mustahkamlash;
Nogiron bolalarni davlat tomonidan himoyalashni kuchaytirish;
Bolalarni maktab davrligida tarbiyalash;
Yoshlarni bo’sh vaqtini band etish;
Yoshlarning xuquqiy madaniyatini shakllantirish ham ma’naviy etuk insonni tarbiyalashning muhim shartidir.

Slayd 7

Insonparvarlik fazilati nafaqat ayrim shaxslarga taalluqli, balki u davlatga, uning barcha davlat va nodavlat institutlariga aloqadordir. Jumladan, mutasaddi davlat tashkilotlari bilan bir qatorda respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan, hukumatga qarashli bo’lmagan Xalqaro «Sog’lom avlod uchun», «Ekosan» jamg’armalari, «Respublika Bolalar jamg’armasi», «Mehr-shafqat va salomatlik», «Navro’z», «Mahalla jamg’armalari, «Qizil yarim oy jamiyati Markaziy Kengashi» va boshqa jamoat tashkilotlarining ham insonlarga ko’rsatayotgan xayr-ehsoni haqiqiy insonparvarlikning namunasidir.

Slayd 8

E’tiboringiz uchun rahmat!

Slayd 9

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Jamoatchilik fikrining oilaviy hayot va yoshlar tarbiyasiga ta’siri” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar