- Savatga boshqa "AHOLI MIGRATSIYASI MIGRATSION JARAYONLARNING YUZAGA KELISH OMILLARI" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Jahon media va axborot makoni
5000 so'm

=== Taqdimot: Jahon media va axborot makoni.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Jahon media va axborot makoni
=== Slayd 2 ===
Ommaviy axborot vositalari: Gazeta, jurnal, radio, televidenie va internet jurnalistikasida oʻzaro raqobat muhiti.
03
Matbuotda soʻz va axborot olish erkinligi.
Bloger va vaynerda kasbiy etiket.
02
01
Reja:
=== Slayd 3 ===
Avvalo ta’kidlab o‘tish kerakki, Davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholiga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazish, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shuningdek, ularning jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni kattadir.
O‘zi Ommaviy axborot vositalari nima?
=== Slayd 4 ===
Ommaviy axborot vositalari nima?
Ommaviy axborotni davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda yoki elektron tarzda olti oyda kamida bir marta nashr etiladigan yoki efirga beriladigan qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan shakli hamda ommaviy axborotni davriy tarqatishning boshqa shakllari ommaviy axborot vositasidir.
=== Slayd 5 ===
Ommaviy axborot vositalari
Bosma
Elektron
=== Slayd 6 ===
Axborotni keng ommaga tarqatish uchun bosma nashrlardan, masalan, gazetalar, jurnallar, kitoblar, risolalar va boshqalardan foydalanadigan ommaviy kommunikatsiya vositalari bosma nashrlar deb ataladi. Bu ommaviy axborot vositalarining dastlabki va asosiy shakllaridan biridir; unda har qanday ma’lumot yoki yangiliklarning chuqur tahlili va hisoboti mavjud. Taqdim etilgan xabar o‘quvchining ongiga bevosita va uzoq muddatli ta’sir ko‘rsatadi.
=== Slayd 7 ===
Gazeta
Jurnal
Bosma OAV
=== Slayd 8 ===
Gazeta (italyancha gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar to‘g‘risida materiallar e’lon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targ‘ibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga bo‘lgan ehtiyojini, ma’naviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta hajmi 2 sahifadan 100 sahifagacha va undan ko‘p bo‘lishi mumkin. Gazeta ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy va ilmiy hayotga oid dolzarb axborotni hozirjavoblik bilan turli adabiy shakl (janr)larda ommaga yetkazadi va shu yo‘l bilan o‘z o‘quvchilarida kundalik turmush voqealariga nisbatan ma’lum munosabat va tasavvur paydo bo‘lishiga, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy g‘oya va e’tiqodlar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi, jamoatchilik fikrining mahsuli va ifodachisi sifatida namoyon bo‘ladi.
=== Slayd 9 ===
Gazetaning ibtidoiy turi dastlab Rimda va Xitoyda VII asrda chiqqan. Ularda asosan saroy yangiliklari, tijorat xabarlari bosilgan. Gazetachilik taraqqiyoti O‘zbekistonda ham o‘z tarixiga ega. Bu yerda XIV asrning 70-yillaridan “Turkestanskie Vedomosti” Gazetasining chiqa boshlashi Turkistonda davriy matbuotning ibtidosi bo‘ldi. Unda o‘lka tarixi, madaniyati, geografiyasi, etnografiyasi, sanoati va boshqalarga oid maqolalar bosilgan. Shu bilan bir vaqtda turli vaqtlarda O‘zbekcha va ruscha (tojik tillarida) 100 dan ortiq Gazetalar chiqqan. Ular asosan savdo, sanoat markazlari — Toshkent, Samarqand, Ashxobod, Qo‘qon, Andijon, Farg‘ona va boshqa shaharlarda nashr etilgan.
=== Slayd 10 ===
XX asr boshida hozirgi O‘zbekiston hududida taraqqiyparvar o‘zbek ma’rifatchilari tomonidan nashr qilingan “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuhrat” (1906-1907), “Buxoroyi Sharif”, “Samarkand”, “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg‘ona”( 1912-1915), “Najot”, “Farg‘ona nidosi”, “Xurriyat”, “el bayrog‘I” (1917-1918) kabi Gazetalar milliy gazetachilik tarixida munosib o‘rin egallaydi. Ularda milliy taraqqiyot muammolari o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa “Taraqqiy” birinchi bor erkinlik, tenglik g‘oyalarini ilgari surdi, jadidlarning qarashlariga moslashib, istiqlolning ma’naviy zamini masalasiga katta e’tibor berdi. Shuning uchun ham Gazetasining 1-soni chiqqan 27-iyun (1906) sanasini o‘zbek jurnalistlarining kasb bayrami — matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qildi (1993).
=== Slayd 11 ===
Jurnal (fransuzcha “kundalik daftar”) Axborotni tanlash, tahlil etish va baholashning asosiy vositalaridan biri. Jurnal gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakllantirishga xizmat qiladi; omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Jurnallar dastlab Fransiyada nashr qilingan. Chop etilish muddati (davriyligi) jihatdan jurnallar, odatda, haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gazetaga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va boshqalar. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi.
=== Slayd 12 ===
=== Slayd 13 ===
=== Slayd 14 ===
Elektron ommaviy axborot vositalarining asosiy manbalari audio-vizual yozuvlar, multimediya prezentatsiyalar, onlayn kontent va boshqalar. Bu televizor, radio, kompyuterlar, mobil telefonlar, planshetlar va boshqalar kabi elektron bo‘lgan barcha qurilmalardan iborat bo‘lib, ular bilan ma’lumotni tinglovchilarga yetkazish mumkin.
Elektron ommaviy axborot vositalarining afzalliklaridan biri shundaki, xabar qisqa vaqt ichida ko‘plab odamlarga yetkazilishi mumkin.
=== Slayd 15 ===
XXI asr tom ma’noda axborot inqilobi asri deb nom oldi. Buning asosini axborot uzatishdagi tezlik va mo‘jaz texnologiyalar rivoji tashkil qilmoqda. Albatta, ommaviy axborot vositalarining ko‘p asrlik evolyutsiyasi va taraqqiyotidagi olamshumul kashfiyotlarga asoslanadi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: telegraf va rotatsion tipografik mashinaning yaratilishi (1847-yil), telefon (1870-yil), radio (1895), simsiz telegraf (1922-yil), televidenie (1930-yil), 1946-yil hozirgi mobil aloqaning ilk ko‘rinishi bo‘lgan dastlabki uyali aloqa ham AQSHda (1972-yil) paydo bo‘ldi. Aynan ana shu kashfiyotlar keyinchalik axborot va axborotlashtirish sohasidagi olamshumul voqea – 1986-yil Internetning paydo bo‘lishiga olib keldi.
=== Slayd 16 ===
Bosma ommaviy axborot vositasining ustun jihatlari
1. O‘quvchi ongiga ko‘proq ta’sir qiladi.
2. Chuqurroq tahlil qilish
3. Xabar aniqligi
4. Tashqi ko‘rinish
=== Slayd 17 ===
Elektron ommaviy axborot vositasining ustun jihatlari
1. Tezligi
2. Reklama berishning soddaligi
3.Qayta topish mavjudligi
4.Auditoriya kengligi
ko‘rinish
=== Slayd 18 ===
Bosma nashrlar ommaviyligining pasayishi bir nechta tendensiyalarning o‘sishi bilan bog‘liq:
=== Slayd 19 ===
Birinchisi, internetdan keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatining oshib borishi.
Ikkinchi tendensiya – ijtimoiy tarmoqdan foydalanish davomiyligi va jadalligining oshishi.
Uchinchi o‘ta muhim omil – mobil moslamalar sonining oshib borishi
=== Slayd 20 ===
“OAV – bugun xalq ovozi, toʻrtinchi hokimiyatga aylanib bormoqda. soʻz erkinligi – inson rivojlanishining ajralmas omili. Insonlarning haq-huquqlari, manfaatlari haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, unga demokratiyasiz, soʻz va matbuot erkinligisiz erishib boʻlmaydi.
Soʻz erkinligi, matbuot erkinligi – demokratiyaning qon aylanish tizimidir, usiz bu tushunchalar faoliyat koʻrsata olmaydi.
Aynan Soʻz erkinligi inson huquqlarining boshqa turlari uchun poydevor, zamindir”.
Buni ta’minlash uchun esa, xalqaro va milliy qonunchiliklar ishlab chiqilgan.
=== Slayd 21 ===
Matbuotda soʻz va axborot olish erkinligi
…axborot va g‘oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi 19-moddasi
=== Slayd 22 ===
Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Axborotni izlash, olish va tarqatishga bo‘lgan huquqni cheklashga faqat qonunga muvofiq hamda faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash, shuningdek davlat sirlari yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir oshkor etilishining oldini olish maqsadida zarur bo‘lgan doirada yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 33-modda.
=== Slayd 23 ===
Axborot erkinligining asosiy prinsiplari
Ochiqlik;
Oshkoralik;
Hamma erkin foydalanishi mumkinligi;
Haqqoniylik.
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida” O‘RQ
=== Slayd 24 ===
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyat manfaatlariga taalluqli voqealar, faktlar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalariga xabar berishi shart.
=== Slayd 25 ===
Axborot undan hamma erkin foydalanishi mumkinligi ta’minlangan va haqqoniy bo‘lishi kerak.Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi.Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
=== Slayd 26 ===
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab, birinchi navbatda, so‘z va matbuot erkinligi, jurnalistika, blogerlik va jamoatchilik nazorati haqida ko‘p bora gapirdi. So‘z erkinligi bo‘lmasa, boshqa sohalarda ham rivojlanish bo‘lmasligi ta’kidlanmoqda. Bu borada ham katta amaliy ishlar amalga oshirildi.
Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi.
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalari o‘zlari taqdim etayotgan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgardir. 81-modda.
=== Slayd 27 ===
Oshkoralik minbariga aylanishi zarur bo‘lgan OAV ko‘rsatma asosida yashay olmaydi va yashashi ham mumkin emasligini izohlashga hojat yo‘q. OAV oshkoralik minbariga aylanmog‘i uchun vazirliklar, tashkilot, muassasa va boshqa idoralarning Axborot xizmatlari unga qanot bo‘lishi, ishonchli axborot manbalarini taqdim etib bormog‘i zarur. Erkin OAV real vaziyat sharoitida faoliyat ko‘rsatishi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotning dolzarb muammolarini dadil ko‘tarib chiqishi, odamlarni bezovta qilayotgan barcha masalalarni jamoatchilik muhokamasiga havola etishi, hokimiyat va boshqaruv tuzilmalarining qabul qilayotgan qarorlari va faoliyatiga tanqidiy, shu bilan birga, xolis baho berib borishi kerak. Jamiyatda oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash masalasi jamoatchilik fikrini o‘rganish usul-uslublarining qay darajada rivojlangani bilan ham bevosita bog‘liq.
=== Slayd 28 ===
Bloger va vaynerda kasbiy etiket
Bloger so‘zi ingliz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, “blog – ya’ni veb-sayt yoki sahifa yurituvchisi” ma’nosini angltatadi.
Blogerlik havaskor jurnalistikani shakllantirib, OAVning muqobil turiga aylanib bormoqda. Blog har qanday cheklovlardan holi, o‘zi erkin bo‘lgan internet tarkibidagi yana ham erkin hudud hisoblanadi.
=== Slayd 29 ===
Blogerlarni o‘z blogini yuritishi turiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Ijtimoiy tarmoq (facebook, telegram, instagram, whats’up, youtube va h.k.) blogeri;
Radio blogeri;
Veb-sahifa blogeri.
=== Slayd 30 ===
Blogerlar faoliyat mavzularbo‘yicha turlicha bo‘lishi mumkin:
maishiy
tahliliy va axborot
siyosiy
ta’lim
musiqa
moda
sport
=== Slayd 31 ===
=== Slayd 32 ===
Blogerning ustun jihati:
anonim tarzda faoliyat olib bora olish;
minimal sharoit va uskunalar bilan ishlash;
faqat shaxsiy fikrlarga asoslanish;
istalgan tarzda o‘z fikrini bildirish;
mutlaqo istalgan mavzuda ishlash.
=== Slayd 33 ===
Vayner kim? Xuddi shu nomdagi ilovada qisqa videolarni suratga olgan odam vayner (viner) deb ataladi.
Vayner ijtimoiy tarmoqlardan qanday foydalanishni biladigan har bir kishi bo‘lishi mumkin. Suratga olish professional uskunalar va yoritishni talab qilmaydi. Vaynerlar videoni o‘zlari suratga oladi va tahrirlaydi va boshqalar bilan baham ko‘radi.
=== Slayd 34 ===
“Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, qonun va odob qoidalari doirasida bo‘lishi, shaxsiy g‘araz va xusumatga, soxta obro‘ orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq bo‘lishi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo o‘rin bo‘lmasligi kerak”.
Sh.Mirziyoyev
=== Slayd 35 ===
Barchamiz bugun chuqur anglab oldik – faqatgina zamonaviy asosda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlargina jamiyatni yangi bosqichga ko‘tarishga qodir bo‘ladi. Buning uchun esa, albatta yoshlarni zamonaviy axborot texnologiyalari, internet tizimi bilan ishlashning samarali yo‘lini yo‘lga qo‘yishimiz lozim. Aks holda, ular yoshlarimizning shunchaki vaqtini bekorga o‘tkazish, axloqiy buzuqliklarni targ‘ib qilish, umuman olganda yengil-yelpi, maqsadsiz hayot kechirishga da’vat qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin.
=== Slayd 36 ===
Xulosa sifatida aytish kerakki, Konstitutsiyamizda ifodasini topgan eng asosiy maqsad – inson mafaatlarini har tomonlama ta’minlashdir. Inson manfaatlarini ta’minlash uchun esa, avvalo odamlar bilan, xalq bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak. Bu muloqotda esa, ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar va blogerlarning roli nihoyatda katta bo‘lmoqda.
=== Slayd 37 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |













Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.