Istiqlol davri she’riyatida ruhiyat tasviri
8000 so'm

Slayd 1
Istiqlol davri she’riyatida ruhiyat tasviri (Oydin Hojiyeva, Qutlibeka, Go‘zal Begim, Zebo Mirzo ijodi misolida)
Slayd 2
Oydin Hojiyeva hayoti va ijodi
Qutlibeka hayoti va ijodi
01
02
03
Go‘zal Begim hayoti va ijodi
04
Zebo Mirzo ijodi misolida
05
REJA:
Istiqlol davri she’riyatida ruhiyat tasviri
Slayd 3
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, milliy adabiyotimiz, xususan, she’riyatda yangi bosqich boshlandi. Avvalgi davrlarda mafkuraviy cheklovlar, senzura va turli to‘siqlar adabiy tafakkur imkoniyatlarini toraytirgan bo‘lsa, istiqlol yillarida ijodkorlar erkin nafas ola boshladilar. She’riyatda mavzu, uslub, janr va ifoda shakllarining yangilanishi kuzatildi. Shu bois istiqlol davri o‘zbek she’riyati adabiyot tarixida yangicha badiiy-estetik bosqich sifatida namoyon bo‘ldi Istiqlol davri o‘zbek she’riyatida mavzu doirasi nihoyatda kengaydi. Avvalo, milliy mustaqillik g‘oyasi, ozodlik, Vatan, erkinlik, milliy qadriyatlarni ulug‘lash bosh mavzulardan biriga aylandi. Shoirlar xalq qalbidagi g‘urur va iftixorni she’riy misralarda aks ettirdilar. Shu bilan birga, tarixiy xotira, o‘zlikni anglash, milliy o‘z-o‘zini tiklash g‘oyasi keng yoritildi. Masalan, istiqlolning dastlabki yillarida yaratilgan she’rlarda ajdodlar merosiga qaytish, tarixiy shaxslarni madh etish, milliy ramzlarni ulug‘lash kuchli bo‘ldi.
Istiqlol davri she’riyatida ruhiyat tasviri
Slayd 4
Manzilga eltmaydi mayda qadamlar,
Mayda orzularga bermaylik qanot.
Mayda gap-so‘zlarni qo‘ying, odamlar,
Toki maydalashib ketmasin hayot.
Mayda dardlardan ham asrangil, yurak,
Katta she’riyatni sol dilistonga.
Katta maqsad, katta qadamlar kerak
Katta yo‘lga chiqqan O‘zbekistonga!
Mehrinoz Abbosova
Slayd 5
Oydin Hojiyeva 1942-yil 22-aprelda Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Bo‘ston qishlog‘ida tug‘ilgan. 1966-yil Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetini tamomlagan. U 1965−1976-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri, 1976−1985-yillar “Saodat” jurnalida bo‘lim mudiri, 1985−1995-yillarda “Gulxan”, 1995-yildan esa “Saodat” jurnali muharriri lavozimida ishlagan.
Oydin Hojiyeva ijodi 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlangan. Uning birinchi she’riy to‘plami 1970-yilda “Shabnam” nomi bilan chop etilgan. Shundan so‘ng 20 ga yaqin ortiq she’riy kitoblari nashr qilingan. Xususan, 1972-yil “Men sevgan qo‘shiq”, “Zar kokil qiz va quyosh”, 1975-yil “Manzillar”, 1977-yil “Navo”, 1978-yil “Tarovat”, 1979-yil “Buvisining o‘z qizi”, 1980-yil “Dostonlar”, “Tamal toshi”, 1989-yil “Saylanma”, 1991-yil “Najot”, “Olisdan kelgan ovoz”, 1996-yil “Ko‘zimning oqu qarosi” va boshqa ko‘plab she’riy to‘plamlari nashr qilingan.
Oydin Hojiyeva tarjimon sifatida Shandor Petefi, A.Mskevich, Ovanes Tumanyan, Fayz Ahmad Fayz, Edi Ognetsvet, Rimma Kazakova, Fariza Ungarsinova, Oyjamol Omarova, Gulruxsor, Ibroyim Yusupov, Maryamxon Abulqosimova va boshqa ko‘plab jahon hamda qardosh xalqlar adabiyot vakillarining ijod namunalarini o‘zbekchaga o‘girgan. O‘zining she’rlari rus, ukrain, qozoq, qirg‘iz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillarida nashr etilgan.
Shoira 1975-yilda Yoshlar ittifoqi mukofoti sovrindori bo‘lgan. 1992-yil O‘zbekiston xalq shoiri unvoni, 1999-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.
Oydin Hojiyeva taniqli adabiyotshunos, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov bilan turmush qurgan.
Slayd 6
Shag’irlaydi hayot betinim,Chappar urar aylanib qorga.Sayyoh kabi bilmaydi qo’nim,Yo’li tushar cho’lga, gulzorga.
Goh chavandoz yigitday gurrosSolib o’tar darchang yonidan.Goh donishmand cholday beg’arazDur sochadi fikr konidan.
Barqut gilam to’shar dashtlarga,Tug’yon bo’lar sokin soylarga.Mangulikning muhrini bosarGuvoh bo’lib yillar, oylarga.
Ajal ochgan darvozalarniHayot-elchi tanbalab tashlar.G’arib, unut qabrlarda hamQizg’aldoqday lovillab yashar.
Yillar bukib ketgan qadlargaQuvvat, yoshlik bergandir hayot.Uzangisi kumush egardaKiyik quvgan mergandir hayot.
Oydin Hojiyeva 1942 yil 22 aprelda Buxoro (hozirgi Navoiy) viloyatining Qiziltepa tumanidagi Xojayi Bo’ston qishlog’ida tug’ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (1992). ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan (1960—65). Birinchi she’riy kitobi — «Shabnam» (1971). «Manzillar» (1971), «Onam sevgan qo’shiq» (1972), «Orzu guli» (1974), «Tarovat» (1976), «Dostonlar» (1980), «Mushfiq onajon», «Xushxabar» (1983), «Chashmalarni izlayman» (1986), «Tamal toshi» (1988), «Ishonch yulduzlari» (1989), «Ko’zimning oqu qorasi» (1996), «Panohim» (1998) kabi asarlar muallifi. «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlangan (1999).
Oydin Hojiyeva zamonaviy o‘zbek she’riyatida o‘z so’zi va ovoziga ega ijodkordir. Uning turli mavzudagi she‟rlari va dostonlari kitobxonlarning, qolaversa, she’riyat ixlosmandlarining ma’naviy mulkiga aylangan. Shu ma’noda shoira she’rlari mavzu jihatdan boy va rangbarangdir. Bitiruv malakaviy ishida ilk marta Oydin Hojiyeva she’riyatining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, uning shoira sifatidagi ijodiy qiyofasi yaxlit tarzda o’rganilmoqda.
Slayd 7
Qutlibeka Rahimboyeva 1952-yil 9-fevralda Turkmaniston SSRning Toshovuz viloyatida tugʻilgan. 1974-yil Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan[3]. Dastlabki mehnat faoliyatini 1973-yili Fargʻona viloyatining Quva tumanida joylashgan 29-sonli maktabda oʻqituvchi sifatida boshlagan. 1974—1978-yillar Toshovuz shahridagi 14-sonli maktabda oʻqituvchi, 1978—1979-yillar OʻzR FA Til va adabiyot institutida laborant, 1979—1983-yillar Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida kichik, soʻngra katta muharrir, 1983-yildan buyon „Saodat“ jurnalining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda
Qutlibeka Rahimboyeva „Yuragimda koʻrganlarim“ (1980), „Uzun kunduzlar“ (1981), «Uygʻonish fasli (1989), „Ozodlik“ (1991), «Koʻksimdagi Tangritogʻ (1996), „Qora koʻzlarim“ (2013), „Sham koʻtargan ayol“ (2009), „Toʻylar muborak“ (2017)[5], „Muhabbat, sen chiroylisan“ (2017) kabi sheʼriy va nasriy asarlari muallifi hisoblanadi. Qutlibeka Rahimboyeva ijodida, asosan xalqparvarlik mavzusi yetakchilik qiladi. Shoira xalqining oʻtmishi va buguni bilan faxrlanadi. Uning asarlarida asosan vatanni sevish, ulugʻlash, faxrlanish kabi tuygʻular aks etgan
Qutlibeka Rahimboyevaning respublika gazeta-jurnallarida „Sulton suyagini xor etmas“, Hamma biladigan sir», „Til uchidagi soʻz“ kabi munozaraga chorlovchi publitsistik maqolalari nashr etilgan. Uning „Qishning oxirlari“ dostonida „oʻzbeklar ishi“ fojialari toʻliq aks ettirilgan. U „Tohirning Zuhrosi“ nomli asar ham yozgan. Qutlibeka Rahimboyeva Marina Svetayeva, Lesya Ukrainka kabi shoiralarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan
Slayd 8
NAFRAT
Bolalari qirib tashlangan ona –
Gullari yulingan daraxt sen emas,
Baxtning nasibasi – bebaxt sen emas,
U o‘zga turkiydir – dali-devona,
Bekajon, jon shirin, ko‘zlaringni yum!
Xonlar qopchig‘ini to‘ldirgan ayol –
Panjalari bo‘m-bo‘sh Sabr sen emas,
Bo‘shlig‘i joniga jabr sen emas,
U o‘zga turkiydir – siqilgan anor,
Bikajon, jon shirin, ko‘zlaringni yum!
Erlar egik kun ham tik qolgan ayol,
Yovga tiz cho‘kmagan beklik sen emas,
Izg‘iringa qarshi ko‘klik sen emas,
U o‘zga turkiydir – olis bir xayol,
Ha, zarba emassan, emassan turtki,
Mudroqlik sen emas, g‘aflat sen emas,
Yo isyon sen emas, nafrat sen emas,
U o‘zga bir turkiy, sen qanday turkiy?
Slayd 9
(Goʻzal Matyoqubova) 1974-yil 31-yanvar kuni Xorazm viloyati, Qoʻshkoʻpir tumani Oʻzbekyop qishlogʻida tugʻilgan. 1996-yilda Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 2001—2003-yillarda Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshida tashkil etilgan Oliy adabiyot kursini tamomlagan
(asl ismi: Goʻzal Matyoqubova; 1974-yil 31-yanvar, Qoʻshkoʻpir tumani, Oʻzbekiston SSR) — shoira, tarjimon, jurnalist. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Boshqirdistonning „Ona yuragi“ tanlovi gʻolibasi, AQSHning Ayova Xalqaro Yozuvchilar dasturi ishtirokchisi, Vyetnam xalq respublikasi tomonidan „Xalqaro adabiy aloqalar rivojiga qoʻshgan hissasi uchun“ medali sohibasi. Shuningdek, shoira 2020-yili jurnalistika sohasidagi faoliyati uchun „Yilning eng faol jurnalisti“ deb topilgan.
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, „Kitob dunyosi“, „Sogʻlom avlod“ gazetalari, „Gʻuncha“ jurnali, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, „Hurriyat“ gazetasi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi, Toshkentdagi TMS institutida faoliyat koʻrsatgan. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida faoliyat olib bormoqda.
„Sukunat jarangi“ (1998)[7], „Uchayotgan yaproq soyasi“ (2002), „Majnunsoat“ (2012), „Yoki“ (2018) kitoblari nashr etilgan.
Sheʼrlari „Oʻzbek modern sheʼriyati“ (Toshkent, 2008), „Oʻzbek yosh shoirlari“ (Toshkent, 2008), „Anor-Granat“ (Moskva, 2008), „Annotirovanniy katalog“ (Yerevan, 2009), „Xalqaro antologiya“ (Vyetnam, 2012), „Happiness: The Delight — Tree (Schastye:Derevo Vostorga) “(New-York,2015), „Fairy-tale“ (USA, Iowa, 2015) kabi xalqaro va Oʻzbekiston miqyosidagi jamoa toʻplamlarida chop etilgan[8][9].
Sheʼrlari rus, ingliz, ukrain, bengal, arman, turk, qozoq, vyetnam, boshqird, arab tillariga tarjima qilingan.
Goʻzal Begim
Slayd 10
SAMOGA SHE’R YOZAYOTGAN QALAMHAYKALI POYIDA
Xanoy 5 mart 2015 yil
Samoga she’r yozmoqda qalamqo’llarimni sal-pal uzatsammen tomonga burilar olamSamoga she’r yozmoqda qalambir ayol diliniupa-elik qilgan g’ashliknisevgisi quyoshday tutilgan dog’niyarmi ketib qolgan nimjon titroqniko’zguga qaramay qo’ygan araznidarpardalari uzilgan dilnisimdorlarni oh deyolmaganiplarning istagini tugib chandilganyuragimga tushgan qirqta tikimnipuflab shishirilgan yurak sharimniilgakda osilib turgan ohli odimnicho’ntagimdan tushib qolgan og’riqnisururni ma’danlig’amni oy tanliqulog’ingga shipshilganabadiyatnisamoga naqshlab yozmoqda qalamqo’llarimni sal-pal uzatsamsamoqalamva menbirODAM
Go’zal Begim 1974-yili Xorazm viloyatining Qo’shko’pir tumanida tug’ilgan. O’zbekiston Milliy universitetinining o’zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. 2001-2003-yillarda Moskvadagi M.Gorkiy nomidagi oliy adabiyot kursida ta’lim olgan. Shoiraning «Sukunat jarangi» (1998), «Uchayotgan yaproq soyasi» (2002), “Shabada qirg’og’i” nomli she’riy kitoblari chop etilgan. “O’zbek modern she’riyati” (Toshkent, 2003), “Yoshlar kitobi” (Toshkent, 2008), “Anor” (Moskva, 2008) to’plamlarida asarlari e’lon qilingan. She’rlari rus, ingliz, qozoq va boshqa tillarga tarjima qilingan.
Men ikki millatga mansub ulkan daraxtning mevasi tarzida dunyoga kelganman. Otam Jayhun, Onam Idil suvlaridan simirib voyaga yetgan. Bolaligimda Xorazmning bepoyon qumliklari har kuni, har lahza ko’z oldimda tovlanardi va onamning hadsiz-hududsiz o’rmonlar haqidagi ertaklari qumliklarga tutashib ketardi.
Xorazm – bu mening yurtim, yurak urug’im qadalgan voha. Xorazm – bu endigina gulga kirgan yantoqning ifori, saksovullar epkiniga aylangan diyor. Ulkan sahrolar bag’rini yashnatib turgan saksovul va yantoqlarni Xorazm lolalari, degim keladi. Qumtog’lar – Vatanimning mukammal suvratlaridir.
Xorazm – quyoshning qarorgohi, saxiy oftobday yaxshiyu yomondan mehr taftini ayamaydigan insonlar o’lkasi. Xorazm hech bir ta’riflarsiz yurak osmonida balandlab-balandlab kezguvchi diyor.
Men Turkmanistonning Toshhovuz viloyati Taxta tumaniga qo’shni Qo’shko’pir tumanida tug’ilganman. Bizning go’shadan oqib o’tadigan G’ozovot kanali ustiga qo’sh ko’prik qurilgan. Bu – Yaxshilik va Ezgulik, Baxt va Saodat, Muhabbat va Sadoqat, Matonat va Mahobat ko’prigi go’yo. U yerning kengliklari, ko’llari, to’qayzorlari ko’shko’pirliklar uchun tabiatning yashil-moviy ehsonidir.
Men uchun ustoz Matnazar Abdulhakim Xorazmning eng baland cho’qqisidir. Bu tabarruk inson bilan bir zamin va bir zamonda tug’ilganim men va boshqa xorazmliklar uchun ham ajoyib siylovdir. Axir, sen bilan bir asrda shunday ulug’ inson yashaganini bilib, his etib yashashning o’zi baxt-ku! Mana – Xorazmning ko’zimiz yetib, yuragimiz yeta olmagan bemisl qoyasi. Ustoz menda, men kabi necha o’nlab yoshlarda mutolaaga, badiiy So’zga va go’zalliklarni his etib yashashga rag’bat uyg’otgan. Matnazar Abdulhakim – Xorazm xarakteri, boyligi, uning dukillab urayotgan yuragi bo’lib ko’rinadi menga. “Ohini hassa” qilib yashab o’tgan bobolarim – Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Muhammad Rizo Ogahiylar safiga Matnazar Abdulhakimning oftobday issiq nomini ham qo’shib gapirgim keladi, kelaveradi…
Mening So’z yo’liga kirishimda Xorazmga dahli bo’lgan va bo’lmagan, so’z qadrini har nedan baland tutguvchi juda ko’p aziz insonlarning hissasi bor. Hayotdagi har bir inja harakatlardan ta’sir tuyadigan, tomirlarimga poyonsiz his va hayajonni muhrlagan Otam Rajabdurdi Matyoqub o’g’li, Onam Zulfira Minnig’ali qizining va ustozlarim Gulposhsha Abdurashid qizi hamda Yo’ldosh Eshmurodning ismlarini yurakdan o’tkazyapman. Meni So’z deb atalgan eng shaffof balandlikka yetaklagani uchun ulardan minnatdorman.
Dunyoning qaysi go’shasida yashasam-da, men xorazmlikman. Tomirlarimda shu go’shaning tuproq isi ufuradi, yig’im ham, kulgum ham xorazmcha. Boshqacha bo’lishi mumkin ham emas… Vatandan olisda – talabalik yillarimda shunday she’r yozgan ekanman:
SAMOGA SHE’R YOZAYOTGAN QALAMHAYKALI POYIDA
Slayd 11
1964-yilning 15-dekabrda Qashqadaryo viloyating Kitob tumani Beshterak qishlogʻida tugʻildi. Toshkent Davlat universitetining oʻzbek filologiysada tahsil oldi(1982-1987)[1].Toshkent Davlat sanʼat instituti kata labaranti, oʻqituvchisi(1987-1991),Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining Xalq ijodiyoti va madaniy- maʼrifiy ishlar respublika markazi muharriri(1991-1995), „Yozuvchi“nashriyoti boʻlimi mudiri (1995-1999), „Yoshlar“ radiokanali kata muharriri (1999-2006) vazifalarida xizmat qildi. 2006-yildan „Oʻzbekiston“telekanali katta muharriri sifatida faoliyat yuritadi[2].
ning „Tun malikasi“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 1990-yilda nashr etildi. Shundan keyin shoiraning „Ajr“(1997), „Nur kukunlari“ (2004), „Ishq“ (2012) kabi sheʼriy kitoblari dunyoga keldi. Zebo Mirzo, shuningdek, „Rangin dunyo“, „Ijod maktabi“, «Siz va Siz uchun «kabi tasviriy sanʼat, madaniyat, adabiyot namoyondalari hayoti va ijodi haqidagi maaniy-maʼrifiy mavzudagi bir qator turkum koʻrsatuvlar muallifi hamdir.
DORSen – bo’g’zimga atalgan dorsan,Peshonamga bitilgan qismat.Men Xudodan maxfiy yo’llangan,Qiyomatda ochilguvchi xat.O’limiga tashna mahbusday,O’limga zor ko’rdek zanjirband.Intilaman, men senga, ammoSen balandsan,Judayam baland!Tiklanamn senga uzalib,Suyalaman – yetmaydi qurbim.O, boshimda tikilgan sirtmoq,Talpinadi senga bor umrim!Yo’q,Lahzalik jazo yetmaydi,Senga kerak min yillik javob.Sening qadar yuksalgunimcha –Umrim mening buyuk iztirob!Qurbonlikka atalgan baxtdaySo’ramayman: “Nechun?”, “Neha-man?”Intilaman senga najotday,Seni o’lim kabi sevaman!Axir menga, bir menga zorsan,Borlig’ing-da borlig’imga band.Sen bo’g’zimga tortilgan dorsan,Juda baland,Judayam baland!
Zebo Mirzo
Slayd 12
Oq sochlari oppoq tun uning,
Umri halol ishqqa bayroqdir.
Oh, yuzlari dunyoyi dunning
Go‘zalidan chiroyliroqdir.
•(Bo‘lolmadim hassasichalik),
Otam dardin ko‘targan mohim.
Ushoqqina onam ko‘ngliga
Bir hovuch nur bergil, ilohim!
•O‘zi potrab chiqqan chashmaday
Yoningizdan oqdimu ketdim.
O‘zgalarga daryo tutdimu,
Oh, onam-a, Sizni unutdim.
•Qaldirg‘ochlar mendan yaxshiroq,
Baxt to‘kadi hur quchog‘iga.
Men ham uning tirnog‘imanu,
Arzimayman, lek tirnog‘iga.
•Ismaloqlar bo‘yini tarab,
Bahor shoshsa yurgan joyiga,
Rabbim, meni gul qilib yarat,
Hech bo‘lmasa, uning poyiga!..
Ehtimol, o‘ldirar bir kuni ko‘rlar,
Tomiringda olov qoning bo‘laman.
Jonbaxsh quchog‘ingga jimgina singan
Bir halol qurboning bo‘laman.
Otamday rozi bo‘l,
onamday sevgin,
Men ham senikiman, o‘ksik qizingman.
Bag‘ringda ming yillik toshlar to‘sig‘in
Yorib chiqayotgan bir ildizingman.
Hayqirmadim pastu balandda turib
Ammo tola nurdek o‘tarkan yodim,
Ko‘kka olib uchar ozod Ruhimni
Ko‘ksimni qilichday kesgay faryodim!..
Yashayman eng so‘ngsiz dardlaring bilan,
Hech kim yuragimga bo‘lolmas qozi!
hali mudrab yotgan dunyolaringni,
O‘yg‘otib uchadi ruhim ovozi!
ONAMGA
Slayd 13
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 14
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ALISHER NAVOIY MEROSI VA UNING O‘RGANILISH TARIXI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 33 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O'TKIR HOSHIMOV mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 14 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
KO‘CHIRMA GAPLI QURILMA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 21 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
FRAZEOLOGIZMLAR HAQIDA UMUMIY MA‘LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ОБЗОРНАЯ ЛЕКЦИЯ ПО СИНТАКСИСУ ВИДЕОЗАНЯТИЕ mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 20 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
NUTQ USLUBLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
PUNKTUATSIYA (ISHORAT QOIDALARI) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti









Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.