Istiqlol davri oʻzbek she’riyati izlanishlari
8000 so'm

Slayd 1
Istiqlol davri oʻzbek she’riyati sohasidagi izlanishlar
Slayd 2
1.Mustaqillik davri oʻzbek she’riyati
2.Istiqloldavri oʻzbek she’riyatida mavzular xilma-xilligi
Reja:
Slayd 3
Istiqlol tufayli ma’naviy qadriyatlarga, madaniyatga, jumladan, so‘z san’atiga nisbatan munosabat tubdan o‘zgardi. Yangi davr nafaqat adabiyotimiz tarixiga, balki zamonaviy adabiy-badiiy jarayonga ham yangicha g‘oyaviy – estetik mezon bilan yondoshishni taqozo qiladi.
XX asr o‘zbek she’riyatining erk uchun olib borgan kurashi e’tiborga loyiqdir. U ikki bosqichga egadir: biriichisi, asrimizning ilk bosqichiga, ikkiichisi esa, oltmishinchi yillarga to’g‘ri keladi.
Hozirgi o‘zbek she’riyatining ma’naviy miqyosi, badiiy,salohiyati kundan-kunga o‘sib boryapti. Shu ma’noda hozirgi o‘zbekadabiyotida lirika alohida o‘ringa ega. Unda zamondoshimiz qalbidakechayotgan his- tuygularni aks ettirish barobarida, jamiyatimizning har bir a’zosida mustaqillikka shukronalik, porloq kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat etmoqda.
Bu kun she’riyatining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g‘oyani ochib berish, uning etakchi g‘oyaviy-badiiy tamoyillarini aniqlash, o‘zbek she’riyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi.
Slayd 4
Ma’lumki, ijtimoiy hayotda kechayotgan evrilishlar birinchi navbatda lirikada aks-sado beradi. Bu narsa uning tamoyillarini ham belgilaydi. Bugungi adabiy jarayonda to‘rt tamoyil yetakchilik qiladi. Birinchi navbatda, O‘zbekistonning mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lishi bilan milliy uygonish g‘oyalari balqib turgan she’rlarga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Biz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,Oydin Hojieva, Halima Xudoyberdieva, Jamol Kamol, Gulchehra Nurullaeva, Muhammad Yusuf, Xurshid Davron, Azim Suyun, Yusuf Jumaev kabi shoirlarning yangi she’rlarida kitobxonni yangi tarixiy voqelikni his qilishga; yangilanish va poklanishga chorlovchi g‘oyalarni ko‘ramiz. Bu g‘oyalar avvalgidek hayqirishlar tarzida baland pardalarda aytilgan, ammo yurakka etib bormaydigan so‘zlar bilan tarannum etilgan emas. Aksincha, yurak qa’ridan, yurak qonlariga qo‘shilib chiqqan, shuning uchun ular boshqa yuraklarga ham etib bordi va bormoqda. Shu tarzda xalqni – mustaqillik yo‘liga chiqib olgan xalqni uyg‘otuvchi, unda milliy g‘urur va e’tiqod, istiqlol va istiqbolga ishonch tuyg‘ularining ardoqlovchi she’rlar bugungi adabiy jarayondagi birinchi va etakchi tamoyil hisoblanadi.
Slayd 5
Totalitar tuzum va uning mafkurasi milliy respublikalar xalqlarining tarixidan, madaniyati ildizlaridan mahrum etibgina qolmay, diniy an’analari va urf-odatlarini ham payhon qilib tashladi. Diniy madaniyat o‘rniga bu xalqlarga berilgan markscha-lenincha ta’limot esa ular imkonini salomat olib qololmadi. So‘nggi yillarda dinga erkinlik berilishi, islom ta’limotiga oid ilmiy ommabop asarlarning naydo bo‘lishi va boshqa tadbirlar natijasida o‘zbek she’riyatida islom asotirlari va g‘oyalari bilan sug‘orilgan she’rlar paydo bo‘ldi.
Abdulla Oripov «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» turkumi bilan XX asr o‘zbek she’riyatiga diniy-ma’rifiy g‘oyalarni birinchi bo‘lib olib kirdi. U Rabg‘uziyniig «Qissai Rabg‘uziy» asari na Ismoil Buxoriyning «Hadis»larini o‘rganish, «Qur’oni karim»ni o‘qish asosida ularda bayon qilingan diniy-ma’rifiy g‘oyalar bugungi yosh avlodni yuksak insoniy madaniyat, imon va e’tiqod ruhida tarbiyalash mumkinligini zukkolik bilan sezdi.
Slayd 6
Shoir ellik she’riy hadisni o‘z ichiga olgan «Hikmat sadolari» turkumida diniy manbalardan o‘rin olgan syujetlar, hikmatlar va orzulardan samarali istifoda qilgan holda kishilarni poklikka da’vat etuvchi, ular qalbiga ezgulik urug‘larini sepuvchi va hidoyat yo‘liga etaklovchi lirik qahramon, XX asr o‘zbek she’riyatiping etakchi qahramonidan shu bilan farqlanadiki, u avvalo Tangri-taoloning mavjudligiga ishonadi, ishonibgina qolmay, bu dunyodagi barcha voqealar uning amri bilan yuz berayotganiga qanoat qiladi va har bir odam orttirgan gunohlari, sodir etgan jinoyatlari uchun oxiratda jazolanishiga shubha qilmaydi. U o‘zidagi ana shu ishonchni boshqalar qalbiga ham singdirishni o‘zining murod-maqsadi deb biladi:
• U senga ko‘rsatdi hidoyat yo‘lin,
• Yurgil yo yurmassan, o‘zing bil, insoi.
• Balki sen tutgaysan Iblisning qo‘lin Yaratgai Xoliqqa barchasi ayon.
• Pishqirgan daryoning sohilida rap,
• Tashnayu zor qilsang, aybdor o‘zing
• Boshingga nogohon balolar yog‘ar,
• Labingdan uchgai chog jaholat so‘zing.
Slayd 7
Bu borada Abduvali Qutbiddin ham samarali ijod qilayapti. U o‘z g‘oyasini g‘ayritabiiy g‘aroyib manzaralar, tasvirlar zamiriga singdiradi. Sirtdan qaraganda uning tashbehlariga yuklangan fikr, tuyg‘ular ko‘ngil ko‘zida aks etgan mutlaqo noreal, tushdagi kabi tartibsizlikday ko‘rinadi. Lekin chuqurroq mushohada qilinsa, uning mohiyati anglashiladi. Chunki diniy qarash falsafa obyekti real hayot emas, inson ruhiyati, ruhiy hayot, boqiy dunyodir. Zeroki shunday ekan, tasvirning gayri-tabiiy bo‘lishi hayron qolarli hol emas. Biroq rang tasvir va tashbehlarning realligida emas, uning zamirida yotgai fikr hamda uniig mohiyati muhimdir. Bu holni A.Qutbiddinning «Imon» degan she’rida kuzatish mumkin:
• Tush ko‘rdim, zulmat o‘rmonnni qahri. Boyo‘g‘li qizlari terurlar chanoq. Yo‘lbarsday sochadi tegraga qahrin,
• Umr manzil ko‘rib bebosh, beadoq.
• Tush ko‘rdim, ufqning ayollari o‘ynar,
• Shamol siynasida entikar xayol.
• Yalpiz beshiklarida tongmi tebratar,
• Bo‘yrada yaliizlar undirgai ayol,
Slayd 8
Oybek yosh kitobxonlarga murojat etib, ularga she’riyatni sevish, undan bahramand bo‘lish lozimligini ta’kidlar ekan, bunday yozgan edi; «She’riyat dunyosi, muzikasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go‘zal inson husnini beradi, nafis zavq bag’ishlaydi. She’riy va muzika dunyosida xulqingiz nozik go‘zallik, chuqur hissiyot kashf etadi. Taassuflar bo‘lsinki, sovet davrida she’riyatniig ana shu, bahor shabadasi kabi, inson qalbiga eng go‘zal insoi husnini vazifasini ado etishga yaramadi. U grajdanlik g‘oyalari deb atalgan zolvorli yukni ko‘tarishdan nariga o‘tmadi. She’riyat bunday og‘ir yuklardan bir qadar ozod bo‘lgan hozirgi davrda endi o‘zining birlamchi bajarish kishilar qalbiga nazokat va nafosat gullarinn sochishi tuyg‘ularini tarbiyalashi, zavq-shavq bag‘ishlashi lozim. By borada M. Yusufning «Ishq kemasi», E. Shukurovning «Sochlari sumbula sumbul» H Ahmedovning «Tungi marvarid gullar», H. Asqarniig «Tongning bedor ko‘zlari» to‘plami va yoshlarning qator she’rlari misol bula oladi.
Slayd 9
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 10
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
QUL UBAYDIY G‘AZALLARINI IFODALI O‘QISH VA SHARHLASH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 19 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
PUNKTUATSIYA (ISHORAT QOIDALARI) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 37 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
O‘ZBEK TILI LEKSIKASIDA ESKIRISH VA YANGILANISH JARAYONLARI. O‘ZBEK TILI LEKSIKASINING EMOTSIONAL-EKSPRESSIV JIHATDAN QATLAMLANISHI. SO‘ZNING USLUBIY BO‘YOG‘I mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 39 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
LEKSIKOGRAFIYA. LUG‘ATCHILIK, LUG‘AT TIPLARI VA TURLARI TASNIFI. O‘ZBEK LUG‘ATCHILIGI, UNING TARIXIY BOSQICHLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
OLMOSH SO‘Z TURKUMI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
CHOLIQUSHI VA IZTIROB ROMANLARI TAHLILI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MUMTOZ ADABIYOTNI SHARHLAB O‘RGANISH. BOBUR ASARLARI MISOLIDA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI. LEKSIK SINONIMIYA. LEKSIK OMONIMIYA. LEKSIK ANTONIMIYA. GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 36 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
TILSHUNOSLIK FANINING PAYDO BOʻLISHI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 49 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
MATN HAQIDA MA’LUMOT mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 27 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
SO‘Z O‘ZLASHTIRISH. LEKSEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti
ABDULLA AVLONIY (1878 1934) mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Adabiyot va ona tili darslari uchun reja va asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 26 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: O‘zbek tili va adabiyoti










Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.