Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari

3000 so'm


Iqlim-o‘zgarishining-salbiy-oqibatlari

Slayd 1

Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari

Slayd 2

Reja:
01
Iqlim shakllanishining asosiy omillari.
02
Iqlim o‘zgarishi sabablari va oqibatlari.
03
O‘zbekiston iqlimining hozirgi o‘zgarishi va uning iqtisodiyotga hamda tabiiy resurslarga ta’siri.

Slayd 3

Iqlim tizimi o‘zida beshta muhim qatlamlarni o‘z ichiga olgan murakkab holatdir:
atmosfera,
gidrosfera,
kriosfera (muz va qor),
quruqlik yuza qismi
biosferalarni o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni.

Slayd 4

Iqlimning shakllanishiga va o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ushbu tizim komponentlaridagi jarayonlar tashqi va ichki iyerarxik joylashgan qismlarga ajratiladi.

Slayd 5

Tashqi jarayonlar:
quyosh radiatsiyasining kelishi;
litosferada sodir bo‘layotgan jarayonlar;
koinotdagi aerozollar va gazlar oqimi natijasida atmosfera tarkibining o‘zgarishi;
okeanlar va materiklar chegarasining o‘zgarishi.

Slayd 6

Ichki jarayonlarga:
atmosfera okeanlar,
quruqliklarning yuza qismi va muz (issiqlik almashuvi, bug‘lanish, yog‘ingarchiliklar) bilan o‘zaro aloqadorligi;
muz-okean o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir;
atmosferadagi gaz va aerozollar tarkibining o‘zgarishi;
bulutlilik;
qor va o‘simlik qoplami.

Slayd 7

Harorat
Atmosfera yog‘ingarchiligi
Bu majmuali tizim quyidagi ko‘rsatkichlar bilan izohlanadi:
Tuproq namligi
Qor va muz qoplami
Havo
Dengiz sathi

Slayd 8

Iqlim tizimi komponentlari o‘rtasida aylanma harakat mavjud bo‘lib biri ikkinchisidan kelib chiqadi va uning teskarisi. Bunday sharoitda iqlim o‘zgarish tezligi ortib boradi.
Masalan, haroratning ko‘tarilishi qor qoplamini qisqartiradi va o‘z navbatida quyosh nurlarini atmosferaga qaytarishni kamaytiradi. Natijada Yer ortiqcha energiyani yutadi, haroratning yana ko‘tarilishiga va qor – muzliklar erishi jadallashadi. Mazkur iqlim tizimida kimgadir nisbatan ijobiy jarayondir.

Slayd 9

Lekin unda, salbiy xususiyatlar ham bor. Masalan, haroratning ko‘tarilishi bilan bug‘lanishning ortishi natijasida bulutli kunlarning ortishi oqibatida quyosh nurlarining yer yuzasiga kamroq tushishi natijasida havo sovib ketishi ham mumkin.

Slayd 10

Lekin unda, salbiy xususiyatlar ham bor. Masalan, haroratning ko‘tarilishi bilan bug‘lanishning ortishi natijasida bulutli kunlarning ortishi oqibatida quyosh nurlarining yer yuzasiga kamroq tushishi natijasida havo sovib ketishi ham mumkin.
Issiqlik va namlik almashinuvi hamda atmosfera havosining sirkulyatsiyasi iqlim hosil qiluvchi omillardan biridir.
Atmosferada issiqlikning aylanishi, uzatilishi, o‘tkazilishi va yo‘qotilishi kabi murakkab jarayonlar yerning iqlimi tizimida amalga oshadi.

Slayd 11

Iqlim
Ob-havoning ko‘p yillik umumlashtirilgan ko‘rsatgichi. Bu ko‘rsatgich albatta muayyan joy, uning geografik o‘rni va statistik rejimi bilan farqlanadi.

Slayd 12

Ko‘p yillik ko‘rsatkich o‘z ichiga kamida joyning 30-yillik vaqt mobaynidagi o‘rtacha ob-havo sharoitidan kelib chiqadi. U kam o‘zgaruvchan, ob- havoga nisbatan barqaror metereologik ko‘rsatkichlardan iborat bo‘ladi. Iqlim sikllilik yoki davriylik xususiyatiga ega. Iqlim sharoiti bir joyning o‘zida doimo bir xilda bo‘lmaydi. Zamonlar o‘tib u ham o‘zgaradi, ammo bu o‘zgarish ob-havoga nisbatan chegaralangan bo‘ladi va asta-sekinlik bilan amalga oshadi.

Slayd 13

Bu iqlim xususiyatlarining xarakterli majmui bo‘lib, materiklarning iqlim hosil qilish jarayoniga ta’sir qilishini belgilaydi. Dengiz ustidagi iqlimning yillik havo haroratida kichik amplituda kuzatilsa, quruqlik ustidagi kontinental iqlim yillik havo haroratida katta amplituda o‘zgaradi.
Iqlim kontinentalligi

Slayd 14

Iqlim o‘zgarishining tabiiy va antropogen sabablari
Sayyoramiz iqlimi doimiy ravishda o‘zgarib bormoqda.

Slayd 15

Iqlim o‘zgarishining tabiiy omillariga yerning o‘z orbitasi bo‘ylab harakati va qiyaligi, quyosh faolligining o‘zgarishi, vulqonlarning otilishi va tabiiy ravishda atmosfera aerozollari sonini o‘zgarishlarini o‘z ichiga oladi.

Slayd 16

Iqlim o‘zgarishining bioxilma-xillikka ta’siri
Jonli tabiat va biologik xilma-xillik qirilib ketish xavfi ostida, bunga sabab albatta insonning faoliyatidir. Endilikda esa yangi chaqiriq, ya’ni iqlim o‘zgarishi xavfi soya solmoqda. Ma’lumki, turli ekotizimlarning mavjudligi avvalo, iqlim sharoitlariga bog‘liq. Shunday turlar borki, hatto qisqa muddatli sovuq yoki qurg‘oqchilikda ham qirilib ketishlari mumkin. Hayot belgilangan tabiiy sharoitlarga moslashib boradi. Agar iqlim tizimi belgilangan o‘zgarishni boshdan kechirsa yoki ular tez sodir bo‘lsa, u holda ayrim turlar boshqa rayonlarga joylashuviga yoki moslashuviga yoki halok bo‘lishiga to‘g‘ri keladi.

Slayd 17

Iqlim o‘zgarishi muammosini oldini olish chora tadbirlari
Tabiat qonunlari va qonuniyatlaridan farqli o‘laroq, jamoat qonunlari hududiy, gorizontal, vertikal differensiyalanadi, vaqtga qarab o‘zgaradi. Ular ifodalanmaydi yoki ochilmaydi, jamoatchilik tomonidan qabul qilinadi va ijrochi shaxslar tomonidan imzolanadi.

Slayd 18

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slayd 19

Foydali havolalar

🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar