Inklyuziv ta’limning zamonaviy tendensiyalari

3000 so'm


Inklyuziv ta’limning zamonaviy tendensiyalari
=== Taqdimot: Inklyuziv ta’limning zamonaviy tendensiyalari.pptx ===

=== Slayd 1 ===
Inklyuziv ta’limningzamonaviytendensiyalari

=== Slayd 2 ===
Inklyuziv – (inklyuziya – inglizcha, inlusion – uyg‘unlashish) hamkorlikdagi ta’lim, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta’lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ta’limda maxsus yondashuvga muhtoj bolalarni, barcha tengdoshlari bilan uyg‘unlashgan holda ta’lim olishni ta’minlaydigan tizimdir.

=== Slayd 3 ===
Inklyuziv ta’limning maqsadi va vazifalari:
Ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixo-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
O‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash.

=== Slayd 4 ===
Inklyuziv ta’limga quydagi o‘quvchilar qabul qilinadi:
Aqliy faoliyati yengil darajadagi
Eshitishida muammosi bo‘lgan
Ko‘rishida muammosi bo‘lgan
01
03
02
Harakat imkoniyati cheklangan
04

=== Slayd 5 ===
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi:
O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini
Mustaqil harakatlanis, birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyatini
Dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi.

=== Slayd 6 ===
Sanab o‘tilgan bolalarning xususiyatlari quyidagilar:
faoliyat sustligi va diqqat tarqoqligi, tovushlar talaffuzida kamchiliklar, nutq zaxirasining yetarli shakllanmaganligi;
mayda motorikalarida muammolari bor, emotsional-hissiy holati o‘zgaruvchan, tushuncha va tasavvurlarining cheklanganligi.
Maktablarda talablariga binoan inklyuziv sinf o‘quvchilarning soni 25 nafardan oshmasligi, hamda bu sinfda alohida ehtiyojli bola soni 2 nafardan oshmasligi belgilangan.

=== Slayd 7 ===
Inklyuziv ta’lim, barcha ishtirokchilar birgalikda maqsadli faoliyat olib borgandagina, samarali natijalarga erishadi.

=== Slayd 8 ===
Ota-ona farzandining ijtimoiy hayotga erta va samarali moslashishi uchun o‘z tengqurlari bilan ta’lim olishi zarurligini anglashi va har tomonlama tayyor bo‘lishi kerak.
Oila
O‘z navbatida aholini imkoniyati cheklangan bolalarga ijobiy munosabatda bo‘lishini tarbiyalashi, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Mahalla

=== Slayd 9 ===
Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishga tayyor bo‘lishi, ularni qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Maktab jamoasi
Sog‘lom o‘quvchilar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z saflariga qabul qilishga tayyor bo‘lishlari kerak.
Sinfdoshlar
Maktabga kelgan o‘quvchini birinchi navbatda o‘qituvchi, psixolog, maktab shifokori, defektolog (logoped) qo‘llab-quvvatlab, ta’limga to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim.
Mutaxassislar

=== Slayd 10 ===
Sog‘liqni saqlash tizimi klinik tashxis qo‘yadi, muntazam davolash-profilaktika ishlarini olib boradi.
Sog‘liqni saqlash tizimi
Xalq ta’limi tizimi o‘quvchini ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan birga metodik qo‘llanma va tavsiyalar bilan ta’minlaydi;
Tibbiy psixo-pedagogik komissiya bolalarni o‘rganib, tegishli xulosani beradi va ota-ona tanlovi asosida bolani ta’limga yo‘naltiradi.
Xalq ta’limi tizimi
Nodavlat va notijorat tashkilotlari maktabdagi ta’lim-tarbiya muassasalariga homiylik va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlari

=== Slayd 11 ===
Bola bu qanday imkoniyatga ega bo‘lishidan qat’iy nazar har doim kattalar yordamiga muhtoj farzanddir. Bu ta’lim tizimini joriy etish uchun avvalo jamiyatni, maktabdagi sog‘lom bolalarni ham, imkoniyati cheklangan bolalarni ham bunga moslashtirish kerak. Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda tahsil olayotgan bola nogironlik nima ekanligi, bunday bolalarning ustidan kulmaslik kerakligini bilishmaydi.

=== Slayd 12 ===
Maxsus maktab-internatlarda esa nogironlik jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bola ta’lim va tarbiya olishi jarayonida atrofidagi tengdoshlari ham o‘ziga o‘xshashligi, u kabi kasallik bilan og‘rigani uchun ham ortiqcha ruhiy bosimlar kuzatilmaydi va u o‘zlarini atrofdagilardan zaif va kuchsizday his etishmaydi.

=== Slayd 13 ===
Inklyuziv ta’limning prinsiplari:
1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas.
2. Har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega.
3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.
4. Har bir kishi bir-biriga muhtoj.
5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi.
6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muhtoj.
7. Hamma ta’lim oluvchilarni yutuqqa erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas, balki nimanidir qila olishidir.

=== Slayd 14 ===
1. L.S.Vigotskiy ijtimoiy muhit sog‘ligi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir, degan g‘oyani ilgari suradi.
2. Xuddi shuningdek, u imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishini ildizi yomon o‘simlikka o‘xshatadi. “Uning ingichkagina ildizlari oziqlantiruvchi tuproqning qatlamlari va shakliga mos kelmaydi. Ular o‘z-o‘zicha tuproqning oziqa beruvchi qatlamlariga yetib borolmay, quruq va zaharli qatlamga kirib qoladi. Bunday o‘simlik muvofiq sharoitlarda gullashi mumkin edi, biroq odatdagi sharoitda taraqqiyotning cho‘qqisiga yetmasdan, bujmayib so‘lib qoldi”, deydi.

=== Slayd 15 ===
3. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o‘ziga xos tomonlari, milliy an’analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan bolalarda kattalar bolaning ra’yiga, mustaqil bo‘lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchiliklar o’z-o‘zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan bolada o‘jarlik, qaysarlik, itoatsizlik xususiyatlari paydo bo‘lishi bu kattalarning haddan tashqari paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi.

=== Slayd 16 ===
4. Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko‘plab muammolar va to‘siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: salbiy munosabat; hamjamiyatda ko‘rinmaslik; moddiy mablag‘ muammolari; jismoniy moslashtirish; sinfdagi o‘quvchilar soni; qaramlik; jinsiy belgilarga qarab kamsitish; favqulodda vaziyatlar, mojarolar va qochoqlar. Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muassasalari tizimida ta’lim-tarbiya olishlari uchun eng katta to‘siq bo‘lsa kerak.

=== Slayd 17 ===
Qarshiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto‘g‘ri fikr, ular to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o‘sganligi va boshqalardir. Hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko‘pincha ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hech kimga ko‘rsatmaydilar, ro‘yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to‘g‘risida hech bir ma’lumot berilmaydi. Natijada ko‘plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo‘ladilar. Ular to‘g‘risida hech bir ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi.

=== Slayd 18 ===
Ko‘zi ojiz va zaif eshituvchi bolalami inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish birmuncha qiyinchiliklarni qamrab olishi mumkin. Chunki hozirgi kunda O‘zbekistonda tiflopedagog mutaxassislar yetishmaydi. O‘zbekiston universitetlarida hozirgi kunda tiflopedagoglarni tayyorlaydigan fakultetlar mavjud emas. Bu borada darslik va qo‘llanmalar ham ishlab chiqilmagan. Ko‘zi ojiz bolalar o‘qishiga mo‘ljallangan Brayl tilidagi kitob juda katta hajmga egaligi va og‘irligi bilan bolaning ularni har kuni maktabga ko‘tarib borishida qiyinchiliklar tug‘diradi.

=== Slayd 19 ===
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.

Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz

0.00
0 sharh
5
0
4
0
3
0
2
0
1
0
“Inklyuziv ta’limning zamonaviy tendensiyalari” uchun birinchi sharh yozing;

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Bu maydon to‘ldirilishi shart.

Sharhlar

Hali sharhlar mavjud emas.

Kategoriya: 
Mening savatim
Xohishlar ro‘yxati
Kategoriyalar