Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari (maxsus pedagogika)
4000 so'm

Slayd 1
Inklyuziv ta’limning huquqiy asoslari
Slayd 2
Reja:
1. O‘zbekistonda integratsiyalashgan (inklyuziv) ta’limni rivojlantirish siyosati.
2. Jahon miqyosida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar.
3. Markaziy Yevropa va Osiyo davlatlarida inklyuziv ta’limning joriy etilishi.
Slayd 3
Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bola, Dakar Deklaratsiyasi, Salamanka bayonoti, integratsiya, Jahon miqyosi, Markaziy Yevropa va Osiyo davlatlari, WEB resurs markazi foydalanuvchilar.
Tayanch so‘zlar
Slayd 4
O‘zbekistonda integratsiyalashgan rivojlantirish siyosati
Slayd 5
Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, biz har kuni yurgan yo‘llardan ayrim bolalar yura olmaydi, biz har kuni ko‘rgan go‘zallikni, atrof olamdagi voqea-hodisalarni eshita olmaydi, ko‘ra olmaydi, chunki uning harakatlanishi falajlik oqibatida chegaralanib qolgan, uning ko‘zlari ojiz, quloqlari eshitmaydi.
Slayd 6
Ammo bu bola ham har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, hamma qatori jamiki go‘zalliklardan bahra olib yashashi mumkin edi, biroq salbiy omillar ta’sirida u bundan bebahra qolgan. Turli xildagi sabablarga ko‘ra ruhan yoki jismonan nuqsonli bo‘lib qolgan bolalarni jamiyatdan alohida e’tiborsiz holda tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday bolalar nuqsonliligi sababli imkoniyatlari cheklanib qolgan. Imkoniyatlarining chegaralanib qolganligi oqibatida korreksion yordamga muhtoj.
Slayd 7
Nogiron bolalar bilan korreksion ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ish olib borish, ijtimoiy jamiyatga adaptatsiyalash, imkoniyatlaridan foydalanib, o‘z-o‘ziga xizmat qila oladigan va jamiyatga ma’lum darajada nafi tegadigan qilib voyaga yetkazish har bir davlatning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Zero, prezidentimiz SH.M. Mirziyoyevning ta’biri bilan aytganda “Har qanday xalqning ma’naviyati shu jamiyatda yashovchi nogironlarga bo‘lgan e’tibori bilan ham belgilanadi”.
Slayd 8
Shuning uchun ham bu vazifalarni to‘laqonli amalga oshirish maxsus
yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarni huquqlarini qo‘llab-quvvatlab, ularni joriy etish maqsadida jahon miqyosida “Inklyuziv ta’lim” siyosat darajasiga ko‘tarilib xalqaro huquq normalari, jumladan, BMT ning “Bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya”si, Dakar Deklaratsiyasi, Solamanka bayonoti va Ish rejasi kabilarda o‘z aksini topgan. Biroq juda ko‘p hollarda maxsus yordamga muhtoj bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar.
Slayd 9
Bunga asosiy sabablar birinchi navbatda ota onalarning farzandiga bo‘lgan e’tiborining sustligi bo‘lsa, keyingi galda bu bolani o‘qitish uchun ta’lim muassasalarining o‘sha hududda yo‘qligi yoki juda uzoqda joylashganligidir. Mana shunday hol maxsus yordamga muhtoj bola uchun juda ayanchli holdir. Chunki bu bolada mavjud nuqson tufayli uning imkoniyatlari chegaralanib qolgan, ma’lumki bola ta’lim-tarbiya olmasa va undagi nuqsonni tuzatish ishlari olib borilmasa, nuqson darajasi yanada og‘irlashadi, ikkilamchi nuqsonlar kelib chiqadi va uning o‘z o‘ziga xizmat qilish malakalari shakllanmay qoladi. Ijtimoiy hayotga moslashishi qiyinlashadi.
Slayd 10
Bir so‘z bilan aytganda u “nogiron” bo‘lib qolaveradi. O‘z navbatida jamiyatda nogironlarning ko‘payishi shu jamiyat taraqqiyotini orqaga tortadi. Mana shunday oqibatlarga olib kelmasligi, maxsus yordamga muhtoj bo‘lagan bolalarning haq-huquqlarini to‘laligicha ta’minlash maqsadida ham inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari keng tus olmoqda.
Slayd 11
Inklyuziv ta’limning mohiyati shundan iboratki, ruhiy yoki jismoniy rivojlanishda orqada qolganligi sababli maxsus yordamga muhtoj bo‘lgan bolalardan “nogiron” degan tamg‘ani olib tashlab, normal rivojlanishdagi bolalar bilan birga teng huquqliklilikni ta’minlash, jamiyatga to‘laqonli, erta moslashtirish, mavjud imkoniyatlaridan foydalana olishlarini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablari tizimida o‘qitishdan iborat.
Slayd 12
Bu maqsadlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasida ham davlat siyosat darajasiga ko‘tarildi. Inklyuziv ta’limga doir xalqaro huquqiy me’yoriy hujjatlar, rivojlangan chet el davlatlarning inklyuziv ta’lim tajribalari o‘rganib chiqildi va ularga asoslangan holda yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 20-moddasi, “Inklyuziv ta’lim” deb nomlandi.
Slayd 13
“Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilmaxilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan”ligi qonuniy asos bilan mustahkamlandi.
Slayd 14
Inklyuziv ta’lim masalasi Respublikamiz Prezidenti tomonidan davlat siyosatining eng ustuvor vazifasi sifatida qaralib, PQ-4860-sonli “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Vazirlar mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi 638-sonli qarorida o‘z aksini topdi.
Slayd 15
Yo‘l xaritasi
Mazkur ishlarning natijasi sifatida inklyuziv ta’limning barcha jihatlari, joriy etish yo‘llari, maqsad va vazifalari, bu sohadagi islohotlar “Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, 2020 — 2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish
Slayd 16
Konsepsiyasi, 2020-2025-yillarda xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilab olinib, amaliyotga joriy etish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirilmoqda:
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta’limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
Slayd 17
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’limiy muhiti yaxlitligi mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta’minlanadi;
davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta’lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
inklyuziv ta‟lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta’lim sifati, shuningdek o‘quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi.
Slayd 18
Bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalar hech bir davlatda e’tibordan chetda qolgani yo‘q. Ularning ta’lim-tarbiya olishlari uchun inklyuziv ta’limning joriy qilinishi esa katta imkoniyatlar eshikni ochib berdi. Albatta, sog‘lom bolalar qatorida ta’lim olish, ular uchun ham o‘z qobiliyati va bilimini rivojlantirish uchun turki bo‘lmay qolmaydi. Bu kabi imkoniyatlar har bir davlatda mavjud. Biz AQSh, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Shveytsarida, Qirg‘iziston, Qozog‘iston misolida imkoniyati cheklangan bolalarga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqamiz. Bugungi kunga qadar jahon miqyosida juda ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar olib borilayotganligi barchamizga ma’lum.
Slayd 19
Ular quyidagi alohida yordamchi muhtoj bolalar uchun tashkil etilgan:
Intellektida buzilishi bo‘lgan bolalar uchun;
Psixik rivojlanishi sust bolalar uchun korreksiya sinflari.
“Tavakkal” guruhi bolalar uchun (ta’lim olishida, xulq-atvorlarida qiyinchiliklarga ega, sog‘ligi zaif ) kompensatsiya qiluvchi ta’lim, pedagogik yordam, adaptatsiya va sog‘lomlashtirish sinflari. Moskvadagi ta’lim markazining ijtimoiy ta’lim bo‘limi umumiy ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalar integratsiyasi modelini tayyorlash g‘oyasini ilgari suradi. AQSh, Buyuk Britaniya, Daniya kabi bir qator mamlakatlarda maktab turini tanlash qonun tomonidan belgilanadi, ota-onalar esa, ta’lim turini tanlashni yozma ravishda tasdiqlanishi, ayrim hollarda asoslab berishlari lozim deb topilgan. Buyuk Britaniyada integratsiya jarayonida maxsus maktab o‘quvchilari uchun alohida ishlab chiqilgan.
Slayd 20
Jahon miqyosida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish borasida amaliy tajribalar
Buyuk Britaniyada integratsion ta’limni tashkil etish uchun alohida maktablar rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ta’limni uchun alohida mablag‘ bilan ta’minlanadi. Buyuk Britaniya maxsus maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘g‘ir nuqsoni bolalarni integratsiyalash dasturi ishlab chiqilgan edi. Qaysi maktabda integratsion ta’lim tizimi joriy etilgan bo‘lsa, o‘sha maktabga maxsus maktablarda o‘qilyotgan bolalarning bir qismi qamrab olindi. Integratsiya tizimini yanada puxtaroq joriy etish maqsadida o‘yinlar, jismoniy tarbiya, raqs va bir qancha amaliy mashg‘ulotlar kiritildi.
Slayd 21
Bu kabi mashg‘ulotlar imkoniyati cheklangan bolalarni sog‘lom bolalar kabi ta’lim-tarbiya olishiga imkon yaratib beradi. Shveytsarida rivojlanishida nuqsoni mavjud bolalar ta’limning asosiy qismini ommaviy maktabda olishlarini ko‘zda tutuvchi dastur mavjud. O‘qituvchilar to‘rt kishidan ommaviy maktabning uchta o‘qituvchisi va imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikka ega bitta o‘qituvchidan iborat guruh faoliyat ko‘rsatadi. Maktab ma’muriyati uch oyda bir marotaba ta’lim psixologiyasi doirasidagi mutaxassislar bilan bir marta uchrashib, zarur tadbirlar va ota-onalar bilan uchrashuvlar borasida maslahatlashib oladilar. Bunday yondashuv, o‘qituvchi mehnatining samaradorligini oshirish, integratsiya sinflarida ta’lim metodlarini qo‘llash sifatini muhim omildir.
Slayd 22
Ular uchun yaratilgan sharoit sog‘lom bolalarga yaratilgan sharoitdan qolishmaydi. Qirg‘izistonda inklyuziv ta’limni rivojlantirish tanlab olingan davlat maktablari va xususiy o‘quv muassasalarida olib boriladi. Mutaxassislar guruhi ommaviy maktablarda ta’lim olish uchun imkoniyati cheklangan bolalarni tanlab oladi. Ularning bazasida o‘qituvchilar, ota-onalar, mahalliy hokimiyat vakillari uchun uchta seminar. Ta’lim vazirligi va mahalliy ta’lim departamenti uchun respublika miqyosida konferensiya ham o‘tkazilgan.
Slayd 23
Qozog‘istonda 2003-yil, “Maxsus ehtiyojli bolalarni korreksion ijtimoiy va tibbiy-pedagogik qo‘llab-quvvatlash haqidagi” qonun qabul qilinadi. Bu qonun asosida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya berish, korreksion pedagogik ish olib borish maqsadida reabilitatsion markazlar, psixologik-pedagogik korreksiya xonalari, maxsus maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida qoshida qisqa muddatli guruhlar tashkil etildi. Inklyuziv ta’limga kadrlarni tayyorlash uchun oliy ta’limda “Maxsus pedagogika, “Maxsus psixologiya”, “Maxsus metodikalar” kurslari kiritildi. Bu kabi kurslar kadrlar malakasini oshirishga xizmat qiladi.
Slayd 24
Markaziy Yevropa va Osiyo davlatlarida inklyuziv ta’limning joriy etilishi
BMT tomonidan Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasida ta’lim olish har bir insonning asosiy va ajralmas huquqi ekanligi alohida e’tirof etilgan.
Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi barcha insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlar ekan, bu Deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus ehtiyojli insonlarga ham tegishliligi aniqlandi.
Slayd 25
Nogiron shaxslarning huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT ―Nogiron shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiyada ta’kidlanishicha: ―Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug‘ilishi bilan mavjud bo‘ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat’iy nazar, fuqaro o‘z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egardirlar.
Slayd 26
Xuddi shunday bolalarni huquqlarini muhofaza qilish maqsadida BMT Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyani qabul qildi. Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya bolalarning huquqlarini hamma joyda himoyalash maqsadida ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi xalqaro shartnoma hisoblanadi.
Slayd 27
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.