- Savatga boshqa "GRAFIKA. ORFOGRAFIYA" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
INKLYUZIV TA’LIM
4000 so'm

=== Taqdimot: INKLYUZIV TA’LIM.pptx ===
=== Slayd 1 ===
INKLYUZIV TA’LIM
=== Slayd 2 ===
Inklyuziv – (inklyuziya – inglizcha induksion-uyg‘unlashish) hamkorlikdagi ta’lim, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta’lim sifatida tan olingan. Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, ta’limda maxsus yondashuvga muhtoj bolalarni, barcha tengdoshlari bilan uyg‘unlashgan holda ta’lim olishni ta’minlaydigan tizimdir. Ushbu ta’limning maqsadi va vazifalari: ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash.
=== Slayd 3 ===
Eshitishida muammosi bo‘lgan
Inklyuziv ta’limga quyidagi o‘quvchilar qabul qilinadi:
01
03
Aqliy faoliyati yengil darajadagi
02
Ko‘rishida muammosi bo‘lgan
04
Harakat imkoniyati cheklangan
=== Slayd 4 ===
Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga nima beradi:
O‘z imkoniyatini o‘zi uchun kashf etish imkonini;
Mustaqil harakatlanish, birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyatini;
Dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi.
=== Slayd 5 ===
Sanab o‘tilgan bolalarning xususiyatlari quyidagilar: faoliyat sustligi va diqqat tarqoqligi, tovushlar talaffuzida kamchiliklar, nutq zaxirasining yetarli shakllanmaganligi, mayda motorikalarida muammolari bor, emotsional-hissiy holati o‘zgaruvchan, tushuncha va tasavvurlarining cheklanganligi. Maktablarda talablariga binoan inklyuziv sinf o‘quvchilarning soni 25 nafardan oshmasligi, hamda bu sinfda alohida ehtiyojli bola soni 2 nafardan oshmasligi belgilangan.
=== Slayd 6 ===
Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
Imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish.
Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirish kabilardir. Inklyuziv ta’lim, barcha ishtirokchilar birgalikda maqsadli faoliyat olib borgandagina, samarali natijalarga erishadi.
=== Slayd 7 ===
Ya’ni:
Oila – ota-ona farzandining ijtimoiy hayotga erta va samarali moslashishi uchun o‘z tengqurlari bilan ta’lim olishi zarurligini anglashi va har tomonlama tayyor bo‘lishi kerak.
Mahalla – o‘z navbatida aholini imkoniyati cheklangan bolalarga ijobiy munosabatda bo‘lishini tarbiyalashi, oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashi lozim.
Maktab jamoasi – imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishga tayyor bo‘lishi, ularni qabul qilish uchun shart-sharoitlar yaratishi lozim.
Sinfdoshlar – sog‘lom o‘quvchilar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z saflariga qabul qilishga tayyor bo‘lishlari kerak.
=== Slayd 8 ===
Sog‘liqni saqlash tizimi klinik tashxis qo‘yadi, muntazam davolash-profilaktika ishlarini olib boradi.
Xalq ta’limi tizimi o‘quvchini ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar yaratish bilan birga metodik qo‘llanma va tavsiyalar bilan ta’minlaydi.
Tibbiy- psixologik-pedagogik komissiya bolalarni o‘rganib, tegishli xulosani beradi va ota-ona tanlovi asosida bolani ta’limga yo‘naltiradi.
Nodavlat va notijorat tashkilotlari maktabdagi ta’lim-tarbiya muassasalariga homiylik va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi.
Mutaxassislar- maktabga kelgan o‘quvchini birinchi navbatda o‘qituvchi, psixolog, maktab shifokori, defektolog (logoped) qo‘llab-quvvatlab, ta’limga to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim.
=== Slayd 9 ===
Bola bu qanday imkoniyatga ega bo‘lishidan qat’i nazar har doim kattalar yordamiga muhtoj farzanddir. Bu ta’lim tizimini joriy etish uchun avvalo jamiyatni, maktabdagi sog‘lom bolalarni ham, imkoniyati cheklangan bolalarni ham bunga moslashtirish kerak. Ayniqsa, boshlang‘ich sinfda tahsil olayotgan bola nogironlik nima ekanligi, bunday bolalarning ustidan kulmaslik kerakligini bilishmaydi. Shuning uchun ham ular inklyuziv ta’lim davomida nogironligi bo‘lgan tengdoshining ustidan kulishi, masxara qilishi, uni ajratib qo‘yishi, kamsitishi kabi kuzatilsa, bu albatta nogironligi bo‘lgan bolaning ruhiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Sog‘lom bolalar orasida o‘zini kamsitilganday his etish bola uchun doimiy ruhiy zo‘riqish ostida yashashga sababchi bo‘ladi.
=== Slayd 10 ===
Maxsus maktab-internatlarda esa nogironlik jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bola ta’lim va tarbiya olishi jarayonida atrofidagi tengdoshlari ham o‘ziga o‘xshashligi, u kabi kasallik bilan og‘rigani uchun ham ortiqcha ruhiy bosimlar kuzatilmaydi va u o‘zlarini atrofdagilardan zaif va kuchsizday his etishmaydi. Uni alohidalash yoki alohida nom bilan “anomal bolalar”, (ko‘r bolalar, kar bolalar) va hokazo tushunchalar bilan ajratib ko‘rsatish insonparvarlik nuqtayi nazariga to‘g‘ri kelmaydi. Ushbu tushunchalar imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning huquqlarini kamsitish bilan bir qatorda ota-onalarga ham salbiy ta’sir etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalar-da, ammo imkoniyat darajada bajara oladilar.
=== Slayd 11 ===
Shuning uchun ham tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik, bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo‘lish tarbiyalashning muhim vazifalaridan biridir. Inklyuziv ta’limning muammolari. Ko‘plab davlatlarda inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha davlat normativ hujjatlarida qayd qilinmaganligi; nogiron bolalarga nisbatan salbiy munosabat; imkoniyati cheklangan bolalarning hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosi; imkoniyati cheklangan bolalarning maktabda ko‘rinmaslik muammosi; moddiy mablag‘ muammolari; ta’lim muassasalarini moslashtirish; sinfda o‘quvchilar sonining ko‘pligi; kambag‘allik; jinsiy tafovutlarga qarab kamsitish; imkoniyati cheklangan bolalarning boshqalarga qaramligi; favqulodda vaziyatlar , mojarolar, qochoqlar; kadrlar masalasidagi muammolar.
=== Slayd 12 ===
Haqli savol tug‘iladi, nima uchun imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim tizimiga jalb etish kerak? Yuqorida keltirilgan dalillarni hal etib, inklyuziv ta’lim tizimiga o‘tishga qanday zaruriyat bor? Darhaqiqat, bu ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish oson kechmaydi.
=== Slayd 13 ===
Ammo bu ta’lim tizimining nafli jihati juda ko‘p ular sirasiga quyidagilar kiradi: inklyuziv ta’lim qashshoqlik iskanjasidan qutulishga imkon beradi; inklyuziv ta’lim barcha uchun ta’lim sifatini yaxshilaydi; kamsitishlarni oldini oladi; inklyuziv ta’lim yanada inklyuzivlikka olib keladi.
=== Slayd 14 ===
Inklyuziv ta’limning prinsiplari:
1. Insonning qadr qimmati, uning qobiliyati va yutug‘iga bog‘liq emas.
2. Har bir inson o‘ylash va his qilish qobiliyatiga ega.
3. Har bir kishi eshitish va muloqot qilish qobiliyatiga ega.
4. Har bir kishi bir biriga muhtoj.
5. Shaxsning to‘liq va haqiqiy ta’lim olishi faqat real hamkorlikda amalga oshadi.
6. Hamma kishilar o‘z tengdoshlarini qo‘llab quvvatlashga muhtoj.
7. Hamma ta’lim oluvchilarni yutuqqa erishishiga ularning nimadir qila olmasligi emas, balki nimanidir qila olishidir.
=== Slayd 15 ===
Inklyuziv ta’lim tizimi quyidagi ta’lim muassasalarni o‘z ichiga oladi: maktabgacha umumta’lim, umum o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim. Bu ta’lim muassasalarning maqsadi bolalarning ta’lim olishi va kasb-hunarga tayyorlashda ularning o‘rtasidagi to‘siqlikni bartaraf etib ochiq ta’lim muhitini yaratishdan iborat. Umumta’lim maktablarda alohida dastur va darsliklardan foydalanish imkoniyati bo‘lmaydi. Inklyuziv ta’lim tizimi integratsiyalashgan ta’lim tizimidan o‘zining mazmun-mohiyati, maqsadi, vazifalari va harakat dasturi bilan farqlanadi.
=== Slayd 16 ===
Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi. Muammoni psixoreksiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. 1. S.Vigotskiy ijtimoiy muhit sog‘ligi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir, degan g‘oyani ilgari suradi.2. Xuddi shuningdek, u imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishini ildizi yomon o‘simlikka o‘xshatadi.
=== Slayd 17 ===
3. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o‘ziga xos tomonlari, milliy an’analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan bolalarda kattalar bolaning ra’yiga, mustaqil bo‘lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchiliklar o‘z-o‘zidan barham topadi.
=== Slayd 18 ===
Imkoniyati cheklangan bolada o‘jarlik, qaysarlik, itoatsizlik xususiyatlari paydo bo‘lishi bu kattalarning haddan tashqari paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi. Psixolog olima l.M.Krijanovskaya imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya berishda psixologik korreksiyalash metodlari orqali tarbiyalash yo‘llarini keng yoritib bergan. Uning fikricha, inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarining samarali bo‘lishi, yaxshi yutuqlarga erishishda maktab psixologi, pedagog, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim.
=== Slayd 19 ===
4. Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida bugungi kunga qadar ham juda ko‘plab muammolar va to‘siqlar mavjud. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: salbiy munosabat; hamjamiyatda ko‘rinmaslik; moddiy mablag‘ muammolari; jismoniy moslashtirish; sinfdagi o‘quvchilar soni; qaramlik; jinsiy belgilarga qarab kamsitish; favqulodda vaziyatlar, mojarolar va qochoqlar. Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muassasalari tizimida ta’lim tarbiya olishlari uchun eng katta to‘siq bo‘lsa kerak.Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a’zolari, o‘qituvchilar, umumta’lim muassasalari xodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalarning o‘zlaridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya olishlariga nisbatan:
=== Slayd 20 ===
Qarshiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto‘g‘ri fikr, ular to‘g‘risida ma’lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o‘sganligi va boshqalardir. Hamjamiyatda ko‘rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko‘pincha ko‘plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni uyga qamab hech kimga ko‘rsatmaydilar, ro‘yxatga olish jarayonida nogiron bolasi to‘g‘risida hech bir ma’lumot berilmaydi. Natijada ko‘plab nogiron bolalar hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo‘ladilar. Ular to‘g‘risida hech bir ma’lumotni bo‘lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib keladi.
=== Slayd 21 ===
2. Ko‘zi ojiz va zaif eshituvchi bolalarni inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish birmuncha qiyinchiliklarni qamrab olishi mumkin. Chunki hozirgi kunda O‘zbekistonda tiflopedagog mutaxassislar yetishmaydi. O‘zbekiston universitetlarida hozirgi kunda tiflopedagoglarni tayyorlaydigan fakultetlar mavjud emas. Bu borada darslik va qo‘llanmalar ham ishlab chiqilmagan. Ko‘zi ojiz bolalar o‘qishiga mo‘ljallangan brayl tilidagi kitob juda katta hajmga egaligi va og‘irligi bilan bolaning ularni har kuni maktabga ko‘tarib borishida qiyinchiliklar tug‘diradi.
=== Slayd 22 ===
Toshkent shahar 77-sonli ko‘zi ojiz bolalar maktab-internati psixologi Baxtiyor Hojiboyev inklyuziv ta’lim haqida kun.uz saytiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: “Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda boshqa bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa, bola battar o‘z qobig‘iga o‘ralib oladi. Ko‘ngli cho‘kadi, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqi so‘na boshlaydi, alamzada bo‘lib qoladi”.
=== Slayd 23 ===
E‘tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |















Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.