Individuallikning uslubiy xususiyatlari
8000 so'm

Slayd 1
Individuallikning uslubli xususiyatlari
Slayd 2
Reja:
Individual-psixologik xususiyatlarning gumoral nazariyalari.
Psixologik tafovutlarning morfologik yoki somatik nazariyalari.
Individual-psixologik xususiyatlar haqidagi nazariyalarining rivojlanish bosqichlari.
Slayd 3
Mavzu yuzasidan tayanch so’z va iboralar:
Gumoral nazariya – individual farqlarni tanadagi suyuqliklar bilan bog’lab tushuntiruvchi qarashlar.
Morfologik nazariya – individual farqlarni tananing tuzilishi bilan bog’lab tushuntiruvchi oqim.
Asab tizimining kuchi – nerv hujayralarining chidamliligi, ish qobiliyati.
Asab tizimi muvozanati – qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarining tenglik nisbati.
Harakatchanlik – qo’zg’aluvchi va tormozlanish jarayonlari almashishining tezligi yoki sustligi.
Slayd 4
Biologik omillarning individual-psixologik xususiyatlarga transformatsiyasi (o’tishi, aylanishi) qanday kechishini tushunish uchun differentsial psixofiziologik yoki inson individualligining maxsus nazariyasini ishlab chiqish kerak.
Individuallikning shunday maxsus nazariyasi, umumiy nazariyalardan farq qilgan holda, turg’un biologik omillar ta’siri asosida individual – psixologik farqlarning shakllanishi qonuniyatlari va spetsifikatsiyasini ochuvchi holatlarning o’zida mujassamlashtirishi lozim.
Slayd 5
Ushbu nazariyani yaratishga nisbatan urinishlarni yangilari bilan birlashtirib ko’rib chiqish mumkin.
Buning uchun differentsial psixofiziologiyaning rivojlanishini to’rt bosqichga ajratiladi.
I. I. P. Pavlovgacha bo’lgan davr (gumoral, morfologik nazariyalar).
Ii. 1927-Yildan I. P. Pavlov davri bosqichi (markaziy asab tizimi haqidagi nazariyalar)
Iii. 1956-Yildan Teplov – Nebilitsin davri.
Iv. 1972 Yildan zamonaviy bosqich.
Slayd 6
Qadimdan insonlar o’rtasidagi individual farqlarni tushuntirishga qiziqishgan va shuning natijasida 3 asosiy tizimni izohlab o‘tish mumkin.
Gumoral nazariya
Morfolagik yoki somatik nazariya
MNSning (Markaziy nerv sistemasi) faoliyatiga asoslangan nazariya.
Slayd 7
Gippokrat ta’limoti- individual xususiyatlar 4 suyuqlik: qon, safro, qora safro, balg’am birikmalari, nisbatlari bilan bog’liq.
Galen eramizdan avvalgi Ii-asr vrach-anatom. 13 Turdagi farqlarni ko’rsatgan.
I. Kant 1789-yil «Antropologiya» asarida qonni individual xususiyatlarning tabiiy asosi deb qaragan.
P. F. Lestgaf (pedagog va vrach-anatom) qon aylanishi tizimining xususiyati; qon tomirlari kengligi, tarangligi, ularning bo’sh joyining diametri, yurak shakli va boshqalar orqali tushuntirishlar hisoblanadi.
Slayd 8
E. Krechmer. Individual farqlarni tana tuzilishiga qarab belgilagan.
U individning psixologik tuzilishiga, uning umumiy konstruktsiyasiga to’g’ri kelishi haqidagi g’oyalarni ilgari surgan.
U tananing tuzilish tipi ham, psixologik xususiyatlari ham, qonning kimyoviy tarkibi va ichki sekretsiya bezlari ajratib chiqaradigan garmonlar bilan tushuntirish kerak, deb hisoblagan.
Slayd 9
Astenik tip – ko’krak qafasi uzun va tor, qo’l – oyoqlari uzun, yuzi uzunchoq, sust mushaklar tizimi – shizoid (shizotemik) temperamentga xos.
Uning dili tez jarohatlanadi, xafa bo’lishidan tortib, to affektivlik va ta’sirchanlikdan to hissiyotsiz sovuqqonlikkacha hamda befarqlik darajasigacha «psixoastenik» shkala bo’yicha joylashadi.
Shizoidlarga yopiqlik, ichki dunyosiga qamalib olish, reaktsiyaning tashqi stimullarga mos kelmasligi xosdir.
Slayd 10
Piknik tipi – ko’krak qafasi keng, keng yag’rinli (korenasto’y), bosh tuzilishi dumaloq, chiqib turuvchi, qorinli kishilar tsikloid (tsiklotimik) temperamentga xos. Ular «diatetik» shkala bo’yicha ketishadi, ya’ni, maniakal sub’ektlarda kayfiyatning doimiy baland va quvnoq bo’lishidan tortib, to depressiv individlarda ruhiyatning doimo past, xafa, mayus bo’lishigacha kuzatiladi. Tsikloidlarda qo’zg’atuvchining reaktsiyaga mos kelishi, ochiqlik, tashqi muhit bilan birlashib ketishi malakasi, tabiiylik, harakatning rejaliligi, bir tekis bo’lishi bilan xarakterlanadi.
Slayd 11
U uchta asosiy somatik konstitutsiya tipini ajratgan. (Somatotonik tipga mansub). Ularni endomorf, mezamorf, ektomorf (tana turi yoki konstitutsiyasi)tiplarga ajratadi. Jumladan:
Endomorf– tashqi qiyofasi yumshoq va dumaloq, suyak va mushak tizimining kuchsiz rivojlanganligi xos. Vistserotonik temperamentga kiradi. Ular komfort (qulaylik)ni sevadilar va intiladilar, hissiy intilishlari, reaktsiyaning bo’shashganligi va sekinligi xosdir.
Slayd 12
Mezamorf – xatti-harakat, xulq-atvorning keskinligi va shafqatsizligi, suyak – mushak tizim kuchli rivojlanganligi, atletik va kuchli tana tuzilishi xos.
Somatatonik temperamentiga mansub.
Ular sarguzashtlarni sevish, xavf – xatarga moyillik, muskul faoliyati bilan bog’liq ishlarni sevish, faollik, botirlik, agressivlik namoyon bo‘ladi.
Slayd 13
Ektomorf- tana qiyofasining nozik – nafisligi, muskul tizimining rivojlanganligi xosdir. TSerebrotonik temperamentga xos.
Unga muloqot va munosabatda kam bo’lish, yolg’izlikka moyillik, yuqori reaktivlik xosdir.
U. Sheldon psixologik belgilar qatoriga tarbiya va ijtimoiy muhit belgilab beruvchi xususiyatlarni ham kiritgan.
Yuqoridagi fikrlar asosida quyidagicha xulosalar chiqarish mumkin:
Slayd 14
Shaxsning psixologik rivojlanishi konstitutsion xususiyatlarga bog‘liq.
Tana qiyofasi unga irsiy yo‘l bilan beriladi.
Demak, agressivlik va befarqlikka nisbatan moyillik mavjud bo‘lishi ehtimol. (Fiziognomika (bu mohir qo’llarda professional Hr menejeri uchun ajralmas yordamchiga aylanadigan murakkab psixologik vositadir) bilan bog‘liq tomonlari).
Slayd 15
I. P. Pavlov asab tizimining uchta xususiyatini dalillab bergan.
M.N.Sning qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari kuchi.
Muvozanati.
Ildamlik darajasi.
Slayd 16
Qo‘zg‘alish va tormozlanish kuchi hujayradagi fiziologik moddalarning miqdori bilan belgilanadi.
Muvozanat qo‘zg‘alish va tormozlanish kuchi darajasining teng barobar holda tutib tura olish qobiliyati.
Asab tizimining ildamligi miya po‘stining qismidagi qo‘zg‘alishining tormozlanish bilan tormozlanishining qo‘zg‘alish bilan o‘ziga xos almashinishidan iborat.
Slayd 17
Ularning I. P. Pavlovdan farqi insonlarga «I. P. Pavlov g‘oyalari»ni tadbiq etilganligidir.
Keyinchalik laboratoriya bir qator mustaqil ilmiy bo‘limlarga bo‘linib ketgan.
Ular individual – psixologik farqlarning tabiiy asoslarini, shuningdek, turli amaliy jihatlarining o‘rganishgan.
Iii – bosqich B. M. Teplov va V. D. Nebilitsin ishlaridan iborat bo‘lib, 1950 yilda B. M. Teplov boshchiligidagi inson oliy nerv faoliyati (Onf) tipologik xususiyatlari bo‘yicha tadqiqot olib boruvchi laboratoriya ochilgan.
Slayd 18
Ularning yangiliklari: I. P. Pavlovning asab tizimining kuchi, muvozanati, ildamligi kabi xossalariga qo’shimcha qilib o’n besh o’lchamli xususiyatlar tizimini kiritishgan, shundan 10 tasi birlamchi, 5 tasi esa ikkilamchi – kuchi, labilligi, ildamligi, dinamikligi, qo’zg’alish bo’yicha kontsentratsiyasi (to’planishi), tomrozlanish bo’yicha kontsentratsiyasi, birlamchi xususiyatlarining har biri bo’yicha muvozanat( kuchi bo’yicha muvozanati va hokazolar).
Slayd 19
Kuchi – nerv hujayralarida uzoq muddat davomida to’plangan qo’zg’alishni tormozlanishga o’tmay chidash holati.
Muvozanat – qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarini tenglik nisbati.
Ildamlik– qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining almashishini tezligi yoki sustligi.
Dinamiklik – qo‘zg‘alish va tormozlanishning asab tizimida yengil generalizatsiyasi (o‘zgarishi), muvaqqat bog‘lanishlarning shakllanishiga javob berishi.
Labillik – stimullar seriyali, berilganda birinchi qo’zg’alish tsiklining almashish tezligining, qo’zg’alish impulsi ta’siridan so’ng ta’sirlanishning o’chish tezligi.
Slayd 20
Shuning uchun asab tizimi xususiyatlari haqida emas, balki analizotorlar yuzasidan gapirgan to‘g‘riroq bo‘ladi.
Masalan, analizotor haqida B. M. Teplov va V. D. Nebilitsin asab tizimi xususiyatlari faoliyatining individual uslubi, xotira, temperament, kasbiy layoqat va boshqalarni belgilab beruvchi muhim aniqlovchi (determinant) ekanligini ko‘rsatadi.
Slayd 21
Partsiallik fenomenini (Muvozanat qo’zg’alish va tormozlanish kuchi darajasi) yo’qotish.
Miya faoliyati haqidagi yangi qarashlarning vujudga kelishi.
Slayd 22
Differentsial psixofiziologiya kompleks fandir.
U o’zida faqat psixologik tushuncha, kategoriya, tadqiqot metodlarini emas, balki psixofiziologik kontseptsiyani ham mujassamlashtiradi.
Shuning uchun psixologiya yoki psixofiziologiyadagi biror o’zgarish differentsial psixofiziologiyadagi kontseptual va metodik apparatlarning o‘zgarishiga olib keladi.
Slayd 23
Differentsial psixofiziologiyadagi zamonaviy bosqichning vakillariga P. K. Anoxin va uning shogirdlari misol bo‘ladi.
P. K. Anoxin nartsiallik fenomeniga metodikaning to‘g‘ri kelmasligi yoki natijalarning noto‘g‘ri baholanishi emas, balki asab tizimining shartli reflekslari kontseptsiyasining to‘liq emasligini aniqlandi.
Slayd 24
An’anaviy xususiyatlar – klassik refleks, reflektor yoyi yoki yopiq funktsiyalarning turli tomonlari shartli reflekslar alohida miya tuzilishiga ega bo’lishlgidan kelib chiqib yoy xususiyatlariga bog’liq xususiyatlar lokal miya tuzilishiga ega bo’lishi kerak, degan qarash paydo bo’ldi.
Bu yangi bosqichning tadqiqotlarini vujudga keltiradi.
Slayd 25
P. K. Anoxinning tizimli kontseptsiyasiga ko‘ra, asab tizimi xususiyatlariga nerv faoliyatining nerv jarayonlarining yaxlit, umumiy miya integratsiyasining holatlarida aks etadigan xarakteristikalari kiradi.
Tizimli yondashish asab tizimining «ishlash qobiliyati», «chidamligi» kabi tushunchalarning neyrofiziologik mazmunini ochish imkoniyatini beradi deb hisoblash mumkin.
Slayd 26
Jumladan, bir qancha tadqiqotlarda genning determinantligi va Eeg (elektroentsofalogramma)ning reaktiv o‘zgarishlari ko‘rsatilgan.
Eeg metodi bilan olingan analizlar bizga miya aktivligining energetik tarkibi uchun xizmat qiladigan qobiqosti tuzilmalarni irsiyat tomonidan qattiq nazorat ostida ekanligini taxmin qilishga imkon beradi.
Bu esa neyrofiziologik funktsialar bilan bog’liq, xususan irsiy determinantlikning o’ziga xosligini Eeg orqali aniqlash deganidir. Bu qiyin savol hali o’z javobiga ega emas. Asab tizimining o’ziga xosligi to’g’risidagi kontseptsiyani o’rganish kelajakdagi yo’nalishlardan biri hisoblanadi.
Bu borada eksperimental tajribalar qilinmoqda.
Slayd 27
E’tiboringiz uchun rahmat!
Slayd 28
Foydali havolalar
🛒 Barcha taqdimotlar | 📰 Yangiliklar | ℹ️ Biz haqimizda
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |
Tegishli mahsulotlar
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TARBIYA DARSLARINI INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA TASHKIL ETISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOLALARNI ASHULA AYTISH, MUSIQA TINGLASH VA MUSIQIY RITMIK HARAKATLARGA O‘RGATISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. San’at, musiqa va dizaynga oid asosiy tushunchalar ko‘rgazmali yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Musiqa, san’at va dizayn
O‘QISH DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN METODLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 23 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
AN’ANAVIY, RIVOJLANTIRUVCHI VA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 17 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
INKLYUZIV TA’LIMNI AMALIYOTGA JORIY ETISH MASALALARI VA MAVJUD TO‘SIQLAR mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 31 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
BOSHLANG‘ICH TALIMDA TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI VA MOHIYATI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 32 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
TURKISTONDA ILM FAN TARAQQIYOTI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 18 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
CURRENT ISSUES IN AMERICAN EDUCATION SYSTEM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 24 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ECO TOURISM mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 38 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ROBOTOTEXNIKA SINFIDA XAVFSIZLIK ROBOTOTEXNIKA FANIGA KIRISH mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 30 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
DIKTANT VA UNING TURLARI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 28 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim
ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGATISH METODIKASI mavzusidagi tayyor PPTX taqdimot. Pedagogika va ta’lim jarayoniga oid asosiy tushunchalar yoritilgan.
- Slaydlar soni: 22 ta
- Fayl formati: PPTX
- Tili: o‘zbek tili
- Kategoriya: Pedagogika va ta’lim












Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.