=== Taqdimot 1 ===
Indefinite pronouns (Gumon olmoshlari) Some, any – olmoshlari
=== Taqdimot 2 ===
Some olmoshi bo‘lishli gaplarda, any olmoshi esa bo‘lishsiz, ko‘chirma va o‘zlashtirma umumiy so‘roq gaplarda va shart gaplarda olmosh-sifat va olmosh-ot sifatida ishlatiladi.
Some va any (bir qancha, biroz, hech qanday) ma’nosida ishlatiladi:
a) ko‘plikdagi otlar oldida olmosh-sifat bo‘lib keladi va ko‘pincha o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi:
=== Taqdimot 3 ===
He asked me some questions. U mendan (bir nechta) savollar so‘radi.
Have you got any interesting books? Qiziq kitoblaringiz bormi?
He did not make any mistakes in his dictation. U diktantida (hech qanday) xato qilmadi. Izoh: Some ba’zan donalab sanaladigan birlikdagi ot oldida noaniq artikl ma’nosida ham ishlatiladi:
=== Taqdimot 4 ===
I read it in some book ( a book). Men buni bir kitobda o‘qiganman. b) olmosh-ot bo‘lib kelib ko‘plikdagi ot o‘rnida ishlatiladi:
He asked me for some stamps, but I hadn’t any. U mendan marka so‘radi, lekin menda.
I want some matches. Have you got any? Menga gugurt kerak edi. Gugurtingiz bormi?
=== Taqdimot 5 ===
3. Some va any biroz, ozroq, hech qancha ma’nosida ishlatiladi: a) donalab sanalmaydigan otlar oldidan olmosh-sifat bo‘lib keladi va o‘zbek tiliga tarjima qilinmasligi ham mumkin:
Give me some water, please. Iltimos, menga (ozroq) suv bering.
Have you bought any sugar? Shakar sotib oldingizmi? b) olmosh-ot bo‘lib keladi va donalab sanalmaydigan otlar o‘rnida ishlatiladi:
I want some paper. Please give me some. Menga qog‘oz kerak. Iltimos, menga ozroq (qog‘oz) berib turing.
Give me some hot water, please. Iltimos, ozroq qaynoq suv bering.
I’m sorry, there isn’t any in the kettle. Kechirasiz, choynakda qaynoq suv yo‘q.
=== Taqdimot 6 ===
4. Some taklif va iltimosni ifodalagan umumiy va maxsus so‘roq gaplarda ishlatiladi:
Why didn’t you buy some cheese? Nima uchun pishloq sotib olmadingiz?
Won’t you have some tea? Choy ichmaysizmi?
Can I have some cold water? Ozroq sovuq suv olsam bo‘ladimi?
5. Some (ba’zi) ma’nosida olmosh-sifat bo‘lib ko‘plikdagi ot oldidan va olmosh-sifat bo‘lib ko‘plikdagi ot o‘rnida ishlatiladi:
Some trees remain green all the year round. Ba’zi daraxtlar butun yil davomida yashil bo‘lib turadi.
=== Taqdimot 7 ===
6. Some sonlarning oldida qariyb, taxminan, chamasi ma’nosida ishlatiladi:
There were some fifty people there. U yerda qariyb ellik kishi bor edi.
We waited some twenty minutes. Biz taxminan yigirma minutlar kutdik.
7. Any (istagan) ma’nosida bo‘lishli va so‘roq gaplarda birlikdagi donalab sanaladigan va donalab sanalmaydigan otlar oldidan ishlatiladi:
=== Taqdimot 8 ===
You may come at any time that is convenient to you. Siz o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan istagan paytda kelishingiz mumkin. Any inkor gaplarda, umumiy so‘roq gaplarda hamda «har qanday, xohlagan» degan ma’noda darak gaplarda ishlatiladi.
I didn’t read any books. Men hech qancha kitob o‘qimadim.
Do you know any foreign languages? Biror xorijiy tilni bilasizmi?
You may read any book. Sen xohlagan kitobni o‘qishing mumkin. Any of miqdorni bildiradi.
Does any of you speak English? Birortangiz inglizcha gapirasizmi?
=== Taqdimot 9 ===
=== Taqdimot 10 ===
Some, any olmoshlaridan yasalgan olmoshlar.
1. Some, any olrnoshlariga one, body va thing so‘zlari qo‘shilib someone, somebody (allakim, kimdir, biror kishi), anyone, anybody (biror kishi, kechkim), something (allanarsa, biror narsa), anything (biror narsa, hech narsa)gumon olmoshlari yasaladi. Bu olmoshlar har doim olmosh-ot bo‘lib keladi va gapda ega yoki to‘ldiruvchi bo‘ladi.
=== Taqdimot 11 ===
2. Someone, somebody, something bo‘lishli gaplarda, anyone, anybody, anything esa bo‘lishsiz, ko‘chirma, o‘zlashtirma umumiy so‘roq gaplarda va shart gaplarda ishlatiladi:
Somebody (someone) is knocking at the door. Allakim eshikni qoqayapti.
Give me something to read. Menga o‘qishga biror narsa bering.
There isn’t anybody (anyone) there. U yerda hech kim yo‘q.
There isn’t anything in the box. Qutida hech narsa yo‘q.
If anything happens, ring me up immediately. Agar biror narsa sodir bo‘lsa, zudlik bilan menga qong‘iroq qiling.
=== Taqdimot 12 ===
3. Someone, somebody va something olmoshlari some olmoshiga o‘xshab maxsus so‘roq gaplarda, taklif va iltimosni ifodalagan umumiy so‘roq gaplarda ishlatiladi:
Why didn’t you ask somebody to help you? Nima uchun biror kishidan yordam berishini so‘ramadingiz?
Will you have something to eat? Biror narsa yeysizmi?
Will someone help me? Biror kishi menga ?
=== Taqdimot 13 ===
4. Anyone, anybody, anything olmoshlari any olmoshiga o‘xshab istagan kishi, istagan narsa ma’nosida bo‘lishli gaplarda ham, so‘roq gaplarda ham ishlatiladi:
Anybody can do that. Buni istagan kishi qila oladi.
You may play anything you like. Istagan yoqtirgan o‘yiningizni o‘ynashingiz mumkin. Izoh: Some, any olmoshlari where bilan birikib somewhere, anywhere ravishlarini yasaydi:
Did you go anywhere yesterday? Kecha biror yerga bordingizmi?
No, I didn’t, but I shall go somewhere tomorrow. Yo‘q, lekin ertaga biror yerga boraman.
=== Taqdimot 14 ===
THANK YOU FOR YOUR ATTENTION!
Follow us on social networks!
5 |
|
0 |
4 |
|
0 |
3 |
|
0 |
2 |
|
0 |
1 |
|
0 |
Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.