- Savatga boshqa "HEARING ENGLISH IN CONTEXT" qo'sha olmaysiz. Ko'rish
Immunitet. immunitet turlari. Fagotsitoz
5000 so'm

=== Taqdimot: Immunitet. immunitet turlari. Fagotsitoz.pptx ===
=== Slayd 1 ===
Immunitet: immunitet turlari. Fagotsitoz
=== Slayd 2 ===
Immunologiya, zamonaviy tibbiyotning taraqqiyotini belgilaydigan fanlardan biri. Shakllanganiga 200 yilcha bo‘ldi, lekin bu boradagi muhim kashfiyotlar oxirgi 40-60 yil ichida qilindi. Shu qisqa vaqt ichida immun tartibning ko‘pgina vazifalari aniqlandi. immunitet (lot. immunitas, immunitatus — bir nimadan xalos bo‘lish) – organizmning infeksion va noinfeksion tabiatli antigenlardan himoyalanIshini ta’minlab beradigan immun tizim holatidir. Immunologiya fani immunitet masalalari bilan shug‘ullanadi. U tibbiyot mikrobiologiyasidan ajralib chiqib, tibbiyotning alohida bir yo‘nalishi sifatida jadal rivojlanmoqda.
=== Slayd 3 ===
Antigen rolini turli xil infeksion agentlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar), boshqa organizmlarning oqsillar (ba’zan polisaxaridlar), gelmintlar (parazit chuvalchanglar) qayta ko‘chirib o‘rnatilgan to‘qima hamda organlar, organizm hujayralaridagi o‘zgarishlar (mutatsiyaga uchragan, o‘sma, qariyotgan va boshqalar), urug‘lanish vaqtidagi sperma, ona embrioni va boshqalar bajarib berishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, immunitet organizmning hujayrali, oqsilli hamda genetik gomeostazini ta’minlab beradi.
=== Slayd 4 ===
Immunitet – bu o‘ziga xos retseptorlar yoki antitelalar tufayli: yod moddalarni u yoki bu immunologik reaksiyalar yordamida yaqinlashtirmaslik yoki ularni yo‘q qilish qobiliyati va ularga nisbatan o‘ziga xos immunologik xotira ishlab chiqish hamda antigenlarni – organizm uchun yod bo‘lgan moddalarni topish xususiyati. Bunda organizm immun reaksiyasini nafaqat yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar antigenlari chaqirishi, balki boshqa ko‘plab moddalar, jumladan organizmning o‘zining ba’zi bir hujayralari (masalan, spermatozoidlar, yo‘q bo‘lib ketayotgan hujayralarning antigenlari) ham chaqirishi mumkin.
=== Slayd 5 ===
Tug‘ma (turga xos yoki nasldan-naslga o‘tuvchi) immunitet (sxema). Tug‘ma immunitet — bu bir turdagi mavjudotlarga xos chidamlilik bo‘lib, u irsiy yo‘l bilan nasldan naslga o‘tadi. Masalan, it, qoramol, tovuqlarning o‘lat kasalligi qo‘zg‘atuvchilari odamlarga yuqmaydi, o‘z navbatida odamlardagi zaxm, qizamiq, virusli gepatit, OITS qo‘zg‘atuvchilari hayvonlarda kasallik qo‘zg‘atmaydi.
=== Slayd 6 ===
Turga xos immunitet uzoq yillar davomida evolyutsiya natijasida mikroorganizm bilan patogen mikroorganizmlaring o‘zaro munosabati oqibatida vujudga kelgan. Yuqumli kasalliklarga yuqori darajada moyillik, ekologik yoki geografik jihatdan patogen mikroorganizmlar bilan uchrashmagan turlarda yoki ularning populyatsiyalarida kuzatiladi.
=== Slayd 7 ===
Tug‘ma immunitet kuchiga ko‘ra haqiqiy va nIsbiy bo‘ladi. Masalan, kalamush hujayralarida bo‘g‘ma, baliqlarda esa qoqshol toksiniga retseptorlar bo‘lmaydi, shuning uchun bu hujayralar ko‘rsatilgan omillarga nisbatan mustahkam, haqiqiy chidamlilikka ega. Ammo ayrim hayvonlarnIng organizmiga yuqori harorat, rentgen nurlari ta’sir ettirilsa yoki gormonlar, immuno depressantlar yuborilsa, ularning ham o‘ziga xos bo‘lmagan yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan moyilligi oshadi.
=== Slayd 8 ===
Orttirilgan immunitet Qadimiy xalqlarning kuzatishlariga ko‘ra, toun bilan kasallanib sog‘aygan kishilar bu kasallikka chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarida, ularga qo‘zg‘atuvchi qayta yuqmagan.Shuningdek, turli mamlakat xalqlari yuqumli kasalliklardan saqlanish uchun ayrim kasalliklarga qarshi emlashni qo‘llaganlar Masalan, Xitoyda miloddan 200 yil oldin bolalarni chinchechakka qarshi emlaganlar.
=== Slayd 9 ===
Ayrim hollarda, bunday profilaktik choralar kasalliklaring kelib chiqishiga va turli asoratlar qolishiga olib kelgan, chunki ular bu hodisaning mexanizmini tushunmaganlar. Ingliz shifokori E.Jenner ham sigirda uchraydigan chinchechak bilan og‘rigan kishilar, odamlardagi chinchechakka chidamli ekanliklarini bir necha yil davomida kuzatgan va natijada, 1796-yili chinchechakka qarshi emlash usulini ishlab chiqqan.
=== Slayd 10 ===
XIX asrning ikkinchi yarmida, L.Paster mikroorganizmLarni noqulay sharoitda o‘stirib , ularning viruslingligini pasaytirish mumkinligini ilmiy ravishda asoslab berdi. U hamkasblari bilan birgalikda shu impulsni qo‘llab tovuq vabosi, kuydirgi va quturish kasalliklariga qarshi vaksinalar topdi. Kuchsizlantirilgan mikroorganizmlar, ularning toksinlari va boshqa faol immunitet hosil qilish uchun ishlatiladigan moddalar vaksinalar deb ataladi.
=== Slayd 11 ===
Orttirilgan immunitet-bu qadimdan ma’lum bo‘lib, yuqumli kasalliklar bilan og‘rib sog‘aygandan keyin paydo bo‘ladi. Ularning tabiiy va sun’iy xillari farq qilinadi. Tabiiy immunitet o‘z navbatida yana ikkiga: 1) tabiiy faol — yuqumli kasallikdan sog‘ayganidan so‘ng yuzaga keladigan immunitet; 2) tabiiy sust immunitet — onadan bolaga yo‘ldosh va sut orqali o‘tadigan xillariga bo‘linadi. Sun’iy immunitet ham o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi: 1) sun’iy faol immunitet — vaksinalar bilan emlanganda; 2) sun’iy sust, ya’ni — zardob, qon, immunoglobulin va plazmalar yuborilgandan so‘ng hosil bo‘ladigan immunitet.
=== Slayd 12 ===
Orttirilgan immunitet nasldan – naslga o‘tmaydi. Bunday immunitet, aniq bir kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm turi organizmga tushgandan so‘ng faqat shu turga qarshi hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu immunitet o‘ta muhim hisoblanadi. Orttirilgan immunitet ham mikrobga, ham uning toksinlariga qarshi vujudga keladi. Mikrobga qarshi immunitet o‘z navbatida steril va nosteril turlarga bo‘linadi.
=== Slayd 13 ===
Sun’iy faol immunitet organizmga mikroorganizmlar yoki ularning substansiyalari – antigenlar mavjud bo‘lgan vaksinalar va antitoksinlarni yuborishdan so‘ng paydo bo‘ladi. Sun’iy passiv immunitet organizmga tayyor antitelalar yoki immun hujayralarini kiritgandan so‘ng paydo bo‘ladi. Jumladan, bunday antitela immunlashtirilgan donor yoki hayvon qoni zardobida ham mavjud bo‘ladi. Orttirilgan immunitet belgilari (o‘ziga xosliklari):
=== Slayd 14 ===
Orttirilgan immunitet belgilari (o‘ziga xosliklari):
muayyan patogenga (bakteriya, virusga) xoslik;
o‘xshashlik o‘ziga xos retseptorlarni tashuvchi xotiraning T- hamda b-immun xo‘jayralari borligiga yoki antitelalarga xoslikka bog‘liq;
=== Slayd 15 ===
patogen bilan qaytadan aloqaga kirishganda kuchayib boradi;
patogenga (allergiyaga) kuchli sezuvchanlik kuzatilishi mumkin;
kasallikning klinik belgilari namoyon bo‘lgan holda patogen bilan IT aloqaga kirishgandan so‘ng paydo bo‘ladi; zaruriy vaksinalar yordamida harakatga kelishi mumkin.
=== Slayd 16 ===
Noinfeksion immunitet turlari: 1. “Ona – homila” tizimidagi reproduktiv immunitet. Bu onaning homila antigenlariga reaksiyasining yig‘indisi sanaladi, negaki u otadan olingan genlar natijasi hisobiga undan farqlanib turadi. 2. Transplantatsion immunitet donorning organi yoki to‘qimalari retsipiyentga ko‘chirib o‘tkazilayotganda, qon quyish vaqtida hamda leykotsitlar bilan emlash chog‘ida paydo bo‘ladi. Mazkur reaksiyalar leykotsitlar – insonning leykotsitli antigenlari – HLA yuzasidagi molekulalarning individual to‘plamlari bo‘lishi bilan bog‘liq. Ushbu molekulalar to‘plami faqatgina bir tuxumdondan (bir urug‘dan) bo‘lgan egizaklarda o‘xshash bo‘ladi.
=== Slayd 17 ===
3. O‘smaga qarshi immunitet – o‘sma keltirib chiqaruvchi hujayralarga qarshi yo‘naltirilgan.
=== Slayd 18 ===
4. Autoimmunitet («autoallergiya») – immunitet tizimining o‘z antitelalariga (oqsillar, lipoproteidlarga, glikoproteinlar) javobi (reaksiyasi). U immunitet tizimi orqali organizmning o‘z molekulalari immun tizimi tomonidan “begonadek” qabul qilinib yemirilib ketgandagi “o‘z” molekulalarini aniqlashning ishdan (izdan) chiqishi bilan belgilanadi.
=== Slayd 19 ===
Ammo mazkur hujayralar hamda gumoral omillarning (faktorlarning) yashash muddati chegaralangan. Ular parchalanishga uchragach organizm patogenga immunitet saqlab qoladi, biroq u boshqa asosga ega bo‘ladi. Yuqorida immun reaksiyasi chog‘ida effektor hujayralar bilan bir vaqtda joriy immun reaksiyasiga (javobiga) qo‘shilmaydigan, ammo o‘sha antigenlar bilan qayta uchrashganda himoya hujayralarining (to‘qimalarining) birikmasini hosil qiluvchi xotira hujayralari (to‘qimalari) hosil bo‘lishi haqida ta’kidlab o‘tilgan edi.
=== Slayd 20 ===
Xotira hujayralari oddiy hujayralardan morfologik jihatdan farq qilmaydi, ammo sodda limfotsitlardan farqlanuvchi retsirkulyatsiya yo‘lini ochib beruvchi qator o‘ziga xos membranali molekulalarni olib yuradi. Xotira hujayralari har bir kloni (nasl) hujayralari soni oddiy limfotsitlar klonlaridagi miqdordan 2–3 hissa yuqoriroq.
=== Slayd 21 ===
Antigen rolini turli xil infeksion agentlar (bakteriyalar, viruslar va boshqalar), boshqa organizmlarning oqsillar (ba’zan polisaxaridlar), gelmintlar (parazit chuvalchanglar) qayta ko‘chirib o‘rnatilgan to‘qima hamda organlar, organizm hujayralaridagi o‘zgarishlar (mutatsiyaga uchragan, o‘sma, qariyotgan va boshqalar), urug‘lanish vaqtidagi sperma, ona embrioni va boshqalar bajarib berishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, immunitet organizmning hujayrali, oqsilli hamda genetik gomeostazini ta’minlab beradi.
=== Slayd 22 ===
Immunitetning barcha reaksiyalari amalga oshishiga asosiy sababchi immunologik xotiradir. Uning mohiyati shundaki, immunitet tizimi hujayralari o‘zlari uchratgan hamda ularga javob reaksiyalarini bildirgan yod moddalarni “eslab qolishadi”. Immunologik xotira asosida infeksiyaga qarshi immunitet, tolerantlik hamda giper sezuvchanlik (o‘ta kuchli sezuvchanlik) fenomenlari yotadi.
=== Slayd 23 ===
Immunitet reaksiyasi (javobi) har doim organizmning fenotipik gomeostazini ta’minlash hamda yod molekulalarni eliminatsiya qilishga (yo‘q qilishga) qaratilgandir, biroq bu organizmning to‘qimalarini yo‘qotishi bilan – uning kasallanishi bilan kechadi. Ammo ular faollikning doimiy “hamrohlik” darajasi xos bo‘lgan IT (immunitet tizimi) funksiyalarining birgina namoyon bo‘lishi emas.
=== Slayd 24 ===
E’tiboringiz uchun rahmat!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Slaydchi.uz — tarix, metodika va fan taqdimotlari uchun vizual platforma.
Boshqa darslar uchun: slaydchi.uz
| 5 |
|
0 |
| 4 |
|
0 |
| 3 |
|
0 |
| 2 |
|
0 |
| 1 |
|
0 |














Sharhlar
Hali sharhlar mavjud emas.